53
UCHINCHI BOB
Bog‘ning lang ochilgan kattakon cho‘yan darvozasidan
birin-ketin izvoshlar kirib turar, Mogelnitskiylarning juda yorug‘
qilib yoritilgan qasri dahlizida harakat tinmas, chaqirilgan meh-
monlarning keti uzilmas, oynavand dahlizdagi xizmatkorlar ular-
ning ust kiyimlarini yechib olar edilar.
Mehmonlarni Stefaniya bilan Vladislav mehmonxona ki-
raverishida turib kutib olardi. Stefaniyaning balda kiyadigan qora
ko‘ylagi to‘la gavdasiga silliq o‘tirgan, yolg‘iz yelkasi bilan qo‘l-
larigina ochiq qolgan, chehrasi esa shodiyona bir hayajon ichiga
g‘arq bo‘lgan edi. U mehmonlarni shu qadar mehribon tabas-
sumlar va shu qadar yumshoq muomalalar bilan kutib olardiki,
kirgan zamonoq graf uyining hashamati va porloq jamoat qarshi-
sida hurkib turgan kichik dvoryanlarda jur’at va e’timod
tug‘ilardi.
Vladislav asil oliynasab taassuroti qoldirish istagi va haya-
joni bilan qip-qizarib ketgan edi; u istardiki, bu yerga siyosiy
mulohazalar bilan kiritilgan bu inson uvoqlari uchun graf Mogel-
nitskiyligini darrov sezsinlar. Vladislav yer-mulki dvoryanlarga
naridan-beri ikki barmog‘ini uzatar, katta dvoryanlarga esa bir
necha tabrik so‘zlari ham aytar edi. Knyaz Zamoyskiy oilasi
bilan ko‘ringan zahoti Vladislav ularning istiqboliga yugurdi.
Katta zaldan sozlanayotgan cholg‘ular tovushi eshitilib
turar edi.
Vladislav Stefaniyaga qarab shipshidi:
— Ana, pan Barankevich ham rafiqalari bilan keldilar!
Bular tomon juda ham semiz bir kishi yaqinlashib keldi;
bu odam qo‘ltiqlab kelayotgan xotini aksiga juda ham oriq edi.
Ohorli tor yoqasidan jirli bag‘baqalari osilib turardi. Uning qizil
tomirli baqa ko‘zlari Stefaniyaga tushdi.
— O-o-o! Oliynasab pani, bugun ho‘p ham ofatijon bo‘lib-
54
dilar-e! Attang, o‘n yoshgina kichik bo‘lganimda... He... um...
Ha!.. — deb h-heladi yo‘g‘on ovozi bilan.
Uning xotini pani Anelya qovoq-lunjini osiltirib jilmaydi.
Vladislavga qand zavodi egasining egnidagi nimcha tugmalari
nihoyatda yo‘g‘on qorinining siquviga turish bermay mana hozir
uzilib ketadiganday ko‘rinardi.
Barankevichlar mehmonxonaga kirib ketishdi. Xizmatkor-
lardan biri avtomobilda janob nemis zobitlari kelganligini Stefa-
niyaga xabar etdi. Vladislav Stefaniyaga ma’noli qilib bir qaradi-
yu, keyin shoshib-pishib:
— Edvardning “nemislarni ko‘zdan qochirmaslik kerak”
degan so‘zi esingdan chiqqani yo‘qmi, Stefa? — deb so‘radi. —
Ularni kichik mehmonxonaga o‘tqazish kerak. Buning davosi:
nemischa gapiradigan oyimqizlarni o‘sha yerga to‘plash-u, vino-
ni to‘kib qo‘yish-da.
— Esimda... Ana kelishdi. Men o‘zim kutib olaman, sen
yuqoriga chiqib, bularning kelganligidan Edvardni boxabar qilib
qo‘y... Innaykeyin Lyudvigaga ayt, tushib menga yordam bersin.
Hamma odamlar so‘rashyapti uni...
Vladislav ketdi. Stefaniya nemislarni maftunkor tabassum
bilan kutib oldi. Zonnenburgning yonida hali u qadar qarimagan
bir polkovnik, shahar garnizonining boshlig‘i kelardi. Ular orqa-
sida uch zobit, shu jumladan, Shmultke ham bor edi, Zonnenburg
ularni Stefaniyaga tanishtirdi.
Polkovnik yaltillagan mo‘ylovlari bilan uning qo‘liga
tegindi:
— Iltifotli da’vatlari uchun favqulodda minnatdorman va
nemis qo‘shini zobitlaridan birining sizday xotini bilan uchrash-
ganim uchun g‘oyat shodman, grafinya, — dedi u.
— “Polkovnik janoblari bizning jamiyatimizda zerikib
qolmaslar”, — deb umid qilaman.
Polkovnik:
55
— Yo‘g‘-e! Yo‘g‘-e! — deb e’tiroz etdi.
Zobitlar orasida qolgan Stefanmya zalga qarab yo‘llandi.
Zonnenburg Shmultkeni ushlab qoldi.
— Leytenant janoblari, chorbog‘ atrofiga qorovul qo‘y-
dingizmi?
— Qo‘ydim, mayor janoblari!
* * *
Edvardning kabinetida bir necha kishi o‘tirar edi. Bu yerda
kecha Varshavadan qaytib kelgan Edvard, Iyeronim hazratlari,
knyaz Zamoyskiy, Barankevich, yepiskop muovini Benedikt va
fuqaro kiyimida tag‘in uch yigit bor edi.
Lyudviganing hashamatli uyi oldida Yuzef o‘tirgan edi.
Xizmatkori suyab kelayotgan qari knyaz Mogelnitskiyni
ko‘rishi bilanoq Yuzef ehtirom bilan eshikni ochib berdi, keyin
xizmatkorning qoq tumshug‘i oldida uni tag‘in yopib qo‘ydi.
— Ketaver, kerak bo‘lsang, chaqiraman.
O‘g‘li hayron qolib, yelkalarini qisdi, so‘ng zinapoyadan
pastga tusha boshladi.
— Hoy, haligi sayoq Mechislav qayoqda? Unga qarab yur,
Adam. Xudo boshimizga bir balo qildi-da!..
Adam to‘xtab, otasiga xo‘mrayib qaradi.
— Kecha kechqurun Fransiskani urganidan beri ko‘rga-
nim yo‘q. Qo‘rg‘ondagi askarlar yoniga ketgan emish.
Otasi kirishi bilanoq Edvard o‘rnidan turdi.
— Endi hamma yig‘ildi, shekilli. Pastdagilar vaqti chog‘-
lik qilib turgunlaricha biz ba’zi narsalar to‘g‘risida gaplashib
olamiz, — dedi va Kazimir Mogelnitskiy uning istiqboliga qo‘z-
g‘algan notanish yigitlar oldiga kelib to‘xtaganda:
— Bular bilan tanishing, ota, — deb ilova etdi Edvard.
Ko‘zlari yallig‘langan, qoni qochgan biri:
56
— Kapitan Vrona, — deb o‘zini tanitdi.
— Leytenant Varneri, — dedi ikkinchisi; bu sarvqomat,
ko‘k ko‘z yigit edi.
Mo‘ylovlarini kalta qilib oldirgan, yo‘g‘ondan kelgan
uchinchisi xo‘mrayib:
— Poruchik Zaremba, — dedi yo‘g‘on ovoz bilan.
Xonaga shoshilib Vladislav kirib keldi.
— Edvard, nemislar keldi — polkovnik, bir necha zobit...
Lyudviga pastga tushdi. Eshityapsanmi, tush
1
chalishyapti? Buy-
ruqlaring batamom bajarildi. Endi shu yerda qolishimga ruxsat
berasanmi?
Edvard quruqqina qilib javob berdi:
— Yo‘q. Bor, pastga tushib, mehmonlarga qara. Yarim
soatdan keyin kelasan.
Vladislav chehrasi bilan norozilik bildirgan bo‘lsa ham,
lekin harbiylarcha o‘girilib, chiqib ketdi. U bugun ertalab pod-
poruchik martabasiga “ko‘tarilgan” va Edvard tomonidan tuzila-
yotgan polyak legioniga vzvod komandiri qilib tayinlangan edi.
Hamma o‘tirgandan keyin:
— Shunday qilib, agar panlar ijozat bersalar, boshlayman,
— dedi Edvard.
Pastdan musiqa eshitilib turardi.
— Indinga bosh ko‘tarmoqchi bo‘ldik. Ortiq paysalga
solib bo‘lmaydi. Avstriyaliklar hamma narsani tashlab yurtlariga
qochib ketishyapti. Germaniyada inqilob bo‘libdi, bugun eshit-
dik. Ahvolimiz judayam mushkul. Yurtiga ketayotgan nemislarni
Dostları ilə paylaş: |