235
O‘N BIRINCHI BOB
Dovul o‘chakishmoqda... O‘rmon tegirmonining deraza-
laridan ichkariga qarab qor otmoqda. Azim dublar lorsillar, o‘r-
mon bezovtalanib guvullardi...
Andriyning qalbi yaxlab borardi. U miltig‘ini mahkam
ushlab olib, orqasi bilan dubga suyandi-da, tun zulmatiga tikildi.
Sinib tushgan har bir shoxning qarsillagani unga odam sharpasi-
day tuyulardi. U diqqat bilan kuzatib, qotib turishdan charchagan
kezlarda dub orqasiga o‘tar va eski tegirmon derazalaridan tushib
turgan yoruqqa qarab, ko‘zlariga orom berardi.
Undagi chiroqlar tegirmonchining issiq uyida vahshiy do-
vuldan pana topib o‘tirgan odamlardan, hayotdan darak berar edi.
“Pshenichek hoynahoy yana men to‘g‘rimda gap sotayot-
gandir... Olesya ham kulayotgan chiqar. Mayli, kulsa-kular”.
Andriy o‘zi ham sezmasdan jilmaydi. Qalbiga iliq mavjlar
quyildi. Olesyani o‘ylagan kezlarida hamisha shunday bo‘lardi.
Odamlar buni ishq deyishadi. Mayli, ishq bo‘la qolsin!
Andriy o‘yga, shirin xayolga cho‘mdi. Bordi-yu u mash-
hur jangchi bo‘lib ketsa-ya? Uning ovozasi xutorlar va qish-
loqlarda doston bo‘ladi, ismi dushmanlarga dahshat soladi, o‘zi
esa yosh va jasur, eskadronning oldida o‘qday uchib boradi, jona-
jon tuprog‘ini shlyaxtlardan tozalaydi. Pan Barankevich undan
o‘zini olib qochib, bo‘yni qildek xotiniga, o‘sha o‘lik mushukka:
“Axir bu, itdan tarqalgan, bir vaqtlar zavodimizning qozonxo-
nasida ishlab yurgan o‘tyoquvchi Ptaxa-ku”, — deydi.
Olesya uning g‘alabalarini kuzatib borar va: “Og‘izma-
og‘iz doston bo‘lib yurgan shu yigit bir mahallar mening tizzam-
ni o‘pgan, jo‘shqin so‘zlar aytgan”, — deb, balki, faxr ham qi-
lar... Ana shundan keyin Olesya uni ermak qilmas, Andriy ham
uning ko‘zlarida epsiz yashirilgan mazaxga uchramas.
Olesya unga, shuhratlarga burkangan Andriyga qaraydi, u
236
ham Olesyaning ko‘zlarida birinchi marta hayrat va muhabbat
ko‘radi...
Shunday yaqinginasida quruq shox qisirlab sindi. Qo‘llar
o‘z-o‘zidan miltiqni yelkaga qadadi. Ko‘krakdan keskin bir
hayqiriq uzilib chiqdi:
— To‘xta! Kim u? Otaman!
Ro‘parada qandaydir qora, novcha bir narsa qimirladi ham
shamollashdan xirillagan ovoz yangradi:
— Hoy! Kim u tegirmon oldidagi? Men — Shchabelman!
Andriy ovozni tanib, miltiqni tushirdi.
— Men, Ptaxaman! — deb baqirdi Andriy.
Mana, otning boshi yaqinlashdi, egniga kalta po‘stin,
boshiga qo‘y barrasidan tikilgan shapka kiyib olgan otliq Andriy-
ga tikilib engashdi.
— Otni qayerga qo‘yay? Uyda kim bor? Sibulya shu yer-
dami? — deb xirilladi Shchabel.
— Hamma shu yerda! — deb qichqirdi Ptaxa. — Pav-
lodzida nima gap?
— Shahardan kelyapman. Ish xarob. Inqilobiy qo‘mitani
tutib ketishdi...
Ptaxa sakrab tushdi:
— A, bu qanday gap?
* * *
Qizg‘in tortishuv yarim kechagacha cho‘zildi. Inqilobiy
qo‘mitaning qo‘lga tushgani to‘g‘risidagi xabar hammani tog‘-
day bosib tushdi.
Shchabel kalta po‘stinini yecha turib:
— Bittasi sotgan! Hammani tutib ketishdi... — dedi.
Shchabel Rayevskiyning Pavlodziga ketib qolganini bil-
mas edi.
237
Og‘ir sukunat xonada uzoq, juda uzoq hukm surib qoldi.
Raymondning yuzi kulday bo‘zardi. Devqomat Sibulya qosh-qo-
voqlari tushgan holda katta soqolini mijig‘lar edi. U burchakka
qarab turar, go‘yo uning nazarini xarrak ostidagi qorong‘ilik
ichidan bir narsa o‘ziga tortardi.
Olesya umidsizlik yoshlarini yashirish uchun boshini tiz-
zalariga solintirib, pechka yonidagi burchakka tiqilib oldi. Boya-
gina uning jaranglagan kulgilari hammani xushnud etardi. Sarra
dahshat va hasrat to‘la ko‘zlarini chaqchaytirib, devqomat Sibul-
yaga tikilar, uning raftoridan aqalli bir umid uchquni bo‘lsa ham
topishga intilar edi. Lekin sosnovkalik isyonchining chehrasi qo-
rong‘i edi.
Hozirgina Pshenichek bilan postda almashib kelgan
Andriy joyidan irg‘ib turdi-da, mo‘yna shapkasini stolga otib
urdi:
— Nega qimir etmay o‘tirasizlar, chollar? Inqilobiy qo‘-
mitani qutqazish kerak! Butun bo‘linma bir bo‘lib turib, shaharga
soldiraylik, la’natilarning jonlari paqqos chiqib ketsin! Panlarni
qirib, o‘zimiznikilarni qutqazamiz!
Sibulya xumday kallasini u tomonga sekingina o‘girdi.
— Nima bilan soldirasan, go‘dak? Jimgina o‘tirsang-ku,
aqling oshadi-ya!
Andriy cho‘g‘ bosib olganday bo‘ldi:
— Nima bilanmi? “Butun bo‘linma bir bo‘lib”, — dedim-
ku! Qishloqlardagi dehqonlarni oyoqqa turg‘izish kerak! Meni
go‘dak deb nuqul peshonamga taqillataverma, ha, kindigingga
tushib turgan soqolingga ham qaramasdan, o‘zingni yumalatib
qo‘yaman...
— Andriy... — dedi sekingina Sarra.
Ptaxa hovuridan tushdi.
Sachek achchiqlanib g‘ijindi:
— Hoy bola, og‘zingga qarab gapir! Shu so‘zlaring uchun
238
kaltak yeb qolishing mumkin. Bu podshoh armiyasi emas-u, le-
kin bizning komandirimiz ham komandir: u bir gap aytgan ekan,
bo‘ysunishing kerak. Shoshma, katta bo‘l avval, keyin seni ko-
mandirlikka saylaymiz, ana undan keyin o‘z aqling bilan ish
qilaverasan.
Pshigodskiy xo‘mrayib javob berdi:
— Kaltakni og‘zingga bekor olding! Hali ham eski
feldfebellikdan qolgan odating yo‘qolmabdi!
Raymond ukrain so‘zlarini sekin-sekin ayta turib so‘radi:
— O‘rtoq Sibulya, siz shaharga, loaqal, qamoqxonaga hu-
jum qilishga ham urinib ko‘rmaysizmi? Yoki, to‘g‘risini aytgan-
da, ularni qutqazishga bo‘linmangizni olib bormaysizmi?
Sibulya o‘zining bahaybat gavdasi bilan stolga suyandi-
da, xijolat tortib yo‘taldi.
— Tavba, men urinmayman dedimmi? Axir, bo‘linmamni
qanday olib boraman? O‘zlaring yaxshi bilasizlarki, dehqonlar-
ning elliktasida ot bor, yigirmatasida poshsholik miltig‘i, qol-
ganlarida esa ov miltiqlari. Hay, yana yigirma chog‘li kishini
chanaga ham o‘tqazib olaylik. Men Sosnovkadagi o‘z odam-
larimiz to‘g‘risida gapiryapman. Boshqa qishloqlarga haddim
sig‘maydi. Ular o‘zlariga o‘zlari xo‘jayin. Bordi-yu ularni jazo
bo‘linmasi siqib qolsa, albatta, tish-tirnog‘i bilan olishishadi.
Shaharliklarni qutqazishga-chi, o‘lsa ham borishmas. Shahardagi
askarlar biznikidan ko‘proq. Kim ham o‘zini pulemyotga tutib
bergisi keladi?
— Bundan chiqdi, sen chekinish tarafdor ekansan-da? —
deb Shchabel gina qildi.
Sibulya tumshaydi.
— He-e, siz shahar xalqi, hammangiz ham tezsiz! Bo‘yoq-
chining nilimi u!.. Men-ku sizlar bilan boraveraman, yo‘q de-
mayman-a, ko‘rgan yaxshiligim bir umr esimdan chiqmaydi.
Meni panlarning o‘qidan kim qutqazib olgani hali yodimdan
239
chiqqani yo‘q, lekin dehqonlarning bu bilan nima ishlari bor?
Innaykeyin, gapning rostini aytganda, bittamizni ham qo‘ymay
tutdek to‘kib tashlashadi, hech kimni qutqara olmaymiz, o‘z kal-
lamizdan ham ayrilamiz. Men esa — komandir bo‘lganim uchun
— bularning hammasiga javobgarman.
Shchabel uning so‘zini cho‘rt kesdi:
— Qo‘y bu bo‘lmagan afsonalaringni, Sibulya! Tikkasiga
ayt-qo‘y — siz partizanlarning shahdingiz o‘zi bo‘sh. O‘z
bostirmangizdan nariga urishgani bormaysiz. Sizlar o‘z xotin-
laringizga yaqinroq joylarda ivirsib yurasizlar, xolos. Inqilob
desa, teskari qaraysizlar! Eh! Mayda burjuaziya ruhi joylashib
olgan-da, sizlarga, ha qurib ketgur la’nati!
— Burjuy deb bizni aytyapsanmi? — dedi hayron qolib
Sachek.
— Ha, bo‘lmasa nimasan? — deb unga o‘shqirdi Ptaxa. —
Sizlarga qarashli odamlarni qamoqxonadan qutqazishga biz
o‘limdan qo‘rqmay borgan edik. Mana endi, panlar inqilobiy qo‘-
mitaga dor qurishayotganda, “tuya ko‘rdingmi — yo‘q”, deb
o‘tiribsizlar.
— Andriy, janjalning hojati yo‘q. Axir, o‘rtoq Sibulya
bunday demadi-ku. Shundaymi, Emelyan Zaxarovich? — deb
oraga aralashdi Sarra isyonchiga yaqin kelib.
Sibulya o‘tirgan yerida og‘ir bir qo‘zg‘alib oldi-da, tag‘in
soqolini g‘ijimlab, g‘udrandi:
— Burjuy ekanman, nima qilasizlar mendan gina qilib?
Gina qilishning hech bir keragi yo‘q. Basharti o‘rtoqlarcha
muomala qiladigan bo‘lsanglar, men yordam berishdan bo‘yin
tovlayotganim yo‘q, lekin shaharga bormayman. Qirib tashlasha-
di... — dedi u keyingi ikki so‘zni salmoq bilan aytib.
— Biznikilar halok bo‘lib ketaverar ekan-da bo‘lmasa? —
dedi Shchabel bo‘g‘iq bir ohangda.
Raymondning ko‘kragidan shu so‘zlar uzilib chiqdi:
240
— Yo‘q, hech bir-da! Biz tirik ekanmiz, ular hech halok
bo‘lishmaydi!
— Raymond, ular xohlashmasa, o‘zimiz boraveramiz, —
dedi Olesya koyib. — Men ham boraman!
— Men ham... — dedi sekingina Sarra.
Pshigodskiy o‘zini tutolmadi:
— Bolalarni o‘limga yuborishdan uyalmaysanmi-a,
Sibulya?
— “Shaharga bormayman”, — dedimmi, bormayman.
Kim xohlasa, boraversin. Tag‘in yettovingni qo‘lga tushirishadi,
boshqa gap yo‘q.
— He, bormasang qora go‘rga-e, — dedi baqirib Ptaxa. —
Qani, tayyorlaninglar, og‘aynilar! Bu yerda o‘tirishdan bizga
hech naf yo‘q. Mayli, meni qiymalab tashlashsin, lekin bu yerda
qo‘l qovushtirib, ularni osib o‘ldirishlarini kutib o‘tirgandan
ko‘ra, o‘lganim yaxshi!
Ahvolning mushkulligiga Shchabel ham, Pshigodskiy ham
tushunar edi. Partizanlarning yordamisiz inqilobiy qo‘mitani qut-
qazish uchun qilinadigan har qanday intilishning muvaffaqiyat-
sizlikka uchrashi ravshan edi. Pshigodskiy Sibulyaning o‘jarli-
gini bilardi. Uni ko‘ndirish mumkin emas, shuning uchun
Pshigodskiy boshqa yo‘l izlay boshladi. Birdan bu yo‘lni bosh-
qalar emas, Ptaxaning o‘zginasi aytib berdi.
— Shchabel, nima deysan: ularni sud qilisharmikin yo
shundayligicha?.. — deb so‘radi Pshigodskiy.
— Sud qayoqda deysan? Ehtimol, xo‘jako‘rsin uchun har-
biy dala sudiga berishar. Baribir, natija bitta bo‘ladi. Agar ertaga
biron yo‘lini qilmasak, kechikkan bo‘lamiz.
— Nega kechikamiz? — deb shivirladi o‘lik tusiga kirib
borgan Olesya.
O‘rtaga jimlik tushdi. Bu jimlik chidab bo‘lmas darajada
og‘irlashib bordi.
241
— Agarda biznikilar halok bo‘lishsa, turgan gap: hech
kimga rahm qilmayman! Odam yig‘ishga bir yil ketsa ham, ish-
qilib, yig‘aman-da, albatta, o‘ch olaman. Agar shu Mogelnitskiy-
larning hammasini qirmasam, yigit o‘lay! Chorbog‘iga bostirib
kirib, bittasini ham qo‘ymay kallasini tanidan judo qilaman.
Qonga — qon! — dedi Andriy ehtiros bilan baqirib.
— Hoy yigit, shoshma, nafsilamr, shu gapingda jon borga
o‘xshaydi! — dedi shodlanib Pshigodskiy.
Sibulya nafrat aralash bir hayrat bilan zaharxanda qildi:
— Nimasi jon borga o‘xshaydi? Mogelnitskiylarni so‘-
yishmi? Tirsaging yaqin-u, lekin tishlashing qiyin.
Lekin Pshigodskiy uning so‘zini eshitmay suyunib ham-
maga bir-bir qarab chiqdi.
— Menga qaranglar-a, shunday qilsak, juda yaxshi bo‘lar
ekan, — deb u so‘z boshladi. — Bu panlar bilan zobitlar bizni
nimalar qilishmaydi? Yirtqichlarcha muomala qilishadi! Ular-
ning changaliga tushganing — o‘lganing, boshqa gap yo‘q.
Bo‘yinturuqda yurishni xohlamasang, peshonangdan o‘q yeysan.
Xo‘sh, bizlar-chi yo biz avliyolarmizmi? Ilonni chaqadigan
bo‘lgani uchun yalang‘och qo‘l bilan tutmaydilar...
Sachek uning so‘zini bo‘ldi:
— Nima demoqchisan endi?
— Men, bugun tongotar paytida, masalan, shaharga emas,
graf chorbog‘iga hujum qilsak deyman.
— Ha, nima balo, ayollar bilan urishasanmi? Graf-ku, sha-
harda, unga qo‘ling yetmaydi!
— Sen jim o‘tir, Sachek!
— Shunday qilib, chorbog‘iga bosib kiramiz. Kichik
Xolmyankadagi pistirmasini aylanib o‘tamiz. Aylanib o‘tsak, o‘n
ikki chaqirimcha yo‘l bosamiz. Bunday havoda bizni jin ham to-
polmaydi. Xo‘sh, gap — shu. Ularning u yerdagi qo‘riqchilarini
majaqlab tashlaymiz. Orqada katta qism tutish Mogelnitskiyning
242
yetti uxlab tushiga ham kirmagandir. Axir, u partizanlarning
fe’lini — o‘z inidan chiqmasligini biladi.
— Ha, xo‘p, bu gapni ko‘p eshitganmiz, innaykeyin-chi?
— deb Sachek g‘ijindi.
— Innaykeyin, ularning xotinlarini, ularga, qo‘shib qari
gazandani ham olib ketamiz. Ana shundan keyin Mogelnitskiy-
ning o‘zi shilq etib qo‘lingga tushadi. U shahardan chorbog‘ga
tez-tez kelib turadi. Men u yerning hamma yo‘llarini bilaman.
Hammasini tutib, o‘z chanalariga o‘tqizamiz-da, hayt deb olib
qochamiz! Keyin arvohimizni ham topisholmaydi. Ularni uzoq-
roq, boproq joyga berkitib qo‘yib, agar o‘zi qo‘lga tushmasa, te-
lefon bilan unga xabar qilamiz: “Agar odamlarimizning bironta-
siga aqalli barmog‘ingni tegizsang, bizning qo‘limizdagi odam-
laringga sira rahm qilmaymiz”, — deymiz. Bo‘ptimi?
— Baraka top, Pshigodskiy, xuddi ko‘nglimdagilarni
aytding-da! Tag‘in shunaqa ham osonki! — dedi shodlanib
Ptaxa.
Hamma javob kutib, Sibulyaga tikilib qoldi.
Bu devqomatli kishi darrov gapira qolmadi. U hamisha
ham shoshilmasdan, ishni oldin og‘ir o‘ylab olardi. Lekin uning
sukunati hammaga umid bag‘ishladi.
— To‘g‘ri. Bu — ancha ma’qul gap. Bu haqda fikrlashsak
ham bo‘ladi. Shaharga hujum qilgandan ko‘ra, bu tuzuk. Faqat
bir narsadan qo‘rqaman: mulkka bosib borsang-u, u yerda hech
kim bo‘lmasa, butun mehnatimiz zoye ketadi-da... — dedi u
hamon ikkilanib.
— Demak, masala hal, shundaymi? — deb uni ko‘ndirish-
ga tirishdi Shchabel.
— Sen nima deysan, Sachek?
— Men ham, Emelyan Zaxarovich, siz aytgan fikrdaman...
Lekin o‘zi chakki fikr emas. Dehqonlarimiz ul-buldan bahra-
mand bo‘lib qolishsa, ajab emas...
243
— He, bu gapingizni qo‘ying! — dedi sekingina Raymond
uning so‘zini bo‘lib. U shu qadar qat’iyat bilan gapirdiki, Sachek
xijolat bo‘lib, ko‘zlarini pirpiratib qoldi.
— Ha, men nima dedim? Axir, ular ham bizdan talab
olishgan-da.
— Biz inqilobiy qo‘mitani qutqazishimiz kerak, sen bo‘l-
sang... — dedi Shchabel bo‘g‘ilib.
Sibulya o‘z fikrini shu so‘zlar bilan tugalladi:
— Xo‘p, shunday qilamiz, men rozi, — so‘ngra boshliq-
larga xos xotirjam bir ohangda buyurdi: — Sachek, qishloqqa
bor: yigitlar bir soat ichida otlansin. Oti borlarini ol, yo‘qlari
qolaversin. Bu ish uchun o‘shalarning o‘zlari ham kifoya. Ish-
qilib, bir soat ichida...
* * *
Lyudviga kutubxonaning katta derazasi oldida turgan edi.
Kechasi boshlangan dovul tinib borardi. Yakkam-dukkam
qor zarralari mayin qor gilami ustiga sekin-sekin tushmoqda.
Edvard kecha oqshom xayrlashmasdanoq ketgan.
Nima bo‘ldi? Nima sababdan Lyudviga bu kattakon uyda
o‘zini shu qadar noqulay, yolg‘iz seza boshladi?
Ko‘p narsa uning uchun tumanli edi. Ko‘p masalada boshi
aylangan edi. Ularning hammasi — Edvard ham, Pototskiy ham,
Iyeronim hazratlari ham — mustaqil Polsha uchun kurash
to‘g‘risida gapirishadi-yu, lekin Lyudviga qahramonlik, odillik
va fidokorlik o‘rniga faqat xoinlik, kaltak va dornigina ko‘rib ke-
ladi. Bu-ku siyosat. Xo‘sh, Lyudviganing shaxsiy hayoti-chi? U
bu uyda begona.
To‘g‘ri, burunlari ham u bu yerda begona edi. Uni sevgan
va bag‘rida po‘palagan yolg‘iz Edvardning o‘zi edi.
Ajabo, Fransiskaning boshiga tushgan savdo ko‘zlarini
244
ochgunga qadar olchoqligi to‘g‘risida Lyudviganing tasavvuri
ham bo‘lmagan anavi tishsiz iflos, jirkanch chol unga hech vaqt
yaqin bo‘lganmidi?
Vladek-chi?
Yoki Stefaniya...
Xo‘sh, Eddi, uning Eddisi-chi?!
“Nahotki uni sevmasam-a?” — deb o‘ylandi Lyudviga.
Bunda kim aybdor? Uning o‘zimi yo Lyudvigami? Ana
xolos, Lyudviga erini bilmas ekan-da! Bir vaqtlar u Lyudvigaga
qahramon, qo‘rqmas va o‘pkani bilmas bir botir kabi ko‘rinar
edi. Ajabo, Lyudviga uning qo‘lidan shunday pastlik kelar deb
hech qachon miyasiga keltira olarmidi? Idora oldidagi dorni
o‘ylab, Lyudviga seskanib ketdi... Uning samimiy so‘ziga ishon-
gan va xoinlarcha qo‘lga tushirilgan odamlar o‘shaning, Edvard-
ning buyrug‘i bilan dorga osilgan. Uni bunday qilishga kim maj-
bur etdi? Vronami? Lyudviga bu odamdan qo‘rqadi.
U deraza oldidan uzoqlashdi.
Devor bo‘ylab turgan baland-baland dub shkaflarning ichi
to‘la kitob edi. U bu kutubxonaga kirib soatlar bo‘yicha o‘tirar
va sarguzasht, fantastika va romantika olamiga uchib ketar edi.
Hozir esa uni bu yerga bo‘layotgan voqealarni unutish tila-
gi olib keldi.
Lyudviga ochiq shkaf oldiga keldi-da, kitoblarning zarrin
qirralariga befarq nazar tashladi. “O‘tmish maktublari”, — deb
o‘qidi. Fikri tag‘in Edvardga qaytdi...
U kitoblar ichidan yaqindagina topilgan eski, xotiradan
ko‘tarilgan bir xatni esladi. Bu xatda — marhum grafinya, Ed-
vardning onasi, o‘zining uy shifokoriga katta o‘g‘lining “o‘smir-
lik sho‘xliklari” haqida yozgan xatida: “Meni bu narsa juda
xavotirga soladi”, — deb aytgan edi. Axir, bolaning yomon ka-
salga duchor bo‘lib qolishi hech gap emas. Qari grafinya hurmatli
pan shifokordan xizmatkor qiz Verani ko‘rib, uning to‘g‘risida
245
kafillik berilishini iltimos etgandi, chunki yosh grafning bo‘lma-
lariga “har doim qarab turish” vazifasi o‘sha qizga yuklatiladigan
ekan...
Hayo va tahqirlangan g‘urur, rashk va g‘azab — hammasi
yana o‘t oldi, Lyudviga o‘zini tutolmay, ho‘ngrab yig‘ladi. Lekin
ko‘z yoshlari tez tindi. Butun hayoti nurab borayotgan bir paytda,
Edvard bu xatni o‘qigandan so‘ng faqat nafrat bilan irjayibgina
qo‘ygandan keyin bu haqda ko‘z yoshlar to‘kish!
Oyisinikiga ketishi kerak. U yoqqa borganda, Edvarddan
uzoqda hamma narsa to‘g‘risida o‘ylab ko‘radi, keyin masalani
hal qiladi...
Hovlida o‘q uzildi. Lyudviga yugurib deraza oldiga keldi-
yu, shu holida qotib qoldi. Hovlida qo‘y barrasidan tikilgan kalta
po‘stinli bir suvoriy ot choptirib yurardi. Uning bir qo‘lida kalta
miltiq bor, hozir otgan ham o‘sha bo‘lsa kerak. Xiyobondan
chorbog‘ga qarab tag‘in bir necha otliq chopib kelmoqda. Bog‘-
dan ikkitasi to‘g‘ri zinapoya oldiga ot qo‘yib keldi-yu, otdan tu-
sha solib, qasrga qarab yugurdi.
Bir necha daqiqa ichida hovli qurolli suvoriylar bilan to‘lib
ketdi. Ularning sardori yo‘g‘on, sersoqol bir kishi edi. U qo‘l
siltagan edi, hamma har yoqqa tarqaldi, chorbog‘ni o‘rab oldi.
Uning ovozi Lyudvigaga ham eshitildi. Allaqachon uy ichida
ham ikkita o‘q qarsilladi.
Shubha qolmadi. Chorbog‘ga bostirib kirgan odamlar
Dostları ilə paylaş: |