B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand


Davlat mikroiqtisodiy siyosatining asosiy yo‟nalishlari



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/120
tarix12.10.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#154738
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   120
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samar

 
6.2. Davlat mikroiqtisodiy siyosatining asosiy yo‟nalishlari . 
Mamlakatimizda tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish bugungi 
kunda davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan. Prezidentimiz Shavkat 
Mirziyoyevning soʻzlari bilan aytganda, biz faqat faol tadbirkorlik, tinimsiz 
mehnat va intilish orqali taraqqiyotga, farovon hayotga erisha olamiz . 
Tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash va biznes muhitini yaxshilash boʻyicha 
amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida, Jahon bankining ―Biznes yuritish – 
2020‖ hisobotida Oʻzbekiston 7 pogʻonaga koʻtarilib, 69-oʻrinni egalladi va 
dunyoning eng yaxshi 20 ta islohotchi davlati qatoridan joy oldi. Yangi korxona 
ochish qulayligi boʻyicha yurtimiz ilk bor dunyoda sakkizinchi oʻringa koʻtarildi . 
Bunday imkoniyatlar natijasida joriy yilning oʻtgan 10 oyida 91 mingta yoki 2018-
yilgiga nisbatan 2 barobar koʻp yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etildi. Lekin hali 
soha rivoji yoʻlida qilinadigan ishlar ham koʻp. 


65 
―Biznes yuritish – 2020‖ hisobotida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf 
etish, jumladan, yer ajratish, qurilish va mol-mulkni roʻyxatga olish borasida 
qulayliklar yaratish kerak. Prezidentimiz hokimlar 50 foiz ish vaqtini yangi kichik 
biznes subyektlari tashkil etish va ishlayotgan tadbirkorlarning muammolarini 
aniqlash hamda hal etishga sarflashi lozimligini taʼkidlab, juda koʻp rahbarlar 
bunga befarqlik va masʼuliyatsizlik bilan qarab kelayotganini keskin tanqid qildi. 
Buni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib 
chiqish qabulxonalariga kelib tushgan 26 mingta murojaatning deyarli yarmi 
bevosita tuman darajasida hal qilish mumkin boʻlsada, muammolar joyida 
yechilmagani uchun fuqarolar yuqori idoralarga murojaat qilishga majbur 
boʻlayotgani ham yaqqol koʻrsatib turibdi . 
O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishning 
asosiy maqsadlaridan biri mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
shakllarini ustuvor rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun 
iqtisodiy islohotlar o‘tkazildi, uning rolini oshirish uchun yirik institutsional 
asoslar yaratildi.Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni kafolat-
lovchi huquqiy-me‘yoriy hujjatlar, tadbirkorlarga ko‘maklashuvchi nodavlat 
tashkilotlar, korxonalar shular jumlasiga kiradi. O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlik 
va kichik biznes korxonalari majmuini tashkil etish muvaffaqiyatli bormoqda.
Kichik biznes faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar davlatga bog‘liq 
bo‘lmagan holda, ya‘ni katta kapital mablag‘larsiz o‘zlari ish joylarini 
joriy etishlari, hozirgi davrda bizda vaqtinchalik mavjud bo‘lgan tovarlar 
tanqisligini kamaytirishlari va xattoki, bu tanqislikni butunlay yo‘qotishlari 
mumkin. Hozirgi jamiyatimizda kichik korxonalar faoliyatini ayrim kishilarning 
extiyojlarini qondirish sari yo‘naltirish zarur. Bu narsa maishiy xizmat ko‘rsatish 
hamda xalq iste‘moli tovarlari ishlab chiqarish sohalarida yaqqol ko‘rinmoqda.
Kichik korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g‘oyat katta 
ahamiyatga ega. Bizning respublikamizda kichik korxonalar soni va ular ishlab 
chiqargan mahsulotlar hajmi yildan yilga oshib bormoqda. Kichik korxonalar 
O‘zbekistan Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida», «Mulk to‘g‘risida», 
«Erkin tadbirkorlik faoliyati kafolatlari to‘g‘risida»gi kabi qonunlari, Prezident 
farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me‘yoriy hujjattlar 
asosida tashkil etilmoqda. Kichik korxonalar ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida 
sanoatning etakchi sohalarini yangi texnologiyalarga o‘tishda tobora o‘z o‘rnini 
topib bormoqda. Ular yangi fikrlar va ishlab chiqarishni takomillashtirish, yangi 
axborot texnologiyalarini joriy qilish bilan ish jarayonini ta‘minlovchi butun 
tizimni asosiy bog‘lovchilik sifatini o‘zlarida namoyon etmoqdalar. 
Bugungi kunga kelib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlari 
mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalarida, mashinasozlik mahsulotlari 


