Jahon adabiyotining so‘nmas yulduzlari nikolay Alekseyevich ostrovskiy bo‘ron bolalari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/40
tarix12.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#154791
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40
Nikolay Alekseyevich Ostrovskiy. Bo\'ron bolalari

 
“Uning to‘g‘ri chiziqli uzunchoq yuzi diqqatni o‘ziga jalb 


203 
qilmaydi. Kulrang chuqur ko‘zlari birovga qarashdan qochib
berkinib turadi. Kattakon jag‘i, pastki labi, horg‘in bir holda 
so‘ljayib turgan salmoqli og‘zi, osilib tushgan bag‘baqalari, 
biroz shalpangroq kattakon quloqlari — yo‘lboshchilarga xos 
bo‘lgan g‘ayrat, shijoat va iroda quvvatini ifoda etmaydi. Keng 
siyosiy kombinatsiyalardan ko‘ra, ko‘proq intrigalarga moyil 
bo‘lgan ajoyib aqli Petlyura xususan kichkina yashirin “hodi
-
salar” tayyorlashga, harakatning bir-biriga zid ikki chizig‘ini 
birdan o‘tkazishga, o‘z dushmanlari uchungina emas, balki 
do‘stlari uchun ham kutilmagan narsalarni tezdan boshlab yubo
-
rishga juda mohir. Xudbin va shuhratparast bo‘lgan bu odam o‘z 
manfaatlarini hamma vaqt xizmat burchidan yuqori qo‘yadi. 
Ozgina bilim olgandan so‘ng arosatdagi bir odam bo‘lib qoldi, 
lekin bu so‘zning tor ramkada palidlik ma’nosi ham bor. 
Petlyura bir ming sakkiz yuz yetmish yettinchi yilda Polta
-
vada badavlat bir kazak oilasida tug‘ilib, Ukraina milliy hara
-
kati tayyorlanayotgan seminariyalardan birida tarbiyalandi. Bir 
ming to‘qqiz yuz beshinchi yilgi inqilob paytida u o‘ng sotsial-
demokrat edi. Keyinroq alohida kitob bo‘lib chiqqan maqola
-
lariga qarab bir nima deyiladigan bo‘lsa, hatto o‘sha vaqtdagi 
zaif ukrain ziyolilari ichida ham juda tor doirali publitsist 
bo‘lgan. U Kiyevda nashr etilgan haftalik “Slovo”ga, Moskvada 
chiqadigan va urush boshida sadoqatli xitobnomalar nashr etib 
turgan “Ukrainskaya jizn” jurnaliga muharrirlik qiladi. Shuning 
uchun ham Petlyura frontni ko‘rmaydi. Uni frontning uzoq orqa
-
siga ma’muriy ish uchun safarbar qiladilar, u o‘sha yerda urush
-
ning tugashini bamaylixotir kutadi. Ming to‘qqiz yuz o‘n yettin
-
chi yil iyun oyida Markaziy rada hukumatining harbiy ishlar 
bo‘yicha general kotibi vazifasida ishlaydi. U Kerenskiyga taqlid 
qiladi, Kerenskiydan hamma narsada, hatto qiliq va qiyofada 
ham unga o‘xshashga intiladi. Petlyura Kerenskiydan keyin 
o‘ziga Napoleonning an’anaviy qiyofasini berib, askar miting
-


204 
larida notiqlik qiladi. Qo‘zg‘olon ko‘targan ishchilar bilan as
-
karlar Markaziy radani Kiyevdan quvib chiqarishgandan keyin 
Petlyura inqilobchilarga qarshi shafqatsiz kurash olib boruv
-
chilarning eng faol tarafdorlaridan biri bo‘lib, Markaziy rada
-
ning o‘taketgan o‘ng qanotiga boshchilik qiladi. Ming to‘qqiz 
yuz o‘n sakkizinchi yilning boshida Petlyura fransuz oriyentatsi
-
yasini birdan nemis oriyentatsiyasiga ayirboshlaydi va nemis
-
larning bosqinchi qo‘shinlari aravasiga tushib, to‘g‘ri Kiyevga 
keladi. U bu yerda getman Skoropadskiy huzurida yaxshigina 
o‘rnashib oladi. Lekin hademay u bilan janjallashadi, natijada 
vaqtincha qamoqqa solinadi. U o‘zining bu qamalganidan keyin 
juda boplab foydalanadi: o‘zini nemislarga ham, getmanga ham 
qarshi “kurashchi” qilib ko‘rsatadi, holbuki o‘zi kechagina ular
-
ning tovonlarini yalab yurar edi. Direktoriyada hammadan ham 
o‘ngroq o‘sha edi. Aslida, direktoriyani Vinnichenko emas, balki 
u boshqarardi. Vinnichenkoning ketishi ham ilgaridan hal etib 
qo‘yilgan narsaydi, chunki o‘rniga Petlyuraning kelishi turgan 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin