B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/120
tarix12.10.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#154738
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   120
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samar

Tarmoqlar ichidagi raqobat 
ishlab chiqarish va sotishning qo‘layroq 
sharoitiga ega bo‘lish, qo‘shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari 
o‘rtasida boradi. Korxonalarning (tarmoqlar ichida) har bir tarmoqda texnika bilan 
ta‗minlash darajasi va mehnat unumdorligi darajasi turlicha bo‘lganligi sababli, 
shu korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual (alohida) qiymati bir 
hil bo‘lmaydi.
Tarmoq ichidagi raqobat
tovarlarning ijtimoiy qiymatini, 
boshqacha aytganda, bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, 
o‘rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining anchagina 
qismini tashkil etadigan tovarlarning qiymatiga mos keladi . 
Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va mehnat 
unumdorligi yuqori bo‘lgan korxonalar qo‘shimcha foyda oladilar va aksincha, 
texnika jihatdan nochor korxonalar esa, o‘zlarida ishlab chiqarilgan tovar 
qiymatining bir qismini yo‘qotadilar va zarar ko‘radilar . 
Tarmoqlararo raqobat 
turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng yuqori 
foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Masalan, sanoat, 
qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida raqobatda qaysi tarmoqda foyda ko‘p 
bo‘lsa, kapital shu tarmoqda ko‘chiriladi, keyin esa boshqasiga qaytadi, chunki shu 
tarmoq mahsulotlariga talab ko‘payadi. Bu kurash teng kapital uchun teng foyda 
olishiga intilishini ta‗minlaydi.


77 
Demak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa kiritilmasin, xuddi shu 
tarmoq foyda normalarini o‘rtacha foyda normasiga ―baravarlashtiradi‖. 
Raqobat 
kurashining ikki usuli
farqlanadi: narx vositadagi raqobat va narxsiz raqobat. 
Narx vositasida 
raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli bo‘lib, ishlab 
chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday 
mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi . 
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri – 
demping
– narxlarni 
qo‘llashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining tovarlarini boshqa 
mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past 
bo‘lgan narxlarda sotadi. 
Narxsiz raqobat
shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat 
kurashning asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat 
ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obru-e‗tibori hisoblanadi
.
Narxsiz raqobat 
usullari ichida 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin