Jahon adabiyotining so‘nmas yulduzlari nikolay Alekseyevich ostrovskiy bo‘ron bolalari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/40
tarix12.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#154791
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40
Nikolay Alekseyevich Ostrovskiy. Bo\'ron bolalari

167 
SAKKIZINCHI BOB
Jinchiroqning qizil tili mol yog‘i quyilgan sopol kosaning 
chetlarini yalamoqda. 
Yo‘lak devoriga tushib turgan allaqanday kattakon bir 
qush soyasi qanotlarini bir tekis qoqmoqda. 
Sarra tizzasini quchoqlab, alanganing kichkina tilchasiga 
sehrlangan ko‘zlari bilan qarab o‘tirar, Meyer mumlangan ip bi-
lan etik qo‘njini tikar edi. 
Eshikning narigi tomoni — uy ichi jimjit. U yerda uxlab 
yotishibdi. Meyer uxlayotganlarga xalaqit bermaslik uchun 
jo‘rttaga sharpa chiqarmaydigan ishni qilayotir. Qari otasi og‘rib 
yotibdi. Boshiga tushgan bu mashaqqatlar — o‘tirgan uyidan 
ko‘chirilgani, boshqa yerdan makon tutgani — uni nihoyat sob 
qildi. Eski buyurtmachilari bu yerga kelmaydi — uzoq, yangi-
larini esa tez topib bo‘lmaydi. Halol etikdo‘z degan shuhratga 
ega bo‘lish uchun ko‘p yillar kerak. Yangi joyga ko‘chib kel-
ganingdan keyin hamma narsani yangidan boshlashing kerak. 
Qiyin, juda qiyin, ayniqsa yoshing oltmish to‘rtga yet-
ganda... 
Shuncha yil yashab otasi nima xursandchilik ko‘rdi? Sarra 
uning hikoyalarini xotirladi. Qizga otasining hayoti bir-biriga 
o‘xshagan mayda kulrang yog‘och mixlarning tuganmas shoda-
siday ko‘rinardi. Bolg‘alarning bir ohangda urilishi, charm hidi, 
bukilgan qomat va mehnat, ertadan to qora kechgacha qilina-
digan azobli mehnat. Tag‘in bular o‘n bir yoshidan... 
Devordagi qush qanotlarini qoqardi. 
Sarra ko‘zlarini qisdi. Nahotki uni ham, Meyerni ham, 
Moysheni — kichkina malla Moysheni ham o‘sha taqdir kutib 
turgan bo‘lsa? Bir vaqtlar, u kichkinagina esipast qizcha ekanida 
buvisi: “Taqdir, aylanay, noma’lum mehmon, har bir qiz uning 
kelishini toqatsiz umid bilan kutadi. Taqdir Xudodan. Undan 


168 
bo‘yin tovlab bo‘lmaydi. Undan qochib ham ketolmaysan. 
Innaykeyin, taqdirdan xafa bo‘lish ham yaramaydi. Uni odam 
bolasi qanchalik itoat bilan qarshi olsa, u ham odamga shunchalik 
rahmdil bo‘ladi...” — degan edi. 
Buvisining o‘lganiga ko‘p yillar bo‘ldi. Uning aytganlari 
unutildi. Sarraning yosh miyasiga ekkan Tavrot urug‘lari ham 
unmadi. Jozibadorlik e’tiborini yo‘qotgan taqdir, agar mana shu 
sovuq kuz oqshomida kelguday bo‘lsa, Sarra bu yovuz balolar 
darakchisini kirgizmay, eshikni taqqa berkitgan bo‘lur edi. U 
buningsiz ham biladiki, tunukasoz Falshtok bularnikiga faqat 
Sarraning hayotini zaharlash uchungina kelib yuradi. U o‘ziga 
ishonadi — uning ishxonasi bor, qo‘ri bor. Onasining o‘lguday 
badjahl xotin ekanligini biladi (onasi hozir ham o‘g‘lini uradi), 
ammo xotinining alvasti qoshida qanday umr qilishi bilan uning 
nima ishi bor? Uning qo‘lida uchta ishchi va bir uy bor... U uy-
lanishi kerak. Qayliq bo‘lishga Sarraning nimasi kam? U 
Falshtokka farzandlar tug‘ib beradi, shirin-shirin ovqatlar pi-
shirib beradi... Nachora, besh yildan keyin qarib qolsa, ne ajab? 
Yahudiy qizning taqdiri o‘zi shunday. Ota sho‘rlikning qizidan 
bo‘lak hech nimasi bo‘lmagandan keyin... 
Birov eshikni sekingina qoqdi... Meyer qayrilib qaradi. 
Endi devorga uning qush burunli, chigal sochli boshining 
yonaki soyasi tushdi. 
Sarra o‘rnidan turayotib, sekingina: 
— Raymond bu... meni olib ketishga keldi, — dedi. Ray-
mond o‘zi bilan rutubatli kuz kechasining hidini olib kirdi. 
Sarra: 
— Hozir kiyinib chiqaman, — deb sekingina uy eshigini 
ochdi. 
Raymond Meyerning qo‘lini qisib, etikdo‘zning ro‘para-
sida bo‘sh turgan kursiga o‘tirdi. 
Sarra kamzulini kiya-kiya uydan chiqdi. Meyer ip mum-


169 
lardi. Sarra uning norozi ekanligini ko‘rdi. 
— Yomg‘irda qayoqqa borasizlar?.. Vaqt ham kech bo‘ldi. 
Xo‘b vaqtni topibsizlar-da! — dedi Meyer yahudiy tilida. 
Shunday bo‘lsa ham uning nima to‘g‘rida gapirayot-
ganligiga Raymond tushunib, qizarib ketdi. Sarra bir zumgina 
ikkilanib turdi, so‘ngra sekin so‘radi: 
— Unga aytsam maylimi? 
— Bilmadim, — dedi Raymond xavotirlanib. 
— “Aytsam, bo‘lar”, — deb o‘ylayman, — dedi Sarra. — 
Menga qara, Meyer, ipingni bir zumgina qo‘yib tur! 
— Qo‘limda qistalang buyurtma bor, bo‘sh vaqtim yo‘q... 
— Meyer, bugun shaharda qo‘zg‘olon boshlanadi... — 
Sarra Meyerning ko‘zlarini ko‘rib jimidi: uning Sarraniki singari 
katta va qora ko‘zlari qiz chehrasida tinib qolgan edi. 
— Qo‘zg‘olon? Sen qayerdan bilasan? Innaykeyin... — U 
so‘zini tugatmadi. 
Sarra uning yelkasini ushladi: 
— Meyer, balki, biz bilan borarsan? 
— Qayoqqa? 
— Borsang, aytamiz. 
Meyer lablarini dardmanlik bilan burib, ko‘zlarini pirpirat-
di va mum surkalgan ipni zarda bilan siltab: 
— Hech qayoqqa bormayman men! — dedi. 
Devordagi qush soyasi endi bir qanotini qoqdi. 
— Sen ham bormaysan... Kirib yot... Unga aytib qo‘y: endi 
kelmasin bu yerga... Bo‘ldi endi, kelmasin! Seni osib qo‘yish-
larini xohlamayman, — deb pichirladi qo‘rqqan va achchig‘i 
chiqqan holda. 
Raymond bu so‘zlarga quloq solar va ma’nosini uqib 
olishga tirishar edi. Meyerning sezilar-sezilmas ishorat qilgani-
dan so‘z o‘zi ustida ketayotganligini angladi. 
Sarra: — Mayli, bormasang bormay qo‘ya qol, lekin men 


170 
boraman. Men seni bundaqa... — dedi-yu, u yog‘ini aytolmadi. 
U: “Qo‘rqoq emasdirsan deb o‘ylovdim”, — demoqchi edi. 
Qo‘nj qoqilgan taxta Meyerning tizzasidan tushib ketdi. 
Hamma vahima bilan eshikka qaradi. 
Meyer hamon avj olib boruvchi hayajon bilan: 
— Oilani o‘ylasang-chi... otangning g‘amini qilsang-chi! 
Hammamizning kallamizni tanimizdan judo qilishsin deysanmi? 
Vijdon qani? U yoqda senga nima bor? — deb shivirladi. 
— Vijdonimni so‘raysanmi? Men yashashni istayman, 
Meyer! Yashashni istayman! Axir, shu vijdonsizlikmi? 
— Ha, kam bo‘lma! Yashashni istaysan-u, o‘zing o‘limga 
borasan... 
— Ortiq bunday yashashga tobim yo‘q! Hamisha ochlik-
da, bechorachilikda yashash... Puli va amali borlar qoq yu-
ragingga tepaverishsin deb yashash kerakmi?.. Menga qara, bu 
gazandalarning har biri yanchib tashlay oladigan mana shunday 
chuvalchang bo‘lib yashashning nima qizig‘i bor? Bundan ko‘ra 
ko‘chada o‘ldirib qo‘ya qolganlari yaxshi meni! — dedi Sarra 
yana ehtiros bilan shivirlab. 
— Bu gaplarni senga kim o‘rgatdi? 
— Turmush o‘rgatdi, mana shu la’nati turmush... 
— Sendan ko‘ra aqlliroq odamlarning qo‘lidan hech nima 
kelmadi-yu, sen dunyoni ostin-ustun qilib yuboraman deysanmi? 
Sarra o‘rnidan turdi. 
— Qo‘llaridan kelmadimi? Ha, sen uchun boshqa birovlar 
qilib bersinmi? O‘zing-chi, Shpilmanlar bilan Barankevichlar 
oldida piltanglab yurishing kerakmi? Hech kim yo‘g‘ida taqdirga 
la’nat o‘qiysan, musht ko‘tarib do‘q urasan... Biz esa ularni tu-
gatmoqchimiz! Ular, axir, sening ham dushmaning! Nima uchun 
ularga qo‘l ko‘tarishdan qo‘rqasan? O‘zingning vijdoning qani? 
Meyer unga achchiqlanib qaradi. 
— Mening vijdonim — oilam. — u barmoqlari orasida bir 


171 
yumaloq mumni tajanglik bilan ezar edi. — Biz bo‘lmasak ular 
ochdan o‘lishadi. Tushunyapsanmi? O‘lishadi! Ularga hech kim 
yordam bermaydi... Borging kelsa, boraver! — deb g‘azab bilan 
qo‘lini eshik tomon siltadi u. — bor, boraver! Men yahudiyman, 
kambag‘al etikdo‘zman... Biror vatanim yo‘qki, yo‘lida o‘zimni 
qurbon etsam... Rus podshosi borligida meni itday quvardilar. 
Nemislar keldi — ular ham o‘shanday qildi. Endi polyaklar keldi 
— ko‘chaga chiqishga yuragim betlamaydi. Xo‘sh, ularning 
o‘rniga getman gaydamaklari kelsa, kunimiz tug‘adi, deb o‘ylay-
sanmi? Men bilmayman, u o‘zi qanday qo‘zg‘olon, kim kimni 
quvmoqchi... Men faqat bir narsani bilaman: yahudiy uyda 
o‘tirishi kerak... 
— Bugun kechasi ishchilar qo‘zg‘olon ko‘tarishadi. 
— Ishchilar? — Meyer sarosima bo‘lib takrorladi. 
Vokzalda parovoz cho‘zib bo‘kirdi. Qittay to‘xtab olgan-
dan keyin tag‘in uch marta qisqa-qisqa baqirdi. Bu ovoz olisdan 
bo‘g‘iq, xira eshitilardi, Raymond dast o‘rnidan turdi. 
Sarra hayajon bilan: 
— Xayr, Meyer! — dedi. 
— Nima, ketyapsanmi? — Meyerning tovushi titrab ketdi. 
— Ha. 
Meyer unga ma’yus bo‘lib qaradi. Sarra yana bir necha 
lahza kutdi. 
Meyer eshitilar-eshitilmas ovozda ming‘illadi: 
— Sizlarni qirib tashlashadi. Ularga qarshi nima bilan 
borasizlar? 
So‘ngra shishgan qovoqlarini hayajon bilan pirpiratib, yer-
ga egildi va bandiga charm tikilgan etikdo‘zlik pichog‘ini oldi. 
— Hech bo‘lmasa, mana buni olib ket... 
Ular eshikni yopib chiqib ketishdi. Meyer uzoq vaqt qimir-
lamay o‘tirdi. Vahimali, xunuk xayollar uni o‘z holiga qo‘ymas 
edi. 


172 
* * * 
Xona ichiga elliktacha odam sig‘di, hammasi siqilishib 
tikka turardi. Qolganlar hovlida, zinapoyada va mashina bo‘li-
miga kiriladigan eshiklar oldida turishardi. Hammalari nayza 
o‘rnatilgan miltiqlar bilan qurollangan edilar. 
Chorraha tomondagi derazaga Olesya adyol tutib qo‘ydi. 
Grigoriy Mixaylovichning quruq kiyimini kiyib olgan 
Andriy — buni Kovallo o‘zi buyurgan edi — boshqalar bilan 
oshxonada o‘tirardi. Olesya Vasilyokka ham otasining chol-
vorini, o‘zining eski to‘r ko‘ylagini berdi. Bola hozir Olesyaning 
uzun paypog‘ini jon kuydirib oyog‘iga kiyar, yonida esa Olesya-
ning botinkasi yotardi. Olesya aka-ukaning ho‘l, iflos kiyimlarini 
qaznoqqa chiqarib tashladi. 
— Voy-bo‘, muncha uzun ekan! — deb pishillardi 
Vasilyok. 
U shoshilar edi. Oq mo‘ylovli, baland bo‘yli amakining 
nima gapirayotganligini eshitgisi kelardi. 
— “Ko‘p gapirib o‘tirishning hojati yo‘qdir”, — deb o‘y-
layman, do‘stlarim, — dedi Rayevskiy. — Har biringiz bu yerga 
o‘z ixtiyoringiz bilan kelgansiz, har biringiz nima uchun kel-
ganligingizni ham bilasiz. Qani, o‘rtoqlar, hozir qattiq pisanda 
qilib olishaylik: kimning yuragi jangga tob bermaydigan bo‘lsa, 
ketaversin. Xo‘sh, kimki qolib, bizning asrlardan beri davom etib 
kelayotgan dushmanlarimizni, bu talonchilarni bitirishga qaror 
bergan bo‘lsa, jangdan qochib ketmaslik uchun ishchilik so‘zini 
bersin. — Rayevskiy picha to‘xtadi. — Kimki qochsa... — dedi 
va nima qilish kerakligini so‘rayotgandek o‘rtoqlarining yuziga 
tikildi. 
— Otamiz! — dedi Stepoviy uning so‘zini tugatib. 
Rayevskiy uni ko‘zlari bilan qidirib topdi. 
— To‘g‘ri, qochgan kishi — faqat qo‘rqoqqina emas, xoin 


173 
ham. 
Rayevskiy derazaning oldida miltiqqa tayanib turar edi. U 
ovozini ko‘tarmasdan, hamma vaqtdagiday bosiq, aniq gapirar, 
fikrini bayon qilish uchun eng sodda, eng ravshan ifoda izlab, har 
gapini o‘ylab aytardi. 
Keng yelkali, kuchli va hamma narsaga ko‘zi yetadigan bu 
odamning o‘zini vazmin tutishi hammada o‘z kuchlariga ishonch 
tug‘dirib bordi. Bu odamning jozibasi uning o‘ziga maxsus bir 
alpoz kasb etmagan soddaligidan, o‘z ishining haq ekanligiga 
qattiq ishonganidan bunyodga kelardi. Uning bu fazilati butun 
umrini inqilobiy kurashga bag‘ishlagan odamlar uchun juda ham 
qadrli edi. 
Kovallo soatga qaradi: 
— Zigmund, vaqt bo‘ldi. 
Rayevskiy shapkasini kiydi. 
— Shunday bo‘lsin, do‘stlar, — dedi u baland ovoz bilan. 
— Keyin qochib ketgandan ko‘ra, hozir ikki bor o‘ylab olish va 
mavridida qaytib keta qolish kerak... 
Hech kim qimirlab ham qo‘ymadi. 
U o‘z safdoshlarini boshdan oyoq g‘amxo‘rlik bilan ko‘z-
dan kechirib chiqdi. Aksariyatining frontda bo‘lmaganligi ko‘ri-
nib turar edi. Miltiqlarning o‘qxonasini o‘zlariga qaratib tutib, 
qayishlarini esa qo‘l o‘tkazib bo‘lmaydigan darajada tarang qilib 
tortib olganlar. Lekin qiyofalaridan ko‘rinib turibdi, jonlari bori-
cha olishadilar!.. Masalan, kepkasini qulog‘igacha bostirib olgan 
anavi puchuq yigitchani oling — miltiqni xuddi qizday quchoq-
lab olibdi. Ko‘zlari jiddiy, lekin lablarining bolalarnikiga o‘x-
shash soddagina osilib turishi uning o‘n sakkiz yoshda ekanli-
gidan dalolat berardi. 
Orqada turgan charm shapkali oriq ishchi hamma tilidan 
javob berdi: 
— Yana o‘ylanib o‘tirishning hech keragi yo‘q. Ishtiyoqi 


174 
pastlar uyida qolgan. Bu yerga kelganlar tag‘in qaytib ketish 
uchun kelgani yo‘q. 
Rayevskiy miltig‘ini yelkasiga osdi. 
— Do‘stlar, qarorimizni hovlida va boshqa yerda turgan-
larning hammasiga yetkazinglar. Komandirlikka inqilobiy qo‘-
mita meni tayinladi. Sizlar esa ikkita yordamchi saylab bera-
sizlar, — dedi Rayevskiy. 
— Chobot! 
— Stepoviy! 
— Boshqa yo‘qmi? 
— Yo‘q! 
— Bo‘lmasa chiqamiz. Kimning o‘qi bo‘lsa, oldinda yur-
sin. Avval omborni bosamiz, u yerdan posyolkaga o‘tib, so‘ngra 
qamoqxonaga boramiz. Hamma o‘z o‘nboshisini biladimi? 
— Bo‘lmasa-chi! 
— Bilamiz!.. 
Bir yuz oltmish uch kishi kecha zulmatiga sho‘ng‘idi. 
Oyoq sharpalari yomg‘ir shovqini va shamolning chiyillashiga 
aralashib ketdi. 
Kovallo uyidan eng keyin chiqdi. U aqalli qizini quchoq-
lab xayrlashmadi ham — negadir Yadviga bilan Ptaxa huzurida 
o‘ng‘aysizlik tortdi. 
“Qari shaytonning yuragi bevaqt erib ketdi, mana hozir 
ko‘z yoshi ham qiladi”, — deb yurishmasin. U tanish uyni ko‘z-
lari bilan bir kezib chiqdi-da, yerga qarab turib, yasama parvo-
sizlik bilan dedi: 
— Qizim, sen tag‘in... qo‘rqib yurma! Tushlik mahalida 
yetib kelamiz. Kelishimizga kartoshka qovurib, bodring olib 
chiqib qo‘y... Xayr, yaxshi qol... 
Ostonada tag‘in bir qayrilib qaradi. Olesyaning ko‘zlari jiq 
to‘la yosh edi. 
— Ana xolos! “Tushlikka yetib kelamiz”, — dedim-ku... 


175 
— dedi va shoshilib ilova qildi: — Andriy, sen bu yerga ko‘z-
quloq bo‘lib tur. Eshiklarni berkitib ol, uyga hech kimni qo‘yma. 
Senga bironta miltiq qoldirsam bo‘lardi-yu, lekin yaxshi emas. 
Bolta bor, dahlizda turibdi... — Pillapoyada Andriyga sekingina 
dedi: — Basharti ish o‘ngidan kelmay qolsa, eski-tuskini bir ro‘-
molga tugib, Olesya bilan Yadviga Bogdanovnani ol-da, to‘g‘ri 
Sosnovkaga qarab qoch! 
— Uy-chi? 
— Uy go‘rga! Basharti yengilib qolsak, baribir, bu yerda 
turolmaymiz. Qizimga ehtiyot bo‘l... 
— Grigoriy Mixaylovich, axir men... 
— Bilaman... Ishqilib, yaxshi qara. Basharti meni... 
Kovallo jimidi. Ular darvozaga kelib qolishgan edi. 
Andriy cholni ko‘rmasdi. 
— Ishqilib, sen unga aka o‘rnida bo‘l... 
Yomg‘ir shovqini ichidan Andriy zo‘rg‘a eshitdi: 
— Mening qizimdan boshqa hech kimim yo‘q... 
— Mening ham, undan boshqa... 
— Xayr, keyin ko‘rarmiz, hozircha ehtiyot qil... 
Andriy uyga qaytib kirdi. Eshikni ilgaklab qo‘yay degan 
edi, bo‘lmadi. Barmoqlarining qattiq og‘riyotganini endigina 
sezdi. 
— Olesya, sen berkitib qo‘y, mening qo‘llarim shishib 
ketibdi, qurib ketsin! 
Katta uyning chirog‘ini o‘chirib qo‘yishdi. Yadviga dera-
zaning oldiga o‘tirdi. Agar temir yo‘ldan zavod tomonga ochiq 
vagonli parovoz o‘tsa, demak o‘qlarni olishgan... 
Sigizmund ayollarga qolishni buyurgan edi. Agar Yadviga 
eri bilan birga ketgan bo‘lsa, ko‘ngli ancha tinch bo‘lar edi. 
Oldinda og‘ir kecha, azoblovchi, hayajonli intizorlik... 
— Qo‘llaringni ko‘rsat-chi? Voy Xudo-ey, nega inda-
maysan-a? — dedi Olesya qo‘rqib. 


176 
U shoshilib borib, Metelskiy qo‘yib ketgan paketni olib 
keldi-da, terisi osilib yotgan kuyuk barmoqlarni juda ehtiyot bi-
lan bog‘lay boshladi, bog‘lab turib, achinganidan yuzi tirishib 
ketar edi. 
Vasilyok mudrab qoldi. 
— Bor oshxonaga, xarrakka chiqib yot, — dedi Andriy 
mehribonlik bilan. 
Vasilyok sapchib o‘rnidan turdi. 
— Yo uyga ketsammikan-a? “Kuni bilan qayerlarda san-
qib yurding?” — deb oyim uradi-da, — dedi bola, mashqi tushib. 
— Hech narsa bo‘lmaydi. Kirib yotaver, ertaga birga bora-
miz. Aytdim-ku, hech kim hatto barmog‘ini ham tegizmaydi! 
Sening so‘zingga qaraganda oyim seni urishdan boshqa hech ish 
qilmas ekan-da. 
— Senga hech balo bo‘lmaydi, kaltakka hamma vaqt men 
qolaman... 
— Ha, bo‘lmasa qilgan shumliklaring uchun boshingni 
silab qo‘yishlari kerakmi? 
Vasilyok xafa bo‘lib, burnini yengi bilan artdi-da, inda-
masdan oshxonaga kirib ketdi. Xarrakka chiqib yotar-yotmas 
uxlab qoldi. 
Andriy Olesyaning barmoqlariga lablarini tishlab qarab 
turar, qiz Andriyning qo‘lida osilib yotgan hayotsiz teri parcha-
larini muloyimlik bilan ko‘chirib, uning barmoqlarini oppoq do-
ka bilan bog‘lardi. O‘ng‘ayroq bo‘lishi uchun Olesya polga 
o‘tirib oldi. Andriy unga yuqoridan qarab turar va joni og‘riganda 
qilgan har bir harakati qizning ajoyib kipriklari va nafis lablarida, 
o‘zining yetish qiyinligi bilan jozibali, tarovatli qizlik lablarida 
titroq uyg‘otganini tomosha etardi. Andriy bu lablardan hech 
vaqt o‘pmagan edi. U bunga jur’at etolmas, eng kichkina sar-
mastlikni ham qiz afv etmaydi deb botinmas edi. U qizning do‘st-
ligini saqlab, yurakdagi dardi bilan olishar, ko‘z tutardi. 


177 
Olesya bog‘lab bitirdi. Lentaning uchini kesib tashlash 
uchun yerdan qaychini olishga engashib turib: 
— Sabrli ekansan... — dedi. 
Shu asnoda qiz ko‘ylagining oldi kesik yoqasidan baland 
siynasi ko‘rinib ketdi. Andriyning yuragi o‘ynadi, bezovta bo‘l-
di. O‘zining hech bir gunohi bo‘lmagan bu gustoxlik Andriyni 
xijolat etdi. Uning qalbi chuqur qayg‘uga botdi. 
— Nima bo‘ldi? Og‘ritdimmi? 
— Ha. Lekin endi bunday qilmayman... 
— Qara, qanday qo‘polman-a, tegib ketibman-u, sezmab-
man ham. 
Andriy indamadi. 
— Sen yotib damingni ol, men Yadviga Bogdanovnaning 
oldiga kiraman. Mayli, chiroqni o‘chiryapman... 
Andriy boshini qo‘llariga solintirgan va xayollarga g‘arq 
bo‘lgan holda yana ancha vaqt stol yonida o‘tirdi. Keyin Olesya 
polga solib qo‘ygan to‘shakka horg‘in-tolg‘in bir ahvolda yotib, 
uxlashga tirishdi. 
“Muncha ham unga osilaverdim-a? Dunyoda undan yax-
shiroq qizlar yo‘qday”. 
Andriy Olesyaning boshqalardan ortiq emasligiga o‘zini 
ishontirgisi kelardi. “Undan chiroylilar ham bor. Masalan, Pasha 
Sollogubni yo bo‘lmasa Marina Konoplyanskayani olaylik. Bu 
qizlar xuddi o‘t-a, o‘t! Iltifotlari yaxshi, ular bilan gasht qilsa ham 
bo‘ladi... To‘g‘ri-da, chiroyli qizlar qurib ketibdimi? Kelib-kelib 
shunga osiladi. Bu hadeb kuladi, achchig‘ini keltiradi, buyuradi... 
Qo‘lingni ham tegizolmaysan! Andriy tag‘in bu jafolarning ham-
masiga chidaydi, holbuki uning o‘ziga hazilakam qizlar xushtor 
emas”. 
Bu fikrlar Andriyni tag‘in qattiq xafa qildi. 
“Yulduzim o‘zi shunday, shekilli-da. Qachon qarasang, 
ishim chapidan kelib turgani-turgan!” 


178 
U mudrab ketdi, shu vaqt uni bezovta qilayotgan fikr lip 
etib ko‘z oldidan o‘tdi. Bu qizning ajoyib, qalin kipriklari, kulib 
turgan jangari ko‘zlari edi... 
* * * 
Ayollar deraza oldida tashvishlanib, o‘rtanib, churq etmay 
turishar edi. 
Yadviga Olesyaga uxlab olishni maslahat berdi: 
— Biron narsa eshitsam, uyg‘otaman. 
Oshxonada Vasilyok shirin uxlab yotardi. 
Olesya oyoqlarining uchida o‘z uyiga kirdi. Uyda hukm 
surgan sukunat uni azoblar edi. U nima qilishini, o‘zini qayerga 
qo‘yishni bilmasdi. 
Otasi Rayevskiy bilan uchrashgandan beri bu uyga xatar 
mahkam o‘rnashib oldi. Olesya otasini qattiq va ayni zamonda 
nozik bir muhabbat bilan sevar edi. Otasi to‘g‘risidagi o‘ylar uni 
tark etmasdi. 
Qiz Andriyni uyg‘otib qo‘ymaslik uchun sekin borib 
karavotga yotdi. 
Lekin Ptaxa uyg‘oq edi. Qo‘li lo‘qillab og‘rirdi. 
Olesya uning qimirlaganini sezib: 
— Uyg‘oqmisan? — deb shipshidi. 
— Ha. 
— Qo‘llaring og‘riyaptimi? 
— Qo‘lim qayda deysan. Ko‘nglim tinchlik bermayapti. 
Andriy polga o‘tirdi va g‘amgin holda boshini tizzasiga 
solintirdi. 
Olesya sal u tomonga egildi: 
— Nima to‘g‘risida qayg‘uryapsan? 
— Hayotda hech baxt yo‘qligi to‘g‘risida. Faqat birgina 
ozor... Azbaroyi shifo, bu odamlar dunyoda nima uchun yasha-


179 
shar ekan? Qayoqqa qarama, faqat insofsizlik... 
Olesya ham o‘tirdi. Andriy Olesyaning yonida ekanligini 
his etardi. Xafaligining boisini aytish istagi uni asir etgan edi. 
“Hamma gapni aytaman-da, ketaman. Meni o‘sha yoqda 
o‘ldirib yubora qolishsin”. 
U turmoqchi bo‘lib qo‘lini cho‘zgan edi, qo‘li Olesyaning 
tizzasiga tushganligini sezdi. Darhol Olesyaning qo‘li uning bint-
langan qo‘li ustiga tushdi. Og‘ritib qo‘yishdan cho‘chib, qiz 
Andriyning qo‘lini sekingina tizzasiga olib qo‘ydi. 
Andriy hamma narsani — xafalikni ham, o‘pkani ham 
unutdi. Faqat birgina orzu — mehribonlik bilan unga tegish, shu 
sevimli, shu go‘zal, shu jonajon qizdan aqalli birgina so‘z bo‘lsa 
ham eshitish orzusi qoldi... 
U g‘amgin va sekin bir ovoz bilan: 
— Olesya, — dedi. — Olesya, nega bunday qilasan? 
— Nima deyapsan? 
— Olesya, mening sendan boshqa baxtim yo‘q... 
U qizning tizzasini quchoqladi. Qiz qarshilik ko‘rsatol-
madi. Bu mayib qo‘llarni qanday qilib ham itarib tashlasin? 
— Andriy, — dedi u ogohlantiruvchi bir shipshi bilan. 
Andriy lablarini qizning tizzasiga tegizdi. Uni qizning qa-
lin kiyimi xafa qildi. Andriy hamma narsani unutgan va og‘riqni 
his etmagan holda qizning kiyimini mayib changali bilan g‘ijim-
ladi. 
— Andriy!.. 
Lekin endi u Olesyaning tizzasini o‘par, qiz uning bu ishi-
ga xalaqit berishga ojizlik qilar edi. Tuyqusdan qo‘lga tushib qol-
gan, bu ehtirosli jo‘shqinlikdan xavotirlik tortayotgan Olesya bu 
tentak yigitni nima qilishini bilmay hayron edi. 
— Olesya... Jonginam. 
Olesya hayajonlanib, o‘rnidan irg‘ib turdi. Andriy uni qo‘-
yib yubordi. Qiz hech narsa demasdan Rayevskayaning oldiga 


180 
chiqib ketdi. 
“Obbo, nima qilib qo‘ydim-a? Endi butun ish rasvo bo‘ldi. 
Bo‘lsa-bo‘lar!” — Andriy jahl bilan qo‘l siltadi. 
Qattiq og‘riq uni hushiga keltirdi. U to‘shakka yiqildi. 
Yuragi dukullab urar edi. 
“Hamma vaqt shunday — ishim chappasidan kelgani-kel-
gan. Bor-e, kelsa kelar. Ertaga ketaman-u, keyin qaytib sira 
ko‘rishmayman, — dedi o‘ziga va shu ondayoq bunga o‘zi ishon-
madi. — Shoshma, hali bu qiz jag‘ingga bir tushirsin, innaykeyin 
ketarsan. O‘shanda ham o‘ylab ko‘ramiz... Iyi, ko‘ramiz deb 
o‘tirasanmi, hozir ham ko‘rinib turibdi-ku. Obbo, Olesya men 
to‘g‘rimda endi nimalar o‘ylarkin? 
Odamlar jangga ketdi, ehtimol, halokatga ketishgandir... 
Qiz bechora otasining qayg‘usida yuragi ezilib turgan bo‘lsa-yu, 
Andriy uni bezovta qilsa-ya! Boshqa vaqt qurib ketgan ekan-
mi?!” 
U o‘z qilmishidan uyalib ketdi. 
“Bo‘lmasa qachon aytar edim? Ehtimol, ertaga o‘lib ketar-
man”. Ajabo, bugun halokatdan bir mo‘jiza tufayli qutulib qol-
madimi? 
Uzoq bir yerdan zaif harsillash eshitildi. Andriy quloq sol-
di. So‘ngra cho‘kkaladi. 
Miyasidan yalt etib “Boshlandi, shekilli?” degan xayol o‘t-
di. O‘rnidan turdi-da, qo‘llarini ehtiyot-la oldinga cho‘zib, tax-
min bilan eshik sari yurdi. 
Uyda ikkala ayol derazaga yopishib turardilar. 
Andriy stolga qoqilib: 
— Menman, — dedi. 
— Fortochkani ochib qo‘yaman, — deb shipshidi 
Yadviga. 
Rutubat hidi anqib kirdi. Yomg‘ir yog‘ardi. Hamma yoq 
qop-qorong‘i, jimjit. Shu alpozda uchovi ko‘zlari to‘rt bo‘lib, 


181 
indamasdan uzoq turishdi. 
— Uni qarang, ana chiroq! Parovoz bu! Demak, ishlari 
o‘ngidan kelibdi-da? — deb qichqirdi Olesya. 
Zulmat ichida ikki yoniq ko‘z chaqnadi. Yuqoridan og‘ir-
og‘ir nafas olib, pishqirib, bahaybat bir narsa o‘rmalab borayot-
ganday ko‘rinardi. 
Ular uzoqlashib borayotgan guldurosga quloq solib 
qolishdi. 
* * * 
Shahar uyquda edi. 
Bexosdan yomg‘ir shitirlashi va suv shirillashi orasidan 
paq etgan ovoz eshitildi. Bir necha lahzadan keyin esa birov tu-
nuka tomga bir hovuch shag‘al otganday bo‘ldi. 
Allaqanday jonsarak qorovul posyolkada aylanib yurar, 
shaqildoq bilan odamlarni uyg‘otar, derazalarni taqillatib, ham-
mani oyoqlantirar edi. Zog‘ uchmas soqov ko‘chalar tilga kirdi. 
Chiroqlar chaqnadi. Odamlar ko‘rinmas, lekin sharpasi quloqdan 
ketmas edi. Ular g‘oyat baland tovush bilan gapira ketdilar. Bu 
tovushlar o‘likday uxlab yotgan serjant Kobilskiyni ham uyg‘o-
tib yubordi. U shtabdan ishtonchang, sarpoychan yugurib chiq-
di... Hozir etik bilan shinel kiyish payti emas — shu yalangoyoq 
holida qochib qutulsa, xudoga shukur deydi... 
Oynalar chil-chil bo‘lib sindi. Ko‘chalar qaynab-toshdi. 
Shtabning tunuka tomida kimdir sho‘x-sho‘x oyoq tepib o‘ynadi. 
Kobilskiyning qoq peshonasida bir narsa chaqnab, kar qi-
lar darajada qarsilladi. 
U har yoqqa o‘zini urdi, engashib olib, ko‘chaning u beti-
dagi darvoza tomon qochdi. 
Tartibsiz guldurosga salmoqli, shiddatli taqir-tuqur ham 
qo‘shildi. Stepoviy tor ko‘chadan turib qamoqxona darvozasiga 


182 
otmoqda edi. 
Rayevskiyning qudratli tovushi eshitildi: 
— Olg‘a, do‘stlar! 
Raymond bu jahannam qorong‘iligida otasini yo‘qotib 
qo‘ymaslik uchun maydondan birga chopib o‘tdi. Darvoza oldiga 
kelganda, allakimning o‘ligiga qoqilib yiqilishiga sal qoldi, keyin 
otasi ketidan hovliga otilib kirdi. Qamoqxona binosining eshigi 
oldida chiroqlar osilgan edi. 
Eshik ichidan otmoqda edilar. Otasi o‘sha yoqqa chopib 
kirdi, orqasidan etiklar tapirladi. Tartibsiz otishlar boshlandi. 
Nayzalar sharaqlar, kimlardir qochar, kimlardir quvib yetar edi. 
Dod-faryod... Eshik oldida qisqa bir olishuv... 
Raymond otasini mo‘ljalga olgan legionerni nayza bilan 
urdi. 
— Ur shlyaxtlarni! Yiqit valadizlarni! — deb bo‘kirdi 
yo‘lakka kirib kelgan Chobot. 
Legionerlar uning nayzasidan tumtaraqay bo‘lib qochdi. 
Rayevskiy pillapoyadan yuqoriga chopib chiqa boshladi. Kepka-
sini quloqlarigacha bostirib olgan yigitcha undan o‘tib ketdi. 
Chobotning yo‘g‘on tovushi yo‘lak bo‘ylab gurulladi: 
— Hoy, Patlay, qayerdasan? Javob ber! Biz yengdik... Pat-
la-a-a-y! 
Dzebek orqa hovlida o‘zini har yonga urar, qochib bora-
yotib pogonlarini yular edi. Uning miyasida: “Tamom, tamom 
bo‘ldim... Hozir bu yerga yopirilib kirishadi. Endi qayoqqa qo-
chay?” — degan fikr tipirchilardi. 
Nari qochib bo‘lmaydi — u yoq berk. 
Otilib hojatxonaga kirdi. Dahshat uni sasib, bijg‘ib yotgan 
chuqurga haydadi. U ko‘ngilni ozdiruvchi najosat ichiga tushdi 
va chidab bo‘lmaydigan sassiqqa tob keltirolmasdan hoziroq bo‘-
g‘ilib o‘lishini bilib turganiga qaramay, taxtaning tagiga berkinib 
oldi. Shunday bo‘lsa ham u faqat bir narsani — yashashni o‘ylar 


183 
edi! 
Qamoqxona boshlig‘ining idorasi eng oxirida qo‘lga olin-
di. Ozod etilgan Pshigodskiy, Patlay va hu bir vaqt kamerada 
Pshigodskiy bilan munozara qilgan pahlavon dehqon Sibulyalar 
shu yerda edi. 
Stepoviy bilan ikkinchi pulemyotchi Gnat Verba darvoza 
oldida qoldilar. 
Endi Gnatning ham o‘z pulemyoti bor, uni qamoqxonaga 
hujum qilishganida legionerlardan tushirib olishdi. Bahodir 
Verba pulemyotning u yoq-bu yog‘ini qarar edi. 
— Meni ham olinglar, — dedi Sarra uyalinqirab. — Ni-
maiki buyursangiz, qilaman. 
Cho‘kka tushib olib pulemyotning ravon aylanishini tek-
shirayotgan Verba Sarraga hayron bo‘lib qaradi. Picha o‘ylanib 
turgandan so‘ng qat’iy qilib: 
— Bu ayollarning ishi emas! Pulemyot — tikuv mashinasi 
emas, oyimqiz, — deb javob berdi. 
Bu javob Sarrani haqorat qildi. U indamay nari ketdi. 
Raymond Verbaga o‘pka qilib: 
— Nega uni xafa qildingiz? — dedi. 
Bular oldiga Pshenichek bir to‘da ishchi 
bilan yetib 
keldi. 
— Qochib ketdi, sakramyenska potvora! — dedi
Pshenichek asabiy bir holda baqirib. 
— Kim qochdi? — deb Stepoviy so‘radi. 
— Anavi muttaham-chi... Qush burun... hah oting qurg‘ur-
ey... Nima edi? — dedi va darrov esladi: — Dzebek! Hamma 
yoqni qidirib chiqdim — yo‘q! Asirlar uning shu yerda ekanligini 
aytishgandi. 
Verba lentani o‘tkazib, keyin o‘zi joylashib o‘tirib oldi. 
— Stepoviy, sinab ko‘rish uchun tomdan oshirib otaman 
hozir... 
Birdan qarsillab ketdi. 


184 
— Hamma yog‘i joyida. 
Stepoviy so‘kindi. 
— Pshenichek, chop idoraga! “Sinash uchun otishdi”, — 
de. Bo‘lmasa tinchlik, hali panvachchalar uyg‘onishganlaricha 
yo‘q... 
Pshenichek yo‘lakka yetganda Rayevskiyning ovozini 
eshitdi: 
— “Zavod bilan qamoqxonaga joylanib olib, Sosnovka 
hamda Xolmyankadan keladiganlarni kutish kerak” degan taklif 
yaramaydi! Dushmanning esini yig‘ishtirib olishiga yo‘l qo‘y-
masdan shiddat bilan harakat qilish kerak. Ertalabgacha shahar 
bizning qo‘limizga o‘tsin. Hozir sarosima bo‘lib turishganda 
ularni urish, yana urish kerak. Askarlarining yarmi Mogelnitskiy-
ning mulkida, buni nazardan qochirmanglar. Hademay yetib 
kelishadi... 
Uni bir necha ovoz to‘xtatdi... 
U ovozlarning hammasini Chobotniki bosib ketdi. 
— To‘g‘ri! Mening so‘zimga kirsanglar: uradigan bo‘lsak, 
o‘rinlaridan tura olmaydigan darajada urishimiz kerak. Panlarni 
vokzalga quvamiz! 
Hamma tayyorlandi. Rayevskiy oxirgi buyrug‘ini berdi: 
— Miltiq yuklangan aravalar bu yerga keltirilsin. Qamoq-
dagilardan kim xohlasa, kelib qurol olsin... O‘rtoq Sibulya, siz 
zavoddan ot olib, Sosnovkaga choping. Shchabel yo‘lida mahtal 
bo‘lib qoldi. Yigitlaringiz shu yerda qolib, bizga yordam qilish-
sin. Hozir ularga qurol berishadi. Chobot, yoningizga ellikta 
odam oling-da, bozordan daryoga qarab hujum boshlang. Ularni 
vokzalga siqib boring. Biz bo‘lsak shahar boshqarmasiga hujum 
qilamiz... Aloqani uzmang. Parol esingizda bo‘lsin. Inqilobiy 
qo‘mita zavodda joylashadi, esingizdan chiqmasin. 
Hamma eshik sari yurdi. Pshigodskiy Rayevskiyning 
yoniga keldi. 


185 
— Men qayoqqa boray, o‘rtoq... Xmuriy? 
Uning butun yuzi momataloq bo‘lib ketgan edi. 
Rayevskiy uning ko‘kargan joylarini ko‘rsatib: 
— Shu yerda bo‘ldimi? — deb qisqagina so‘radi. 
Pshigodskiy xo‘mrayib turib: 
— Ha, — deb javob berdi. — Yoningizda qolsam, 
maylimi? 
— Mayli. 
— O‘rtoq komissar, yo qo‘rg‘onni bossakmikin-a? U ha-
romzodalarning hammasini inida bosardik. Ularni supurib tash-
lasak, ishimiz ancha chaqqon ketar edi, — dedi Pshigodskiy 
bo‘g‘iq bir ohangda. 
Pshigodskiyni bunday deb taklif qilishga undayotgan dah-
shatli nafratni Rayevskiy sezib turar edi. 
— Yo‘q, bo‘lmaydi. Avval shaharni olaylik, ana shundan 
keyingina... 
Pshigodskiy indamasdan miltiqni oldi-yu, o‘q terilgan 
kamarni bog‘ladi. 
Sibulya Rayevskiyni yo‘lakda kutib turgan edi. 
— Bu yerda rahbar siz bo‘lsangiz kerak? — deb so‘radi u. 
— Ha, shunga o‘xshash, — dedi Rayevskiy jilmayib. 
— Men Sosnovkaga bormayman, shuni aytmoqchi edim. 
Tag‘in kechasi ularning changaliga tushib qolmay... Hozir siz-
larga qarashaman, tong otsin, so‘ngra yo‘lga tushaman. Tong ot-
guncha ahvol o‘zi ma’lum bo‘lib qoladi. 
“Aqlli dehqon ekan”, — deb o‘ylandi Rayevskiy. 
— Qamoqxonada o‘tirgan dehqonlaringiz yigirmatacha 
chiqadi, mayli, o‘shalarga bosh bo‘la qoling... 
* * * 
Zaremba quturib telefon sopini aylantirdi. Keyin go‘shak-
ni qo‘li bilan to‘sib turib: 


186 
— Allo! Allo! — deb baqirdi. 
O‘q ovozlari yaqinlashib kelmoqda edi. 
— Allo! qo‘rg‘onmi? Indashmaydi-ya, it emganlar! O‘z-
lari uyiga ketishib oldi, endi hamma uchun bu yerda bir o‘zim 
bo‘g‘ilishim kerak... Allo! Qo‘rg‘on! Hech ovoz yo‘q... — 
Zaremba qattiq so‘kindi. 
Vrona qo‘lida to‘pponcha bilan eshikdan ko‘rindi. 
— He, go‘shakni qo‘ysangiz-chi, poruchik!. Ular simni 
uzib qo‘yishgan-ku, axir. Yuring tezroq. 
Sharaqlab deraza oynalari to‘kildi. 
— Mana, ko‘rdingizmi, idorani tashlab ketish kerak. 
Yo‘qsa bu yerda qopqonga tushgan sichqonday bo‘g‘ib o‘ldiri-
shadi. Vokzalga chekinamiz. Yo‘qsa hayvonlar bozor tomondan 
o‘rab olishadi. Siqib olishgandan keyin hech qayoqqa qocholmay 
qolamiz... Mogelnitskiy ham tuzuk, uyiga ketib qoladigan odat 
chiqarib oldi. Tag‘in bo‘linmaning yarmini o‘zi oldida tutadi, — 
deb achchiqlandi Zaremba, zinapoyadan chopganicha tushib 
kelayotib. 
— Har kimning joni o‘ziga shirin-da, — deb javob qildi 
Vrona. 
Zaremba ko‘chada to‘xtadi. 
— Hoy kapitan, bir o‘ylab ko‘ring, kimlar bilan urishyap-
miz? Mana shu pandavoqilar bilanmi? Shular ham askar bo‘li-
shibdi-yu, he sadqayi askar ket-e, psya krev! — deb jahl bilan 
tufladi. 
— Nima desangiz to‘g‘ri, poruchik. Bavariyaliklardan tu-
zilgan bitta rotam bo‘lsami, bu xumparlarning og‘zini bir zumda 
yumib qo‘yar edim. 
Zaremba uni yengidan tortdi. 
— Shoshmang-a, chindan ham nemislardan yordam so‘ra-
sak, qanday bo‘larkin? 
O‘q ovozlari kuchaydi. 


187 
— Unashmaydi. Qaydam, biron ig‘vo qilmasak... 
Ularga bir necha legionerlar qochib kelib qo‘shildi. 
Biri halloslab xabar qildi: 
— Daryo bo‘yiga kelib qolishdi, pane poruchik. 
— Og‘zingni yum! — deb Zaremba alamini undan oldi. 
— Hoy, deyman! Qayoqqa qochib ketyapsanlar, itdan tug‘... 
Hamma yoqni shovqinga to‘ldirib, juda yaqindan 
pulemyot tirilladi. Boshlari ustidan o‘qlar vizillab o‘tdi. 
Endi Zaremba ham qochdi, Vrona ham. 
Ularning oldida to‘p-to‘p bo‘lib legionerlar qochib borar, 
orqadan uzilayotgan o‘qlar hamon yaqinlashib kelar edi. 
Zaremba bilan Vrona vokzal maydoniga kelganda to‘x-
tashdi. 
— Bu qo‘rqoqlarni to‘xtatish kerak, — deb baqirdi Vrona. 
— Bu yoqqa, mening oldimga! Mening oldimga! — deb 
Zaremba bo‘kirdi va qo‘liga tushgan birinchi odamning kallasiga 
to‘pponcha bilan bir urdi. — Qayoqqa ketyapsan? To‘xta deyap-
man! Qochishni ko‘rsatib qo‘yaman senga, itdan tug‘ilgan! 
Boshidan to‘pponcha yegan chirqiradi: 
— Urmang, menman, pane poruchik! 
Zaremba so‘kindi. 
— Podporuchik Zayonchkovskiy! Askarlaringiz qani, a? 
“Askarlaringiz qani?” — deb so‘rayapman sizdan? Siz zobit 
emas, zamburug‘siz... Marsh, olg‘a! 
Sal narida Vrona ham qochib ketayotganlarni ushlab ola 
boshladi. Sekin-sekin tartibga kirishdi, vokzalni egallab olib, u 
yerdan ota boshlashdi. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin