Psya krev
(
polyakcha) — itdan tarqagan (haqorat).
104
hali qulfda.
— Bundan chiqdi, sen muttaham ekansan-da? Raymond,
cho‘ntagingga hazir bo‘l! Bo‘lmasa, hozir u ko‘zingni sham-
g‘alat qilib, cho‘ntagingni qoqlab ketadi!
Pshenichek g‘azab bilan Andriyga o‘girildi.
— Meni muttaham degan senmisan? Sakramenska
potvora
1
!
— O‘zing aytding-ku! — dedi Andriy olishishga
tayyorlanib.
Keksa bir ayol Pshenichekning yengidan tortib qichqirdi.
— Hay, muncha xo‘rozga o‘xshab bir-biringga yopish-
masang? Gapni gapga qovushtirishmaydi-ya!
— Hay, hammani emas, deysanmi? Kimlarni olib qolish-
yapti?
— “Haqiqat yo‘lida qamalganlarni”, — dedim-ku, ular
o‘tirishadi hali! Qani — tag‘in bitta-yarimtang meni muttaham
deb ko‘r-chi, naq qulog‘ingning tagida shavla qaynatib qo‘yay...
Men ham haqiqat uchun o‘tirgan edim! Lekin nima uchun qo‘yib
yuborishganiga o‘zim ham hayronman!
Bashang kiyingan bir zot Pshenichekka do‘q urdi:
— Hay bola! Nima deb vaysayapsan? Yo tag‘in panjara
ichiga qaytib kirging bormi? — dedi-da, nonvoyning yelkasiga
tayog‘i bilan bir turtdi.
Bu kolbasa zavodining egasi bo‘lib, uni butun shahar xalqi
tanirdi.
Andriy uning qo‘lidan tayog‘ini tortib oldi.
— Nega uni urding, sassiq kolbasa? Ma, javobiga! —
dedi-da, Andriy bir urib savdogarning boshidagi shlyapasini
uchirib yubordi.
Savdogar tepakal boshini changallab baqirdi:
1
Potvora
(polyakcha) — la’nati maxluq.
105
— Ushlanglar uni! Poli-tsi-ya!
Tosh yo‘lda ot tuyoqlari taqilladi.
— Bu nima yig‘in? — dedi ot choptirib kelgan Edvard
Mogelnitskiy, so‘ngra ot ustida turib, qamoqxona oldidagi
olomonga nafrat bilan ko‘z tashladi.
— Poruchik Zaremba, maydon odamlardan tozalansin!
Zaremba buyruq berdi:
— Ta-arqa-al!
Boshi ustida o‘ynatilgan qilich yarqiradi.
Olomon guvullab qochdi, yo‘lida uchragan narsani yiqitib
ketdi.
Qamoqxona darvozasi oldida turgan legionerlar bo‘linma-
si miltiqlarini qo‘liga oldi. Bu narsa ham komandirga tabrik, ham
olomonga tahdid bo‘la olur edi.
* * *
Raymond, Olesya va Pshenichek ikki daha chopib o‘tib
to‘xtashdi. Legionerlar olomonni haydab yuborib, qaytib ketish-
di.
— Andriy qani, a? Ko‘rganinglar yo‘qmi uni? — deb
Olesya tashvishlanib so‘radi.
Yugurishdan uning yuzlari qizargan, nafasi bo‘g‘ilgan edi.
Nonvoy bola avval qizga, keyin Raymondga qaradi-da,
xo‘rsinib jilmaydi.
Tor ko‘chadan Ptaxa yugurib chiqdi. U qo‘lida tayoqni
aylantirib, sekin-sekin chopib kelardi.
— A-a-a! Bu yoqda ekansizlar-da! Tfu... Picha kechikib
qolibman. — Uning ko‘zlarida kulgi chaqnardi.
U do‘stlarning oldiga yetib kelib, devorga suyandi-da,
qah-qah urib kula boshladi.
— Voy, uning tiraqaylab qochganini bir ko‘rmadinglar-
106
da! O‘laman! Hamma qocha boshlaganda yana bir marta kolba-
sachining boshiga tayoq bilan taqillatib tushirdim. Voy, shuna-
qayam qochdiki, buzoq ham ip esholmay qoladi! Axir, men zo‘r-
g‘a yetdim-da unga. Xayr-ma’zur o‘rniga tag‘in bir tushirdim!
Mendan xuddi balo-qazodan qochgandek bir darvozaga urib
ketdi...
Pshenichek ham kulib yubordi.
Raymond bilan Olesya ham o‘zlarini kulishdan tutib
qololmadilar.
— Sen bilan endi hech qayoqqa bormayman. Odamni
sharmanda qilasan... Qara-ya, sening bunday bezori ekanligingni
bilmagan ekanman...
— Qo‘ysang-chi, Olesya, bugungi kun o‘zi shunaqa g‘ov-
g‘ali bo‘lsa, men aybdormi? — deb Andriy kuyinmay javob
qaytardi.
— Ma, oshna, tayoqni. Seni shu bilan urishgan edi, ol, sen-
ga esdalik bo‘lib qolsin... — Andriy tayoqni nonvoyga bera turib,
so‘radi:
— Aytmoqchi, bizning zavodliklarni ko‘rmadingmi u yer-
da? Patlay, Shirokiy deganlarni?
— Nega ko‘rmay! Ular bilan birga o‘tirdim-ku. Vasiliy
Stepanovich yaxshi odam ekan! Zavodliklar hammasi bir yerda...
Ularning ichida tag‘in Pshigodskiy degan ham bor. U ham yaxshi
odam ekan, — dedi Pshenichek ukrain so‘zlarini zo‘rg‘a qo-
vushtirib.
Raymond picha o‘ylab turgach:
— Bilasanmi nima qilamiz? — dedi. — Hozir Vasiliy
Stepanovichnikiga boramiz, sen butun bo‘lgan narsalarni xotini-
ga aytib berasan.
— U o‘zi ham bir-ikki og‘iz gap tayinlagan edi.
— Tayinlagan bo‘lsa tag‘in yaxshi, yuringlar. Qani,
tanishib qo‘yaylik.
107
* * *
Qamoqxona boshlig‘i:
— Kapitan janoblari, ozod etilganlardan bittasi sizga mu-
him bir narsa aytmoqchi, — deb Dzebekni ko‘rsatdi.
— Xo‘sh, nima gap? Tez bo‘l! — dedi Vrona devon-
xonaga kirib kelib.
— Oliynasab pane, janoblarini g‘alaba bilan tabrik etishga
ijozat so‘rayman! Men ham polyakman, shuning uchun... — deya
Dzebek hayajon bilan so‘z boshladi:
— Gapni kalta qil!
Dzebek gapining uchini yamlab qoldi, so‘ngra yaltoqlik
bilan bir iljayib tezlashdi.
— Men polyak bo‘lganim uchun, vatan yo‘lida sizga sid-
qidildan xizmat qilishga majburman... Qamoqxonaga anglashil-
movchilik orqasida tushib qolgan edim.
— Gapni kalta qil, psya krev! — deb o‘shqirdi Vrona.
— Pane kapitane, to‘qqizinchi kamerada qolgan odamlar-
ning xavfli ekanliklarini xabar qilishni o‘z burchim deb bila-
man... Ayniqsa Patlay xavfli odam... So‘ngra Pshigodskiy ham.
Ularning og‘zi sira targ‘ibotdan bo‘shamaydi... Ayniqsa Patlay
xavfli. U sochining tukidan tirnog‘igacha inqilobchi, pane kapi-
tane! Innaykeyin, Pshenichek degan bolani bo‘shatishga ijozat
qildilar, janoblari. U juda yaramas bola! Hamma vaqt ular bilan
og‘iz-burun o‘pishib keldi. U chiqib ketayotganda Patlay qulo-
g‘iga bir narsalar deb pichirladi. Kech bo‘lmasa, tutib qolishga
buyruq bersalar. Agar pane kapitanega kerak bo‘lsa, hamma gap-
ni batafsil aytib berishga tayyorman.
— Tuzuk! Gaplashamiz... Aytmoqchi, o‘zingiz nima ish
qilmoqchisiz?
— Janoblariga nima ma’qul kelsa, pane kapitane.
108
— Xayr, ko‘ramiz-da! Kim biladi, balki, josuslikni do‘n-
dirib yuborarsiz. Ammo menga nayrang ketmaydi! Yo‘qsa pe-
shonangizga bir o‘q yeysiz-u, o‘zingizni chuqurda ko‘raverasiz!
— He-e, qo‘ysinlar-e, pane kapitane! Ishonchlarini zoye
ketkizmayman.
* * *
Kechqurun Rayevskiy o‘g‘li bilan sekingina uyiga yaqin-
lashdi. Derazada chiroq yonib turar edi.
— Demak, tinchlik. Oying uyda.
Otasi uyga kirib ketdi, o‘g‘li darvoza oldida qo‘riqlab qol-
di. Raymond otasining topshirig‘i tufayli kun bo‘yi shaharda
izg‘ib yurdi.
Birozdan so‘ng uydan onasi chiqdi. Keta turib o‘g‘lining
qulog‘iga shipshidi:
— Patlayning xotini oldiga ketyapman. Oliva biznikida.
Otangni kutib o‘tirgan edi. — Keyin zulmat ichida ko‘zdan g‘o-
yib bo‘ldi.
“Jondan aziz onaginam! Biram o‘zgarib ketdiki! Butunlay
boshqacha — xuddi yosh bo‘lib qoldi...”
* * *
— Hammasini bajaramiz, o‘rtoq Rayevskiy. Bosmaxona-
mizning omborida ehtiyot uchun turgan “bostonka”
1
bor. Qo‘l
bilan ishlaydi. Bugun kechasi ularning shtabidan berilgan sho-
shilinch bir buyurtmasini bajaramiz. Buyruqlar, safarbarlik qo-
g‘ozlari va harbiy guvohnomalar bosish kerak. Shularning ham-
masidan sizga ham oz-ozdan keltirib beraman. Asqatib qolar,
1
Dostları ilə paylaş: |