BO‘LAJAK O‘QITUVCHI O‘Z NUTQINI TAKOMILLASHTIRIB
BORISHI UCHUN AMAL QILISHI LOZIM BO’LGAN JIHATLAR
Sodiqov Hamid Maxmudovich
A.Qodiriy nomidagi JDPI, Jizzax, O’zbekiston
e-mail:
hamid.sodiqov79@inbox.ru
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bo’lajak o’qituvchi o’z nutqini takomillashtirib borishda
e’tibor qaratishi lozim bo’lgan jihatlar yoritilgan.
Kalit so’zlar
: nutq, diqqat, xususiyat, tajriba, o’qituvchi, faoliyat, tovush, diapozon,
tembr, texnika, qobiliyat.
***
Аннотация:
В этой статье описаны аспекты, на которых будущий учитель
должен сосредоточить внимание при улучшении своей речи.
Ключевые слова:
речь, внимание, особенность, опыт, учитель, деятельность,
звук, диапозон, темр, техника, умение.
***
Abstract:
This article describes the aspects that a future teacher should focus on when
improving his speech.
Key word:
speech, attention, feature, experience, teacher, activity, sound, range, timbre,
technique, skill.
Barchamizga yaxshi ma’lumki, o‘qituvchining pedagogik faoliyatida nutq
texnikasi eng murakkab va doimiy munozaralarga sabab bo‘lib kelayotgan jarayon.
Shuning uchun avvalo o’qituvchi nutq texnikasini to’g’ri egallashi lozim.
O‘qituvchi har xil vaziyatlarda, turli xarakterdagi o‘quvchilar
bilan muloqotda
bo‘ladi. Demak u o‘z nutqini ana shu vaziyatlar asosida, o‘quvchilar holatiga qarab
tuzishi, o‘zgartirishi, doimo nutqining ta’sirchan chiqishiga e’tibor berishi lozim.
O’quvchilar o‘qituvchi nutqiga juda e’tibor beradilar. Biror harf yoki
tovushni noto‘g‘ri aytilishi kulgiga sabab bo‘ladi. Bir ohangdagi nutq-tezda
charchatadi. Individual suhbat paytidagi o‘qituvchining baland ovozidan o‘quvchi
o‘zini aldanayotgandek his etadi. Bu o‘qituvchiga
ishonchsizlik bilan qarash
hislarini uyg‘otadi.
O‘quvchi hayoti davomida o‘qituvchisining nutqiy xususiyatlarini,
o‘quvchilarga murojaat qilish, savollarga aniq
va mukammal javob berish
usullarini xotirasida saqlaydi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchi
nutqi pedagogik mahoratning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
O’qituvchi pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli olib borishi uchun, o‘qituv-
chining nutqi ma’lum talablarga javob berishi maqsadga muvofiqdir.
Nutq texnikasi malakalari va ko‘nikmalarini muvaffaqiyatli egallash uchun
sharoit
yaratuvchi
notiqning
umumiy
ruhiy,
jismoniy
xususiyatlarini
takomillashtirish,
bunda tasavvurni, obrazli xotira va fantaziyani rivojlantirish
ko‘zda tutiladi. Bunday faoliyatda
tovush, diapazon, tembr, diksiya, artikulyatsiya,
ritmika, to‘g‘ri nafas olish
muhim rol o‘ynaydi.
Tovush.
Ba’zi o‘qituvchilarga tovush tug‘ma qobiliyat sifatida berilgan, lekin
bu ham mashq qilib turilmasa buziladi. O‘qituvchi o‘z tovushini kuchli,
egiluvchan, emotsional ta’sirchan qila olishi mumkin.