partiyasining yo‘lboshchisi, aslida, ko‘p foydali kishi. Polshani
o‘z ichiga olgan bu rasvo girdobdan biz bilan sizni faqat o‘shan-
ga o‘xshagan odamlargina qutqarib qola oladi. Siz bo‘lsangiz
bekordan bekorga so‘kasiz uni. Ignatiy Dashinskiy chindan ham
xavfli odam bo‘lganda, amin bo‘lingizki, Pilsudskiy uni vazir qi-
lib tayinlamas edi, — dedi Pototskiy endi achchig‘i chiqa
198
boshlab.
— He... um... Ha! Lekin...
Pototskiy Barankevichning gapirishiga imkon bermadi.
— Pan xuddi telegraf simyog‘ochiga o‘xshaydilar. Kechi-
rasiz, men sizni xafa qilmoqchi emasman. Ishonchning qattiq
bo‘lishi foydali-yu, lekin bu darajada emas, — deb Pototskiy
masxarali qilib kuldi. — Darvoqe, pan xotirjam bo‘lishlari mum-
kin: o‘n sakkizinchi noyabrda Dashinskiy iste’fo berdi.
— Nimaga? — dedi Iyeronim hazratlari qiziqib.
— Chamamda, hozir vazir bo‘lishning unga foydasi
yo‘qdir-da. O‘zingiz bilasiz, har holda, u “xalq vakili”, PPS bo‘l-
sa, hoynahoy, muxolifat rolini o‘ynashi kerak. Masalan, bizning
ukrainlar, beloruslar va litvaliklar bilan darhol urush boshlash
uchun qonuniy intilishimiz hammaga ham yoqavermaydi.
O‘zingizga ma’lum, avom urushni xohlamaydi. He, avomni qo‘-
yavering! Hatto mulklari hali-hozircha to‘la omonlikda bo‘lgan
burjua va dvoryanlardan ham ba’zilari bizning rejamizni haddan
tashqari xatarli deyishayotir. Lekin bunday tovuqlar, baxtimizga,
unchalik ko‘p emas. Har holda, ularning ham sandiqlarini bo‘-
shatmasdan qo‘ymaymiz. Basharti ular bizni o‘z puliga polklar
tuzib, sandig‘imizni qo‘rishib beradi, deb o‘ylashsa katta xato
qilgan bo‘ladilar.
Barankevich qochiriqni o‘ziga oldi.
— He... um... Ha! Lekin hammaning ham davlati bir xil
emas-da.
Barankevichning hozir Pototskiyga biron bemaza gap
aytib qo‘yishi ehtimolligini sezib, Edvard gapga aralashdi:
— Graf, agar sir bo‘lmasa, aytsangiz: bu yerdan qayoqqa
bormoqchisiz?
— Men sizga boradigan joylarimni aytib berishim mum-
kin. Men Zdolbunovoga boraman. U yerda mening polkim tuzila-
yotir, polkka o‘zim qo‘mondonlik qilaman. Aytmoqchi, siz hali
199
“Davlat boshlig‘i”ga hisobot yuborib, bo‘linmangizdagi barcha
komandirlarning zobitlikka o‘tkazilishi tasdiqlab berilishini ilti-
mos etganingiz yo‘qmi? — dedi Pototskiy.
— Yo‘q, — deb javob berdi Edvard. — Pilsudskiy buni,
albatta, tasdiq qilishi kerakmi?
— Ha, lekin bu narsa sizni tashvishlantirmasligi kerak. U
hech so‘zsiz tasdiq etadi. Hozir rasmiyatchilik zamoni emas. Siz
ham polk tuzmoqchisizmi? Ha, balli! Demak, polyak armiyasi-
ning polkovniklik darajasini olasiz.
Edvard tutaqib ketdi.
— Graf, men besh yildan beri gvardiya polkovnigi daraja-
sidaman, hozir esa fransuz armiyasida polkovnikman. Men u
yangigina tandirdan chiqqan generaldan shu darajani berishini
so‘rab o‘tirmoqchi ham emasman...
Pototskiy labini tishlab qoldi.
— O‘zingiz bilasiz, graf. Lekin odob yuzasidan shunday
qilish mumkin. Bu armiyaning obro‘yini oshiradi. Men uchun
ham Pilsudskiy Xudo emas. Lekin men polkovniklik darajasini
oldim, ukalarim ham oldi. Ammo bundan hech qanday xo‘rlik
ko‘rganim yo‘q, — dedi Pototskiy quruqqina qilib.
U poshnasini qarsillatdi.
— Ruxsat eting, graf, biz chiqaylik endi. O‘zim ham, ham-
rohlarim ham dam olishimiz kerak, chunki saharlab tag‘in yo‘lga
tushamiz.
Edvard Pototskiyni unga ajratilgan xonaga uzatib Qo‘ydi.
Ikkovlari xoli qolishganda, Pototskiy dedi:
— Bu janoblar huzurida hamma gapni aytishni ep ko‘rma-
dim. Ularning og‘zi u qadar mahkam emas, shuning uchun eng
muhimini aytmadim. Marhamat qilib, mening oldimda picha
qolsangiz.
— Marhamat! Qulog‘im sizda, graf.
Ular stol yoniga o‘tirdilar.
200
— Pilsudskiy: “Polsha tuprog‘ida bo‘lgan butun nemislar
qurolsizlantirilsin”, — deb buyurdi, xabaringiz bo‘lsa kerak? —
deb so‘radi Pototskiy.
— Ha... Lekin buni hamma vaqt ham qilib bo‘lmaydi...
Masalan, mening kuchim kamlik qiladi.
Pototskiy Edvardga gumonsirab qaradi.
— Tezdan knyaz Radzivill keladi. Innaykeyin, bir to‘da
mayda legioner bo‘linmalari ham shu yoqqa jo‘naydi. Agar
eshelonni tag‘in ikki-uch kun tutib turolsangiz, u holda qurol-
sizlantirib bo‘ladi. Axir, bizga to‘plar, o‘q-dorilar kerak-ku...
— Agar yordam qilishsa, albatta, qurolsizlantiraman.
Lekin shuni ham nazarga olingki, atrof-tevarakdagi qishloqlarda
qo‘zg‘olonchilar harakati boshlanayotir. Masalan, yigirma cha-
qirim yerda Sosnovka degan kattakon qishloq bor, pan Zayonch-
kovskiyning mulki o‘sha yerda. Zayonchkovskiy dehqonlar
qo‘lidan janjal bilan pichan va javdarni olib qo‘ygan ekan, ana
shuning o‘zi qullarning panshaxa olib yugurishiga sabab bo‘ldi.
Uning huzurida atigi o‘ntagina legioner bor ekan. Albatta, ular
bas kelisholmagan. Natijada dehqonlar legionerlarning qurol-
larini tortib olib, o‘zlarini o‘lguday urishibdi. Zayonchkovskiylar
zo‘rg‘a qochib qutulishibdi. Xolmyanka qishlog‘ida ham ahvol
shu. Pavlodzida esa chinakam qo‘zg‘olon bo‘ldi: dvoryanni o‘l-
dirishib, legionerlarning hammasini otib tashlashibdi.
Pototskiy uning gaplarini labini qattiq qimtib turib ting-
ladi.
— Bularning hammasi mayda dilsiyohliklar... Lekin men
sizni Ukraina ishlaridan xabardor qilmoqchiman, — dedi
Pototskiy.
— Qulog‘im sizda.
— Birinchi noyabrda galitsiyaliklar G‘arbiy Ukraina res-
publikasi tashkil qilinganini e’lon etdilar, buni, albatta, bilsangiz
kerak.
201
— Iyeronim hazratlari aytib edi.
— Ha, aytmoqchi, u monax qanday odam o‘zi?
— Iyezuit... Kardinal unga ishonadi. O‘zi ham chakki
xufiya emas.
— Ha-a! Men ham shundaydir deb o‘ylagan edim. U,
albatta, boyagi semiz zavodchidan donoroq... Mayli, boshqa
mavzuga o‘tib ketibman! Varshavadagilar: “Dastavval Galitsiya-
ni bosib olishimiz kerak”, — deb ta’kidlashyapti, chunki u yerda
neft, temir... Biz oldin bu rejaga qarshi bo‘ldik, chunki mulkimiz-
ning ko‘pchiligi Galitsiyada emas, balki Volin bilan Podoliyada.
Lekin pilsudchilar: “Galitsiyani olishimiz bilanoq darrov Uk-
rainaga kirishamiz”, — deb bizni ishontirishdi. Biz bu masalani
bir talay manfaatdor zotlar bilan muhokama qilib chiqib:
“Galitsiyaning olinishi rejalarimizga zarracha ham zarba yetkiz-
maydi, balki, aksincha, mamlakat ichkarisida zaxira bilan ta’min
etilgan bo‘lamiz”, — deya o‘ylagan holda shu qarorga keldik.
Biz shunday shart bilan rozi bo‘ldik, Pilsudskiy Galitsiyaga o‘z
zaxiralari bilan Galitsiya dvoryanlarining bo‘linmalarini yubora-
di, biz esa o‘z kuchlarimizni Volin bilan Podoliyaga yuboramiz.
Edvard ma’qullab bosh silkitdi:
— Bu to‘g‘ri. Har kim “Buyuk Polsha davlati” degan mav-
hum tushunchadan ko‘ra, o‘z yer-suvi uchun ko‘proq jon kuy-
dirib urishadi.
Pototskiy iljayib qo‘ydi.
— Xo‘sh, Moskva masalasi qanday bo‘ladi? — deb
so‘radi Edvard.
Pototskiyning lablaridagi iljayish g‘oyib bo‘ldi.
— Moskva bilan katta urush qilinadi. Pilsudskiy uxlab,
tushida Napoleon yo‘lini ko‘rayotir... Mayli, Moskvagacha boril-
maganda ham, loaqal, Smolenskka yetilar-ku.
Bu safar Edvard iljayib qo‘ydi.
— Bu xavfli bir tarixiy taqqoslash-ku, qanday o‘ylaysiz?
202
— Yo‘q, u mahalda vaziyat boshqa edi. Ishonavering, Var-
shavadagilar unchalik esipast odamlar emas... Moskvani temir
halqaga olib siqishyapti, Pilsudskiy ham bundan foydalanib,
Polsha uchun rus etidan salmoqli bir nima kesib olishga qurbi
yetadigan ancha mug‘ambir kishi. Ammo bir chatoq tomoni bor,
katta urushga jur’atimiz yetmaydi... Dard ustiga chipqondek,
endi bu Ukraina ham turibdi.
— Darvoqe, graf, menga aytmoqchi bo‘lgan edingiz...
— Mana ko‘rdingizmi, birini aytsang, ikkinchisi qolib ke-
tayotir. Aytmoqchi, Simon Petlyura to‘g‘risida hech nima bila-
sizmi?
— “Bu zot to‘g‘risida, uning hozir Ukraina direktoriyasi
deb atalgan narsaning tepasida ekanligidan boshqa hech nima
bilmayman”, — desam bo‘ladi, — deb javob qildi Edvard.
Pototskiy cho‘ntaklaridan nimanidir izlay boshladi.
— Bu odamni sizga aytib berishim kerak. Axir, unga
ishingiz tushadi. Hozir uning qaroqchilari deyarli butun Volin
bilan Podoliyani o‘rab olgan. Inqilobchilar u yerlarda to‘da-to‘da
bo‘lib yurishibdi...
— Ha, mana! — u karmonidan to‘rt buklangan bir qog‘oz
oldi. — Uning qisqacha tavsifi. Knyaz Sapega sizgaberib qo‘yi-
shimni so‘ragan edi. Bu Kiyevdagi josuslarimiz yuborgan ax-
borotning nusxasi.
Edvard qog‘ozni oldi.
— Menga uni Parijda harbiy vazirlikda aytishgan edi. Bu
bosqinchi bultur Kiyevda Markaziy rada deyilgan narsa borligida
general Tabuini juda xunuk qilgan edi.
— Ha, baraka toping. Mana buni o‘qib chiqing, uning qi-
yofasi ancha tugal tasvir etilgan.
Edvard past ovozda o‘qiy boshladi.
Dostları ilə paylaş: |