Jahon adabiyotining so‘nmas yulduzlari nikolay Alekseyevich ostrovskiy bo‘ron bolalari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/40
tarix12.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#154791
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40
Nikolay Alekseyevich Ostrovskiy. Bo\'ron bolalari

 
* * 

 
Edvardning kabinetiga faqat erkaklar to‘plandi. Baranke-
vich, Iyeronim hazratlari va Zayonchkovskiydan tashqari, bu 
yerda Shepetovka, Staro-Konstantinovo va Antoniyadan qochib 
kelgan bir necha dvoryan ham bor edi. 
Pototskiy qo‘llarini shimining cho‘ntagiga solib xona ichi-
da u yoqdan-bu yoqqa yurar va faqat Edvardnigina pisand qil-
ganligini bildirish uchun hamma vaqt unga qarab gapirar edi. 
— Siz Pilsudskiyning qanday odamligini so‘raysiz-da? 
Men yo‘lga chiqish oldida u bilan gaplashdim. U juda kuchli 
odam. — Pototskiy stol oldiga kelib to‘xtadi va Lyudviganing 
fil suyagidan qilingan nafis ramka ichidagi miniatura rasmiga 
mahliyo bo‘lib qoldi. — Ha, juda kuchli odam, u bilan hisob-
lashishga to‘g‘ri keladi. 


194 
Barankevich odatdagi takallufsizligi bilan uning so‘zini 
bo‘ldi: 
— Lekin u sotsialist emish-ku? 
Pototskiy uni dag‘al bir qarash bilan boshdan oyoq kuzatib 
chiqdi-da, kulib yubordi: 
— Pilsudskiy — sotsialist? Shunday deb sizni kim 
qo‘rqitdi? 
Barankevich uchun ranjigan Zayonchkovskiy: 
— Ajabo, burnog‘i yillar PPS bilan chatishib yurmasmidi? 
— deb so‘radi. 
Pototskiy Lyudviganing suratini ehtiyot bilan stolga 
qo‘ydi.
— Avval nimalar qilganligini men bilmayman. Odam de-
gan har narsa qiladi, uni qo‘yavering. Men faqat bir narsani bila-
man, bu narsa faqat mening fikrimgina emas, Pilsudskiy polyak 
vatanparvari, ana shunisi hamma narsadan muhim. Garchand hu-
kumatga knyaz Sapeganing boshliq bo‘lishi ma’qul ko‘rinsa 
ham, har holda, u emas, Pilsudskiyning davlat boshlig‘i bo‘lishi 
biz uchun, albatta, yengillik tug‘diradi... 
Hamisha burchakda o‘tiradigan Iyeronim hazratlari ehti-
yotkorlik bilan so‘radi: 
— Kechiring, oliynasab pane, general Pilsudskiy o‘z ixti-
yoridan tashqari, partiyasining hamda o‘sha Dashinskiy va unga 
o‘xshash demagoglarning qo‘lida o‘yinchoq bo‘lib qolar, degan 
xavf yo‘qmi? 
Pototskiy Iyeronim hazratlariga sinovchan nazar bilan bir 
necha soniya qarab turdi. 
— Ha-ha, hazratlari ham siyosatga qiziqar ekanlar-da. 
Magnatning gapidagi bu bepisand ohang Edvardga yoq-
mas edi. 
— Iyeronim hazratlari juda o‘ylantiradigan savol berdilar, 
— dedi u sovuqqina qilib. 


195 
— Sizda Yuzef Pilsudskiy to‘g‘risida ham, PPS to‘g‘risida 
ham noto‘g‘ri tasavvur bor! Menimcha, u ko‘proq bizga yaqin. 
PPS esa butkul uning qo‘lida, bu — omma ko‘zida uning shuh-
ratini oshirish uchun bir vosita. Bularning hammasi avom uchun! 
Avom xalq unga ishonsa, qaytaga bizga yaxshi-ku. Afsuski, hiyla 
ishlatishga to‘g‘ri kelayotir... Uning suyanchig‘i — “pilsud-
chilar” deb atalgan harbiy tashkilot. To‘g‘ri, bular orasida 
pepeeschilar ham oz emas, lekin, men sizga aytsam, ular shunday 
sotsialistlarki... Agar Pilsudskiy birov bilan hisoblashadigan 
bo‘lsa, o‘sha birov biz bo‘lamiz, chunki bizda kuch ham bor, 
oltin ham! U to‘g‘rida durustroq tasavvur hosil etishingiz uchun 
hukumatning qanday tuzilganligini aytib beraman. 
— O, marhamat, marhamat! Bu la’nati xilvatda hech nar-
sani bilib ham bo‘lmaydi... — deb Barankevich umumiy istakni 
bayon etdi. 
— Albatta, har vaqtdagiday, amal talashi boshlandi: knyaz 
Sapeganing so‘ziga qaraganda, amal da’vogarlari bir-birining 
lunjini yorishiga sal qolibdi; ular kimlar deng: natsional-demok-
ratlar, xalqparvarlar va boshqalar. Ana shundan keyin Pilsudskiy 
legionerlarning ikkinchi brigadasi kapitani — eski pepeeschi va 
pilsudchi Morachevskiyni oldiga chaqirib: “Men sizni bosh vazir 
qilib tayinladim. Stat vo front
1
!” — debdi. Morachevskiy chest 
beribdi. Shundan keyin Pilsudskiy: “Boring endi!” — deb javob 
beribdi. Bosh vazir poshnalarida qayrilib, chiqib ketibdi... Amin 
bo‘lingizki, Agar Pilsudskiy buyurmasa, ba’zi bir demokrat ja-
noblar o‘z kishimiz deb yurgan ana o‘sha Morachevskiy g‘ing 
deya olmaydi!.. 
Edvard papirosini o‘chirdi. 
— Xo‘sh, uning rejalari qanday? Bizning ishimizga 
qanday qaraydi? 
1
Rostlaning” 
(harbiy buyruq).


196 
Pototskiy Edvardning ro‘parasida to‘xtadi. 
— Bu jihatdan xotirjam bo‘lavering, graf. Odamlarning 
aytishiga qaraganda, bu haqiqat ham! Pilsudskiy davlat boshlig‘i 
degan unvonni qabul etayotganda: “Polyak qilichi Polsha chega-
rasini Boltiq dengizidan Qora dengizgacha yetkazib chizib chiq-
maguncha, men bu unvonni soqit qilmayman!” — degan. Ba-
sharti biz bosh ko‘tarayotgan avomning uddasidan chiqa olsak, u 
aytganini qiladi! — Pototskiy deraza oldida to‘xtadi-da, kecha 
zulmatiga uzoq xo‘mrayib qarab turdi. 
Kazimir Mogelnitskiy oshkor bir vahim bilan: 
— Ha, bizning ahvolimiz hali shunaqa yomonmi? — deb 
so‘radi. Keyin qattiq yo‘tal vujudini qaltiratdi. 
Pototskiy yo‘talning to‘xtalishini kutib turdi. Lekin yo‘tal 
hamon avj olib borardi. Chol bo‘g‘zini changalladi. Kresloda 
xo‘mrayib o‘tirgan Edvard xavotirlanib, otasi tomonga qaradi. 
Pototskiy titrayotgan cholni sovuq bir jirkanch bilan kuza-
tib turdi. Nihoyat Mogelnitskiy yo‘taldan to‘xtadi. 
— Siz, ahvolimiz qandayligini so‘raysiz, graf, — deb 
Pototskiy achchiq bilan so‘z boshladi, shu chog‘ ko‘zlaridan g‘a-
zab olovi chaqnadi. — O‘ylaymanki, oyog‘imiz tagidagi yerning 
titrayotganini siz ham sezib turgandirsiz. Bu — zilzila, janoblar! 
Buning eng dahshatli tomoni shundaki, bu hol faqat bizdagina 
emas. Agar burunlari undan qutulish mumkin bo‘lsa, endi qariyb 
mumkin emas. Shunday bo‘lgach, bizning vazifamiz — to‘polon 
ko‘targan podani bostirish bo‘lishi kerak! — Pototskiy stol to-
monga keskin qadam tashladi. — Varshavada shunday zoti mu-
boraklar borki, ular bo‘g‘chalarini tugib, chiptalarini ham olib 
qo‘yganlar... — deb zaharxanda qildi u. — Faqat qayoqqa qo-
chishlari noma’lum, xolos. Bu yerda sizlarning ahvol-ruhingiz 
qandayligi menga ma’lum emas, lekin menga shunisi ma’lumki, 
biz Pototskiylar, biz bilan birga Sangushkolar, Radzevillar, Za-
moyskiylar, Tishkevichlar, Branitskiylar — ishqilib, Polshada 


197 
davlat va shuhrat egalari bo‘lgan va mulklari shu Ukrainaga yo-
yilganlar — o‘z iflos qo‘lini mulkimizga uzatganlarni bitta qol-
dirmay qiyratmagunimizcha qo‘ldan qurolimizni qo‘ymaymiz! 
Shunday, u iflos qo‘lni kallasi bilan birga judo qilamiz! 
Edvard Pototskiyga ko‘z qirini tashladi. 
“To‘g‘ri, bu ko‘p narsadan ayrildi! O‘nlab qand zavodlari 
yuz minglab desyatina yer, yarim milliardli davlati uni tinch 
qo‘ymaydi, u, albatta, joni boricha olishadi! Modomiki, arzima-
gan besh million uchun men jonimni tikib qo‘ygan ekanman, bu 
indamay tursinmi, Xudoning o‘zi urishtirayotgandir buni”, — 
deb o‘ylandi. 
— He... um... ha! Bu yaxshi gap. Albatta, qo‘lini kallasi 
bilan birga, xe-xe-xe! Lekin buning uchun Varshavada bu 
xiyonatkor sotsialistlarni hokimiyat ustiga chiqarmaslik kerak-
da. Men sizga aytsam, Pilsudskiyning Ignatiy Dashinskiyni vazir 
qilib tayinlaganini eshitib, kechgacha qornim og‘rib yurdi, — 
dedi Barankevich, hamma vaqtdagiday qo‘pol va haddan tash-
qari baland tovush bilan. — “Ana o‘shaniki vazir qilib tayin-
lashibdi, bundan hech yaxshilik chiqmaydi”, — deb o‘yladim. U 
haromzoda o‘z Lyublinida anchagina bemazagarchilik qildi... 
He... um...ha! Sakkiz so-a-atli ish kuni-i! Qalay, sizga yoqadimi 
bu? O‘n ikki soatli ish kuni bilan men sinay deyapman-ku. Ular 
esa... 
Pototskiy amirona bir harakat bilan uni to‘xtatdi. 
— Ko‘rib turibmanki, pan hamma narsani yerga uryapti-
lar. Sizni cho‘chitayotgan Dashinskiy, ya’ni polyak sotsialistlar 
Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin