1
Vivat
—
yashasin
(tarjimon).
75
TO‘RTINCHI BOB
— Tate, qara quyosh mehmon bo‘lib keldi! — Moyshe if-
los polga tushib turgan oltin nurlarni mitti qo‘llari bilan tutadi.
— Tate! Senga ozgina quyosh olib kelib beraman... Qochib ket-
yapti, unamayapti...
Moyshe ko‘zlarini qisdi. Uning yuziga bir nur kelib tushdi.
U biladi: hozir quyosh uxlagani ketadi, keyin hamma yoq qop-
qorong‘i bo‘lib qoladi. Hozir bobosi bilan tatesi bolg‘alarini tez-
tez taqillatib ura boshlashadi. Kun botayotganda hamisha shun-
day qilishadi, chunki chiroq yoqqani kerosinlari yo‘q. Ular esa
etik tikishlari kerak. Ertaga beliga kattakon pichoq taqqan, juda
jahldor amaki kelib bobosiga o‘shqira boshlaydi. Moyshe u
amakining bobosiga nimalar gapirganligini bilmaydi, bobosi esa
biladi, u ham Moyshe tushunmaydigan allaqanday narsalarni
gapiradi. Bobosi hamma narsani biladi. Moyshe nimaiki so‘rasa,
u hamma vaqt aytib beradi... Ana, buvisi temir o‘choqqa tarasha
yoqyapti. Hademay ovqat yeymiz. Moyshe qorni allaqachon och-
ganligini eslaydi. Ko‘pdan beri shirinroq ovqat yegani yo‘q.
Hamma vaqt yeydigan ovqatlari suvda pishirilgan loviya. Bu
ovqatni pishiraverish qachon buvisining joniga tegarkin? Ehti-
mol, Sarra xolasi olmami, konfetmi olib kelar? Moyshe konfetni
ham yaxshi ko‘radi. Sarra xolasini ham. Sarra xolasi mehribon,
yaxshi. Sarra xolasi tikishdan qo‘li bo‘shagan vaqtlarda hamisha
Moysheni o‘ynatib o‘tirardi. Moyshe ko‘pgina xolalar allanima-
lar tikayotgan uyni ko‘rgan... Sarra xolasining ko‘zlari katta-
katta! Xuddi mumday qop-qora. Moyshe qarasa, o‘zini ham ko‘-
radi... Moyshening ham o‘z burchagi bor, uning burchagi stol ta-
gida. Uning butun boyligi: xarragi, charm rezgilari, otasi hadya
qilgan bolg‘achasi, mix cho‘plari shu yerda. Moyshe ham etik ti-
kadi, lekin u tikkan etiklar qo‘g‘irchoqning oyoqlarigagina
to‘g‘ri keladi.
76
Moyshe stolning tagida yayraydi. U bu yerda hech kimga
xalaqit bermaydi, onasi ham: “Oyoq ostida ivirsima”, — deb ba-
qirmaydi. Otasi bilan bobosi uyning ikkinchi burchagida o‘tirib
ishlashadi, bular o‘tirgan burchakning shiftida tuynuk bor. U yer-
dan oftob juda kam tushadi, tushganda ham lip etibgina o‘tib ke-
tadi. Moyshe oftob bilan o‘ynashguncha bo‘lmay, u darrov ketib
qoladi.
Pechka bor burchak — onasi bilan buvisiniki. Uchinchi
burchakda karavot turadi. Buvisi pechka ustida, Sarra xolasi san-
diq ustida yotadi. Bobosi charm solingan quti ustida, onasi bilan
otasi karavotda yotishadi. Moyshe bo‘lsa navbatma-navbat ham-
masi bilan yotadi. Uyning burchagi — to‘rtta, Moyshening ham
yoshi to‘rtda. Otasi kecha bobosiga aytgan edi. Otasi aytgan so‘z-
larini esda olib qololmadi. Eshik g‘ijirladi. Ha-a-a! Sarra xolasi
kelyapti-ku! Moyshe suyunganidan irg‘ishlay ketdi.
Moyshe yugurib borib Sarra xolasining tizzasini quchoq-
ladi. Moyshega shirinliklar olib kelganmi-yo‘qmi — mana hozir
biladi... Moyshe kechqurunlari qayerda o‘tirish yaxshiligini bila-
di — Sarra xolasining tizzasida! Xolasining sochlari uzun, o‘rim-
lari yo‘g‘on. Soch o‘rimlarining uchi mayingina, burniga tegizib
qitiqlashga juda qulay-da.
Bolg‘alar tez-tez taqirlay boshladi... Oqshom hademay
qora do‘ppisi bilan derazani yopib qo‘yadi. Faqat temir o‘choq
ostidagi xira yorug‘likkina uyni yoritib turadi.
Onasi non kesadi. Otasi bilan bobosi qo‘llarini yuvadilar.
— Nega indamay o‘tiribsan, Sarrajon? — deb so‘radi
otasi.
— Shpilman meni ishdan haydab yubordi.
— Nima uchun? — deb hammasi baqirib yuborishdi, fa-
qat Moyshegina jim qoldi.
— Uni qonxo‘r deganim uchun.
Moyshe “qonxo‘r” degan so‘zning nimaligini bilmasa
77
ham, lekin qo‘rqinchli narsa bo‘lsa kerak, deb o‘yladi.
— Ha, nima deb o‘ylab eding, shu so‘zing uchun oyliging-
ni oshirib qo‘yarmidi bo‘lmasa? — deb onasi zarda qildi. U Sarra
xolani yomon ko‘radi.
— Senga qolsa, indamasligim kerak ekan-da, a Fira? Oy-
dan oyga ish haqimizni kamaytirib bordi, kuniga o‘n to‘rt soatdan
ishlatdi. O‘zi boyidi, bizdan esa hadeb yulib qoldi. Joningni
olgur, gazanda!
— Endi nima qilamiz-a? Sening oyligingni uy ijarasi
uchun kelasi oyda Abramaxerga to‘lamoqchi bo‘lib turgan edik,
— dedi bobosi vahm bosib.
— Bu bilan Sarraning necha pullik ishi bor? U o‘z bil-
ganicha yashaydi, uning o‘z g‘ururi bor... Bu kishi oliynasab pani
bo‘lishga sal qolganlar! Xo‘jayinga qattiq gapirishdan toymaydi,
ertaga yeyishga ovqati yo‘qligini bilmaydi. Yoki: “Akam bilan
otam boqib oladi”, — deb umid qilasanmi? — Moyshening onasi
shunaqa deb baqira ketdi.
Moyshe onasiga qo‘rqib qarab turdi. Opasi oriq, qirg‘iy-
burun. Onasi kasal, hamisha zahar sochib yuradi.
— Janjal qilma, Fira. Agar uyda biron baxtsizlik yuz ber-
gan bo‘lsa, ming janjal qilganing bilan kamaymaydi.
Bu so‘zlarni bobosi aytdi. U Sarra xolasi bilan Moysheni
yaxshi ko‘radi. Bobosi qarib qolgan. Soqollari uzun, oppoq.
Qoshlari xo‘mraygan, ko‘zlari esa mehribon. U hamma vaqt
egilib o‘tiradi, shuning uchun yelkasi bukchayib qolgan.
Birov eshikni taqillatdi. Ana eshik ochildi. Moyshe kerilib
kirib ketayotgan Abramaxer amakini ko‘rdi. Boshqalar ham unga
qarab jim turdi.
Oxiri bobosi gapirdi:
— Oqshomlari xayrli bo‘lsin, Abramaxer janoblari! Mar-
hamat, o‘tirsinlar. Fira, shamni yoq.
Moyshe bobosidan: “Iyi, bugun shanbami?” — deb so‘ra-
78
gisi keldi-yu, lekin g‘o‘daygan amakidan qo‘rqdi.
— Men bilgani keldim, Mixelson, ijara haqini to‘lashni
o‘ylaysizlarmi yo boshqacha chora ko‘raymi? — deb so‘radi
g‘o‘daygan amaki.
— Endi picha shoshmay tursinlar, Abramaxer janoblari.
Albatta, to‘laymiz! Faqat hozir pulimiz yo‘q, xolos. Aqalli, bir
markamiz ham yo‘q! O‘zingizga ma’lum, hozirgi kunda kam-
bag‘al odamning tirikchiligi qiyin bo‘lib qoldi. Topganing ov-
qatdan ortmaydi. Biz: “Sarra oylik olar”, — deb o‘ylagan edik,
lekin Shpilman janoblari uni haydab yuboribdi... — deb bobosi
sekingina javob qildi.
G‘o‘daygan amaki Sarra xolaga qarab qo‘ydi. U devor
ustida biqinib, chumchuqlarni poylab o‘tirgan semiz mushukka
o‘xshaydi. Ayyor mushuk! O‘zi uxlaganga o‘xshasa ham ko‘zi
hamma narsani ko‘rib turadi. Bironta chumchuq devorga qo‘ni-
shi bilan tappa bosadi!.. Bu amakining mo‘ylovlari ham o‘sha
mushuknikiga o‘xshar ekan.
— Bu bilan mening ishim yo‘q. Men sendan: “Ijara haqini
qachon to‘laysan?” — deb so‘rayapman.
U shapkasini kiydi. Oh, tezroq chiqib ketsaydi!
— Agar ertaga o‘tgan to‘rt oyning hammasi uchun olt-
mish marka to‘lamasangiz, indinga o‘zingizni ko‘chada ko‘rasiz.
— Qanday qilib ko‘chada ko‘ramiz? Axir, qish kirib qoldi-
ku! Xudodan qo‘rqsinlar! Siz ham yahudiysiz-ku, axir! — deb
buvisi yig‘ladi.
— Men, avvalo, uyning xo‘jayiniman. Xudo uchun va
gadoy yahudiylar uchun har oy sizlarning menga bo‘lgan qar-
zingizdan ko‘ra ko‘proq xayr qilib turaman. Agar: “Yahudiy ya-
hudiyga ijara haqi to‘lamasligi kerak”, — deb o‘ylasangiz, juda
katta xato qilgan bo‘lasiz, — dedi amaki...
— Shu ham uy bo‘libdimi? Go‘r-ku! — deb otasi shu qa-
dar baqirib yubordiki, Moyshening kapalagi uchib ketdi.
79
— Ha-ha. Hali go‘r deng? Bo‘lmasa o‘n besh markaga
qasrda turgingiz bormidi?.. Bo‘ldi, gap bitdi. Ertaga pul tayyor
bo‘lsin! Innaykeyin, o‘zlaringizga boshqa joy izlanglar. Men
sharm-hayosi yo‘q odamlarni uyimda saqlash uchun o‘lib tur-
ganim yo‘q, — dedi-da, eshikka qarab o‘girildi amaki,
Moyshening opasi uning orqasidan yugurdi.
— Shoshmang, Abramaxer janoblari! Erimning so‘ziga
achchig‘ingiz kelmasin. Biz o‘qimagan, bilimsiz odamlarmiz,
ehtimol, tuzukroq qilib gapirishni bilmasmiz. Kechiring bizni,
Abramaxer janoblari! Albatta, to‘laymiz!.. Qarzimizning bir
qismi uchun bironta ishingiz bo‘lsa, qilib bersak, qanday bo‘lar-
kin? Masalan, kirchi yollab turasiz-ku? Men jon-dilim bilan kir-
laringizni yuvib berardim... Yo bo‘lmasa Abramaxer xonim
uchunmi, qizlari uchunmi, ishqilib, tikiladigan biron ishlari chi-
qib qolar? Sarra qilib berardi, — deb kerik amakiga yolvordi
onasi.
Amaki Sarraga yana bir qur qarab olgach:
— Xo‘p bo‘lmasa, yana bir necha kun kutaman, — dedi-
yu, keyin Sarra xolani barmog‘i bilan ko‘rsatdi. — Xayr, ertaga
idoramga kelsin, ajab emas, unga loyiq ish topilib qolsa... Lekin
pulni har nima qilib bo‘lsa ham topib qo‘yinglar... — deb
g‘o‘daygan amaki chiqib ketdi.
Moyshe uning orqasidan tilini chiqarib bir ermak qilgisi
keldi-yu, lekin ertalab mushukning dumiga mix qutisini bog‘lab
qo‘yganda onasi tutib olib qulog‘idan cho‘zgani esiga tushdi-da:
“Onam ko‘rib qolib tag‘in qulog‘imdan cho‘zib yurmasin”, —
deb tilini chiqarmadi.
* * *
Sigizmund Rayevskiy kichkinagina hujrasiga faqat yarim
kechadagina qaytib kelardi. Yadviga uni vahima bilan kuzatib
80
yurdi. Kechasi erini quchoqlab, pichirlardi:
— Seni juda kam ko‘ryapman... Tag‘in o‘sha vaqtdagiday
qilyapsan, Zigmund! Yuragimda tinchlik yo‘q — sening
g‘amingni yeb qo‘rqaman! Asli peshonam sho‘r ekan-da... Kel-
gan vaqtingda baxtimga ishonmagan edim. Axir, tushunsang-chi,
Zigmund, necha-necha yillar sensiz o‘tdi! Yolg‘iz qoldim...
Sigizmund yo‘g‘on qo‘lini jimgina uning yelkasiga tashla-
di. Bu narsa Yadviga uchun har qanday shirin so‘zdan ham qadrli
edi. Burunlari ham eri shunday so‘zlarni aytishni bilmas edi. Le-
kin uning naqadar otashin, naqadar shirin seva olishligini Yadvi-
ga bilardi, Varshavada bo‘lgan yashirin majlisda birinchi marta
uchrashganlari Yadviganing xotirasida gavdalandi. Sigizmund-
ning o‘sha vaqtdayoq, o‘rtoq Xmuriy degan partiya laqabi bor
edi. Yadviga bu majlisdan Polsha sotsial-demokratik ishchilar
Dostları ilə paylaş: |