66 
ishlab chiqarishda, xalq iste‘moli mollarini, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat 
mahsulotlarini 
ishlab 
chiqarishda 
hamda 
boshqa 
sohalarda 
faoliyat 
ko‘rsatmoqda.Kichik korxonalar ishlab chiqargan mahsulot davlat korxonalarida 
ishlab chiqarilgan mahsulotlardan sifati jihatidan qolishmasligi va, hatto, ayrim 
hollarda ulardan yuqori turishi bilan ajralib turadi. Respublikamizdagi kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatining 60-70 foizi bevosita ishlab 
chiqarish bilan uzviy bog‘langan, ular fermerlar, dehqonlar, sanoatchilar va qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchilar va hokazolardir. 
Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni jadal rivojlantirish asosida mulkdorlar 
sinfini shakllantirish, tegishli institutlar tizimini tashkil etish, kichik va 
xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit resurslarini keng jalb qilish va xorijiy 
sarmoyalar olib kirish uchun maqbul sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi «Xususiy tadbirkorlik, kichik va 
o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 
Farmoniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustda PF-3305-sonli Farmoni qabul 
qilindi. Mazkur Farmonga asosan «o‘rta korxonalar» tushunchasi bekor qilindi va 
2004 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar kichik biznes sub‘ektlari hisoblanadi:

yakka tartibdagi tadbirkorlar; 
ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni 20 
kishidan, xizmat ko‘rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador 
bo‘lmagan tarmoqlarda 10 kishidan, ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish 
sohasida 5 kishidan oshmagan mikrofirmalar . 
Quyidagi tarmoqlarda band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni:

yengil va oziq-ovqat sanoti, metallga ishlov berish va asbobsozlik, 
yog‘ochni qayta ishlash va mebel sanoati hamda qurilish materiallari 
sanoatida – 100 kishidan; 

mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq 
xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish va boshqa 
sanoat-ishlab chiqarish sohalarida – 50 kishidan; 
fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari (sug‘urta 
kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlannish hamda boshqa 
noishlab chiqarish sohalarida – 25 kishidan oshmagan kichik korxonalar . 
Kichik korxonalar yirik kompaniyalarga nisbatan ular bozor sharoitiga 
tez moslashadilar hamda ishlab chiqargan mahsulotlarini bozorda muvaffaqiyatli 
o‘tishini ta‘minlashda bir qancha ustunliklarga ega. Chunki, kichik korxonalar o‘z 
faoliyatlarini tor ishlab chiqarish dasturlariga, ilg‘or texnologiyaga, kam turkumli 
ilm-fan talab qiladigan mahsulotlar chiqarishga tezda moslaydilar hamda bozor 


67 
asoslarini tez o‘zlashtirib boradilar. Mulkchilik shakllariga ko‘ra kichik 
korxonalarning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
Davlat mulkiga asoslangan kichik korxonalar. Jamoa mulkiga asoslangan 
kichik korxonalar. Fuqarolarning mulkiga asoslangan yakka tartibda ishlaydigan 
kichik korxonalar. Ijara korxonalari. Kichik qo‘shma korxonalar.Xususiy 
tadbirkorlik va kichik biznesning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati 
quyidagilar bilan tavsiflanadi:

xususiy tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti sharoitida zarur tezkorlikni ta‘minlab, 
ishlab chiqarishdagi chuqur ixtisoslashuv va tarmoqlashgan kooperatsiyani 
yaratadi, bularsiz yuksak samaradorlikni ta‘minlab bo‘lmaydi; 

bozor uchun zarur bo‘lgan raqobatchilik muhitini yaratadi hamda o‘zgarib 
turadigan bozor talabiga moslab tezda ishlab chiqarish turini o‘zgartirib 
olish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi; 
-
iste‘molchilik sohasida yuzaga keladigan bo‘shliqni tezda to‘ldirishga qodir 
bo‘lib, eng zamonaviy mashina uskunalari va texnolo-giyadan foydalanib 
sarflangan sarmoyaning o‘rnini juda tez qoplay oladi . 
Kichik 
biznes 
va 
xususiy 
tabdirkorlikning 
xususiyatlari 
(muomala kapitalining kichikligi, uning tez aylanuvchanligi, ishlab chiqarish 
vositalarini tezda almashtirish imkoniyatlari va b.) uning bir qancha afzalliklarga 
ega bo‘lishi imkoniyatlarini yaratadi:

izlanish, yangi mahsulotlarni maromiga etkazish va o‘zlashtirish, ularni 
talabning tez o‘zgarib turishi xatarini hisobga olgan holda kichik 
uyushmalarda ishlab chiqarish; 

tezkor texnik servisning ishonchliligi va iste‘molchilar bilan mustahkam 
aloqalar o‘rnatish; 

ishlab chiqarishni moslashuvchan tarzda tashkil etish va mahsulot sotishni 
bozor talablariga hamda bozor vaziyatlari o‘zgarishlariga muvofiq olib 
borish; 

ortiqcha ish kuchini o‘ziga singdirish; 

boshqarishning oddiyligi, katta ma‘muriy apparatning yo‘qligi, qurilish va 
loyiha quvvatlarini o‘zlashtirishda qisqa muddat, kapital sarflarining tez 
o‘zini oqlashi, kapital aylanmasida yuqori tezlik; 
-
xom ashyo va mehnat resurslari, ishlab chiqarish chiqindilaridan to‘liqroq va 
samaraliroq foydalanish . 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hamda u bilan bog‘liq barcha narsalar 
zamonaviy ijtimoiy ishlab chiqarish tashkiliy tuzilmasini muhim va tarkibiy 
qismini tashkil etadi. Shuning uchun ham davlatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka muhim o‘rin ajratilib, ularga davlat 
tomonidan madad berilmoqda. Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes ilmiy-texnika 


68 
rivojini jadallashtirish, sanoatning ilg‘op tarmoqlarida yangi texnologiyalarga 
o‘tish sharoitida o‘z o‘rnini topib bormoqda.
Bunday tadbirkorlik yangi axborot texnologiyalarini, yangi g‘oyalar va ishlab 
chiqarishni modernizatsiyalash bilan ishlashni ta‘minlovchi butun tizimning 
ajralmas qismini tashkil etadi. Bundan tashqari, kichik korxonalar tavakkalchilik 
xavfi yuqori bo‘lgan sharoitlarda ishlab chiqarishning ma‘qul shakllaridan 
hisoblanadi. Kichik korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g‘oyat 
katta ahamiyatga ega. Yangi texnologik g‘oyalarni yirik korxonalarga nisbatan 
tezroq qabul qiladigan kichik biznesda xatar kamroq va katta turkumdagi ishlab 
chiqarishga qaraganda ishni tezroq yo‘lga qo‘yish mumkin. Bu esa bizning 
sharoitda ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlantirishga yordam berishi mumkin. 
Iqtisodiyotning umumiy taraqqiyotini ta‘minlashda, tovarlar va xizmatlar 
etishmovchiligini bartaraf etishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik katta o‘rin 
tutadi. Mehnat resurslari tez o‘sayotgan va ishlab chiqarish joylashuvidagi 
o‘ziga xoslik sharoitlarida O‘zbekistonda kichik korxonalar tizimini vujudga 
keltirish quyidagi imkoniyat-larni yaratadi:

