ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.04.2023
rekordlarga erishish qobilyati; 4) bellashuv vaziyatni tog‘ri tushunish; texnik, jismoniy
va boshqa tayyorgarlikni turli komponentlarini o‘zaro uyg‘unlikda qo‘llash qobilyati.
Yakuniy saralash. Vazifa – suzuvchini sport bilan shug‘ullanishni davom ettirish
maqsadga muvofiqligini baholash va uni yuqori maxoratni saqlab qolishi davomiyligini
prognozlashtirish. Asosiy mezonlar: 1) tegishli motivatsiya (intilish) ni mavjudligi va
salomatlikda maxoratni saqlab qolishga moneliklarni yoqligi; 2) sportchini yoshi va
uni ixtisoslik uchun tanlangan yo‘nalishlardagi eng maqbul yuqori natijalarga
muvofiqligi; shuningdek, yuqori mahoratini saqlab qolish davomiyligi; 3) erishilgan
tayyorgarlik holatini saqlab qolish uchun zarur organizmni zahira imkoniyatlarini,
mavjudligi; 4) oily yutuqlar sporti bilan shug‘ullanishni davom ettirishga yordam
beruvchi ijtimoiy va moliyaviy sharoitlar mavjudligi.
Suzuvchilarni birlamchi saralash va ularni kelgusida ko‘p yillik tayyorgarligi
samaradorligi saralashni birinchi bosqichda jahonni ko‘plab kuchli suzuvchilari suzish
bilan shug‘ullana boshlagan yoshdagi, yani 7-9 yoshli bolalarni jalb qilishga ko‘p
jixatdan bog‘liqdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni mashg‘ulotlarga jalb qilishda
quyidagi holatlarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Birinchidan, sportcha
qobilyatlarni erta prognozlashtirish uni ishonchliligini pasayishi bilan bog‘liq.
Shuningdek, zamonaviy sportchilarni tayyorlash muddati shug‘ullanishni erta
boshlagan suzuvchilarni yuqori natijalarga erishish uchun maqbul yoshga yetmasdan,
o‘rtaroq suzish bilan shug‘ullanishni to‘xtatishlariga olib keladi. Va nihoyat,
maktabgacha yoshdagi bolalar bilan shug‘ullanish faqatgina sog‘lomlashtiruvchi
yo‘nalishga ega bo‘lsagina, maqsadga muvofiqdir. Sifatli birlamchi saralashni zaruriy
sharti - uni bolalarni 30-40 ta mashg‘ulotlardan iborat boshlang‘ich suzishga o‘rgatish
jarayonidan so‘ngo‘tkazishidir. Tegishli amaliyot istiqbollilik baxolashning
ob’ektivligini sezilarli darajada oshiradi, chunki aks holda, boshida birmuncha
yaxshiroq suzadigan bolani iqtidorli suzuvchi sifatida qabul qilish mumkin. Bolalar
ommaviy tarzda hayot uchun zarur ko‘nikmalarni o‘rganishini ta’minlanadi. Birlamchi
saralashni muhim tamoyili – maqbul yoshda yuqori natijalarni erishishni belgilab
beruvchi xislatlar va qobilyatlarga yo‘naltirilganlik.
Ko‘pgina murabbiylar suzish texnikasini tezda o‘zlashtirishga, yani o‘tib ketuvchi
xususiyatga ega belgiga; yanada yomoni – suzuvchilar uchun nospecifik sinamalar –
osilib tortimishlar, o‘tirib - turishlar soni, kaft dinamometriyasi ko‘rsatkichlariga katta
etibor qaratishadi. Suzuvchilar uchun bunday nospecifik sinamalar natijalari ularni
istiqbollik mezoni hisoblanadi Shu tariqa, suzuvchilar ko‘pyillik saralash jarayonini
birinchi pog‘onasinim samaradorligi yoshga xos rivojlanish davomida kam
o‘zgaruvchan turg‘un va mashg‘ulot ta’siriga bir oz beruluvchan belgilarga yo‘nalishni
nazarda tutadi. Bunday belgilarga, xususan, maxoratlik belgilarni kiradi. (2 jadval)
Aynan yangi shug‘ullanuvchini tashqi maxoratini baxolash va uni asosiy antropometrik
ko‘rsatkichlarini o‘lchashdan boshlab ko‘p hollarda, sportcha suzish istiqbolligini
aniqlash boshlanadi. Bunda gavdasi proportsional tuzilgan baland bo‘lgan, ixcham tana
vazni silliq (rel’yefi aniq ko‘rilmaydigan) mushak tizimi, ingichka to‘liq va bilaklar,