211
O‘NINCHI BOB
Vodokachkada qolgan uch kishi o‘q ovozlarining kucha-
yib borishiga tipirchilagan va hayajonlangan holda quloq solib
turdi. Ana endi vokzal oldida gumburlay boshladi. Bu avj olib
borayotgan ovozlar bo‘ronidan qattiq kurashlar sezilib turardi.
Andriy qo‘llarini ko‘kragiga bosib, qotib qoldi.
— Nima uchun bizni bunda qoldirib ketishdi-ya? Og‘zim-
ni ochib: “Qaysi tomon yengarkin?” — deb sarg‘ayib turishim
yaxshimi, shu ham insofdanmi? Ularning nazarida, mening hech
nimaga layoqatim yo‘q ekan-da? — dedi Andriy kuyunib.
Yonida turgan Yadviga uni o‘ziga tortib, onalarcha tasalli
berdi.
— Nima qilaylik? “Shu yerda qolasizlar”, — deb bu-
yurishdi.
Olesya jim edi. Eshikdan ovozlar va Andriyga tuyulishi-
cha, otning hansirashi eshitildi. Olesya Andriyning yelkasiga
yopishdi.
— Andriy, nima bu, a?
Ptaxaning ustidan sovuq suv quyulganday bo‘ldi. Andriy
yuragining siqilayotganini sezib: “Lyaxlar kelib qolgan bo‘lsa-
ya? Butun ish xarob bo‘ladi-da”, — deb o‘ylandi.
Eshikni qoqdilar. Andriy kursilarga qoqila-qoqila eshik to-
mon ketdi. Bolta polda yotgan edi.
— Grigoriy Mixaylovich! Men, Shchabelman! Och!
— Ha, Shchabel! — Olesya shodlanib qichqirdi-da, u ham
eshik tomon yugurdi.
Andriy uni to‘xtatib:
— Kim u? — deb so‘radi.
— O‘zimizga qarashli odam... Hozir ochaman, — deb
eshik ilgaklarini ko‘tara boshladi Olesya.
Orqadan baland bo‘yli birov:
212
— Mana, men ham keldim, — dedi.
— Biznikilar ketishdi-yu, — dedi Olesya ta’na aralash.
— Eshityapsizmi! Xolmyankaliklar sarbozorchilik qilib,
bizni ham kechiktirib qo‘yishdi. Ular Mogelnitskiyga: “Bizga
tegmasang, biz ham senga tegmaymiz”, — deb chopar ham yu-
bormoqchi bo‘ldi. Ularni yo‘lga solgunimizcha vaqt ham ketib
qoldi... Chaqaymi, Olesya, a? — deb gugurt chaqdi Shchabel.
Ko‘zlariga yilt etib Andriy ko‘rindi.
— Bu kim? — deb Shchabel ishonchsizlik bilan so‘ragan
edi, Olesya:
— Andriy, — dedi negadir uyalib. — Uni otam qo‘yib
ketdi.
Shchabelning ketidan keng yag‘rinli pakana bir dehqon
kirdi.
— Eson-omon o‘tiribsizlarmi?!
Shchabel Yadviganing qo‘lini qisdi, keyin dehqonga
ishorat qilib:
— Bu — sosnovkalik Yevtixiy Sachek, — dedi.
Olesya yoqib keltirgan chirog‘ini stolga qo‘ydi-da, sho-
shib derazaning pardasini yopgani yugurdi..
— Biz bilan sosnovkaliklardan elliktacha, xolmyankalik-
lardan o‘ttizga yaqin odam keldi. Hozir ularga miltiq berish ke-
rak, — dedi Shchabel.
Yadvyga uni bir chetga tortdi.
— “O‘rtoq Rayevskiy sizlar uchun soy bo‘yiga o‘q tashlab
qo‘yamiz”, — degan edi. U: “Shchabel o‘z bo‘linmasini
Mogelnitskiyning chorbog‘iga oborsin”, — deb tayinladi. Shun-
day qilsangiz, biznikilar shaharni egallab olgunlaricha legioner-
larning bir qismi tutib turilgan bo‘ladi. Siz dastavval qo‘rani
ishg‘ol etishga tirishing. Nemislarning otlari o‘sha yerda...
Shchabel yalt etib Sachekka qaradi.
— Hozir miltiq olamiz-da, to‘g‘ri qo‘rg‘onga qarab yo‘l
213
solamiz. Yigitlaringga aytib qo‘y, u yerdan yaxshi otlar o‘lja
tushiramiz.
— He, kam bo‘lma! — dedi shodlanib Sachek. — Hayron-
man, otim oqsab qoldi, menga ham bir juftgina ot kerak-da...
— Hay, bo‘pti, bo‘pti! Yur. Shaharda nima bo‘layotgan-
ligini eshityapsanmi? Tama qilib o‘tiradigan vaqt emas hozir...
Ular tashqariga chiqdilar, dehqonlar kutib turgan edilar.
Ptaxa shartta Yadvigaga:
— Men ham birga boraman! — dedi.
— Qanday qilib borasiz? Qo‘lingizni nima qilasiz?..
Olesya tutaqib ketdi:
— Ha, biz yolg‘iz qolamizmi? Xo‘p qo‘riqchiga kunimiz
qolgan ekan-a! Bo‘lmasa men ham boraman. Men hech yolg‘iz
qolmayman-da bu yerda!
— U holda men ham ketishim kerak, — dedi sekingina
Yadviga.
— Bo‘pti, hammamiz birga ketamiz. Men qolishni xohla-
mayman, qo‘rqaman bu yerda, — deb Olesya o‘jarlik qila bosh-
ladi.
— Qayoqqa borasan, axir? Urush bo‘lyapti u yoqda, —
dedi Andriy uyalinqirab.
— Bo‘lsa nima?! Yadviga Bogdanovna ikkovimiz anavi
bint solingan sumkani olvolib, bitta-yarimta yarador bo‘lib qolsa,
yordam qilamiz.
Andriy nima deb javob berishni bilmasdi.
— Grigoriy Mixaylovich menga nima deydi, axir!
— Senga nima der edi? Men o‘zim javob beraman.
Yuring, Yadviga Bogdanovna.
Rayevskaya allaqachon paltosini kiya boshlagan edi.
— Olesya, o‘ng qo‘limni yechib qo‘y, — deb iltimos qildi
Andriy.
— Qanday yechib bo‘ladi? Kuyib, butun qilvirab ketgan-
214
ku...
— Mana bu ikkita barmog‘imni bo‘shatib qo‘y, miltiqning
zatvorini tortsam bo‘ldi.
— Hecham bo‘shatmayman-da, axir, qip-qizil go‘shti
chiqib yotibdi-ku...
Andriy Yadviganing oldiga keldi.
— Iltimos qilaman, yechib qo‘ying! Bo‘lmasa, tishim
bilan uzib tashlayman.
Yadviga bir necha lahza unga qarab turdi, so‘ngra inda-
masdan bintni yecha boshladi.
— Mana bu yerida jindak qoldiraman...
Shchabel kirdi.
— Ishimiz bitdi — o‘q ham, miltiq ham oldik! Hozir jo‘-
naymiz... Yomg‘ir tinayotir...
— Biz ham sizlar bilan birga jo‘naymiz, — dedi Yadviga.
Ptaxa yugurib tashqariga chiqdi-da, bitta miltiq ko‘tarib
kirdi. Pidjagining cho‘ntaklari liq to‘la o‘q edi.
— Menga ham olib keldingmi? — deb so‘radi Olesya.
Butun shu vaqt ichida ularning ko‘zlari birinchi marta
to‘qnashdi.
Andriy hayratlanib:
— Senga? — deb so‘radi, keyin kulimsiradi.
U miltig‘ini Olesyaga berdi-yu, o‘qli oboymalarni kam-
zulining cho‘ntaklariga shoshib-pishib tiqa boshladi.
— O‘qlashni hozir o‘rgatib qo‘yaman. Mana bu narsani
ushlaysan — bir! Keyin o‘zingga tortasan... Ko‘rdingmi, o‘q ir-
g‘ib chiqdi. Bir itarding, o‘q ichkari kirdi... Tag‘in shu yoqqa!
Endi tepkisini bosasan, dunyodan bir gazanda asfalasofilinga
ketdi-da... Qo‘ndoqni yelkangga qattiq taqab ot. Ma, men o‘zim-
ga hozir boshqasini topaman.
Andriy chiqib keta turib birdan eslab qoldi:
— Iyi, Vasilyok-chi?.. Bola bechorani nima qilsamikin?
215
— dedi-yu, oshxonaga qarab yugurdi. — Vaska, tur tezroq! He
uyg‘onsang-chi-e, muncha! Ketyapmiz. Eshityapsanmi? Ketyap-
miz! Eshikni berkitib olib, bahuzur uxlayver. Tezda qaytib
kelamiz...
Uyqusiragan Vasilyok hech narsaga tushunmas edi.
Andriy uni arang eshik oldiga olib keldi.
— Eshikning ilgagini solib ol-da, bahuzur yotaver.
Vasilyok uyqusirab ko‘zlarini pirpiratdi, o‘zicha bir narsa-
lar deb g‘udrandi, oxiri eshikni berkitish va borib yotish kerak-
ligini angladi. U xuddi shunday qildi.
* * *
Shchabel qo‘rani bitta ham o‘q uzmasdan oldi. Ularning
hujumi osmondan tushganday bo‘ldi. Edvard chorbog‘dagi qurol
ushlashga yaraydiganlarning hammasiga miltiq tutqazib, keyin
shaharga jo‘nadi. Qasrda o‘z konvoylari bilan faqat Pototskiy-
gina qoldi. Edvard chorbog‘ atrofida boshlangan otishmani
eshitib, bo‘linmasini orqasiga qaytardi.
“Nimaykin bu? — deb o‘ylandi u. — Shaharda urush
bo‘lyaptimi? Eh, qurib ketsin-a, bilmayman, kim kim bilan urish-
yaptiykin! Nahotki nemislar vijdonsizlik qilishgan bo‘lsa?
Xo‘sh, qo‘radagilar kimlar bo‘lmasa?” U chorbog‘ni o‘rab olish-
ga buyurdi.
Darvoza oldida Pototskiyga duch keldi. U otda edi:
— Buni nima deb o‘ylaysiz, graf?
— Hayronman. Shahar bilan aloqa uzilgan.
Qo‘radan onda-sonda o‘q ovozi eshitilib turardi.
Kechasi u yoqqa borgani Mogelnitskiyning yuragi betla-
madi. U tong otishini chorbog‘dan bir odim ham yiroqlashmas-
dan kutishga qaror berdi.
Shu chog‘ qo‘rada ahvol ishkal edi. Qo‘rani qo‘lga olgan-
216
laridan keyin, xolmyankaliklar sosnovkaliklar bilan otlarni shu
yerning o‘zidayoq bo‘lishishga kirishib, janjallasha boshladilar.
Egarlog‘lik bir nemis otiga minib, tag‘in uchta otni tiz-
ginlab olgan baland bo‘yli xolmyankalik:
— Qo‘raga oldin biz kirganmiz, otlar bizniki! — deb
baqirar edi.
Sachek uning oldiga chopib keldi.
— Ber deyman senga! Bittasini olganingga ham shukur
qilsang-chi. “Hammasini bir o‘zim singdirib yuboraman”, —
deysan-a? Mana buni qara, otim yurolmay qoldi, sen bo‘lsang
hammasiga birdan chang solasan...
Ot janjali butun qo‘rani bosdi. Mulkni o‘qqa tutayotganlar
qatoridagi Shchabel, onda-sonda o‘q otilayotganidan bir qism
dehqonlarning qayoqqadir qochib keta boshlaganlarini sezib,
darvozaga qarab yugurdi.
— Hoy dehqonlar! Sizlarga nima bo‘ldi, axir?
Lekin hech kim unga quloq solmadi. Ba’zi joylarda allaqa-
chon bir-birlarini qo‘ndoq bilan siylasha boshlagan edi. Novcha
xolmyankalik o‘z hamqishloqlarini gijgijlardi:
— Otlarni ol, uyga ketamiz! O‘zlari urishaversinlar...
O‘zimizni do‘zaxga otib nima qilamiz? Yuringlar uyga, og‘ayni-
lar! Kim yo‘lingni to‘ssa, sol kallasiga!
Shchabel xavfni kech fahmladi.
— Hoy yigitlar, qayoqqa? Nima bu, demak, vijdonni
sotyapsizlar ekan-da? — deb qichqirdi u.
Boyagi novcha xolmyankalik unga qarab:
— Qoch yo‘ldan! — deb o‘shqirdi.
— Sosnovkaliklar otlarni berishsin, innaykeyin qolamiz...
Mogelnitskiy bizlarning bor-yo‘g‘imizni tortib olgan, biz ham
bundan bebahra qolmaylik deymiz-da...
— He, u bilan gap talashib o‘tirasanlarmi? Yuringlar uyga,
yigitlar! Hali zamon qurshab olishsa, kallangdan ham ajralasan...
217
Shchabelni bir chetga surib qo‘yishdi.
Ptaxa Olesyani ot tuyoqlaridan arang qutqarib qoldi.
Xolmyankaliklar otlarni qamchilab, bir-birlarini bostirib va og‘-
ziga kelgan so‘zlar bilan so‘ka-so‘ka, ular oldidan chopib o‘tib
ketishdi. Bir daqiqachadan keyin ular ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
* * *
Birinchi o‘q uzilishi bilan nemislar qimirlab qolishdi.
Eshelon bo‘ylab feldfebellar chopib o‘tdilar. Kalta-kulta buyruq
so‘zlari eshitildi. Otishma so‘ng darajada kuchayib, vokzalga
yaqinlashib kela boshlaganda, shtab joylashgan birinchi toifali
vagon oldida gornchi trevoga chaldi.
— Polkovnik janoblari, o‘zini polyak zobiti deb atagan bir
harbiy janoblarini ko‘rmoqchi.
— Kirsin, — dedi polkovnik Pflaumer.
— O‘zimni tanishtirish sharafiga noilman — kapitan
Vrona.
Polkovnik po‘pisa qilib:
— Bu otishmaning ma’nisi nima? — deb so‘radi.
— Masala bunday, polkovnik janoblari. Shaharda inqilob-
chilar qo‘zg‘olon ko‘tarishdi. Ular bizga ultimatum yuborib, ish-
lariga aralashmasligimizni talab etishdi. Ular esheloningizni
qurolsizlantirib, zobitlarni otib tashlashmoqchi. Biz kechasi bilan
jang olib bordik, lekin endi sizlardan yordam so‘rashga majbur-
miz... Bu to‘polonni bosish uchun qo‘limizdan kelganini qildik.
Ammo kuchimiz sovurilib ketdi, endi shaharni tashlab chiqi-
shimiz kerak.
Vokzal yonida gumburlagan ovoz Vronaning so‘zlarini
tasdiqlaganday bo‘ldi. Polkovnik atrofida po‘lat shlem kiygan
nemis zobitlari turardi.
Nemis askarlarining jips qatorlari yuk stansiyasining para-
218
petiga kelib yotdi, ikkinchi qism askarlar ochiq vagonlardagi
broneavtomobil va to‘plar bilan mashg‘ul bo‘ldilar.
— Shunday deng, — dedi Pflaumer g‘ijinib, so‘ngra siga-
rasining qoldig‘ini tuflab tashladi. — Ular bizni qurolsizlantir-
moqchi? Hay, ko‘ramiz-da...
— Polkovnik janoblari, agar sizlar aralashsalaringiz, bu
ifloslardan asar ham qolmaydi, albatta.
Vrona Shmultkening zobitlar orasida ekanligini ko‘rdi
Leytenant polkovnikka pichirlab bir narsa dedi.
— Kechirasiz, ismi-sharifingiz?
— Kapitan Vrona, — dedi uning o‘rniga Shmultke.
— Ha-ha! Biz, albatta, aralashamiz. Marhamat qilib,
askarlaringizni hu anavi yerga olib borsangiz! — deb chap to-
monga qo‘l siltadi u. — Biz hozir operatsiyani boshlaymiz. To‘p
tushirilsin! Broneavtomobil yerga olinsin! Polk kengashining
raisi janoblari, jang sababini askarlarga tushuntiring.
Tong otishiga yaqin shaharni ishchilar egalladilar. Shcha-
bel Mogelnitskiyni chorbog‘ga qamab, qo‘raga mahkam joyla-
shib oldi.
Biroq to‘la g‘alabaga yaqin qolganda, vokzaldan to‘p
gumburlay boshladi.U yerdan shaharga o‘t va po‘lat sochildi.
O‘n beshtacha pulemyot birdan tirilladi. Nemislar shaharga qa-
rab yurdilar.
Burchak-burchaklarda to‘xtab, Rayevskiy rosa bir soat
qattiq qarshilik ko‘rsatdi. Lekin bezbet broneavtomobil tor ko‘-
chalar va hovlilarga pulemyotlaridan o‘q yog‘dirib ko‘chalarda
izg‘ib yurardi. Chobot g‘azablanib:
— Eh, bomba yo‘q-da! — dedi.
Qo‘zg‘olonchilar ko‘chalarni birin-ketin qoldirib, chekina
boshladilar. Nemislarning yashilga moyil kulrang qatorlari esa
salmoq bilan gumburlab turdi. Stansiyada ham to‘rt zambarak
shaharga og‘ir snaryadlarini otib, salmoq bilan gumburlab
219
turardi.
Rayevskiy yonida tez-tez yurib ketayotgan Kovallo:
— Nima bo‘ldi, Zigmund, yutqizdik, shekilli? — dedi.
— Ha, mening ko‘proq qo‘rqqan narsam ham shu edi. Bu
narsa ig‘vosiz bo‘lgan emas... Metelskiy kecha polk kengashi
bilan gaplashmoqchi bo‘lganda, sotqin rais: “Qamab qo‘yaman”,
— deb do‘q qilibdi. Endi odamlarni saqlab qolish kerak. Sosnov-
ka qishlog‘iga chekinamiz. Shahardan mumkin qadar tezroq,
ertalabgacha chiqib ketmasak, o‘rab olishadi...
Shahar tong oldi tumani ichida edi. Ishchilarning oxirgi
qatorlari allaqachon shahar atrofini tashlab chiqdi.
Shchabel quloq soldi.
— Iyi, biznikilar shahardan chiqib ketishyapti-ku... Eshit-
yapsanmi, o‘q ovozlari shahar chetidan kelayotir? Nemislar
janjalga aralashibdi-da. Nima qildik endi, tong yorishmasdan biz
ham ketishimiz kerak... Eh, agar xolmyankaliklar shu yerda bo‘l-
ganda chorbog‘ga qarab ot soldirardik-da, ularsiz nima ham qil-
dik endi? Odamlarga ayt, qaytamiz! — dedi u Sachekka.
— Qo‘raga o‘t qo‘yib yuboraylikmi? — deb so‘radi
Sachek.
Shchabel taqiqladi:
— Yo‘q. Baribir, o‘zimizniki bo‘ladi. Ayt, otlariga mini-
shaversin.
— Xotinlarni nima qilamiz? — deb g‘uduradi Sachek,
norozi bir ohangda.
— Ularni ham otga mindirib olamiz.
— Biz aravaga mayda-chuydalar yuklab qo‘ygan edik,
ustiga bittasini o‘tqazib olsak bo‘ladi.
Shchabel Olesyani otga mindirib qo‘ydi-da, tizginni ko‘li-
ga bera turib:
— Yiqilib ketmaysanmi? — deb so‘radi.
— Yo‘q, qishlog‘imizda ot minganman.
220
— Xo‘p, miltiqni yelkangga osib ol. Rost qahramon
qizsan-da! — deb hazillashdi, keyin darrov qovog‘ini solib oldi...
Ptaxa Olesyaning yonida ot qo‘yib bordi. Unga nuqul qiz
yiqilib ketayotganday ko‘rinardi.
Yarim soatdan so‘ng ular shahardan chiqib ketayotgan-
larga yetib olishdi.
* * *
Edvard Mogelnitskiy polkovnik Pflaumerga ko‘rsatgan
yordami uchun minnatdorchilik bildirgani vokzalga o‘zi keldi.
— Sizga qanday xizmat ko‘rsata olaman? Ayting, qo‘lim-
dan nima kelsa, hozir qilaman.
Polkovnik Pflaumer xizmatni rad qildi.
— Tashakkur. Kerakli narsalarning hammasi o‘zimizda
bor. Lekin bizning ketimizdan frankfurtliklar piyoda polki yo‘lga
chiqadi. Shmultke janoblarining aytishicha, sizning ukangiz ham
o‘sha polkda xizmat qilar ekan. Menga ma’lum bo‘lishicha, ular
oziq-ovqat bilan issiq kiyimga muhtoj. Sovuq boshlanyapti. Agar
o‘shalarga yordam ko‘rsatsangiz, juda soz bo‘lardi.
Edvard uni ishontirdi:
— Albatta, albatta! Balki, polkovnik janoblari botir askar-
larini mukofotlashimga ijozat berarlar? Ularning har biriga yuz
markadan bermoqchiman...
— Mayli, marhamatingizni polk kengashiga bildiraman.
Darvoqe, frankfurtliklar kelguncha biz shu yerda turmoqchimiz,
shuning uchun novvoyxonadan non olishimizga to‘sqinlik qilin-
masligini iltimos etar edik.
Mogelnitskiy chest berdi.
— Men hozir buyuraman: sizlarga nonni shu yerga, vok-
zalga keltirib berishadi. Endi, ijozat etsalar, xonimlarimiz va
butun oilamiz nomidan janoblarini va janob zobitlarni o‘z mulki-
221
mizda sizlarning sharafingiz uchun uyushtiriladigan kechaga
taklif etsam. Xizmatlariga ekipajlar yuboriladi.
— Rahmat! Zobitlarga aytaman. Basharti tinchlik bo‘lsa,
boramiz.
Mogelnitskiy o‘z shtabi bilan jo‘nab ketdi.
Shaharga qaytib kelishayotganda Mogelnitskiy:
— Tezroq bo‘ling, yo‘qsa ularni udda qilolmay qolamiz,
— dedi Vronaga.
— Zamoyskiyning oldiga ikkita kuryer yuboring. Pavlodzi
yonidagi bo‘linmasini olib darrov shu yoqqa jo‘nasin. Mening
ismimdan unga aytishsin: nemislarni bir yoqlik qilishimiz bila-
noq pavlodziliklarni tor-mor keltirishda unga, albatta, yordam
beraman. Endi siz vokzalda kerak bo‘lgan narsalarning hamma-
sini tayyorlab qo‘ying. Agar rejamiz barbod bo‘lsa, shaharni bo‘-
shatib chiqib, nemislarga yo‘l ochib berish kerak bo‘ladi...
Xolmyankaliklar ko‘rinib qolsa, ko‘zdan qochirmang. Chapdast
harakat qiling!
* * *
Pototskiy bugun ketish o‘yida edi-yu, lekin keta olmadi.
Shaharda ko‘tarilgan qo‘zg‘olon tutib qoldi. Shahar avvalgi
holiga keltirilgandan so‘ng Pototskiyning nemislarni qurolsiz-
lantirish to‘g‘risida tavsiya etgan rejasi Edvard kabinetida ishlab
chiqildi. Qiziqqon Pototskiy o‘z rejasini shu qadar kuyib-yonib
himoya etdiki, Edvard o‘ziga “qo‘rqoq” degan aybni oshirib ol-
maslik uchun qarshilik ko‘rsatolmadi.
— Siz xavfli deysiz, axir, xavfsiz narsa bormi dunyoda?
Men o‘zim yordamberaman sizga. Nemislarni, albatta, qurolsiz-
lantiramiz, men bunga aminman, — derdi Pototsksy xudbinlik
qilib.
Ularning suhbati paytida Iyeronim hazratlari kirib,
xolmyankaliklardan delegatsiya kelganini xabar qildi. Edvard
ularni qamoqqa olishni buyurdi.
222
— Men ularni dorga osaman. Xolmyankadagi qo‘ramizni
talashdi, bu yerdan esa sotib olgan otlarimni olib ketishdi! — deb
baqirdi u.
Tuyqusdan Pototskiy o‘rtaga tushdi.
— Osadigan bo‘lsangiz, hamma vaqt ossangiz ham bo‘la-
veradi. Shoshmang, ulardan o‘z maqsadimiz yo‘lida foydalanib
bo‘lmasmikin?
Edvard unga hayratlanib qaradi.
— Siz, foydalanib bo‘lar, deb o‘ylaysizmi? Axir, bular
quramalar-ku!..
— Mayli, qo‘yavering! Iyeronim hazratlari ularni yo‘lga
solsinlar, — dedi Pototskiy, so‘ngra Iyeronim hazratlariga qarab
buyurdi: — Ularga ayting, agar kechga dovur vokzalga ellikta
odam yuborib, nemislarni qurolsizlantirishimizga yordam qilish-
sa, qo‘lga tushirilgan o‘lja va pulning bir ulushini olishadi hamda
graf afviga sazovor bo‘lishadi. Ularni yo‘lga solishni, albatta,
o‘zingiz bilasiz...
Iyeronim hazratlari chiqib, yana tezdan qaytib kirdi.
— Ular: “Buni oliynasab panning o‘zlari aytsin”, — deb
iltimos qilishayotir.
Edvard Potrskiyga qaradi.
— Mayli, boring. Bundan sizga hech qanday ziyon yo‘q.
Edvard o‘rnidan turdi.
* * *
Kechqurun Mogelnitskiylar chorbog‘iga nemis zobitlari-
ning qariyb hammasi to‘planganda Edvard bilan Pototskiy kon-
voy o‘rtasiga tushib, vokzalga jo‘nashdi.
Shoshilinch ravishda chaqirilgan panlar mehmonlarni zo‘r
berib halak qilib turishdi. Kayfi ochilgan Yuzef vinoni ayamasdi.
Nemislar sekin-sekin yozilisha borishdi.
Shmultke bilan Zonnenburg Stefaniyaga jigarso‘xtalik
qilar edi. Ayyor polyak juvoni esa nemislarga fusunkor nazarlar
223
baxsh etar, qaqillab kular edi. Shu chog‘ vokzalda nimalar bo‘la-
yotgani hech kimning aqliga kelmasdi.
Uzun oyoqli nemis askari vagondan vagonga yugurar,
suyunchidan ochiq eshiklarga qarab baqirar edi:
— Yugur, yuz markadan olib qol! Pul yetmasa, burningga
ikki barmog‘ingni suqib qolma! Pul vokzalning birinchi toifali
zalida ulashilyapti.
Vagonlar bo‘shadi. Birinchi va ikkinchi klass zallari askar-
lar bilan liq to‘ldi. Feldfebel askarlarni familiyasi bilan chaqirar,
idora xodimlaridan uchtasi esa kishi boshiga yuz markadan qo-
g‘oz pul berib turardi. Stol oldi to‘polon, shovqin va janjalga to‘l-
gan. Kimlar ikki marta olib sharmanda bo‘lgan.
Vronaning maxsus dakkisi bilan uch bor hammomga tush-
gan bo‘lsa ham, hanuz sassiq hid anqib turgan Dzebek shu asno-
da bir necha jandarm bilan Vorobeykoni parovozga olib bordi.
— Parovozga chiq, eshelonga qarab sur. Yaqin kelganing-
da bor kuching bilan shu qadar haydaginki, ko‘z ochib yumgun-
cha eshelon stansiyadan chiqib ketsin. To‘rt chaqirimcha borib
to‘xtaysan. Ha-da, agar jindak... — dedi va mashinist yordam-
chisiga to‘pponchasini ko‘rsatib qo‘ydi.
— Axir, ular meni o‘ldirishadi bu ishim uchun!
— Senga hech balo bo‘lmaydi! Chiq, hayda. Agar yana
gap sotadigan bo‘lsang, shu yerning o‘zidayoq janozangni o‘qib
qo‘yaman!
Vorobeyko stansiyada qolgani uchun o‘ziga ming la’nat
o‘qib, parovozga chiqdi.
* * *
Stansiyada vahshiy hayqiriqlar ko‘tarildi. Poyezd ayrilish-
larda taqirlab tezligini tobora oshirib, vokzal oldidan o‘qday
uchib o‘tdi-yu, deponing orqasida g‘oyib bo‘ldi.
224
Askarlardan ba’zilari yetib olishga uringan bo‘lsa ham,
lekin foydasizligini ko‘rib, to‘xtab qolishdi.
Askarlarning ko‘pchiligi qurolsiz edi. Faqat unterzobitlar-
da to‘pponcha va ba’zi askarlarda xanjar bor edi, xolos.
To‘rt atrofdan g‘azabli qichqiriqlar eshitildi:
— Xoinlik! Bizga xiyonat qilishdi!
G‘azablangan askarlar hech bir gunohi bo‘lmagan idora
xodimlarini do‘pposlashdi, pul taxlog‘lik stolni ag‘darib yubo-
rishdi.
Vokzalda qolgan zobitlardan biri — ko‘zoynak taqqan
oqish sochli leytenant tartib o‘rnatishga harakat qildi.
— Qurollilar, mening oldimga!
Lekin vaqt ketgan, vokzalni Mogelnitskiyning bo‘linmasi
bilan Pototskiyning odamlari o‘rab olishgan edi. Shimol yo‘lini
esa xolmyankaliklar to‘sib turishardi.
Xolmyankaliklarga novcha bir dehqon boshchilik qilar,
har bir qadamini u Zarembaning maslahati bilan bosar, Zaremba
ham yigirma chog‘lik legioner bilan xolmyankaliklar ichida
yurar edi.
Bir necha bor uzilgan o‘q nemis askarlarini binodan bitta-
bitta chiqishga majbur qildi — ularga shunday buyurilgan edi.
Shinellari, ba’zilarining poyabzallari yechib olingan ne-
mislar bir yarim soatdan keyin stansiya orqasiga olib chiqildi,
ularni uch tomondan polyaklar o‘rab borishdi.
— Diqqat! — deb baqirdi Zaremba. — Buyruq shunday:
bir daqiqa ham to‘xtamasdan jo‘naysizlar. Faterlandingizga pi-
yoda ham yetib olasiz, hech nima qilmaydi!
Qabriston jimligi unga javob edi.
Bu bir necha yuz odam indamasdan loy kechib ketdi, xafa-
likdan hammasining boshi solingan, yuraklarida o‘zlarini alda-
ganlarga nafratlari qaynab toshgan edi.
Pitirlab turgan otini o‘ynatib:
225
— Mana, men sizga nima deb edim? — dedi shodlik bilan
Pototskiy. — Endi janob zobitlarning oldiga boraylik. Ularga
picha nazokatliroq muomala qilamiz. Har holda, ular bugun o‘z-
larini tuzuk tutishdi, buni esdan chiqarmaslik kerak. Men knyaz
Zamoyskiyga ularni qiyin-qistovga olmasdan o‘tkazib yuborishi-
ni so‘rab, xat yozaman.
Edvard uning fikriga qo‘shildi:
— Ha, albatta.
* * *
Eshelon dasht o‘rtasidagi bo‘m-bo‘sh bekatdan o‘qday
uchib o‘tib, yarim soatdan so‘ng qo‘shni stansiyaga otilib kirdi.
Vorobeyko parovozni to‘xtatdi-da, irg‘ib yerga tushdi.
To‘rt atrofdan eshelon tomonga qurolli odamlar yugurib
kela boshladi.
— Hoy yigitlar, bu nima? Qayerdan keldi bu sostav? Uni
qara, ikkita nemis turibdi! Anavi yerda ham bitta...
Vorobeykoni o‘rab olishdi. Beliga bir talay pulemyot
lentasini bog‘lab, yoniga to‘pponcha bilan bomba osib olgan ser-
soqol, g‘o‘labur kishi so‘radi:
— Sen kim bo‘lasan? Javob ber! Men ataman Bereznya-
man.
— Qo‘zg‘olonchilar bo‘lsalaring kerak? — dedi Voro-
beyko suyunib ketib. — Voy-bo‘y, panlarning qo‘liga tushib
qoldimmi, deb esxonam chiqib ketayozdi. Xayriyat-e, o‘zimiz-
nikilar ekansizlar... — shodlanib kulimsiradi u. — Men sizlarga
o‘qo‘tmas avtomobil bilan to‘rtta zambarak olib keldim, o‘rtoq-
lar. Endi panlarning dodini beraveramiz... Bizning harakatimiz
zoye ketdi. Men sizga aytsam, qo‘zg‘olon ko‘tarib, qamoqxona-
dagi o‘rtoqlarimizni qutqazdik, legionerlarni xo‘b boplab surobi-
ni bergan edik, biroq qurib ketgur nemislar ishga aralashib ketsa
226
bo‘ladimi! Rosa bir polk-a! Bunday bo‘lgandan keyin bizni
yengishlari turgan gap edi. Biznikilar Sosnovkaga chekinishdi,
lyaxlar bilan nemislar o‘rtasida ham g‘alva ko‘tarildi. Lyaxlar
meni giribonimdan tutib, parovozga o‘tqazishdi-yu, nemislar-
ning eshelonini vokzaldan olib qochishga majbur qilishdi. Men
ham, hayt deb shu yerga haydab keldim. Mana, gap shunaqa,
o‘rtoqlar!
Uni o‘rab olgan odamlar jim turib quloq solishdi.
O‘zini Bereznya deb atagan haligi sersoqol kishi undan:
— Hoy, menga qara, olam hodis, sen inqilobchi emas-
misan? — deb so‘radi.
— Haqiqatdan ham, partiya inqilobchisiman, — deb faxr
bilan javob berdi Vorobeyko.
— Ha-a-y inqilobchiman degin?! — dedi-yu, sersoqol
kishi boloxonador qilib so‘kdi. — Bilib qo‘y, bo‘lmasa biz sen-
daqalarni ov qilib yuribmiz. Olib boringlar uni, yigitlar.
Vorobeyko sarosima ichida jovdirab qoldi.
— Iye, sizlar kimsizlar bo‘lmasa?
— Biz — petlyurachilarmiz. Eshitganing bormi, a? Juhud-
ning dumi! — dedi boyagi sersoqol qattiq g‘ijinib.
Vorobeyko o‘ksik bir tovush bilan:
— Ha-a, sizlar kontr ekansizlar-da? — dedi.
— Nima deb tushunsang tushunaver. Olib bor, yo‘lning u
yuziga olib o‘tib, jonini Karl Marksiga yubor, bularning avliyosi-
ku u, — deb qo‘l siltadi sersoqol.
Bir necha kishi Vorobeykoni tutib, bir chetga sudrab ketdi.
Eshelonda talon boshlangan edi.
— Shu yerning o‘zidayoq bir yoqlik qilib qo‘ya qolay-
likmi-a? Sudrab boshimizga uramizmi? — dedi petlyura-
chilardan bittasi.
Vorobeyko qayg‘urib atrofga jalanglardi.
Yo‘lning u yuzi keng dala edi. Sovuq shamol esib turardi.
227
Vorobeyko: “Mana endi hozir o‘ldirishadi, buni hech kim bilmay
qoladi”, — deb o‘yladi-yu, dahshatdan butun badani titrab ketdi.
Yana ular pinaklarini ham buzmaydi...
Petlyurachilardan biri:
— Pravoslavmisan? Darrov ibodat qilib ol, bo‘lmasa bir-
dan otamiz qo‘yamiz, — dedi pinak buzmay.
Vorobeyko esini yo‘qotib:
— Nima uchun? — deb so‘radi.
— Ataman: “Jonini avliyosiga yubor”, — dedi-ku, shun-
day qilamiz-da...
— Axir, men sizlarga nima yomonlik qildim? Buyum bi-
lan liq to‘la eshelonni olib kelib berdim-ku. Bir begunoh ishchini
bekordan bekorga o‘ldirib yuborishga uyalmaysizlarmi?
— Axir, inqilobchi ekansan-ku?
Vorobeyko: “Orqamdan otib qo‘yishmasin”, — deb, goh
biriga, goh ikkinchisiga o‘girilar edi.
— Biz ishchilar hammamiz inqilobchimiz! Inqilobchi
bo‘lsak, nima bo‘pti?! Otamning butun umri batraklik bilan o‘t-
gan. Axir, nimaga o‘ldirasizlar?
Petlyurachilardan biri aynib qoldi.
— Yo qo‘yib yubora qolaylikmi, a? Uni o‘ldirganimiz
bilan boshimiz osmonga yetarmidi?
Ikkinchisi ham bo‘shashdi:
— Go‘rga, ketsa ketar!
Allaqachon miltig‘ini qo‘liga olgan uchinchisi tag‘in uni
yelkasiga ildi.
— Jo‘na, lekin atamanning ko‘ziga yo‘liqa ko‘rma. Hoy,
esipast, inqilobchilardan tezda ajral!
— Orqamdan otib qo‘ymaysizlarmi, a? — deb. Vorobeyko
ochiqchasiga so‘radi. — Agar otadigan bo‘lsalaring, yaxshisi,
yuragimdan otinglar, keyin qiynalib yurmay. Baribir, u yoqdan
otsangiz ham o‘laman, bu yoqdan otsangiz ham...
228
— Ketaver, ketaver!
Vorobeyko otishlarini kutib, avvalgi o‘n qadamni jalang-
lab yurib bosdi. Keyin dalaga qarab qocha boshladi.
* * *
Ertalab qattiq sovuq tushdi. Ko‘lob suvlar, botqoqliklar
muzladi. Sosnovkada, Sibulyaning uyida shtab yig‘ilib, shunday
qaror chiqardi: inqilobiy qo‘mita a’zolari ishlash uchun shaharga
qaytadi. Fosh qilinmasligiga umidvor bo‘lgan ishchilar ham
shaharga qaytadilar.
Ishchilarning bir qismi Sibulya bo‘linmasida qoladi. Qol-
ganlari Pavlodziga jo‘naydilar. Majlisning oxirida Xolmyanka-
dan bir dehqon dahshatli xabar keltirdi: Mogelnitskiy shahar
idorasi ro‘parasiga xolmyankaliklardan o‘n bittasini osishni
buyuribdi. Qolganlarini esa otlarini tortib olib, o‘zlarini ellik
darradan urishibdi, keyin qo‘yib yuborishibdi.
* * *
Patlay, Shchabel, Chobot va bir qism ishchilar pulemyot-
larni aravaga ortib, Pavlodziga jo‘nashdi. Stepoviy shaharga
qaytishni xohlamay, ular bilan birga ketdi.
Qo‘radan olib ketilgan oltmishta otdan Shchabel faqat
o‘ntasinigina sosnovkaliklardan so‘rab oldi.
Shahardan olib kelingan miltiqlar bilan o‘qlar ortilgan ara-
valar qishloqdan chiqqach, Shchabel ham o‘n nafar otliq bilan
yo‘lga tushdi.
Shchabel Sosnovkada qolayotgan Olesya va Sarra bilan
xayrlasha turib hazillashdi:
— Qizlar, bizni yodlab ko‘p yig‘lamanglar! Tezda qaytib
kelamiz, ana undan keyin baxt-saodat ichida yashay boshlaymiz.
Yoshlarni Sosnovkada qoldiradigan bo‘lishdi.
Dostları ilə paylaş: |