erkin mehnat resurslarining, yangi xo‘jalik munosabatlarining joriy etilishi, 
yangi mulkchilik shakllarining paydo bo‘lishi natijasida ishlab chiqarishda 
bo‘shatiladigan shaxslarning ijtimoiy ishlab chiqarishga ko‘proq jalb 
etish, mulkchilikning yangi shakllari paydo bo‘lishi; 

aholining, birinchi navbatda yoshlarning, moddiy, ma‘naviy va kasb 
darajasini ko‘tarish; 

aholining sust harakatchanligini hisobga olgan holda sanoat ishlab 
chiqarishini aholi yashaydigan joylarga yaqinlashtirish hamda aholining xalq 
iste‘moli mollariga bo‘lgan extiyojlarini to‘laroq qondirish; 
milliy va badiiy hunarmandchilikni tiklash, shuningdek, kichik va o‘rta 
shaharlarni, qishloq aholi punktlarini rivojlantirishga yordam ko‘rsatish, umuman, 
har bir mintaqa uchun g‘oyat muhim bo‘lgan iqtisodiyot samaradorligini oshirish . 
Iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkor-
likning ijobiy ahamiyatini e‘tirof etgan holda, uning ahamiyatini ortiqcha baholab 
yuborish ham to‘g‘ri emas. Xususiy tadbirkorlik faqat muayyan doiradagina faollik 
ko‘rsata oladi, shu sababli kichik biznes faoliyatini rivojlantirish uchun kerakli 
sharoitni yaratish zarur. Buning uchun bizningcha, moliya jamg‘armalarini tashkil 
etish kerak. Bu jamg‘armalar tadbirkorlar tijorat banklarida imtiyozli kreditlar 
olish uchun kafil bo‘lishlari, subsidiyalarga, shu jumladan qaytarib berilmaydigan 
subsidiyalarga (iqtisodiyotning alohida ustuvor sohalaridagi korxonalar-ni 
rivojlantirish uchun) manba bo‘lib xizmat qilishlari lozim. 
O‘zbekistonda kichik korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimining 
takomillashtirilishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka xizmat ko‘rsatadigan 


69 
banklar, fondlar, investiiiyalar va sug‘urta tashkilotlarining faoliyat-
larini rag‘batlantirish yo‘nalishida olib borilishi lozim. Xorijiy mamlakatlardagi 
kabi O‘zbekiston Respublikasida ham agar korxona ustuvor davlat dasturida (yangi 
texnikani yaratish, uzoq hududlarni rivojlantirish va boshqalar) qatnashayot-
gan bo‘lsa, imtiyozli qarzlar olishi mumkin. Bunda foizning eng kam me‘yori va 
qarzni uzishda uzoq muddat berilishi – qarz berishdagi asosiy shartlardandir.
Kichik korxonalar faoliyatiga oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan xilma-xil xatarli 
vaziyatlar katta ta‘sir ko‘rsatadi, kon‘yunkturaning keskin o‘zgarib ketishi, 
mijozlarning to‘lovga qodir bo‘lmay qolishi, tabiiy ofatlar ularni tang ahvolga 
tushirib qo‘yadi. Shu sababli rivojlangan mamlakatlarda sug‘urtalar tizimi yaxshi 
yo‘lga qo‘yilgan. Bizning mamlakatimizda ham sug‘urtalar barpo etilishi zarur. Bu 
tizim kichik korxonalarni rivojlantirishda (ayniqsa tijorat xatarlari katta bo‘lgan 
sohalarda) qulay sharoitlarni kafolatlashi, o‘ziniki bo‘lgan yoki qarz olingan 
kapital bilan tavakkal qilib ish boshlagan tadbirkorlarga ishonch va zarur 
barqarorlikni yaratishi kerak.Iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish, kichik biznes 
va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish respublikamizda o‘tkazilayotgan iqtisodiy 
islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu esa iqtisodiy 
raqobatning rivojlanishini, iste‘mol bozorini tovarlar va xizmat turlari bilan 
to‘ldirishni, shuningdek, xususiy tadbirkorlarning keng qatlamini yaratishni taqozo 
etadi. Bularni hisobga olib, bugungi kunda Respublikada quyidagi masalalarni hal 
qilish lozim:

aholining keng tabaqalarini bozor faoliyatiga olib kirish, ulardagi 
boqimandachilik, iste‘molchilik psixologiyasini bartaraf qilish, aholida 
xususiy tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan faol shug‘ullanish istagini 
uyg‘otish; 

qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy munosabatlarni tubdan yangilash, dehqon va 
fermer xo‘jaliklar faoliyatini yanada rivojlantirish hamda ular sonini imkon 
qadar oshirish, hududlarda kichik korxonalar tashkil etish yo‘li bilan 
vaqtincha ishsiz yurgan kishilarni qo‘shimcha ish joylari bilan ta‘minlash; 

mintaqada bozor munosabatlari va infratuzilmani jadallashti-rish, iqtisodiy 
raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; 

respublika aholisining ortib borayotgan talab va extiyojlarini to‘laroq 
qondirishga xizmat qiluvchi iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarni barpo etish; 

ko‘rsatiladigan xizmatlar turini va miqyosini keskin oshirish, bank, 
auditorlik, konsalting hamda turli vositachilik faoliyatlarini hozirgi zamon 
fan va texnikasi yutuqlari asosida yuksak saviyada tashkil etishni ta‘minlash; 

korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirish, ularning iqtisodiy 
jihatdan mustaqil bo‘lishlarini ta‘minlash uchun shart-sharoitlar yaratib 
berish; 


70 
joylarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari va hajmini bozor talablariga 
ko‘ra osonlik bilan moslashtira oladigan iste‘mol bozorini tovar bilan to‘ldirib, 
eksport uchun mol chiqara oladigan kichik korxonalarni joriy qilish . 
Ma‘lumki, respublikada mehnatga layoqatli aholining 65,3 foizi qishloqlarda 
yashaydi. Bu qishloq joylarda tadbirkorlikning rivoji uchun juda katta imkoniyatlar 
mavjudligini ko‘rsatadi. Shu bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida 
band bo‘lgan ortiqcha ishchi kuchlarini xizmat ko‘rsatish, qayta ishlash va shu kabi 
yo‘nalishlarga qayta taqsimlash kerak. Qishloqda tadbirkorlikni, uning kichik 
biznes shakllarini rivojlantirish bilan bog‘liq turli boshqaruv pog‘onalarida 
tashkiliy-iqtisodiy masalalarni hal etish ustuvor masalalar qatoriga kiradi.Bu 
maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatimiz miqyosida quyidagi masalalarni 
hal qilish lozim:

bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlash uchun kadrlar tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish; 

hududlarda haqiqiy tadbirkorlik muhitini yaratish; 

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan qo‘llab-
quvvatlash; 

kichik biznes va tadbirkorlikning huquqiy bazasini mustahkamlash; 

kichik biznes 
va 
xususiy tadbirkorlikni texnologik 
jihozlar bilan 
ta‘minlashni qo‘llab-quvvatlash; 

islohotlar natijalarini reklama va axborot xizmati vositalari orqali keng 
ommaga yetkazish . 
Tadbirkorlik faoliyati rivojlanishida soliq va savdo sohalaridagi davlat siyosati 
muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha shu sohadagi cheklovlar 
kichik biznes rivojidagi aksariyat muammolarni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. 
So‘rov o‘tkazilgan tadbirkorlarning 75 foizi moliya-kredit tizimini takomillash-
tirishni, 52,5 foiz soliqni, 69 foizi moddiy-texnika resurslari bilan savdo qilishni 
yaxshilash lozimligi to‘g‘risida fikr bildirganlar. Shuning uchun islohotlarning 
hozirgi bosqichida bu sohalarda tadbirkorlikka to‘siq bo‘layotgan omillarni tahlil 
qilish va ularni bozor talablari doirasida baholash muhim ahamiyatga egadir. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin