“Bostonka”
— bosma mashinasi.
109
ishqilib. Buni esa bugun kechasi o‘zim bosib qo‘yaman. Besh
yuztadan ortiq bosolmasman. Lekin ertaga saharlab xitob-noma-
larni ombordan olib chiqish kerak. Naborni
1
ham, yo‘qsa uni
tarqatishga qo‘lim tegmaydi. Keyin shapirografni qism-baqism
o‘zim kelti beraman. Bu juda foydali narsa. Keyincha bunday
narsalarni bosmaxonada bosish nasib bo‘ladimi-yo‘qmi. Buni
o‘qishgandan keyin — bir karra hamma yoqni ag‘dar-to‘ntar qili-
shadi... Bu ishni yaxshilab do‘ndirmasak, boshdan ajrab qolishi-
miz turgan gap, — dedi Oliva. U tinch turib, mulohaza bilan
gapirdi.
Qari harf teruvchi Rayevskiyga yoqib qoldi. Uning butun-
lay mayda tirishlar bosgan yuzi, jez ichiga olingan katta ko‘zoy-
naklar orqasidan ko‘rinib turgan moviy, mehribon ko‘zlari bor
edi.
— O‘rtoq Oliva, menga qarang, u yerda sizdan boshqa
ham ishonsak bo‘ladigan odamlar bormi?
— Kim biladi deysiz? Albatta, tuzuk-tuzuk odamlar bor-
u, lekin ular sirtmoqdan hurkishadi. Uy odamlari-da. Men sizga
aytsam, qolganlari bulardan ham battar: ikkita pepeeschi, bitta
sionist va uchta shamol qayoqqa qarab esa, o‘sha yoqqa qarab
uchadiganlar bor... Ha, Emma Shtolberg qalay bo‘larkin? Otasi
venger, lekin qizning o‘zi shu yerda tug‘ilgan. G‘o‘r-da, bo‘l-
masa-yu, o‘zi chakki emas-a.
— Xo‘p, o‘rtoq Oliva, harakat qiling.
Harf teruvchi o‘rnidan turdi.
— Aytmoqchi, sal qolibdi esimdan chiqishiga! Menga
qarang, bizga muhr qilib berolmaysizmi?
— O‘zim-ku, gravyor emasman, lekin bir amallab qilib
beraman. Sizlarga unchalik chiroyli bo‘lmasa ham ketaverar. He-
he... — cholning yuzidagi tirishlar qimirladi, ko‘zlari burchida
1
Nabor
— bosmaxonada terilgan harflar.
110
tirishdan yelpig‘ich hosil bo‘ldi. — Xo‘p, yaxshi qoling. Yigit-
larni sahar soat beshda yuboring.
Rayevskiy Olivaning qo‘rg‘oshin changlarida qoraygan
qo‘lini bir daqiqagina kaftida tutib turdi.
— Nega partiyamizga kirmaysiz, o‘rtoq Oliva?
— Qarib qoldim... Endi men nima qilay! Yoshlar kirsin.
Men qarashib turaman. Mabodo osishsa ham achinmayman —
yoshimni yashagan odamman. Albatta-ku, o‘lishni hech kim
xohlamaydi-yu, lekin o‘lim, har holda, yoshlar uchun og‘ir bo‘la-
di. — Chol Rayevskiyga ko‘zoynaklari tepasidan vazmingina
qaradi; bu qarash Sigizmundga ta’naday ko‘rindi.
Oliva chiqib ketgandan so‘ng uyga Raymond kirdi.
— Menga qara, o‘g‘lim, biz senga yoshlar ittifoqini tashkil
qilish vazifasini topshiramiz. Partiyaga sodiq yoshlardan qo‘riq-
chi va kuzatuvchilar kerak. O‘zing ko‘rib turibsanki, biz dush-
man manzilidamiz. Yolg‘iz birgina ehtiyotsiz odim, harakat bu-
tun boshli tashkilotni halok etishi mumkin. Yoshlar tajribasizlik
orqasida ba’zan ehtiyotsizlik qilib qo‘yadilar, shuning uchun itti-
foqqa yangi o‘rtoqlarni qabul qilish — g‘oyat muhim ish. Faqat
dadil, ongli va hatto jonini ham qurbon qilishga tayyor bo‘l-
ganlarnigina qabul qilish mumkin. O‘zing bir tasavvur etib ko‘r,
bordi-yu bironta qo‘rqoqni qabul qilib qo‘ysak, u bir kun borib,
jandarm qo‘liga tushib qolsa o‘z jonini qutqazib qolish uchun
hammani tutib beradi-da. Uning inqilobchiligi faqat birinchi qa-
moqqa qadar. Xavfli sarguzashtlarni sevadigan mana shunday
havaskorlar ham bo‘ladi. Bizning kurashimiz — ularning jonajon
ishlari emas. Ular inqilob bilan o‘ynashadilar. Bu kasalga sar-
guzasht kitoblarini ko‘p o‘qigan “ziyolicha”lar ko‘proq duchor
bo‘ladilar. Ish o‘yindan o‘limga o‘tganda ular qo‘rqoqlik qila
boshlaydilar. Tashkilotning kelajak asosiy yadrosini birga belgi-
lab chiqamiz. Kimlarni ko‘proq muvofiq ko‘rasan?
Raymond o‘ylanib qoldi.
111
— Bilmayman, dada. Bu judayam jiddiy ish-ku, — dedi
nihoyat u shipshib.
— Xo‘p, o‘zim yordam beraman senga. Xo‘sh, Olesya
Kovallo to‘g‘risida fikring qalay? Uning zoti ham yaxshi. Ular
bari ikki kishigina — ota-yu qiz. Jonajon aloqa — jonajon ish. U
menga mard qiz ko‘rinadi.
— To‘g‘ri, menga ham shunday ko‘rinadi.
— Juda soz! Mana, bitta o‘rtoq topildi. Tag‘in kimlarni
taniysan?
Raymond uzoq indamay turdi, so‘ngra:
— Sarra Mixelson, — dedi. — Uni Shpilman ishdan hay-
dab yuborgan edi, bugun esa uy egasi ularni ko‘chaga chiqarib
tashlabdi. Hammalari ko‘chaga chiqarib tashlangan ul-bullari
ustida o‘tirishibdi. Uni hozirgina ko‘rdim: “Boradigan joyimiz
yo‘q”, — deydi. Ularga qanday qilib yordam bersak ekan, ota?
Rayevskiy nimanidir o‘ylab ketdi.
— Mayli, biznikiga ko‘chib kelishsin.
— Iye, qayerga sig‘ishadi? Axir, oyog‘imizni uzatgudek
joy yo‘g‘-u, ular olti kishi, tag‘in ul-bullari ham bor.
— Mayli, baribir, biz bu yerdan ketishimiz kerak. O‘zing
bilasan, butun shaharni ag‘dar-to‘ntar qilib yurishibdi. Bizni bu-
gun bo‘lmasa, ertaga topishadi. Kelishaversin, ul-bullarini esa
bilganlarini qilishsin. O‘zimiz har joy-har joyga ketib, joylashib
olarmiz. Men hozircha Kovallonikiga joylashaman, onang Mar-
selina xolangnikiga ketar, sen bo‘lsang bironta o‘rtog‘ingnikiga
joylashib olarsan... Hay, boshqa gapga o‘tib ketibmiz. Demak,
Sarra ham. Yaxshi. Tag‘in mo‘ljalingda kimlar bor?
— Tag‘in Andriy Ptaxa bor. U xo‘p yuragida o‘ti bor yigit-
da. Biroq juda sho‘x, haddan tashqari tez. Chamamda, ongli,
tushunchali ko‘rinadi-yu, lekin juda qiziqqon. Rayevskiy jilmay-
di.
— Bo‘lmasa hozircha tanobini tortib turasizlar-da. Odam
112
o‘z ehtiyotsizligi bilan yolg‘iz o‘zinigina emas, boshqalarni ham
halok qilishi mumkinligini anglaganda unda ehtiyotkorlik tug‘i-
ladi... U kim, oshnang bo‘ladimi?
— Ha... ya’ni unchalik emas... Lekin Olesya bilan aloqasi
juda yaxshi... — Raymond sezilar darajada uyalib ketdi.
— Ha-a. Mayli, juda soz. Do‘stlik — ulug‘ narsa... Tag‘in
kimlarni olsak deb o‘ylaysan?
— Tag‘in, qamoqxonada Patlay bilan o‘tirgan bola ham
bor. Chex Pshenichek. Tabiati jihatdan Andriyga o‘xshab tusha-
di.
— Tuzuk. Ertaga har qaysisi bilan ayri-ayri gaplashib ko‘r,
lekin ismlarini bir-biriga aytma. Butun qiyinchiliklarni aytib ber,
bolalar qanday ishga kirishayotganliklarini bilib olishsin. Ma’qul
javoblari olingandan keyingina, ularni yoshlar ittifoqining a’zosi
deb sanash mumkin. Birinchi guruhni inqilobiy qo‘mita tasdiq
qiladi, keyin yangi a’zolarni o‘zlaringiz mustaqil qabul qilavera-
sizlar... Hozir vodokachkaga borasan. U yerda kechasi muhim ish
bor. Kovallo aytadi. Quroling bormi yoningda?
— Ha, Andriy politsiyachidan tortib olgan to‘pponcha bor.
— Undan foydalanish yo‘lini bilasanmi?
— Yo‘q.
— Menga ber, ko‘rsatay.
Raymond to‘pponchaning sodda mexanizmini o‘rganib
olgach, otasi ta’kidladi:
— Ma, endi. Lekin esingdan chiqmasin: boshqa chora qol-
magan kezlardagina o‘q uzish kerak. Agar o‘q uza boshlagan
ekansan, to oxirgi o‘qni chiqarguncha o‘zingni mudofaa et. Bir
o‘q uchun ham, o‘n o‘q uchun ham jandarmlarning oladigan
o‘chi bitta. Bor, bolam, ehtiyot bo‘l...
Otasi birinchi marta “bolam”, dedi. Raymondning otasini
quchgisi, to‘shiga bosgisi: “Ota, seni sevaman, hurmat qilaman!”
— degisi kelardi. Lekin otasining bardoshsiz harakatini sezib,
113
shoshilganicha chiqib ketdi.
Vodokachkaga keta turib, Sarrani suyuntirmoq uchun u
turgan hovliga kirdi. Qiz bilan otasi tayinlaganicha gaplashmoq-
chi bo‘ldi-yu, lekin iloj qilolmadi. Odamlar xalaqit berib turishdi.
Uning tag‘in ikki soatcha bo‘sh vaqti bor edi, shuning
uchun zavod tomonga qarab ketdi, u tomonda Ptaxa turardi.
Andriy uyida ekan. U karavotda o‘tirib, mandolinada
ukrain kuylari va raqs navolaridan chalmoqda edi. U: “Hech kim-
ning qayg‘usi unday, u yetimniki qadarmidi, qalay?” degan qay-
g‘uli navoni chalib, hozirgina sho‘x va quvnoq gopakka
1
o‘tdi. U
juda ustalik bilan chalardi. Qo‘lining sezib bo‘lmaydigan daraja-
dagi tez harakatiga hamohang kokili ham sho‘x-sho‘x o‘ynab
turardi.
Uning to‘qqiz yoshli ukasi Vasilyok boshini yostiqqa
qadab olib, oyoqlarini yuqori ko‘targan holda har xil harakatlar
qilmoqda edi. Muvozanatini yo‘qotib, karavotga yiqilib tushgan-
da xuddi toychoq singari darrov oyoqlarini siltab, tag‘in boyagi-
day tikka bo‘lib olardi.
Andriy Raymondning kelganligini ko‘rib, cholg‘usini shu
qadar shiddat bilan to‘xtatdiki, mandolinaning ikkita tori uzilib
ketdi. Bu hol Andriyni suyuntirdi.
— O-o, xo‘p boplab chaldim-a! Tori qurg‘ur ham bardosh
bermadi-ya! — dedi-da, karavotdan irg‘ib turib, mandolinani
stolga qo‘ydi.
Onasi uyda yo‘q — qo‘shnisinikiga chiqib ketgan ekan.
— Andriy, sen bilan muhim bir ish to‘g‘risida gaplashib
olishim kerak.
Ptaxa tashvishlandi:
— Ha, nima bo‘ldi? Aytaver!
— Xoli joyda gaplashamiz.
1
Dostları ilə paylaş: |