Jahon adabiyotining so‘nmas yulduzlari nikolay Alekseyevich ostrovskiy bo‘ron bolalari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/40
tarix12.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#154791
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40
Nikolay Alekseyevich Ostrovskiy. Bo\'ron bolalari

121 
OLTINCHI BOB
Dzebek tilla pogonli podporuchiklik unvoni va ming mar-
ka pul ishlab qolishga qattiq bel bog‘ladi. Iloji bo‘lmasa, olisroq 
yerga qochishni jazm qildi. Buningsiz ham allaqachon joyni 
o‘zgartirish kerak edi. Lekin hozir o‘yin boshlanib, kartalar endi 
berilayotgan bir paytda bu tirriq o‘z ichidagi qo‘rquv shaytonini 
yengdi. Oldin “bankani urish kerak”: “Yana shunday betayin 
kunlar qachon kelar ekan?” — deb kutib o‘tirasanmi! Hozir dor-
ga osilish qanchalik oson bo‘lsa, general bo‘lib olish ham shun-
chalik oson. Ishqilib, o‘yinni boy bermaslik kerak! Katta o‘yin 
bir marta bo‘ladi... Shunday qilib, u ishga kirishdi. 
Dzebek ikki kapralni va pani Pushkalskayaning islovot-
xonasida yaqindagina shveysar bo‘lib yurgan jandarm serjanti 
Kobilskiyni yoniga olib, ishchilar posyolkasiga qarab jo‘nadi. 
Pshenichek turadigan uyning oldiga yetganda foytun 
to‘xtadi. 
— To‘xta! — deb Dzebek tosh yo‘lga irg‘ib tushdi. — Ko-
bilskiy, yur orqamdan! Hozir jin urgur Pshenichekni bosamiz... 
— Qilichini ushlab olib, shoshganicha hovliga kirib ketdi. 
Dzebek o‘zining qoq tumshug‘i tagidan orqaga, yo‘lakka 
qarab qochgan nonvoyning baland qomatini ko‘rib, vahshiy bir 
shodlik bilan baqirdi: 
— Ana u! Ana! To‘xta! Otaman! 
Leon Pshenichek uyiga otilib kirdi-yu, darrov eshikni 
qulflab oldi. 
— Voy xudo! Nima bo‘ldi? — deb qichqirdi onasi. 
Eshikni itara boshladilar. 
— Kobilskiy, sindir, bo‘lmasa qochib ketadi! 
Serjant nariroq borib turib, butun og‘irligi bilan o‘zini 
eshikka keltirib urdi. Eshik o‘pirildi, u ham eshik bilan hujraga 
yopirilib kirdi, keyin posangisini yo‘qotib, polga yiqildi. Shu 


122 
asnoda Pshenichek derazaga kelib, kallasi bilan romni bir urdi-
yu, bog‘ga tashlab qochdi... 
Singan oynaning sharaqlashi, uyga odamlarning bosib ki-
rishi va o‘g‘lining qochishi choli-kampir Pshenicheklarni shoshi-
rib qo‘ydi. Qo‘rquvdan tillari so‘zga kelmay qoldi. 
O‘pirilgan eshik va yiqilgan joyidan turib kelayotgan Ko-
bilskiy Dzebekning derazaga yetib kelishiga xalaqit berardi, 
Dzebek quturib baqirdi: 
— Tut uni! Tag‘in qochib ketdi. Eh, to‘ngak! Nega og‘-
zingni ochib qolding? Tumshug‘ingning tagida edi-ya, dayus! 
Kobilskiy shilinib ketgan tizzasini uqalab turib, xo‘mrayib 
g‘ijindi: 
— Pane Dzebek, u sizning ham tumshug‘ingiz tagida edi-
ku... 
Dzebek alamini choldan ola boshladi: 
— Tur o‘rningdan, qari tullak! Otlan! Seni oborib, tum-
shug‘ingni mijish kerak, ana unda o‘g‘lingning qayerlarda berki-
nib yurganini aytib berasan. 
Chol chexcha bilan polyakchani aralashtirib, zo‘rg‘a-
zo‘rg‘a gapirdi. 
— Pane harbiy, menda nima gunoh? 
— Menda nima gunoh deysan-a, xumpar! Kecha senga ni-
ma degan edim? Uyga kelishi bilanoq xabar qilgin, demov-
dimmi? 
— Bu qanday gap, axir, pane, dunyoda o‘z o‘g‘li ustidan 
chaquv yetkizgan bormi?.. 
— Xo‘p bo‘lmasa, savodingni mana biz chiqarib qo‘ya-
miz. Buning uchun javob berasan... Marsh! 
Kampir jon halpida faryod urdi: 
— Qayoqqa oborasizlar uni? 
— Og‘zingni yum, alvasti! Hammang ham bir qora go‘r-
san... Jim deyman, yo‘qsa shu yerning o‘zidayoq joningni jahan-


123 
namga yuboraman... 
Chol ikki jandarm o‘rtasida shapkasiz boshini g‘ariblik 
bilan egib borardi. Qo‘shnilar indamasdan tevarakda qarab turi-
shar, yigirma yilchadan beri bu uyda yashab, bir marta bo‘lsin 
hech kim bilan janjal qilmagan bu mo‘min, vijdonli g‘ildirakchi-
ni nima uchun olib ketayotganlariga tushunolmay, hayron bo‘li-
shardi. 
Yarim soatdan keyin to‘rt jandarm Patlayning xotini va 
bolalarini qo‘rqitib, uylariga bostirib kirdi. Ularning kelishi dar-
rov hammaga ayon bo‘ldi. Bu hovlida qand zavodining ishchilari 
turar, ular Patlayni tanir edilar. Bir necha daqiqadan keyin uy 
oldiga bir to‘da ishchi to‘plandi. 
Dzebek Patlayning xotiniga quzg‘unday tashlandi: 
— Qamoqxonadan chiqib kelgan bola senga nima dedi? 
Gapir! 
Esxonasi chiqib ketgan xotin: 
— Men hech nima bilmayman... — dedi pichirlab, bu 
jussasi kichkina, o‘zi juda ozg‘in bir xotin edi. Biri-biridan kichik 
bolalari onasining orqasiga o‘tib, burchakka qisilib olishdi. 
Dzebek axloqsizlarcha so‘kdi: 
— Hu, sening... shoshmay tur hali, tilingni chiqarib 
qo‘yaman! 
U hovriqa boshladi. Josuslik tuyg‘usi xitobnomalarni 
nashr etganlar tomoniga olib boradigan iz xuddi shu yerda topili-
shi mumkinligini shivirlar edi. 
— Menga qara, hoy... Kecha Pshenichek sening oldingga 
kelgan. U hozir bizda qamalib o‘tiribdi. Hamma gapni aytib 
berdi... Albatta, rosa boplab gavronlaganimizdan keyin aytdi... 
Shuning uchun bo‘yin tovlashdan foyda yo‘q. Biz faqat u aytgan 
so‘zlarning to‘g‘rimi-yo‘qligini bilmoqchimiz, xolos. Agar 
o‘zingni bilmasga solsang yo bo‘lmasa piltanglay bersang, bilib 
qo‘y, teringni sidirib olaman. Gapir!.. 


124 
Ayol tislanib burchakka suqildi, u juda qo‘rqib ketgan edi. 
— Men... Hech nima bilmayman... 
Dzebek shoshilardi. 
— Kobilskiy, ur bo‘lmasa! 
Peshonasi past, bo‘yni buqanikiga o‘xshagan chorqirra 
Kobilskiy o‘rma qamchisini ko‘tardi. 
Ona ham, bolalar ham birdan dodlab yuborishdi: ona og‘-
riqdan, bolalari qo‘rquvdan faryod qilardi. 
— Jim, manjalaqi... Senga nima dedi? Gapir! Gapir! 
Kobilskiy, sol yana! 
Ayolning vahshiy faryodi hovlida turganlarni pichoq bilan 
kesganday bo‘ldi. 
— Nima qilishyapti ular, xotin kishini-ya? 
— Hoy, yigitlar, nega serrayib turibsizlar? Kirsanglar-chi! 
— Kim biladi, ehtimol, mushtipar xotinni zo‘rlashayot-
gandir, sizlar bu yerda og‘zinglarni ochib turibsizlar... 
— Erini qamoqxonada chiritish bilan ham ko‘ngillari 
to‘lmasdan, endi xotini sho‘rlikni ham urishyapti... 
— Hoy, erkaklar, yuringlar! 
Eshik oldida turgan kapral ishchilarga qarab o‘shqirdi: 
— To‘xta! Qayoqqa borasan? 
— Ha, nima qilyapsizlar ularni? 
— Nimaga dodlashyapti? 
— Qo‘yvor, kiramiz! 
— Nega xolislar yo‘q? 
Bu g‘azabli hayqiriqlarni eshitib, Dzebek eshik oldiga 
yugurib chiqdi. 
— Xo‘sh, bu nima gap? Tarqal hammang darrov! 
Hech kim tarqalmadi. Aksincha, shahar chetida yashovchi 
odamlar bu shov-shuvni eshitib to‘rt atrofdan kelaverdi. 
— Marusya xolani qamchin bilan urishyapti! Derazadan 
o‘zim ko‘rdim... — deb qichqirdi devorga chiqib olgan Vasilyok. 


125 
Keksa bir ishchi Dzebekdan bo‘g‘ilib so‘radi: 
— Nima sababdan xotin kishini uryapsizlar? 
Olomon bostirib kelaverdi. Dzebekni qo‘rquv bosdi, bada-
nidan sovuq ilon o‘rmalayotganday bo‘ldi. Dzebek qo‘rqayot-
ganini olomon payqab qolsa, uni yanchib tashlashini bilardi. 
Shartta qinidan to‘pponchasini oldi. 
— Tarqal, yo‘qsa otaman! 
Oldingi qatordagilar orqaga tashlandilar, lekin uzoqqa 
tislanolmadilar, chunki orqadagilar qattiq itarib turishgan edi. 
Faqat Dzebek oldida turgan sersoqol ishchigina qimir etmadi. 
— Sen bu narsangni pesh qilma. Hammani otib tashlay 
olmaysan. Yaxshilikcha bu yerdan jo‘nab qollaring... 
Uzilgan o‘q hammaning bag‘rini teshdi. 
Boyagi sersoqol ishchi ko‘kragini ushladi, chayqalib bir 
yonga yiqildi. Uning atrofidagi olomon bir zumda siyraklandi. 
Jandarmlar Patlayning xotinini sudrab chiqib, izvoshga uloqtir-
dilar va to‘pponchalarini yalang‘ochlab, izvosh eshigiga turib 
oldilar. 
Dzebek bilan Kobilskiy ikkinchi izvoshga irg‘ib chiqib 
olishdi, izvosh o‘qday uchib ketdi. 
O‘lik atrofiga esa odamlar paydar-pay to‘planib kelaverdi. 
* *

“Polyak jandarmlari slesar Glushkoni o‘ldirdi”, degan 
ovoza shahar atrofidagi tor ko‘chalarning hammasiga tarqaldi. 
Bu ovoza yetmagan puchmoqlar, shaharning eng chetidagi yer-
to‘lalar ham qolmadi. Aksar odamlar bu ovozaga o‘z ko‘zlari 
bilan ko‘rib ishonish uchun Patlayning uyiga qarab kela boshla-
dilar. Qolganlari esa bu voqeani o‘z uylari oldida turib, qizg‘in 
muhokama qilardilar. 
Bu xabarni keltirgan odamdan bir necha ovoz birdan 


126 
so‘rardi: 
— Nima uchun o‘ldirishibdi? 
— Patlayning xotiniga yon bosgani uchun. Pushkalskaya-
ning islovotxonasida mushtumzo‘r bo‘lib yurgan Kobilskiy bor-
ku, ana o‘sha to‘pponcha bilan otib tashlabdi. 
— Kobilskiy emas, bozorda pildiroqchilik qilib yurgan 
otdi. Hozir o‘sha pildiroqchi bularda vaxmistr. 
— Bu qanday qonun, axir? Odamlarni bekordan bekorga 
o‘ldirishaveradimi?! 
— Qonun shunday: ot — minganniki, to‘n — kiyganniki. 
Zamonaning zayli bilan peshonamizga yangi xo‘jayinlar keldi! 
— To‘g‘ri, hozir shunaqa bo‘lib qoldi: bir kun yashab 
dordan qolsang, ming marta shukr qil. Shu ham turmush bo‘libdi-
yu! 
Bu gap-so‘zlar u yer-bu yerdagina jiddiy tus oldi. 
— Nima gap, yigitlar? 
— He-e, qo‘yaver, tilimizning qichig‘ini bosyapmiz, 
xolos... Bu gazandalar xohlaganini qilishyapti. Biz bo‘lsak faqat 
tilimizga zo‘r beramiz-da, vaysab-vaysab uy-uyimizga kirib 
ketaveramiz! Ular-chi, kechasi kelishadi-yu, ichak-chavog‘ingni 
ag‘darishib ketishadi... 
— Ha, shunchalik yuraging bor ekan, bu yerda nima qilib 
turibsan? Bor, panlarning oldiga borib o‘zing gapir. 
— Ha, nega tirjayasan? Odamlarni otishsa-yu, sen tag‘in 
tirjayib o‘tiribsan-a?! 
— Men: “Hoy yigitlar, miltiqlarni nemislarga eltib ber-
manglar”, — demabmidim. Mana endi, nemislar qochib ketish-
yapti, panlarga bas kelishga esa qo‘limizda hech narsa yo‘q. Ular 
bizni eshak qilib minib olishadi endi. 
— Koshki, bu odamlar bir-biri bilan ahil bo‘lsa, hammasi 
sabil qolgur jonidan qo‘rqadi. 
— Ha, balli! Cho‘ntagidan to‘pponchaning og‘zini ko‘r-


127 
satdimi, tutib olmasin deb, tiraqaylab qochishadi... 
— Bu yerda bizdaqa urush qatnashchilarining o‘zidan uch 
yuzdan ortiq topiladi... Hamma ham miltig‘ini topshirib qo‘yma-
gandir, men bunga ishonmayman! 
Lekin shunday paytlarda xotini suhbatga aralashib qoladi: 
— Gnat, bor uyga! Uyga bor deyman senga! 
*
* * 
Barankevich zavodida ikkinchi smena ishni tugatay de-
ganda navbatdagi smena zavodning katta darvozasi oldiga kelib 
to‘plandi. Ishchilarning bir qismi nazoratxonadan o‘tib, to‘g‘ri 
zavod sexlariga kirib ketdi, qolganlari slesarning o‘ldirilganini 
eshitib, darvoza oldida to‘xtadilar. 
Qari zavod qorovuli ularga o‘shqirib berdi: 
— Nega so‘ppayib turasizlar? Ichkariga kiringlar, deyap-
man! 
— Kiramiz... Hali gudok bo‘lgani yo‘q. 
Andriy o‘choqqa eng oxirgi ko‘mirni tashladi. Soat tili 
uchga yaqinlashib kelardi. O‘tyoquvchilar boshqalardan o‘n 
daqiqa ilgari almashar edilar. 
Andriyning oshnasi o‘tyoquvchi Dmitrus unga yaqin 
kelib: 
— Eshitdingmi, Andryusha, lyaxlar Glushkoni otib tash-
lashibdi, — dedi. 
Qozonxonaga navbatdagi smena kirib kelayotganda 
Andriy quyidagi bo‘lak-bo‘lak jumlalarni eshitdi: 
— Voy-voy, darvoza oldida toza to‘polon bo‘lyapti-da! 
— Qo‘riqchilar chopib ketishdi, ko‘rdingmi? 
Derazaning nari yog‘idan o‘q tovushi eshitildi. O‘tyoquv-
chilar bir-birlariga qarab olishdi. 
— Nima bo‘ldiykin? 


128 
Hamma bir necha daqiqa jim turib quloq soldi, ular yana 
o‘q uzilishini beixtiyor kutishar edi. Andriy shoti bilan qozon-
xonaning tepasiga chiqdi. Yuqorida biri ochiq uchta tor deraza 
bor edi. Bu ochiq derazadan zavod darvozasi ko‘rinib turardi. U 
yerda allaqanday to‘polon bo‘lmoqda. Darvoza oldidagi sahn 
xalq bilan to‘lib toshgan. Bir kishi panjaraga chiqib olib, xalo-
yiqqa bir narsalar deb baqiryapti. Zavodni qo‘riqlab turgan 
legionerlar birin-ketin darvoza tomonga chopib ketishyapti. 
Yon xonadagi mashina bo‘limidan qozonxonaga kichik 
mexanik pan Strumil yugurib kirdi. 
— Nima sababdan smena uchun gudok bermaysizlar? — 
deb jon-jahdi bilan baqirdi u. 
— Ptaxa qayerda? Qani, gudok beringlar! 
Mexanik so‘ziga hech kim quloq bermaganligini ko‘rib, ip 
uchidagi halqani pastga qarab tortdi, bu ipning ikkinchi uchi 
gudok qopqog‘iga bog‘langan edi. 
Kuchli bo‘kirik Andriyni esankiratib qo‘ydi. U darvoza 
oldida endigina boshlangan sur-surga esi ketib, parishon bo‘lib 
turganda birdan gudok berilib qoldi. 
Hamma eshiklardan zavod hovlisiga odamlar yopirilib 
kira boshladi. 
Ishchilarning yarmi ayollar edi. 
Andriy apil-tapil pastga tushdi. 
Strumil halqani qo‘yib yubordi. Gudok to‘xtadi. Mana 
shundan keyingina mexanik Ptaxani ko‘rdi. 
— Qayerda sanqib yurgan eding? 
— Derazadan qarab turuvdim... 
— Ha-a-a, derazadan qarab turib edingmi? Unday bo‘lsa 
hisobingni olib ish qil. Seni ish uchun yollaganmiz... Qani, ishni 
boshlanglar! — deb Strumil o‘tyoquvchilarga o‘shqirdi-da, keyin 
mashina bo‘limiga chiqib ketdi. 
Andriy bir necha soniya harakatsiz turdi. Uni bir fikr asir 


129 
etgan edi. 
U bu fikr qarshisida ikkilanar, uni o‘zidan quvar edi. Lekin 
u Andriyning butun irodasini jilovlab oldi. Xuddi tepadan tash-
layotgandagidek, yuragi shuv etib ketdi, keyingi lahzada eshikka 
qarab yurdi va eshikni berkitib, kalitini cho‘ntagiga solib oldi. 
So‘ngra qozonlar oldiga qaytib keldi-da, halqani pastga tortib, 
unga osilib oldi. Gudok takrorlandi. 
— Hoy, Andriy, nima balo, jinni bo‘ldingmi? — deb o‘t-
yoquvchilar unga tashlandilar. — “Ha, hammamizni birdan 
bo‘shatib yuborishsin”, — deysanmi? 
Lekin Andriy ularga quloq solmas, halqani hamon qo‘li-
dan chiqarmas edi. 
Dmitrus o‘tindi: 
— Qo‘ysang-chi, Andryusha! Axir, hammamizni haydab
yuborishadi. 
Andriy bo‘sh qo‘liga ko‘mir maydalaydigan og‘ir lomni 
olib, Dmitrusga baqirdi: 
— Yigitlarga ayt, jo‘nashsin bu yerdan! Zaxira eshikdan... 
“Andriy bizni lom bilan do‘pposladi”, — deb, aytishsin. 
Lekin ovozi eshitilmadi. Andriy halqani qo‘yib yubordi. 
Gudok bir zum ichida to‘xtadi. Lomni ikki qo‘llab ushladi-da, 
ko‘mir to‘zonida qop-qora bo‘lib ketgan yuzidagi ko‘zlarini 
chaqnatib, o‘rtoqlariga baqira boshladi: 
— Zaxira eshikdan chiqib ketlaring! Yigitlar, do‘stlarcha 
iltimos qilaman, chiqib ketlaring, darrov! Gudok berib xalqni 
qo‘zg‘ataman... Mayli, bitta o‘zimni urishsin... Jo‘nanglar tez-
roq, yigitlar, bo‘lmasa lom bilan abjaqlaringni chiqaraman! Tez 
bo‘linglar! — U lom o‘qtaldi. O‘tyoquvchilar gurullashib zaxira 
eshikka tashlandilar. 
Andriy eshikning temir ilgaklarini tushirdi, eshik sopiga 
lomni o‘tqazib qo‘yib, tag‘in halqaga osildi. Dahshatli balolar 
darakchisi bo‘lmish gudok havoni larzaga keltirib yana bo‘kirdi, 


130 
ora-sira bo‘linib turdi. U shahardagilarning hammasini ko‘cha-
larga yugurib chiqishga majbur qildi. Barankevichning siyrak 
sochlarini tikka qildi. 
Vronaning rangini o‘chirdi va Dzebekni dir-dir titratdi. 
Qamoqxonadagilar bu gudokni diqqat bilan tinglardilar. Nemis 
eshelonidagi askarlar yerga sakrab tushib, to‘rt atrofga jalanglab 
qaradilar. Gudok esa hamon bo‘kirardi... 
Qo‘riqchilar kelib, qozonxona eshigini itara boshladilar. 
Lekin lom tiralgan ulkan eshik qo‘ndoq zarbalaridan sal-palgina 
qimirlab qo‘yardi. 
— Shotini keltiringlar! Derazaga, marsh! Ot, it emganga 
qarab! — deb kapral qo‘riqchilarga qichqirdi. 
Andriy derazani teshib, qulog‘ining tagidan o‘q hushtak 
chalib o‘tgandagina xatar borligini bildi. Ixtiyorsiz halqani qo‘-
yib yubordi. Gudok to‘xtadi. U navbatdagi o‘qdan qochib, o‘zini 
ko‘mir chuquriga tashladi. 
Bir legioner qo‘lidagi kalta miltig‘ini oldinga cho‘zib, 
derazadan suqila boshladi. Ptaxa qopqonga tushgan sichqon 
singari ko‘mir chuqurida tipirchilab qoldi. U isyonining nihoyasi 
yaqinlashib kelayotganini sezib, birdan botirlanib ketdi. 
Deraza tor bo‘lganidan, legioner bir kifti bilan suqilar, 
o‘lib-tirilib, uni orqasidan itar-itar qilib qistashardi. Shu asnoda 
Andriy bir bo‘lak ko‘mirni changalladi-yu, o‘limni ham pisand 
qilmay chuqurdan irg‘ib chiqdi. Ko‘mirni zarb bilan derazaga 
otgan edi, borib legionerning yuziga tegdi. U dodladi. Bir zumda 
yuzi qip-qizil qon bo‘ldi.
Qo‘lidan miltig‘i chiqib ketdi, o‘zi esa pastdan tutib turgan 
qo‘riqchilarning qo‘liga shilq etib yiqildi.
Miltiq sharaqlab qozonxonaning sement poliga tushdi.
Tag‘in bir o‘q paqillab chiqdi.
Andriy suyunganidan shoshilib qoldi. U toshko‘mir bilan 
derazani bombardimon qila ketdi. 


131 
Derazaning nari yog‘idan kurakda turmaydigan so‘kishlar 
eshitildi. Shotidagi odamlar shoshib-pishib yerga tushdilar. 
Andriy qaynab toshdi. Kamarini yechdi-da, to‘qasidan 
halqaga o‘tkazib, bir uchini bosim regulyatoriga bog‘lab qo‘ydi. 
Gudok tag‘in bo‘kirdi.
Endi gudok bo‘linmay, payvasta chiqib turdi, chunki Ptaxa 
kamarini tarang tortib bog‘lab qo‘ygan edi. 
Endi Andriyning ikkala qo‘li ham bo‘shadi. U birdan qo‘l-
ga tushib qolishdan qo‘rqib, derazaga paydar-pay ko‘mir otib 
turdi. 
Ptaxa qozonxonada tag‘in ikkita deraza borligini kurash 
o‘tida unutib qo‘ygandi. Andriy faqat bu yopiq derazalarning oy-
nalari va devorning suvoqlari ko‘chib tushgandagina uch deraza-
ning uddasidan chiqolmasligiga chuqur alam bilan tan berdi. 
O‘qlar uni tag‘in ko‘mir chuquriga quvdi. Derazalarning birida 
miltiqning og‘zi ko‘rindi. 
Andriy u tomonga qahr bilan tosh otdi. Lekin boshqa dera-
zalardan uzilgan o‘q uni chekinishga majbur etdi. 
— Mana endi tamom bo‘ldim, — dedi va yig‘lab yubori-
shiga sal qoldi. Uni umidsizlik, zaiflik qamrab oldi. 
U birdan qattiq charchaganini sezdi. Shundan keyin qar-
shilik ko‘rsatishdan voz kechib, chuqurning bir burchiga o‘tirib 
oldi. Bir narsa biqiniga qattiq botganday bo‘ldi. U ixtiyorsiz 
intilib, haligi narsani qo‘liga oldi. Bu — o‘tyoquvchilar ko‘mirni 
ivitish uchun ishlatadigan yong‘in shlangasining uchi edi. 
Andriyning horg‘in miyasida bir nima barq urdi. Dunyoni 
qo‘poruvchi gudok ostida uning so‘zini hech kim eshitmasa ham: 
— Ha-a, dayus panlar, meni qo‘lga tushirdim deb o‘ylay-
sanlarmi hali! Ko‘ramiz, qanday qilib qo‘lga tushirar ekansanlar! 
— deb baqirdi. 
Andriy shlangaga suv o‘tqazadigan g‘ildirakni telbalarcha 
aylantira boshladi. Brandspoytdan quloqni qomatga keltiradigan 


132 
bir shovqin bilan bug‘ otilib chiqdi. Ketidan qaynoq suv sachradi. 
Ko‘mir chuqurini bug‘ bosdi. Andriy nafas ololmay qoldi. 
Brandspoytni titroq qo‘llariga oldi-da, barmoqlarini kuydirib, 
sachrab turgan qaynoq suvda ming azobga giriftor bo‘lib, suv 
jarayonini qozonxonaga to‘g‘riladi. 
O‘ldirib qo‘yishlari mumkinligini ham o‘ylab o‘tirmas-
dan, qaynoq suvni derazalarga socha boshladi. Deraza orqasidagi 
dodni eshitib, suyunganidan xuddi yovvoyi odam singari o‘yinga 
tushib ketdi. Endi qozonlar orasiga o‘tib olib, brondspoytni cho‘-
zardi va boshini chiqarmasdan ham derazaga qaynoq suv sochar-
di. 
Yuragi qafasidan chiqib ketay deyardi. Qozonxonani 
butunlay bug‘ bosdi. Yerda qaynoq suv oqar, u o‘zini qozonlar 
orqasida saqlardi. Nafasi bo‘g‘ilib, qo‘li qaynoq suvda kuyardi. 
Lekin najot yo‘llarining berkligini tushunar, bu tushuncha uni 
qarshilik ko‘rsatishga majbur etardi. 
Gudok butun shaharga yoyilmoqda edi. 
* * *
Mogelnitskiy shtabga ot qo‘yib keldi-da, Vronadan shartta 
so‘radi: 
— Bu yerda nima gaplar bo‘lyapti? 
Kapitan chest berdi. 
— Chamamda, jiddiy g‘ala-g‘ovurlar bo‘layotganga o‘x-
shaydi, pane polkovnik. Vaxmistrim qarshilik ko‘rsatgan bir 
ishchini otib tashlagan ekan. Shuning uchun zavoddagilar ishdan 
bosh tortib, miting qilishyapti. Zavodga Zarembani yubordim... 
— deb hisobot berdi Vrona, o‘zini zo‘rg‘a bosiq tutib. 
Edvard joni chiqib, labini tishlardi. 
— Gudokni kim chalyapti? Nima uchun haliga qadar inda-
may qo‘yib berasiz? Yo zavodni bosib olishdimi? 


133 
Vrona qo‘lini biroz tushirdi. Qo‘qqayib turaverishdan 
bezor bo‘lgan edi. U ixtiyor turishga izn kutardi, chunki katta va 
kichik zobitlar orasida qoida yuzasidan shunday qilinar edi. 
— Yo‘q, zavodda bizning qo‘riqchilarimiz bor. Lekin o‘t-
yoquvchilardan bittasi qozonxonaga berkinib olgan ekan, chi-
qarib tashlashning hech ilojini qilisha olmayapti. 
Mogelnitskiy bosiq bir g‘azab bilan qilichining dastasiga 
urdi. 
— “O‘tyoquvchilardan bittasi”, — dedingizmi? Menga 
qarang, kapitan, bu nima, masxarabozlikmi? Bir kishi butun 
boshli shaharga g‘ulg‘ula soladi-yu, siz bamaylixotir qarab 
turasiz! 
Derazaning nari yog‘ida qudratli, tinim bilmas gudok bo‘-
kirmoqda, bu hol Mogelnitskiyning tepa sochini tik qilmoqda 
edi. 
Vrona uning oldida butga o‘xshab tirjayganicha qotib 
turardi. Edvard o‘zining shoshib qolganligini hozirgina payqadi. 
— Erkin! Axir, hozir buning vaqti emasligini bilasiz-ku, 
— dedi u jahl bilan qo‘l siltab. 
Vrona indamasdan qo‘lini tushirdi. 
Derazaning nari yog‘ida quruq shox sindirilayotganga o‘x-
shash bir narsa qarsilladi, so‘ngra tag‘in jimidi. Mogelnitskiy 
shoshib deraza oldiga keldi. 
— Zaremba o‘ziga yo‘l ochyapti, — deb Vrona izoh berdi. 
Mogelnitskiy u tomonga o‘girildi. 
— Eshelondagi nemislar o‘zlarini qanday tutishyapti? 
— Hali hozir chakki emas. Shaharda eng kami bir vzvod-
dan bo‘lib yurishibdi. Qurollarini o‘q uzishga tayyor tutishadi. 
Eshelonga hech kimni yaqin yo‘latishmaydi... O‘zlari yetti yuz 
kishicha.
 
To‘rtta to‘pi, bitta o‘q o‘tmas avtomobili bor. Fitna-
fasoddan asar yo‘q, zobitlar joy-joyida... Magazinlardagi oziq-
ovqatlarning hammasini olib, tilxat berishibdi. Men politsiyachi-


134 
larga: “Ularga tegmanglar, magazinlarni esa berkitib qo‘ying-
lar”, — deb buyurdim. Agar zo‘rlik qilishadigan bo‘lishsa, biron 
chora ko‘rishga to‘g‘ri keladi. 
— Ha-ha, zinhor ularga tegish kerak emas, — dedi Mogel-
nitskiy, biroz jahlidan tushib. — Menga qarang. Bu narsa, siz-
ningcha “o‘shalar”ning ishimi? 
Polkovnik kimlar to‘g‘risida gapirayotganligini Vrona 
payqadi. 
— Albatta. Bir xitobnomaning o‘zi shuncha g‘ovg‘a qo‘z-
g‘adi. “Lekin vaxmistr o‘sha qulvachchani o‘ldirmasa, bu to‘po-
lonlar bo‘lmasmidi?” — deb o‘ylayman. 
— Xo‘sh, biron narsa biloldinglarmi?.. Kim nashr etgan 
ekan? 
— Hozircha hech narsa bilolganimiz yo‘q. 
Mogelnitskiy miyasida bir narsani hal qilib, u burchakdan-
bu burchakka yurdi. Keyin qilichini yig‘ishtirib, stol yoniga 
o‘tirdi. 
— Menga qarang, pane kapitane, — dedi u qat’iy qilib. 
Vrona tag‘in qo‘qqaydi. 
— Labbay. 
— Tushunasizmi, pane Vrona, agar shaharda shunday 
voqeadan tag‘in bir-ikkitasiga yo‘l qo‘ysak, unda... 
— Tushunaman, — dedi Vrona. 
Mogelnitskiy o‘rnidan turdi. Shinelining zarrin tasma qa-
dalgan baland yoqasini go‘yo nafasini bo‘g‘ayotganday qo‘li 
bilan tuzatdi. So‘ngra fikrini aytib tugatdi: 
— Unday bo‘lsa, marhamat qilib, ishga kirishing. Avvalo, 
buyruq shu: qamoqxonada yotgan o‘sha ifloslarni bugun kecha-
siyoq otib tashlaysiz. Ularni shahardan chetroq joyga olib chi-
qing. Ertaga shu haqda mening nomimdan shaharning hamma 
yeriga varaqalar yopishtirilsin. 
— Xo‘p bo‘ladi. 


135 
— So‘ngra kimda-kim kechqurun soat yettidan keyin 
ko‘chada ko‘rinsa, oting! — Edvard qo‘lqopini zo‘r bilan kiyib 
oldi. — Mollarni molxonaga kiritib qamash kerak. Poda degan 
narsa hamma vaqt podaligicha qoladi. Shuning uchun dunyoda 
gavron bor-da. 
Deraza orqasida hamon gudok bo‘kirardi. 
— Innaykeyin, pane kapitane, sizdan bu xil javoblarni 
minba’d eshitmayin... Ya’ni bitta odamning uddasidan chiqol-
maganingizni aytaman: qarang, u haligacha bo‘kiryapti. 
— U yerga Zaremba ketgan. Gudok hademay to‘xtatilishi 
kerak, pane polkovnik. 
Mogelnitskiy uning so‘ziga quloq osmasdan eshik tomon 
yurdi. 
— Men bilan borasiz. 
Qorovulda turgan jandarm kaprali ularga chest berdi, ular 
pastga tushib ketgach, Vronaning kabinetiga kirib, telefon oldiga 
o‘tirdi. 
Shtab oldiga otliqlar vzvodi tizildi. 
Vladislav Mogelnitskiy safning oldida borar, yo‘g‘on 
orqasi bilan egarga yopishib, kumush bandlar qadalgan shapka-
sini ora-sira tuzatib qo‘yar edi. U akasi bilan Vronani ko‘rib, otini 
shporladi, keyin buyruq berdi: 
— Vzvod, qad-d-ding-ni rost-t-la! 
* * * 
Edvard oyog‘ini uzangiga o‘tkazib, “osongina” minmoq-
chi bo‘ldi. 
“Qarib qoldimmi-a? Bu Parij mashinalari yurishni ham 
esdan chiqartirib yubordi, — deb xafaqonlik bilan o‘yladi, keyin 
og‘riqdan yuzini tirishtirdi. — Buning ustiga bavosilni aytaymi! 


136 
Otliq askar aslo to‘g‘ri kelmaydigan kasal...” 
Vrona yaqinlashib keldi. 
Edvard kinoya bilan: 
— Ko‘ramiz, u yerda qanday “jiddiy g‘ala-g‘ovur” bor 
ekan, — dedi-da, shporlarini otning biqiniga tegizdi. 
Vladislav chinqirib buyruq berdi, orqadan tartibsiz ot 
dupurlari eshitila boshladi. 
Ular birinchi olomonga dorixona oldida yo‘liqishdi. 
Yuragi o‘ynay boshlaganini sezgan Edvard: 
— Nima gap? — deb zarda bilan so‘radi. 
To‘ladan kelgan, lekin faqirona kiyingan tuzukkina bir 
ziyoli xotin hammadan yaqinroq turgan edi. U xotin: 
— Bu yerga uchta yaradorni olib kelishdi... Bir xotin kishi-
ning ko‘zini chiqarishibdi, — deb polyakcha javob berdi, keyin 
negadir gunohkorlarcha kulimsirab qo‘ydi. 
— Kim yarador qilibdi? 
Xonim o‘ng‘aysizlanib, nima deb javob berishini bilmadi. 
— Qaydam, sizning otliqlaringiz keluvdi-ku, zobit janob-
lari. 
— Odamlarni bekordan bekorga urishyapti... 
Vrona ovozlar kelayotgan tomonga otini cho‘rt burdi. 
— Kim aytdi shuni? 
Olomon qimirladi. Orqada turganlar qocha boshladi. 
Edvard tishlari orasidan g‘ijinib: 
— Bularga qarang, — dedi Vronaga, keyin otini oldinga 
qarab surdi. 
Olomon musht suqilgan yumshoq xamirga o‘xshab uning 
oldida tevarakka oqdi. 
— Uy-uyingga ket! Agar ko‘cha-ko‘yda bironta jin urgur 
uchraydigan bo‘lsa, jonidan umidvor bo‘lmasin! 
Edvard orqasidan Vronaning buyrug‘ini eshitdi: 
— Pane podporuchik, buyuring, ularni qamchilashsin. 


137 
Edvard ot tizginini bir siltab, choptirib ketdi. 
“Jandarmlik juda bo‘lmag‘ur ish ekan. Iflos ish ekan!” — 
deb jirkandi u. Frontdan o‘tib kelayotgan vaqtida ham yoqasidan 
bir bit ushlab olib shunday jirkangan edi — u birinchi jirkanish 
edi. 
Vrona yetib keldi. 
— Pane polkovnik, menimcha, vzvoddan uzoqlashmasdan 
yurishingiz durust bo‘lar. Hozir pan Vladislav olomonni bir yoq-
lik qiladi, keyin birga jo‘naymiz. 
— Ha, bu poda uchun hozircha qamchining o‘zi kifoya, — 
dedi nafratlanib Edvard. 
— Shunday-u, lekin bitta-yarimtasi tosh bilan ursa... 
Orqadan kelib turgan ovozlar tindi. Vzvod yaqinlashib 
keldi.
Ko‘cha-ko‘yda hech kim qolmadi. 
— Bu ishlarni oldin politsiya qilardi, mana endi, ko‘rib 
turibsizki, ko‘chalarni bu go‘nglardan o‘zimiz tozalashga majbur 
bo‘lyapmiz. 
Vrona ichi qoralik bilan kulimsiradi. “Hah, shtab kalamu-
shi, boshqalarning qo‘li bilan o‘t o‘chirishga o‘rganib qolgansan-
a! Shoshma, hali ular g‘ururlaringni sindirib ham qo‘yishadi... 
Qarab tur, bu ham oz”, — deb kapitan qandaydir bir lazzat bilan 
o‘ylandi. 
Vrona butun urushni okoplarda o‘tkazgan. Ikki marta 
kontuziya bo‘lgan. O‘zi xonavayron bo‘lgan dvoryan oilasidan 
chiqqan. 
Kapitan martabasiga yetguncha o‘layozgan edi. Hayotda 
omadi kelishmagan Vrona urushda juda bag‘ritosh bo‘lib qoldi. 
U “kulrang kiyimli askarlarni”
1
juda yomon ko‘rardi, shuningdek 
front orqasidagi uzoq shtablarda, shaharlarda turib, hayotini 
1
Fashistlar nazarda tutilyapti. 


138 
Vronaga nasib bo‘lmagan aysh-ishrat ichida o‘tkazuvchilarni 
ham ko‘rolmas edi. Unda o‘zini iflos okoplardan chiqarib, front 
orqasiga, mastona, quvnoq hayotga eltib tashlagulik na pul bor 
edi va na oshna-og‘aynisi. Avstriyaliklarga asir tushib qolganda 
terisiga sig‘may suyundi, chunki uning zolimligidan nafrat-
lanuvchi askarlaridan o‘q yeyish xavfi soqit bo‘lgan edi. Uni 
polyak bo‘lgani uchun Avstriyada Pilsudskiy o‘z legioniga
1
oldi. 
Vrona tag‘in mohir qotillik hunariga kirishdi, lekin bu safar 
frontning u tomonida, mundirining va belgilarining rangi o‘zgar-
gan holda edi. Nemislar Pilsudskiy bilan chiqisholmay, uni Mag-
deburg qal’asiga qamab (tabiiyki, bu o‘yinchoq qamoqxona ha-
shamatli ravishda ziynatlangan edi), legionini tarqatib yuborgan-
larida, Vrona Avstriya armiyasi safida urishishni xohlamay, Var-
shavaga qochib ketgan edi. Varshavada uni “Polyak harbiy tash-
kiloti”ning odam to‘plovchilari topib, poruchik Zaremba bilan 
birlikda Volinga — Mogelnitskiyning ixtiyoriga yuborishdi. 
— Yana odamlar to‘planishib turibdi! — dedi Edvard 
baqirib. 
Vrona kallasini ko‘tardi. Ikkita markaziy ko‘cha tutashgan 
chorrahadagi yopiq novvoyxona oldida chindan ham olomon 
tiqilib yotgan edi. Vrona orqasiga o‘girilib, qo‘li bilan imo qildi. 
Vzvod tezlab kelib, ularning orqasiga tizildi. 
Olomon ichidan: 
— Nimaga non sotishmaydi? — deb qichqirgan ovozlar 
eshitildi. 
— Bu qanday gap? Yo ochdan o‘lishimiz kerakmi? 
Vzvodga joy bo‘shatish uchun Edvard o‘zini yo biron 
yonga olishi, yo bo‘lmasa olomon ichidan yorib o‘tishi kerak edi. 
U otiga qattiq shpor urdi. Uchqur ot oldingi oyoqlarini osmonga 
ko‘tardi. Qo‘rqib ketgan xotin va bolalarning dodi, odamlarning 
1
Pilsudskiyning yashirin harbiy tashkiloti.


139 
g‘azabli faryodi Edvardni to‘xtatolmadi. Xudbinlik qaytishga 
yo‘l qo‘ymasdi. U achchig‘idan lablarini tishlab, olomonga ot 
solib yubordi. 
Bir xotin jon halpida: 
— Voy, qayoqqa borasiz? Bolalar... qarasangiz-chi, bola-
larni bostiryapsiz, axir! — deb qichqirdi. 
Edvard toshib borayotgan g‘azabi changalida bo‘g‘ilib, 
uzangida tik turdi. 
— Qili-ich-la-arni!... — deb chirqiradi Vladislav. 
Allakim Edvardning otini jilovlab oldi. Bu so‘nggi zarba 
edi. Edvard qilichini g‘ilofidan sug‘urdi. Yana birgina soniya 
tursaydi, u hayosizning kallasini ikkiga ajratgan bo‘lur edi. Lekin 
ogohlantiruvchi keskin “zu-zuck”
1
hayqirig‘i eshitildi va shu on 
otning qoq tumshug‘i oldida yiltillab ketgan nemis shapkasining
qizil belgisi qo‘lini qaytardi. Edvard jilovni tortib oldi. Olomon 
ichida yurgan bir necha nemis askariga va ularning tor ko‘chada 
turgan yuk aravasiga endigina ko‘zi tushdi: arava, aftidan, nonga 
kelgan edi. 
Orqada Vladislav buyrug‘ini tugatdi: 
— ...yalang‘ochla! 
Edvard zarda qilib baqirdi: 
— Qoldirilsin! 
Vrona ham nemislarni ko‘rdi.
Endi ular yo‘lni to‘sib, kalta xanjar qadalgan og‘ir miltiq-
larini tayyor ushlab, jips turar edilar. 
Olomondan qariyb hech kim qolmadi. Ko‘chani bo‘shatib 
qochib ketdi. Faqat ba’zi dadilroqlarigina: “Bu kutilmagan to‘q-
nashuvning oqibati nima bo‘larkan?” — deb uzoqdan tomosha 
qilib turardi. 
Gudok hali ham tinmay bo‘kirardi. U Edvardga boshqa bir 
1
Qayt! 


140 
xavfni xotirlatdi. Qon sekin-sekin yuzidan chekila boshladi. Ular 
tim yashil mundirli bu bir necha odamni, albatta-ku, abjaq qilib 
tashlardilar-a, lekin ularning orqasida to‘rtta to‘p, broneavto-
mobil va yetti yuzta nayza bor edi. Izzat-nafsini qurbon qilib, 
murosaga kelish kerak edi. Bu esa ko‘p og‘ir edi. Lekin maqsad 
hamisha Mogelnitskiydan g‘olib kelardi. 
Edvard otini jilovlagan odamdan quruqqina qilib: 
— Xo‘sh, nima kerak sizga? — deb nemischa so‘radi. U 
oqish sochli, moviy xira ko‘zli bir leytenant bo‘lib, ko‘zoyna-
gining shishasidan Edvardga tikilib turar edi. 
— Qilichingizni g‘ilofga solishingiz kerak. 
Leytenant gapirayotganda burni tagidagi bir tutamgina 
mo‘ylovining kulgili bir alpozda irg‘ishlaganiga Edvard mahliyo 
bo‘lib qoldi. 
— Agar bu narsa asabingizga tegayotgan bo‘lsa, sizni xur-
sand qilishim mumkin, — dedi Edvard zahar sochib. So‘ngra 
barmog‘ini picha kesib, qilichini shoshilmasdan g‘ilofiga soldi. 
Edvard kesib olgan joyini ikkinchi barmog‘i bilan bosib turib, 
oldin leytenantga, keyin askarlarga o‘qrayib qaradi. 
Leytenant to‘pponchasini qiniga soldi, tugmasini qadadi. 
So‘ngra askarlarga qarab xuddi hurgandek buyruq berdi: miltiq-
lar askarlarning yelkasiga ilindi. 
— O‘zingiz kim bo‘lasiz? — deb nemis savol berdi. 
Edvard chest berib: 
— Polkovnik graf Mogelnitskiy, — dedi. 
— Polkovnik? Ruxsat eting, qaysi armiyadansiz? Men 
bunday formani ko‘rmagan ekanman, — leytenantning peshona-
si yanada qattiq tirishdi. 
Edvard yana achchig‘i kelayotganligini sezib, ochiq-
chasiga: 
— Polsha armiyasidan, — dedi sekin. 
Leytenant hayron bo‘lib: 


141 
— Polsha armiyasidan? — deb takror so‘radi. Uning kalta 
mo‘ylovchasi tag‘in burniga tegdi. — Biz bunday armiyani 
bilmaymiz. 
Edvard pinhona tahdid bilan: 
— Bilmaysizmi! Hay, keyinroq bilib qolarsiz, — dedi-da, 
tizginni qo‘lga oldi. — Bular bilan gaplashing, pane Vrona... Non 
kerak bo‘lsa, olishsin. Bu shvab
1
bilan gaplashishga toqatim qol-
madi. Tag‘in bir-ikki og‘iz so‘z aytguday bo‘lsa, ahmoqona 
ko‘zoynagiga qo‘shib kallasini majaqlab tashlayman, — dedi 
polyak tilida. So‘ngra nemisning bir yonidan o‘tib, oldinga ot 
qo‘ydi. 
Vladislav vzvodi bilan unga ergashdi. 
* * * 
Qamoqxonaning oldi suv quyganday edi. Darvoza oldida-
gi katta pulemyot atrofida bir to‘da legioner turardi. 
— Aytgan so‘zlarim esingizdami, pane Vrona? 
— Esda saqlashga majburman, pane polkovnik. Vaxmistr 
bu yerda oxirgi so‘roqni o‘tkazyapti. 
Gudok hali ham bo‘kirayotir. Edvard otining boshini tort-
di, gudokka uzoq quloq soldi, o‘ng qoshi tag‘in ucha boshladi. U 
qo‘li bilan qoshining uchishini to‘xtatmoqchi bo‘ldi-yu, lekin kor 
qilmadi. 
— Kapitan, borib ayting, qamoqxonadan shtabga telefon 
qoqishsin, shtabdagilarning hammasini zavodga yuborishsin... 
Zaremba ham udda qilolmaganga o‘xshaydi. Bu ishga o‘zim 
aralashmasam bo‘lmaydi, shekilli. Men-ku og‘zini bir zumda 
yumib qo‘yaman-a, — dedi va otini bir urdi. 
Vzvod uning orqasidan zo‘rg‘a ulgurib bordi. 
1

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin