Jahon adabiyotining so‘nmas yulduzlari nikolay Alekseyevich ostrovskiy bo‘ron bolalari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/40
tarix12.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#154791
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40
Nikolay Alekseyevich Ostrovskiy. Bo\'ron bolalari

gap edi. Hozir bu demagog va buzg‘unchi qo‘zg‘olon harakat
-
laridan o‘z amalparastligi maqsadida nemislar bilan dvoryan
-
larga qarshi foydalanayotir. U hech jirkanmasdan: “Mustaqil 
Ukraina uchun kurashingiz”, “Bitsin polyak panlari” degan 
shiorlar tashlasa, ikkinchi yoqqa qarab turib: “Bitsin moskal
-
lar!” — deb baqiradi va hokazo. Denikin shtabidagi josuslari
-
mizning xabariga qaraganda, Petlyura general Denikinga o‘z 
vakilini yuborib, xizmatiga tayyor ekanligini bildiribdi. Lekin, 
mish-mishlarga qaraganda, Denikin u bilan og‘iz-burun 
o‘pishishni xohlamabdi. Biz o‘ylaymizki, Petlyurani munosib 
ma’naviy va moddiy haq baravariga hamma vaqt sotib olish 
mumkin, agar naf chiqadigan bo‘lsa, bu odamning har qanday 
xo‘jayinini xohlagan vaqtida sotib yubora olishini nazarda tutib, 
unga ko‘z-quloq bo‘lib turilsa, u, albatta, Polyak saltanatiga 
xizmat qiladi. 


205 
Buni Varshavada nazarda tutilishini iltimos qilamiz. 
Takror aytamiz: agar munosib ravishda chora ko‘rilsa, Petlyura 
Polshaga xizmat qiladi. Yoppasiga dehqonlardan iborat bo‘lgan 
askarlarining kayfiyati garchi bizga qarshi bo‘lsa ham, lekin 
“bosh ataman” o‘z siyosatini ag‘dar-to‘ntar qilishga qobil ekan
-
ligini bir necha bor isbot etdi. Chindan ham u kurashadigan 
birdan-bir dushman — inqilobchilar, u inqilobchilarni juda 
yomon ko‘radi, ularni maqtasa arzigudek g‘ayrat bilan qiradi. 
Biz hozir, loaqal, Volin bilan Podoliya viloyatlarini ishg‘ol qilish 
uchun eng qulay fursat deb hisoblaymiz. Rossiyaning hozir butun 
kuchlarini boshqa frontlarga yuborayotganidan foydalanib qo
-
lish kerak. Partizanlar polklari birlashib, armiya hosil qilsa, bu 
narsaning qiyinlashajagini eslatib o‘tamiz. Bu narsani sezdir
-
masdan, petlyurachilar bo‘linmalarini janubga siqa borish yo‘li 
bilan qilish darkor. So‘ngra petlyurachilar janubda talonchilik 
va yahudiylar qirg‘ini bilan ovora bo‘lib turganlarida, Volinning 
shimoliy qismini Petlyura qaroqchilaridan tozalab, Rech Pospo
-
lita hokimiyatini tiklash mumkin”.
Edvard xatni stolga qo‘ydi. 
Biroz o‘ylanib turgandan keyin: 
— Hay, bu narsa bizni to‘la qanoatlantiradi, — dedi. 
Pototskiyga jon kirdi: 
— Demak, siz ham bizning fikrimizga qo‘shilasiz? 
— Ha. 
— Endi qanday siyosat tutishimiz kerakligini o‘zingiz 
anglaysiz: hozircha kuchimiz oz, shuning uchun yeng ichida ha-
rakat qilish, Rossiya va Ukrainaning uyezdlarini birma-bir bosib 
olish kerak. Belorussiyada ularning hech qanday qo‘shini yo‘q. 
Rossiyaga hozircha urush e’lon qilmay tura turamiz, ammo har 
bir qulay paytdan foydalanib, inqilobchilarning qismlarini Belo-
russiya bilan Litvadan siqib chiqaraveramiz. Buning uchun yangi 


206 
tashqi ishlar vaziri pan Vasilevskiy matbuotda inqilobchilar hu-
kumatiga qarshi kampaniya boshlab yubordi. Shukurki, buning 
uchun bahona ham topildi! 
— Qanday bahona? — deb so‘radi Edvard. 
— Ular Rada muvaqqat hukumatining Moskvadagi elchisi 
Lednitskiy o‘z o‘rniga qo‘yib ketgan pan Jarnovskiyni diplo-
matik imtiyozlardan mahrum qilishgan edi. Vasilevskiy inqilob-
chilarni xalqaro huquqlarni buzishda ayblab ayyuhannos ko‘tardi 
va ikki marta ultimatum yuborib, Jarnovskiy huquqlarining dar-
hol tiklanishini hamda elchixona arxivining qaytarilishini talab 
etdi. 
Edvard unga hayron bo‘lib qaradi. 
— Shoshmang, men tushunmadim bunga. Axir, Jar-
novskiy aslida Polsha vakili emas, nemis bosqinchilarining vakili 
edi-ku! Axir, bizning hukumatimiz Rada muvaqqat hukumatini 
g‘ayriqonuniy deb e’lon etgan-ku! 
Pototskiy kulib yubordi. 
— Biz bunga tushunamiz. Haqiqatda shunday. Rada 
muvaqqat hukumatining Polshani nemislarga “chakanasiga va 
ulgurjisiga” sotgan nemis xizmatkorlaridan iborat ekanligini 
Polshada kim ham bilmaydi deysiz! Ularning g‘ayriqonuniy deb 
e’lon etilgani ham rost, lekin bu qarorga asoslanib Moskva-
dagilarning Jarnovskiyni Polshaning g‘ayriqonuniy deb e’lon 
etilgan bir vakili sifatida chetlashtirganlari, garchi sog‘lom mu-
hokama qiluvchilar uchun anglashilmas bir hol bo‘lsa ham: “Xal-
qaro huquqni buzdilar”, — deb ayyuhannos solish uchun yetarli 
faktdir. Gap biron-bir bahona topishda-da. Gazetalarimiz halit-
dan: “Inqilobchilar Polshaning sha’niga tegayotirlar, elchilarni 
qamayotirlar”, — deb dod solmoqda va shu ruhda ish ko‘r-
moqda... Bu hol afkor ommani qayraydi, Belorussiya frontidagi 
hujumlarimizni oqlash uchun ba’zi dalillar beradi... 
Edvard qulayroq o‘tirib olish uchun bir qimirlab oldi. 


207 
— Albatta, boshqa biron davlatga nisbatan shunday 
muomala qilinsa, nomunosib bo‘lur edi. Lekin inqilobchilar bilan 
kurashda hamma chora ham yaxshi! — u soatiga qaradi. — 
Aytmoqchi, jandarm boshlig‘iga: “Inqilobchidan o‘n to‘qqizta-
sini bugun otingiz”, — deb buyurgan edim; ular qamoqda o‘tiri-
shibdi. Ruxsat etsangiz, shtabga telefon qilsam? 
Pototskiy o‘rnidan turdi. 
— Ertaga jo‘nash oldingizdan tag‘in ko‘risharmiz? — deb 
so‘radi Edvard. 
— Ehtimol, ko‘rishmasmiz. Biz saharda jo‘naymiz. Men 
bilan uzluksiz aloqada bo‘lishingizni iltimos qilaman. 
— Xo‘p, va’da beraman. Yo‘lda ehtiyot bo‘ling! 
Lyudviga soatning urishiga ma’yus quloq soldi. 
“Oh, Bibi Maryam! Naqadar dahshatli kecha!” — deb 
pichirladi u. 
Uyqusi kelmasdi. Bu so‘nggi kechalarni Edvard o‘z kabi-
netida o‘tkazar edi. Bugun u yerga Pototskiyning zobitlari joy-
lashgan. Edvard bu yerga kelsa kerak. Lyudviga bu yaqinlikni 
istamasdi. Kelgani bilan hozir nima to‘g‘rida ham gaplashadilar? 
Mana endi u er bo‘lib keladi. Bu kelishi yangi to‘qnashuvga sa-
bab bo‘ladi... Ochilayotgan eshik sharpasini eshitib, Lyudviga 
ko‘rpaga o‘ranib oldi. Edvardda ham bu yotoqxonaning kaliti bor 
edi. 
Burunlari bu yaqinlik yuraklarni orziqtirar edi. Endi-chi, 
Lyudvigaga uning bu kishiga aslida qul ekanini eslatadi. Faqat 
xizmatkorlarga buyruq berish, grafinya degan unvonni ko‘tarib 
yurish, shohilarga burkanish va bu kishining erkigagina bo‘y-
sunish uchun o‘zini kichkina malikaga o‘xshatib yurish huquqiga 
ega bo‘lgan bir qulgina... 
Bu ilgari naqadar lazzatli edi, endi naqadar og‘ir!. 
Edvard yotoqxonaga kirdi va uning uyg‘oq ekanligiga 
ishongan holda: 


208 
— Men shu yerda qolaman, — dedi. 
Lyudviga indamadi. U yechina boshladi. Kamarini naqa-
dar shiddat-la yechishidan Lyudviga uning achchiqlanayot-
ganligini sezdi. 
Karavot yoniga keldi-yu, ko‘rpani ocha turib: 
— Bugun sen bilan bo‘lmoqchiman... — dedi o‘zini bosib. 
Lyudviga ko‘rpani ochilgan yelkasiga tortib olmoqchi 
bo‘lgan edi, lekin uning qo‘li ko‘rpani polga olib tashladi. 
— Bu nima qilganing, Eddi? Men bilan birga bo‘lishni 
xohlamayman!.. — dedi tahqirlanib Lyudviga. 
— Men xohlayman! 
Edvard karavotning chekkasiga o‘tirib, qo‘lini uning ko‘k-
ragiga qo‘ydi. 
— Qoch nari, Eddi! Seni ko‘rgani ko‘zim yo‘q... Qoch! 
deb o‘zini himoya qildi Lyudviga. 
— Menga qara, Lyudviga, bu ishlaring juda jonimga tegdi. 
Nahotki, achchig‘imdan tushishimni kutib: “Bundan buyon ham 
divanda yotaveradi”, — deb o‘ylaysan? Bunaqa qiliq mening 
mijozimga to‘g‘ri kelmaydi. Kel, undan ko‘ra yarashaylik! — 
Edvard engashgan edi, Lyudviga uni o‘zidan nari itardi: 
— Qo‘y meni o‘z holimga!... 
Lekin Lyudviganing yarim yalang‘och badani uni allaqa-
chon mast qilib qo‘ygan edi. U Lyudviganing qo‘llarini osongina 
chetlatib, zo‘rlik bilan taslim qildi. Keyin Lyudvigaga orqasini 
o‘girib, dong qotib uxlab qoldi. 
Lyudviga xo‘rligi kelib yig‘lab yubordi. Hammasidan ham 
ko‘proq alam qilgan narsa shu ediki, u o‘zini bu xil qo‘pol 
zo‘rliklarga yolg‘iz ko‘z yoshlari bilangina javob berishdan bo‘-
lak hech nima qo‘lidan kelmaydigan erksiz bir jon deb bilar edi. 
U Edvarddan jirkanar edi. Axir, uning xotinlik g‘ururini 
tahqir qilib qo‘yib, qanday tinchgina uxlarkin! O‘z buyrug‘i bilan 
bugun kechasi odamlarning otilishi nechun uning qalbini bezovta 


209 
qilmasikin?! Lyudviga hazar qilib karavot chekkasiga surildi-yu, 
o‘ni uyg‘otib yubormaslik uchun sekingina joyidan turib, o‘z 
bo‘lmasiga kirib ketdi. Bo‘lmada divanning bir burchiga qisilib, 
sharpa chiqarmay uzoq vaqt yig‘ladi. 
* * * 
Hozirgina qorovullikdan kelgan Adam yaxna choy ich-
moqda edi. Xotini bilan Xelya uxlab yotishardi. Yon hujralar ta-
g‘in begona odamlar bilan to‘lib ketdi — u yerda graf Pototskiy 
konvoylaridan yigirma uch kishi yotar edi. 
U tishlagan nonini qovog‘ini solib chaynar va oldinga tiki-
lib qarab turardi. Deraza qoqildi. Adam istar-istamas o‘rnidan tu-
rib, eshikni ochgani ketdi. Ostonada Fransiska turar edi. U hozir-
gina shahardan kelibdi. 
Adam uni indamasdan ichkariga kirgizdi-da, eshikni ber-
kitib, bo‘g‘iq bir ovoz bilan so‘radi: 
— Xo‘sh, nima gap? 
Fransiska yelkasidan ho‘l ro‘molini shartta tortib oldi, 
keyin tushkun tovush bilan: 
— Hech gap yo‘q! — deb javob berdi, — Uni ko‘rmadim, 
qo‘yishmadi... 
Adam yeb tugatmagan nonini changallagan holda uning 
qarshisida bo‘yin egib turar edi. 
— Seni chaqirib kelishgan edi... 
Fransiska nafratlanib so‘radi: 
— Nima uchun? 
Adam non to‘la og‘zini qimirlatdi va ko‘zlarini bir chetga 
olib qochib: 
— Otam: “Pototskiyga joy solib bersin”, — deb cha-
qiribdi... — dedi. 
Fransiska nafasi qisayotgandek, chuqur xo‘rsindi. 


210 
— Joy solib bersin deb? — bo‘g‘zida bir nima turib qoldi. 
U Adamga nafratlanib qaradi. — Xo‘sh, sen nima deb javob 
berding? 
— “Kelganda boradi”, — dedim. 
Fransiskaning kulrang ko‘zlari yashillandi. U ko‘zlarda 
qandaydir vahshiy, jilovsiz bir narsa chaqnab ketdi. 
Fransiska nafrat bilan pichirladi: 
— Hammalaring ham yaramassanlar! Eshitdingmi? Yara-
massanlar! Sen ham, otang ham... Ha go‘ringda to‘ng‘iz qo‘pgur, 
qari it!.. 
Adam tislandi. 
— Nima uchun Xelyani yubormading? 
Adam shoshib qolib: 
— U joy solishni bilmaydi... — dedi. 
— Biladi! Anavi Vladislav to‘ng‘iz allaqachon o‘rgatib 
qo‘ygan. Hammamizni shu yerda sotdilaring-ku... Sening 
baxtingga, Barbara xunuklik qilib qoldi, bo‘lmasa u bilan ham 
xohlagan kishi yotar edi... 
— Nima deb aljiyapsan? 
— Xelyadan so‘ra, aytib beradi... Oh, qanday baxtim qora 
ekan, shu yerga tushibman? 
Adam unga vahshiylarcha tikilib qoldi. 
— Nimaga baqrayasan? Ehtimol, hozir ukangni dorga 
osayotgandirlar, sen esa: “Birov grafning ichagini ag‘darib ket-
masin”, — deb, ularni itga o‘xshab qo‘riqlab o‘tiribsan... La’nati 
qul! — deb Adamni itarib yubordi-da, yugurganicha dahlizga 
chiqib ketdi. 
Fransiskaning so‘zlari bilan zaharlangan Adam qizini 
qo‘poldan qo‘pol uyg‘ota boshladi. 



Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin