B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/120
tarix12.10.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#154738
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   120
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samar

 
Nazorat uchun savollar 
1.
Prognozlash va rejalashtirishning farqlarini tushuntiring. 
2.
Rejalashtirish turlarini tavsiflang. 
3.
Prognozlash tamoyillarini asoslab bering. 
 
 
6-BOB. DAVLATNING IQTISODIYOTDA XUSUSIY TARMOQ VA 
TADBIRKORLIKNI QO‟LLAB QUVVATLASH SIYOSATI 
 
6.1. Xususiy tarmoq va tadbirkorlikning milliy iqtisodiyotda tutgan o‘rni hamda 
ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati . 
6.2. Davlat mikroiqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari . 
6.3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag‘batlantirish va qo‘llab 
quvvatlash tizimi . 
 
Tayanch iboralar: 
tadbirkorlik, kichik biznesga oid qonunchilik, davlatning 
mikroiqtisodiy siyosati, iqtisodiy resurslarni diversifikatsiya qilish, biznes reyting 
6.1 Xususiy tarmoq va tadbirkorlikning milliy iqtisodiyotda tutgan o‟rni 
hamda ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati . 
Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy 
omillaridan biri kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdir. 
Tadbirkorlik shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil 


63 
faoliyati. Bu faoliyat o'z nomidan, o'z mulkiy ma‘suliyati va yuridik shaxsning 
yuridik mas‘uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor qonun tomonidan 
ta‘qiqlanmagan barcha xo'jalik faoliyati, shu jumladan, vositachilik, sotish, sotib 
olish, maslahat berish, qimmatbaho qog'ozlar bilan ish olib borish bilan 
shug'ullanishi mumkin. Tadbirkorlik shaxsiy va ijtimoiy foydalarni ko'zlagan holda 
daromad olish uchun sarflanayotgan mablag' bilan bog'liq faoliyatdir . 
Jumladan mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta‘kidlaganlaridek: 
―…«O‗ztadbirkoreksport» va «O‗zsanoateksport» aktsiyadorlik jamiyatlari
shuningdek, Milliy bank huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
sub‘ektlarining eksportini qo‗llab-quvvatlash jamg‗armasi yo‗nalishi bo‗yicha 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlari eksporti bilan bog‗liq. Bu borada 
kamida 1 milliard 500 million dollarlik eksportni ta‘minlash kerak.‖Davlat 
moliyasini barqarorligini ta‘minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
sub‘ektlari faoliyatini amalga oshirishning tutgan o'rni jamiyat taraqqiyotida, 
siyosiy va ijtimoiy o‘zgarishlarning eng muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.
Ayniqsa o‘tish davrida bozor islohotlari turlicha namoyon bo‘layotgan 
mamlakatlar, xususan, MDH davlatlarida bu tendentsiya yaqqol ko‘zga 
tashlanmoqda. Bunday sharoitda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlari 
faoliyatini amalga oshirishda qator funksiyalarni bajaradi. Uning siyosiy funksiyasi 
jamiyat iqtisodiyotining asosiy bo‘g‘ini — o‘rta mulkdorlar sinfining shakllanish 
manbai sifatida namoyon bo‘lishidadir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
sub‘yektlari – foyda olish maqsadida resurslardan yanada samarali foydalanishga 
qaratilgan xo‘jalik faoliyatining muhim turidir. Ushbu jarayon quyidagilar orqali 
izohlanadi:
- tadbirkorlik kishilarning tavakkalchilik va mas‘uliyat bilan bog‘liq 
tashabbuskorlik faoliyati demakdir;
- tadbirkorlik cheklangan va innovatsion yondashuvni talab qiladigan 
resurslardan yanada oqilona foydalanishga qaratiladi;
- tadbirkorlik faoliyati qo‘shimcha daromad va foyda keltirgan taqdirdagina 
o‘zini oqlagan hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyati davomida, bozor iqtisodiyotining 
nimani, qanday, kim uchun ishlab chiqarish kerak, degan muhim masalalari o‘z 
yechimini topadi . 
Iqtisodiy erkinlik (mustaqillik), to‘liq moddiy javobgarlik, maksimal 
darajada foyda olishga qaratilgan tijorat faoliyati tadbirkorlikning eng muhim 
iqtisodiy tamoyillari hisoblanadi. Tadbirkorlikning ikkita muhim turi – 
savdosotiqqa asoslangan, narxlardagi farqlar hisobidan foyda olishni nazarda 
tutadigan hamda aniq iste‘molchining ehtiyojlariga mos holda mahsulot ishlab 
chiqarish va sotishga asoslangan faoliyatni ajratib ko‘rsatish mumkin. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning barcha shakli – davlat, xususiy 


64 
(rivojlanishda ustunlikka ega), jamoa, shaxsiy hamda aralash shakllari teng huquqli 
tarzda taraqqiy etadi . 
Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik fuqarolar bandligini 
ta‘minlashning muhim sharti hamda aholi daromadining barqaror manbai bo‘lib 
bormoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekistonda kichik biznesning 
ulushi yalpi ijtimoiy mahsulotning bor-yo‘g‘i 1,5 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2011 
yilda ushbu raqam 31, 2012 yil yakunida esa 52,5 foizga ko‘tarildi. 2013 yilda 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi evaziga 500 mingga yaqin 
yangi ish joylari tashkil etildi. 2013 yilda yalpi ichki mahsulotda kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikning ulushi 55,8 foizga yetkaziladi va 2014 yilda yalpi ichki 
mahsulot tarkibida kichik biznes ulushi 31,1 foizdan 52,5 foizga o'sdi, ushbu 
sohada bandlik darajasi iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band aholi umumiy 
sonining 49,7 foizidan 74,5 foizigacha oshdi. 2015 yilda bu ko‘rsatkich 77,9 foiz, 
2016 yilda 78,1 foizga oshgan bo‘lsa, 2017 yilning birinchi choragida 77,7 foizga 
yetganini kuzatishimiz mumkin.
Aholi daromadlarining 47 foizdan ziyodi tadbirkorlik faoliyatidan tushgan 
daromadlar hissasiga to'g'ri keladi. Rivojlangan mamlakatlarda ushbu ko‘rsatkich 
70 foizga yaqinligini hisobga olsak, bizda ushbu yo‘nalishning kelajagi 
porloqligini e‘tirof etish mumkin. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar jarayonida 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa qishloq 
joylarida uni ravnaq toptirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ishlab 
chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayonlari 
eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hamda yurtdoshlarimizning 
turmush farovonligini oshirishda muhim o‘rin tutmoqda . 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin