Jahon adabiyotining so‘nmas yulduzlari nikolay Alekseyevich ostrovskiy bo‘ron bolalari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/40
tarix12.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#154791
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40
Nikolay Alekseyevich Ostrovskiy. Bo\'ron bolalari

* *



229 
Kovallo, Metelskiy, Yadviga va Rayevskiylar shaharga 
birin-ketin qaytishdi. 
Kovallo vodokachka zinapoyasida samovar qo‘yib yurgan 
notanish xotinni ko‘rib, ozmuncha hayron bo‘lmadi. 
“Bunisi qanday bo‘ldi?” — deb o‘ylandi u. 
Haligi xotin uni ko‘rib kulimsiradi. 
— Ha, xo‘jayin ham kelib qoldilar, shekilli? Birovning 
uyini tutib o‘tirish hech ep kelmas ekan. Men Andriyning onasi, 
Mariya Ptaxa bo‘laman. 
— Eson-omon yuribsizmi? Buni qarang, shu ahvolda 
tanishyapmiz-a, — dedi Kovallo uning qo‘lini do‘stona siqib. 
Andriyning onasi bo‘ydor, kuchli va yosh edi — bu Koval-
loni g‘oyat hayron qoldirdi. 
Rayevskiy hovliga kirib kelganda, ular qiziq suhbatda 
edilar. 
— Shunday qilib, men ularga tikkasiga: “Uning qayerlar-
da yurishini men qaydan bilay?! Men nima, enagasimanmi? 
Xudoga shukur, o‘n yettiga kirdi! Men uning uchun javobgar 
emasman endi. Tutsangiz, menga desa, terisini shilib oling!” — 
dedim. Lekin yuragim ichidan ezilib turdi. Ichimda esa: “Andri-
yim ularning qo‘liga tushadigan bola emas, tutisholmaydi”, — 
deb o‘yladim. Voy-voy-ey, bu bolalarning dastidan o‘lar bo‘lsam 
o‘lib bo‘ldim, boshimga qanday kulfatlar tushmadi! Kattasi qan-
day bo‘lsa, kichigi ham shu... Kichigini-ku, kuyganimdan ura-
man, ammo kattasini nima qila olardim, bo‘yi bo‘yimdan baland 
bo‘lsa? 
Rayevskiyni ko‘rib u jim bo‘ldi. 
* * * 
Oradan bir hafta o‘tdi. Ustiga-ustak, qish kirib qoldi. Yad-
viga opasinikida turar edi. Opasi Marselina polyak kooperativida 


230 
sotuvchi bo‘lib ishlardi. Xudojo‘y, odamovi Marselina singlisi 
bilan hech vaqt yaxshi munosabatda bo‘lmas edi. Hamma qari 
qizlar singari uning ham g‘alati qilig‘i boridi: uyida yettita mu-
shuk saqlar edi. Marselina mushuklarini qiziq-qiziq ismlar bilan 
atar va butun bo‘sh vaqtini o‘shalar bilan o‘tkazar edi. Har yak-
shanba, albatta, ibodatxonaga borar va, ksendzning aytishicha, 
yaxshilardan hisoblanardi. Gohi mahallar ksendzning ekonom-
kasi oldiga mehmon bo‘lib borardi, u xotin Marselinaning ya-
gona dugonasi edi. 
Marselina bugun kechqurun ham kelgan edi, lekin 
ekonomka uyda yo‘q ekan. Eshikni ksendzning o‘zi ochdi: u an-
chagina sochi tushgan, yuvosh bir odam edi. 
— Qani, kiring, panna Marselina, pani Vanda hozir keladi, 
— deb taklif qildi u. 
Marselina mehmonxonaning burchagiga kelib odob bilan 
o‘tirgach: 
— Xo‘sh, qanday yaxshi xabarlar bor, panna? — deb 
so‘radi ksendz. 
— Tuzuk, rahmat. Hozir singlim bilan birga turibman. 
— Ha-a, shundaqami?! — dedi u biron nima deb gapni 
gapga ulash niyatida. — Menga qarang, singlingizni men nega 
bilmas ekanman? 
Marselina ko‘zlarini pirpiratdi. 
— U ibodatxonaga bormaydi, pane ksendje. 
— Ha-ha! O‘zi tul bo‘lsa kerak, a? Esimda bor, kuzda: 
“Erimning arvohi uchun bir duo o‘qib qo‘ysangiz”, — deb men-
dan so‘ragan edingiz. 
— Xudoga shukur, tirik ekan, pane ksendje. Yaqinda 
keldi. 
— Ha, shunaqa deng! 
Ksendz uyda bedana singari yo‘rg‘alab yurar, undan hol-
ahvol so‘rar, achinar, o‘zini shu qadar mehribon qilib ko‘rsatar-


231 
diki, Marselina bundan ta’sirlanib, u so‘ragan narsalarni jon-dili 
bilan aytib berdi. 
— Ha, ha... Hay mayli, azizim, qayg‘urmang. Xudodan 
yuz o‘girganlari, albatta, qayg‘uli, juda qayg‘uli. Lekin haq taolo 
qodirdir. Ular bir kun tag‘in Xudoga sig‘inishib qoladi... Shuna-
qa, zamon ko‘p betayin bo‘lib qoldi... — dedi ksendz o‘ychanlik 
bilan. 
* * * 
— Oqshomlari xayrli bo‘lsin, Iyeronim qazratlari. Mana, 
qish ham kelib qoldi. Qor yog‘di. Qani, biz tomonlarga tashrif 
buyursinlar... 
* * * 
— Nima deysiz, Iyeronim hazratlari, biroz g‘alatirog‘-a, 
bu? 
— Ha, albatta. Ayniqsa shu kunlarda. Siz uning familiya-
sini Rayevskaya dedingizmi?.. 
* * * 
Dzebek fuqarocha kiyinib olib, Yadvigani ikki kun poyla-
di. Kechasi uning o‘rniga Kobilskiy chiqib turdi. Dzebek Yad-
viganing yuzini ikki marta ko‘rdi. U oq to‘r shapochkali bu do‘n-
diq, go‘zal xotinning qiyofasini, kelishgan yurishini, yumshoq, 
xush ovozini yaxshigina eslab oldi. U Yadvigani uzoqdan ham 
taniy olar edi. Dzebek tashqi ko‘rinishiga qarab, uning yoshini 
avval o‘ttizlarda chamalagan bo‘lsa ham, lekin ikkinchi uchra-
shishida, yaqinroqdan ko‘rib, yana besh yosh qo‘shib qo‘ydi. 
Bu ayol gumonsiratadigan hech nima qilmas edi. Shu kuni 


232 
Yadviga ishxonada kechga dovur ishladi. Uyga qaytib kelayotib 
do‘konga, keyin soat to‘qqizlarda shifokor Metelskiynikiga kir-
di, undan so‘ng uyiga keldi. Kechasi hech qayoqqa bormadi. 
Ikkinchi kuni kechqurun befoyda yuraverish Dzebekning 
joniga tegdi. U poyloqchilikni josuslaridan biriga topshirib, o‘zi 
puxtaroq tekshirishga kirishdi. 
Hademay u Rayevskayaning ilgari boshqa ko‘chada, bir 
o‘zi emas, o‘g‘li bilan turganligini iskab topdi. Botinkasini ya-
matish bahonasi bilan Dzebek etikdo‘z Mixelsonnikiga kirib 
chiqdi. Tugun sekin-sekin yechila boshladi. Kapitan Vrona 
Shpilmandan Sarrani surishtirib bildi. 
— Etikdo‘zning qizi yo‘q-ku! Rayevskayaning o‘g‘li ham. 
Bu yerda bir gap bor-da, pane boshliq! 
Barankevich Raymond Rayevskiy haqida ma’lumot ber-
gandan keyin Vrona tekshirish ishiga o‘zi kirishdi. 
Uchinchi kuni saharlab, Yadviga Patlayning xotini huzuri-
ga kirdi. 
— Yasha! — dedi suyunib Dzebek. 
Bu birinchi kuchli dalil edi. Patlayning xotini qo‘zg‘olon 
vaqtida ozod qilingan edi, uni qo‘zg‘olondan keyin yo‘qlamay 
turishga qaror berilgan bo‘lsa ham, uyiga ko‘z-quloq bo‘lib 
yurishdi. 
Ezma Dzebek o‘z muvaffaqiyati haqida hisobot berganda, 
Vrona: 
— Hazir bo‘ling, yo‘qsa butun ishni xarob qilasiz! — deb 
uni shashtidan tushirdi. — Hali hozircha hech narsa bilmaysiz. 
Ertasiga erta bilan Vronaga ham zavoddan, ham vokzal 
jandarm idorasidan bir vaqtda telefon qoqishdi. 
— Bugun kechasi tag‘in inqilobiy qo‘mitaning bir necha 
so‘zdan iborat xitobnomalarini yopishtirib ketishibdi. Mana: 
“O‘rtoq ishchilar! Biz tor-mor qilinganimiz yo‘q. Faqat vaqtin-
cha chekindik. Kutinglar bizni, tezda qaytib kelamiz. Dushman 


233 
bilib qo‘ysin buni. Yashasin ishchilar bilan dehqonlar hokimi-
yati! Inqilobiy qo‘mita raisi Xmuriy”. 
Vrona telefon go‘shagini qo‘yib, o‘ylanib ketdi. Keyin 
kichkinagina temir qutichani chiqarib, ichidan bir chimdim op-
poq poroshok oldi-da, maza qilib burniga tortdi. 
* * * 
Rayevskiy magazin yonidagi burchakda to‘xtab, Yadviga-
ni kutib turdi. U ishdan keyin shu yerdan o‘tadi. Rayevskiyning 
unga gapi bor edi. Ular hozirga qadar faqat Metelskiynikida 
ko‘rishardilar. Shifokorning qabulxonasi bu maqsad uchun juda 
qulay edi. 
Rayevskiyning yonida pastak bo‘yli, kalta po‘stinli bir ki-
shi turardi. Rayevskiy bir yerda tek turilganda boshqalarning diq-
qatini jalb etish mumkinligini bilgani uchun hech vaqt shunday 
qilmas edi, hozir ham o‘sha eski odatini qilib, shamolga orqasini 
o‘girdi-da, papiros chekdi. Shamol ko‘chalarda yengil qor 
uchirib o‘ynardi. 
Boyagi kalta po‘stinli kishi: 
— Mumkin bo‘lsa, yoqib olsam, — dedi-da, uvishib qol-
gan barmoqlari bilan bir quti xarob papiros oldi. 
— Marhamat. 
Rayevskiy uning gapidan polyak ekanligini bildi. Yo‘lak-
da odamlar u yoq-bu yoqqa o‘tib turar, sovuq quvardi. Rayevskiy 
o‘tib ketayotgan Yadvigani magazin oynasidan ko‘rdi. Yadviga 
erini ko‘rmadi. Kalta po‘stinli kishi shoshib qoldi. Papirosini 
yoqishga ham ulgurmadi. 
Rayevskiy uning orqasidan qaradi-da, papirosini tutatib 
sekin ketidan bordi. U Yadviganing novvoyxonaga kirganini 
ko‘rdi. Kalta po‘stinli kishi do‘kon oldida to‘xtadi. Rayevskiy 
afisha oldida qoldi, Yadviga do‘kondan chiqqanda, kalta po‘stin-
li kishi yana uning orqasidan tushdi. Rayevskiy Yadviga turadi-
gan uyning oldidan ko‘chaning u yuzi bilan o‘tdi, lekin qayrilib 


234 
ham qaramadi. 
Kalta po‘stinli kishi tor ko‘chada shumshayib izvoshchi 
bilan savdolashardi. 
Rayevskiy borar, qattiq o‘ylardi. Og‘zidagi taxirni sezib, 
papirosini oldi. Papirosi chekilib bitgan — mushtugi kuya 
boshlagan edi. 
O‘tkir nazari Metelskiyning uyi oldida turgan tag‘in bir 
kishini ilg‘adi. 
Shifokorning uyida toshbosma bor edi. 
“Kovallo hozir Metelskiyning uyida. Ana, tag‘in bittasi! 
Bunisi chinakam to‘ngakning o‘zi. Hali ashaddiylarni topguncha 
bo‘lishmabdi-da”. 
Rayevskiy jo‘rttaga ikki daha nari o‘tib, bir tor ko‘chaga 
burildi. Orqasidan hech kim poylab kelmayotganligiga ishondi. 
“Yadviga, Kovallo, Metelskiy — bulardan qaysi biri ehti-
yotsizlik qilgan ekan? Ularning hech birini ogohlantirib bo‘lmay-
di endi. Albatta, Yadviga shaharga qaytmasligi kerak edi...” 
Yuragi birdan zirqirab ketdi. 
“Yadviga!” 
U yelkasi bilan simyog‘ochga urilib, o‘ziga keldi. Posyol-
kaga tez-tez yurib ketdi. Boshqalarni ogohlantirish kerak... 
Gnat Verba hammanikiga borib, mumkin qadar tezroq 
shahardan chiqib ketish kerakligini aytib keldi. 
Keyin Rayesvokiy uni shaharga yubordi. Bir soatdan ke-
yin Gnat xunuk xabar olib qaytdi. 
Qosh qoraydi bilan Rayevskiy bilan Verba shahardan chi-
qib ketishdi. Ularni bozordan qaytayotgan bir dehqon aravasiga 
tushirib oldi. Yo‘lda Shchabel bilan uchrashishmadi, u otini 
qo‘shni qishloqda qoldirib, o‘zi shaharga piyoda tushib ketgan 
edi. 
Kechasi posyolkada yalpi qamashlar boshlandi.



Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin