1934–1936-yillar.
Birinchi kitob tugadi.
273
274
IKKINCHI KITOB
BIRINCHI BOB
1
Hovlidagilar maslahatlashdilar, shekilli. Shundan so‘ng
Zaremba qichqirdi:
— Oxirgi marta so‘rayman: taslim bo‘lasizlarmi-yo‘qmi?
Uyni eskadron o‘rab olgan. Bittangiz ham tirik qochib qutul-
maysiz. Gapimdan qaytmasimdan taslim bo‘linglar. Mayli, nima
bo‘lsa bo‘ldi, yaxshilik bilan chiqsanglar, to‘rt tarafing qibla deb
qo‘yib yuboraman. Ishqilib, taslim bo‘lib, grafinyani chiqarib
yuborsalaring bo‘ldi!
Endi uydagilar hammasi bir-birlariga jalanglab qarashdi.
— Kim ishonardi ularning gapiga?! — dedi Ptaxa xirillab.
Ana shundan keyin Lyudviga poldan turdi.
— Menga ruxsat bersanglar, shu zobit bilan bir gaplash-
sam. Baribir, men sizlarni qo‘ydirib yubortiraman! Mening chin
so‘zimga ishoninglar, men sizlarni aldamayman! Qarshilik ko‘r-
satishdan foyda yo‘q, axir! Bekorga hammangizni nobud qili-
shadi. O‘tinib so‘rayman, pane Rayevskiy! — Lyudviga yana
ham qattiqroq hayajonlanib, Raymondga murojaat qildi.
Ruhan ezilgan Raymond grafinyaga qayrilib ham qara-
1
Ostrovskiyning “Bo‘ron bolalari” romani ustidagi ishi ushbu parchadan so‘ng to‘xtaydi.
275
madi.
— Pani grafinyaga ishonish mumkin. Juda yaxshi xotin,
bular pani Stefaniyaga sira ham o‘xshamaydilar, — dedi tuy-
qusdan Fransiska, Lyudviganing tarafini olib. — Graflar orasida
bular eng shafqatli juvon!
Ptaxa Lyudvigaga bir necha lahza tikilib turdi.
Lyudviga ham unga rostgo‘y bir nigoh bilan javob berdi.
Nihoyat, Andriy rozi bo‘ldi.
— Mayli, gaplashsin. Ko‘ramiz-da, oqibati nima bo‘lar-
kin.
Bunga hech kim qarshi bo‘lmadi. Ahvolning mushkulligi
hammaga ravshan edi.
— Gaplashing! — dedi Raymond ham rozi bo‘lib.
— Pane Zaremba, men — Lyudviga Mogelnitskaya gapir-
yapman!
— Xayriyat-e, salomatmisiz, oliynasab pani? G‘am ye-
mang, hozir sizni bo‘shatib olamiz! — deb Zaremba ham qich-
qirdi.
— Salomatman. Bu yerdagilarning hammasini qo‘yib yu-
borishni va’da qilasizmi, pane poruchik? Unda bular jang qilmay
taslim bo‘lishadi...
— Qo‘yib yuboraman. Mayli, taslim bo‘lishsin.
— Bu dvoryan va zobit so‘zimi? Men o‘z or-u nomusimni
tikib kafolat berdim-a! Meni sharmanda qilib qo‘ymaysizmi?
To‘g‘risini ayting!
— Mayli, taslim bo‘lishaversin: “To‘rt tarafing — qibla”,
— deb qo‘yib yuboraman.
— Pane Zaremba, men sizning vijdoningizga ishonib, bu
yerdagilardan taslim bo‘lishlarini iltimos qilaman.
Lyudviga Raymondga yuz o‘girdi.
— Men Zarembani bilaman, u vijdonli zobit, so‘zida tura-
276
di. Qurollaringni tashlanglar, sizlarni qo‘yib yuboradi, men bun-
ga ishonaman! — dedi u yalinib.
Raymond polda o‘tirgan Sarradan engashib turib so‘radi:
— Sen nima deysan, Sarra?
— Bizni aldashadi, Raymond... Qanday sharmandachilik-
a, bu! Nima qilib qo‘ydik-a!..
— Yo‘q, aldashmaydi. Men o‘zim sizlarni himoya qila-
man, — deb kafolat berdi Lyudviga.
— Uydagilar picha maslahatlashganlaridan keyin taslim
bo‘lishga qaror qildilar. Eshik oldiga hammadan oldin Ptaxa
chiqdi. Chiqa solib, pillapoyada yotgan cho‘loq partizanning
murdasiga qoqilib ketdi. Umrida birinchi marta uni dahshat
bosdi.
Uy askarlar bilan qurshalgan edi. Zaremba eshik oldida
to‘pponcha ushlab turardi. Ptaxa uning ko‘ziga boqdi-yu, bu hov-
lidan tirik chiqmasligini payqadi. Ana shunda birdan o‘ziga
achinib ketdi.
Eng oxirda xotin-qizlar chiqishdi, bular orasida Lyudviga
ham bor edi. Darhol yigitlarni tintuv qila ketdilar. Bir necha
askar qurollarni olgani uyga yugurdi.
Zaremba chest berib, shporlarini sharaqlatdi-da:
— Sog‘-u salomat qutulganingiz bilan tabriklayman, pani
grafinya! — dedi.
— Salom, pane Zaremba! — Lyudviga uning qo‘lini qisdi.
Zaremba:
— Olib ketinglar bularni! — deb buyurdi, keyin Lyudviga
tomonga o‘girilib, so‘radi: — Bu ablahlar sizga qanday muomala
qilishdi?
— Juda yaxshi. Hozir bularni qo‘yib yuborasizmi?
Zaremba nafrat bilan zaharxanda qildi.
— Bu xumparlarning g‘amini yeb nima qilasiz?! Xudoga
277
shukur, sog‘-salomat ekansiz! Pan polkovnik kechasi bilan mijja
qoqmay chiqdi. Yuring, sizni chanaga kuzatib qo‘yay. Pan
Vladislav ham shu yerda. U bilan picha aytishib qoldik, anavi
yerda u... — dedi Zaremba, keyin Lyudvigaga qo‘lini tutdi.
— Pane Zaremba, mening xohishimga qarasangiz, bularni
men ketmay turib qo‘yib yuborasiz. Men-ku, sizning so‘zingizga
ishonaman-a, albatta, lekin bular menga ishonib taslim bo‘lish-
gan, shu sababli hozir qo‘yib oborishingizni talab qilishga maj-
burman, — dedi Lyudiga xavotirlana boshlab.
— Qanaqa so‘z to‘g‘risida gapiryapsiz? Bizga yordam qil-
dingiz, buning uchun sizga katta rahmat. Lekin bu yaramaslar
bilan adi-badi aytishib o‘tirishning hojati yo‘q.
Askarlardan biri uning fikrini namoyish qilganday, Oles-
yaning orqasiga qo‘ndoq bilan bir turtdi. Keyin yurishni xohla-
magan qizga o‘shqirdi.
— Yur deyapman senga!
Olesya yiqildi. Ptaxa askarga tashlandi.
— Urma!
Serjant Kobilskiy Andriyning yuziga qo‘ndoq bilan urib,
yerga ag‘dardi.
— Voy, mana shumi vijdonlaring, qora go‘rga kirgur
odamxo‘rlar! — deb qichqirdi Sarra.
Askarlardan biri uning yuziga qamchi tortdi. Raymond ol-
dida turgan askarni ag‘darib tashlab, Sarrani himoya qilishga yu-
gurdi. Zaremba Raymondga qarab otdi, lekin tegizolmadi. Ray-
mondning boshiga kaltak yog‘ildi. Uni qo‘ndoqlar, qamchilar
bilan ura ketishdi...
Qurolsiz Leon o‘rtog‘ini himoya qilish uchun askarlar
galasiga tashlandi.
Mana shu ur-yiqit mahalida jandarm serjanti Kobilskiy bi-
lan ikkita askar o‘rnidan zo‘rg‘a turgan Olesyani sudrab qolish-
278
gan edi, Fransiska orqadan yugurdi.
— Qayoqqa sudrab ketyapsanlar, ablahlar! Pani grafinya,
qutqazsangiz-chi! — deb qichqirdi Fransiska aqldan ozib.
Fransiska Olesyani qo‘yib yubormadi.
— Zaremba, bu pastkashlikni tugating! Ming la’nat sizga!
Siz... ablah ekansiz! — deb qichqirdi Lyudviga.
Poruchikning yuzi qip-qizarib ketdi.
— Qo‘yinglar! Joy-joylaringga boringlar, itdan tarqagan-
lar! — deb o‘kirdi u. — Kobilskiy, qo‘yib yubor qizni dedim!
Askarlar kaltaklashdan to‘xtab, sekin-sekin chetga chiqib
ketishdi. Jandarmlar Olesyani qo‘yib yuborishdi. Sarra bilan
Raymondning yuzida momataloq bo‘lib yotgan qamchin izlari,
qorda qimir etmay cho‘zilib qolgan Andriyning yuzidagi qon,
shu topdagina bo‘lib o‘tgan ishlar hammasi Lyudvigaga dah-
shatli tushday tuyulardi. Qonga belanib yotgan Ptaxa qimirladi,
hushiga keldi. Lyudviga ho‘ng-ho‘ng yig‘lab uning ustiga
engashdi. Andriyni suyab turg‘izdi. Ptaxa gandiraklab turdi-yu,
Lyudvigaga vahshiy bir nafrat bilan o‘qrayib qaradi, keyin butun
vujudi bilan titrab turib yo‘taldi, pachoq qilingan lablarini zo‘r-
g‘a qimirlatib, qonga qorishgan uchta tishini kaftiga tupurdi.
— Yuring, grafinya. Bu yerda turishingiz to‘g‘ri kelmaydi,
— dedi Zaremba quruqqina qilib.
Lyudviga undan nafrat bilan yuzini o‘gira turib:
— Bu odamlarni qo‘yib yubormaguningizcha shu yerdan
bir qadam ham jilmayman! — dedi.
Zaremba boyagidan ham quruqroq qilib:
— Iltimos qilaman, oliynasab pani, bu yerni tark eting.
Sizga chana mahtal bo‘lib qoldi. Bu odamlarga esa qonunga
binoan chora ko‘riladi, — dedi.
Lyudviga Zaremba tomonga shartta burildi. Uning ko‘z-
laridagi nafratni ko‘rib, Zaremba sarosima bo‘lib qoldi.
279
— Zaremba, siz ablah ekansiz! Lekin qulog‘ingizda bo‘l-
sin: basharti bulardan birontasini o‘ldirsangiz, men ham o‘zimni
o‘ldiraman! O‘lay agar, shunday qilmasam!
— Sizga dvoryanlik so‘zim, grafinya, bulardan bittasini
ham, — dedi Zaremba, o‘zini Lyudvigadan bir necha odim nari-
ga olib, — bittasini ham otmayman. Qo‘yib yuborishga kelsak,
haqqim yo‘q.
Ular askarlar qurshovida, bir-birlariga siqilishib, jim borar
edilar. Ptaxa oppoq qorda qizil dog‘lar qoldirib, hamon qon
aralash yo‘talardi. Endi ularni hech kim urmasdi, chunki ruhan
ezilib ketgan Lyudviga tushgan chana orqada izma-iz borardi.
Fransiska esa askar yonida, chuqur qayg‘u ichida o‘tirar edi.
Raymond Andriyning tirsagini o‘z bag‘riga mahkam bo-
sib, u bilan qo‘ltiqlashib bordi. Ptaxa juda madorsiz edi.
— Uxlab qolib, sharmanda bo‘ldik, Raymond! Kim bilan
o‘yin tushishni bilishim kerak edi, tishimni qoqib to‘g‘ri qi-
lishdi!..
(1936-yil)
|