Jahon adabiyotining so‘nmas yulduzlari nikolay Alekseyevich ostrovskiy bo‘ron bolalari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/40
tarix12.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#154791
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40
Nikolay Alekseyevich Ostrovskiy. Bo\'ron bolalari

 


188 
TO‘QQIZINCHI BOB
Mogelnitskiylarning ovqatxonasida kechki ovqat yeyil-
moqda edi. 
Hozirgina kelgan Edvard shaharda yuz bergan voqeani hi-
koya qilar, xizmatkorlarning shu yerdaligi uni xijil etar edi. 
Ammo Vladislav odatdagi bepisandlik bilan vaqirlardi: 
— Ularga rosa bir yilga yetadi bu. O‘zimiz ham xo‘b 
ta’zirlarini berdik-da... 
Lyudviga indamay, qariyb hech narsa yemasdan o‘tirar 
edi. 
Barankevich yosh to‘ng‘iz go‘shti ichiga tiqilgan grechi-
xani to‘ka-to‘ka qari grafga zorlandi: 
— Lavlagilarimni nima qilsam ekan — hayronman. Qand-
ni nima qilaman?.. Uni qayerga ham qo‘ydim? Ha! — u birdan 
allaqanday dilsiyohlikni esladi-yu, sapchib ketdi. Keyin Edvard 
tomonga o‘girilib: — Buni qarang, bugun menga nemis esheloni-
ning allaqanday bir kaptenarmusidan xat olib kelishdi. U darrov 
olti vagonga qand ortib, nemis esheloniga yetkazishni buyurib-
di... Nima deysiz bunga? Olti vagon qand-a! Men sizga aytsam, 
bu o‘taketgan insofsizlik! 
Edvard xo‘mraydi. 
Iyeronim hazratlari sirni bilmoqchi bo‘lib: 
— Xo‘sh, pan Barankevich, nima qilmoq istaydilar? — 
deb so‘radi. 
Bu savol qand zavodi egasining jahlini chiqardi. 
— “Nima qilmoq istaydilar?” — deganingiz nimasi? Olti 
vagon u yoqda tursin, bir chaqmoq ham bermayman. 
Iyeronim hazratlari to‘ng‘iz go‘shtining bir chekkasidan 
pazandalarcha kesib turib, chaqib olganday javob qildi: 
— Bo‘lmasa ularning o‘zlari olishadi-qo‘yishadi. 
— Umidvorman, bunga pan Edvard yo‘l qo‘ymaslar! 


189 
Edvard javob bermadi. 
— Olti vagon qand hech gap emas. Mana, bizning butun 
bor-budimizni tortib olishdi, o‘zimiz jonimizni zo‘rg‘a qutqazib 
qoldik, — dedi Zayonchkovskiy achitib. — Men: “Pan Edvard 
bo‘linmasini dastavval bizning mulkimizga yuborurlar”, — deb 
o‘ylayman. Dehqonlar talab ketgan narsalarni berkitib tashla-
masdan turib, ertagayoq bo‘linma yuborilishini iltimos qilaman. 
Barankevich chaynashdan ham to‘xtab qoldi. 
— Ha-ha, hali sizning fikringizcha, olti vagon qand hech 
gap emas ekan-da? Olti ming pud qand-a! Olti ming pud, — deb 
xirilladi qo‘lidagi sanchqisini silkitib. — Bu oltin bilan yigirma 
sakkiz ming sakkiz yuz so‘m bo‘ladi... 
Pani Zayonchkovskayaning sabr kosasi to‘lgan edi. 
— Durust-u, lekin bu boyligingizning atigi kichkina bir 
bo‘lagi-da, biznikini esa urvog‘igacha olib qo‘yishdi, — dedi u. 
Barankevich yalt etib pani tomonga o‘girildi: 
— Kechirasiz. He... um... Ha! Lekin pani mening boyli-
gimni o‘zimdan ko‘ra yaxshiroq biladiganga o‘xshaydilar. 
Yuzefning kirishi bu ko‘ngilsiz sahnaning pardasini tu-
shirdi. 
— Pan mayor bilan pan ober-leytenant kirishga ijozat 
so‘ramoqdalar. Vokzalga jo‘nab ketishayotgan ekan, xayrlash-
moqchilar, — dedi g‘udranib chol. 
Mogelnitskiylar bir-birlariga qarab olishdi. 
— Kirsin, — dedi Edvard qisqagina qilib. 
Nemislarni dasturxonga taklif etishdi. Gap qovusha-
vermadi. 
Edvard birdan zobitlardan so‘rab qoldi: 
— Kechirasiz, janoblar, bugun kelgan eshelon komandiri-
ning familiyasi sizlarga ma’lummi? 
— Polkovnik Pflaumer, — deb vazminlik bilan javob 
berdi mayor. 


190 
Barankevich umidvorlik bilan so‘radi: 
— Eshelon bugun ketadimi? 
Zonnenburg zo‘raki bir iljayish bilan: 
— Odatda bunday narsalarni aytmaydilar... — dedi. 
Barankevich xafa bo‘ldi: 
— Kechirasiz, men shunchaki so‘ragan edim. 
Yuzef tag‘in kirdi. 
— Kechirishlarini so‘rayman, darvoza oldida allaqanday 
otliqlar turishibdi. Qorovul boshlig‘i oliynasab panning chiqib
ular bilan gaplashishini so‘radi, — dedi chol Vladislavga qarab. 
Vladislav shoshilib chiqib ketdi. 
Qari graf leytenant tomonga egilib: 
— Qani, eskadrondagi otlaringizni bizga sotasizmi? — 
deb so‘radi sekingina. 
Zonnenburg ulardan uzoqda o‘tirgan edi. 
— Qaydam, nima desam ekan... Sotish juda noqulay-da. 
Mayor janoblari qarshi... 
— He, usiz ham sotsangiz bo‘laveradi-ku. Baribir, ketyap-
sizlar. Askarlarning yarmi qochib ketdi, qolganlari esa uyiga qa-
rab uchyapti. Otlarni qayoqqa ham olib borardingiz! Axir, o‘z-
laringiz poyezd bilan ketasizlar-ku. 
— Tushunaman, graf janoblari, lekin gap... 
— To‘g‘ri-da, — deb graf luqma tashladi. 
— Ha, shunday desak ham bo‘ladi. Men sizga qirq ming 
marka degan edim. Lekin hozir markaning qadri tushib ketyapti. 
Berlinga borgach, u pulga faqat bittagina buterbrod olib qolma-
yin deb qo‘rqaman. O‘zingiz ayting, bu pul to‘qsonta gijing ot 
uchun juda oz, otlar arzon ketib qoladi. 
Kazimir Mogelnitskiy jahli chiqib yo‘taldi. 
— Shunday-u, lekin, baribir, o‘zlaringiz bilan birga olib 
ketolmaysizlar-da! Bugun kechasi ketasizlar deb faraz qilaylik, 
unda, baribir, bizga tekin qoladi... 


191 
Umumiy gurungga kirishib ketgan mehmonlar ularga 
e’tibor bermas edilar. 
Shmultke ichida qattiq so‘kindi-yu, o‘zini bosib turib shu 
javobni berdi: 
— Albatta, olib ketmaymiz. Ammo men yana bir necha 
kun shu yerda turib turishim mumkin edi. Chunki eshelon ketishi 
bilanoq frankfurtliklar polkimiz piyoda yo‘lga chiqadi, bilishim-
cha, sizning o‘g‘lingiz ham o‘sha polkda xizmat qiladi. Agar 
yo‘lda tutilib qolishmasa, bir necha kundan keyin bu yerga yetib 
kelishadi... 
Qari graf tashvishlana boshladi. Edvard: “Nemislarning 
otlarini nima bo‘lsa ham sotib oling”, — deb buyurgan edi. 
— Tuzuk, bo‘lmasa ellik ming marka beraman, mayli siz-
ga bir xizmat qilsak, qilibmiz-da. Axir, yaxshi tanishligimiz bor. 
— Kechirasiz, graf, mayor janoblari menga ishorat qila-
yotir, ketishimiz kerak... Bilasizmi, men ham sizga. Bir gapni 
aytaman: mayor janoblari otlarning hammasini otib tashlashni 
buyurdi... Agar tilla bilan — albatta, tilla bilan — ming so‘m 
topib berolsangiz, u holda mayor janoblarining buyrug‘ini bajar-
mayman, o‘g‘lingiz o‘ziga kerakli otlarni oladi! O‘ylab ko‘ring! 
Eshik ochilib, Vladislav shoshib kirdi. 
— Aziz mehmonlar keldi, Edvard! Graf Roman Pototskiy 
o‘z hamrohlari bilan kelibdi. 
Edvard dast o‘rnidan turdi. 
Mehmonlar bir-birlari bilan pichirlashib qoldilar. Qudratli 
magnatning kelishi hammani hayajonga solib qo‘ydi. 
— Kirsin! Nega qarab turibsan? — deb buyurdi qari graf 
Yuzefga. 
Xonaga bir necha harbiy kirdi. Oldinda baland bo‘yli Ro-
man Pototskiy kelar, uning egnida pogonsiz kulrang zobitcha 
mundir va ko‘k shimi bor edi. Oyoqlaridagi baland qo‘njli etikka 
ovozsiz shporlar qadalgan. Qilichi bilan to‘pponchasini dahlizda 


192 
qoldirgan edi. 
Pototskiy jamoatga tez ko‘z yugurtirib chiqdi. Mutakabbir 
kulrang ko‘zlari bir zumgina Lyudvigada to‘xtab, so‘ngra nemis-
larga o‘tdi. Lablari qisildi. 
Edvard unga yaqinlashib kelardi. 
— Sizni uyimizda ko‘rishdan g‘oyat xursandman. 
Pototskiy bilan hamrohlari hammaga tanishtirildi. 
— Xo‘sh, pan Iosifning salomatliklari qalay? 
— Rahmat, otam sog‘, — dedi Pototskiy. 
Zonnenburg o‘rnidan turdi. 
Shmultke qari grafga qo‘lini cho‘zib: 
— Yaxshi qoling! Biz endi ketamiz, — dedi. 
— Ha-ya! — dedi Mogelnitskiy birdan eslab. — Iltimos 
qilaman, biroz shoshmay tursangiz. O‘g‘lim bilan gaplashib 
ko‘ray. 
— Tuzuk! Biz kiyinib turamiz... 
Nemislar umumiy ta’zimdan so‘ng chiqib ketishdi. 
Hozir kelgan mehmonlar stol atrofiga o‘tira boshladilar. 
Edvard Pototskiyga izoh berdi: 
— Ular bizning uyda turishar edi. Hozir vokzalga chiqib 
ketishyapti — u yerda eshelonlari bor... 
Pototskiy nemislar chiqib ketgan eshikka yomon ko‘z 
bilan qarab qo‘ydi. 
— Bilaman. Shular tufayli o‘ttiz chaqirim yo‘lni otda 
bosishga majbur bo‘ldik. Pilsudchilar bo‘linmasi ko‘prikni port-
latib, ularning yo‘lini kesib qo‘yishibdi. Chamamda, siz ular bi-
lan inoqqa o‘xshaysizmi? — deb ilova qildi Pototskiy nozik bir 
kinoya bilan. 
Edvard bu kinoyani fahmlab oldi. 
— Janjal qilishga kuch kerak, menda esa kuch yo‘q. Innay-
keyin ulardan tashqari, bizni bu yerda ovora qilayotganlar ham 
yo‘q emas. 


193 
Qari graf so‘zga aralashdi: 
— Kechir, Eddi, so‘zingni bo‘laman, leytenant otlar uchun 
tilla bilan ming so‘m talab qilyapti. Bo‘lmasa... 
Otasining bu so‘zni Pototskiy huzurida aytishi Edvardga 
yoqmadi, u so‘zini tugatishiga yo‘l qo‘ymasdan: 
— Nima kerak bo‘lsa, qil, — dedi. 
Chol darhol o‘rnidan tura boshladi. Eshik oldida turgan 
Yuzef unga yordamga yugurdi. 
— Qani, graf, Varshavada qanday yangiliklar bor? — deb 
Edvard so‘ragan edi, Pototskiy: 
— Varshavadami? Rostini aytsam, bu savolga javob 
berishga qiynalaman. Yangiliklar ko‘p! — dedi durust javob 
berishdan bo‘yin tovlab. Keyin sekingina Edvardga: 
— Siz bilan hali gaplashib olishim kerak, — dedi. 
Edvard ham o‘shanday sekin: 
— Tuzuk, — deb javob berdi. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin