Jahon adabiyotining so‘nmas yulduzlari nikolay Alekseyevich ostrovskiy bo‘ron bolalari


Shvab  —  nemis so‘zning tahqirlisi. 142



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/40
tarix12.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#154791
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40
Nikolay Alekseyevich Ostrovskiy. Bo\'ron bolalari

Shvab
 — 
nemis so‘zning tahqirlisi.


142 
Odamlar ot qo‘yib kelayotgan suvoriylarni ko‘rar-ko‘rmas 
hovlilarga qarab qochardilar. Qocholmay qolganlar devorlarga 
qisilib bekinardilar.
U yer-bu yerda to‘planib turganlar bo‘lsa ularni ko‘rishi 
bilan tirqiragancha qochib ketardi. Faqat zavod yaqinida odam 
ko‘payib borar, ular juda sekinlik bilan tarqalar edi. 
Yana bir muyulishdan o‘tishdi va zavodning barcha yo‘l-
larini to‘sib turgan olomonga duch kelishdi. Bu yerda bir necha 
ming kishi to‘plangan edi. 
Odamlarning hoy-huylari gudok bo‘kirigiga qo‘shilib ket-
gan.
Bu to‘planib turgan had-hisobsiz odamlarni ko‘rishi 
bilanoq Edvard sarosima bo‘lib qoldi. U odamlarni bu qadar 
ko‘pdir deb o‘ylamagan edi. Beixtiyor otini to‘xtatdi. Vrona 
bilan Vladislav orqadan tez yetib keldi. 
Olomon oldida harakatsiz turmasdan biron chora ko‘rish 
kerak edi. 
— Kapitan, buyuring, xalq tarqalsin. Tezroq! 
Vrona olomonga baqirguncha Edvard buyruq berdi: 
— Miltiqlar qo‘lga olinsin! Faqat buyruq bilan otilsin. 
— Siz anovi tor ko‘chaga boring... U yerda qaqqayib tur-
ganlarning boshiga qamchi soling. 
Legionerlar odamlarni har yoqlama quvib, tor ko‘chadan 
siqib chiqarishdi-da, o‘zlari kamalak shaklida tizilib olishdi. 
Vrona qichqirdi: 
— Oxirgi marta buyuraman... 
Olomon xuddi pichoq bilan ikki palla qilingandek ikki 
yonga bo‘lindi va o‘rtadan zavodga yo‘l ochib, turgan yerida 
qotib qoldi. 
Edvard bir yonga, Vladislav bilan Vrona ikkinchi yonga 
o‘tdi. 
— Hozircha osmonga qarab otilsin, — dedi Mogelnitskiy 


143 
sekingina. — Buyruqni vzvodga yetkazing. 
Legionerlar miltiqlarini mo‘ljalga oldilar. Olomonda tal-
vasa boshlandi. 
Lekin legionerlar bilan olomon o‘rtasidagi masofa sekin-
sekin orta bordi. 
Orqada turganlar, oldinda nima bo‘layotganini bilmasdan, 
tisarilib kelayotgan odamlarni ixtiyorsiz oldinga itarardi. Oldin-
dagilarning o‘zlarini o‘limdan saqlash va yo‘l ochib qochish 
uchun orqadagi odamlarni yiqitib yorib o‘tishlari talvasani ort-
tirib bordi. Edvard: “Poda poda-da”, — deb suyunardi. 
— Ot! — deb baqirdi Edvard. 
O‘qlar havoni yorib ketdi, xuddi birov kattakon bir matoni 
yirtganday bo‘ldi. Olomon yiqilgan odamlarni qoldirib, jon 
halpida chekina boshladi. Yerda yotganlar tikka turganlarga o‘l-
dirilgan va yarador bo‘lganlarday ko‘rinardi. 
— Ot! — deb baqirdi Edvard. 
Vzvod oboymadagi o‘qlarni otib bo‘lgandagina u buy-
ruqni to‘xtatdi. 
Maydonning yarmi bo‘shadi. Insonlar to‘lqini hamon nari 
surilar, shitob bilan jilardi... 
Zavod darvozasi ochildi. Zarembaning vzvodi qilichlarini 
yalang‘ochlab, qochuvchilar orqasidan ot qo‘yib ketdi. 
— Marsh, olg‘a! — dedi baqirib Edvard. — Ularni molxo-
naga quvib kirgizinglar! 
Vladislavning vzvodi olg‘a surib ketdi. Edvard bilan 
Vrona darvozaga qarab yurdi... 
Ikkala vzvod odamlar orqasidan yarim soatcha quvib yur-
di. 
Ko‘chada bir jon ham qolmadi. Ezilgan va yarador bo‘l-
ganlar jonlarini qutqazish uchun emaklab qochardilar. 
Mogelnitskiy ketidan zavodda Barankevich bilan shahar 
boshlig‘i Sladkevich paydo bo‘ldi. Ular shu damgacha ko‘rinish-


144 
ga botinolmay turishgan edi. 
Zavod hovlisida sakkiz yuztacha ishchi boridi. 
Edvard podporuchik Zayonchkovskiyga yuzlanib: 
— Nima uchun ularni chiqarib yubormadingiz bu yerdan? 
— dedi hayron bo‘lib. 
Podporuchik Zayonchkovskiyni Zaremba shu yerda ehti-
yot shart qoldirib ketgan edi. 
Hali ona suti og‘zidan ketmagan podporuchik epsizlik 
bilan chest berdi va uyala-uyala o‘zini oqladi: 
— Pan poruchik shunday buyurgan edi. “Bular tashqari-
dagilar bilan qo‘shilib ketadi”, — deb qo‘rqqan bo‘lsa kerak. 
— U kishi ham siyosatchi bo‘libdi-da! Zavodni darrov 
bo‘shatish kerak edi. Tashqaridagi odamlar: “Ichkaridagilarni 
dorga osib bitirishdi”, — deb o‘ylashgan. Bundan ham battarroq 
ig‘vo topib bo‘lmaydi! — dedi Mogelnitskiy asabiy bir holda ad-
vokat bilan qand zavodi egasining qo‘llarini qisa turib. 
— Bu qanday gap bo‘ldi? Axir, isyon-ku bu! Bunga tez 
xotima berish kerak! 
Edvard unga tasalli berdi: 
— Tashvish tortmang, pane Barankevich, nimaiki kerak 
bo‘lsa, qilinadi. 
Barankevich asabiylanib gapira boshladi: 
— Axir, zavodimda lavlagi to‘lib yotibdi. Sasib ketadi-ya! 
Zavodning to‘xtab qolishiga hech yo‘l qo‘yolmayman... Har bir 
kun men uchun bir necha ming so‘m turadi. 
Bu po‘rdoq Edvardga yoqmasa, uning xasisligi haqidagi 
latifalar og‘izlardan tushmas edi. 
— Lavlagidan muhimroq ishlar ham bor, pane Baran-
kevich, Pavlodzida isyon. Xolmyanka bilan Sosnovkada dehqon-
lar qo‘zg‘algan... 
Podporuchik Zayonchkovskiy qo‘rqib: 
— Voy, ota-onam nima bo‘ldi? — deb yubordi. 


145 
— Xotirjam bo‘ling, podporuchik. Otangiz bilan butun 
oilangizni shahar yo‘lida ko‘rdim. Hozir ular biznikida. Hamma-
si sog‘-salomat. 
— Kechiring, pane polkovnik... 
— Hechqisi yo‘q, ahvolingizga tushunaman. 
— Innaykeyin, vokzaldagi nemislar... Magazinda ko‘ziga 
yaxshi ko‘ringan narsalarning hammasini olishyapti, — dedi 
Sladkevich gapga aralashib. 
Mogelnitskiy u tomonga o‘girildi-da, mensimayotganini 
yashirmasdanoq: 
— Men o‘ylaymanki, pan Sladkevich borib, anavilar bilan 
gaplashish zahmatini darig‘ tutmasalar kerak, — deb ishchilarni 
ko‘rsatdi. 
Vladislav vzvodining bir qismi bilan hovliga kirib keldi. 
Ikkinchi qismi esa ko‘chada poyloqchilik qilib qoldi. 
Vladislav Edvardga: 
— Buyruq bajarildi, pane polkovnik, — deb hisobot berdi 
va keyingi ikki so‘zni maxsus bir qoniqish bilan aytdi. 
Gudok bo‘kirib turganligidan Edvard uning so‘zlarini 
zo‘rg‘a eshitdi. Keyin ukasining oldiga keldi. Vladislav unga qu-
log‘ini tutdi. 
— Vzvodni olib uyga jo‘na. Bu yerda sen bo‘lmasang ham 
bo‘laveradi, uy yolg‘iz. Atrofga qorovul qo‘yib, hushyor bo‘lib 
tur. Shtab bilan telefon aloqasini uzma. Xayr, Xudoga topshir-
dim! 
Vladislav chest berib otini bura boshladi. Shu asnoda Za-
remba o‘z askarlari bilan darvozadan kirib keldi. 
— Pane Barankevich, boring endi, bola-chaqangizni 
tinchiting. Tartib o‘rnatildi. Kechqurun biznikiga keling, gapla-
shamiz... Men esa hozir mana bu bilan mashg‘ul bo‘laman, — 
dedi Edvard qozonxona tomondan buralib chiqayotgan bug‘ 
favvorasiga qarab. 


146 
— Pane Zaremba, buyuring: ishchilar zavodni bo‘shatib 
qo‘yishsin. Baribir, bu to‘tiga hech kim quloq solmaydi. Ishqilib, 
yigirma daqiqadan keyin bu yerda hech kim qolmasligi kerak. 
Biz borib, bu xumparning og‘zini berkitaylik. 
Podporuchik Zayonchkovskiy keta turib Edvardga hisobot 
berdi: 
— Pane polkovnik, endi bug‘ni berkitib qo‘ydi. Aftidan, 
nafasi bo‘g‘ilganga o‘xshaydi. Biz suyunib, derazaga chiqqan 
edik, bir askarni otib yarador qilib qo‘ydi... Qarang-a, dastlabki 
hujumimizda legionerlardan birini toshko‘mir bilan urgan edi, u 
qo‘lidagi miltig‘ini ichkariga tushirib yubordi. Miltiqda to‘rtta 
o‘q boridi. Miltiq yerga tushganda bir o‘qi chiqib, miltiqda uchta 
o‘q qolgan. U qaroqchi hozir tag‘in bir o‘q uzdi. Demak, yana 
ikkita o‘q bor. Keyin u shlangni xohlagan vaqtida tag‘in ishga 
solishi mumkin. Qozonxonada xuddi qal’ada o‘tirgandek... Me-
xanik: “Bug‘ tag‘in bir necha soatga yetadi”, — deydi. 
— Mexanikni chaqiring bu yoqqa. 



Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin