O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


  15.3. Turizmda qo‘shimcha qiymat solig‘i



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/86
tarix12.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154858
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   86
6-y-Turizm-iqtisodi.-Oquv-qollanma.-A.M.Abduvohidov-F.S.Qutlimurotov.-T-2011

 


138 
15.3. Turizmda qo‘shimcha qiymat solig‘i 
 
Bir qator mamlakatlar, shu jumladan Ispaniya va Gretsiya soliqlar 
amortizatsiya 
ajratmalari 
va 
oborot 
uchun 
soliqlar 
to‘lash 
bo‘yicha 
sarmoyadorlarga 
imtiyozlar 
beradilar. 
Ba’zi 
mamlakatlarda 
korxonalar 
faoliyatining dastlabki yillarida ularni daromad solig‘idan ozod etish, shuningdek, 
qo‘shimcha qiymat solig‘ini to‘lashda imtiyozlar berish amaliyoti qo‘llaniladi. 
Bundan tashqari mehmonxonalar uchun asbob-uskunalar va sayohat uchun 
transport vositalarini import qilish paytida bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar 
(umuman ozod qilishgacha) beriladi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari turizm va 
mehmonxona faoliyati uchun 6- 25% atrofida bo‘lgan qo‘shimcha qiymat solig‘ini 
(QQS) tenglashtirishga yo‘naltirilgan siyosatni olib boradilar. Misol uchun
Germaniya va Luksemburgda o‘rtacha QQS miqdori 15% qilib belgilangan. 
Daniya va Shvetsiyada maksimal QQS miqdori 25%ga teng. Ispaniyada 
joylashtirish uchun QQS o‘rtacha 7% ni tashkil qiladi va mehmonxona darajasiga 
qarab o‘zgarishi mumkin, ovqatlanish (restoran xizmatlari), avtomobillarni ijaraga 
olish uchun QQS esa 16%gacha yetadi. Gretsiyada joylashtirish va ovqatlanish 
uchun QQS 8% ni tashkil qiladi va hukumat nomavsumiy paytlarda turistik 
xizmatlar ko‘rsatuvchi firmalarga imtiyozlar tizimini ishlab chiqqan. Fransiyada 
turizm faoliyati uchun QQS o‘rtacha 10% ni, shu jumladan joylashtirish uchun 6% 
ni, ovqatlanish xizmatlari uchun 19% ni tashkil qiladi. Avstriyada joylashtirish va 
ovqatlanish uchun QQS 10% miqdorida belgilangan. Lekin turistik soliqlar 
to‘g‘risidagi federal qonunga asosan barcha turistik tashkilotlari har bir turistning 
yashashi uchun mahalliy to‘lov to‘laydilar (jamoa hududida-jamoaga, kurortlarda-
kurort jamg‘armasiga). To‘lov miqdori mavsumga qarab o‘zgarishi mumkin, 
bunda shifoxona bemorlari (6 yoshgacha bo‘lgan bolalar, maktab o‘quvchilari va 
talabalar) bu to‘lovlardan ozod etilgan. Yevropaning ba’zi mamlakatlarida turistik 
tashkilotlar kommunal xizmatlar uchun imtiyozli tariflardan foydalanadilar. 


139 
Ko‘pchilik hollarda turistik firmalar valyuta daromadining 20% gacha bo‘lgan 
qismi daromad solig‘idan ozod qilingan.
29
Davlat tomonidan shuningdek yangi turistik ob’yektlarning qurilishi uchun 
yerlarni past narxlarda sotish va ma’lum muddatga ijaraga berish (Kiprda 99-yilga, 
Isroil va Turkiyada 49-yilgacha) yo‘li bilan rag‘batlantiriladi, bunda ijara muddati 
tugagach yana shuncha yilga cho‘zilishi mumkin. 
Atrof-muhitning tez sur’atlar bilan ifloslanib ketayotganligi munosabati bilan 
turizm sohasidagi davlat siyosati ko‘proq atrof-muhitni muhofaza qilishga 
yo‘naltirilmoqda. Bir qator mamlakatlarda turizmda atrof-muhitni himoya qilishni 
ham rejalashtirishni nazorat qiluvchi maxsus hay’atlar faoliyat yuritadilar (Buyuk 
Britaniya, Fransiya, Skandinaviya davlatlari). 
1992 yilda Rio-de Janeyro shahrida Jahon turizm tashkiloti XXI asr uchun ish 
dasturini qabul qilgan bo‘lib, unga 182 davlat birikkan. Ushbu dasturning amalga 
oshirishda asosiy vakolat turizm bo‘yicha davlat muassasalariga berilgan. Reja 
uzoq muddatli dasturlarni yaratish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan uch asosiy 
qurolga urg‘u beradi: 
- odamlar va atrof-muhitni himoya qilishni nazarda tutuvchi yangi tovarlar 
ishlab chiqish yoki amaldagi choralarni kuchaytirish; 
- narxdan, tazyiq o‘tkazish mexanizmi sifatida foydalanish; 
- turizm industriyasida ishlab chiqarish jarayonlari va mahsulot tozaligini 
kafolatlash uchun mo‘ljallangan dasturlarni yaratish. 
Davlat idoralari turizmda uzoq muddatli dasturlarni yaratishda yetakchi o‘ringa 
ega. Bir qator mamlakatlar bunday dasturlarga ega (Rossiya, Finlandiya, Avstria, 
Fillipin va boshqalar). XXI asr uchun ish dasturi turizm bo‘yicha davlat idoralari 
oldiga quyidagi asosiy masalalarni qo‘yadi: 
- nazorat qiluvchi iqtisodiy va boshqa tizimlarni kamaytirish; 
29
Боголюбов В.С. Экономика туризма. Учебное пособие. - М.: Академия. 2005. – 94 -96 с 


140 
- turizmning iqtisodiyotga, jamiyatning ijtimoiy va madaniy hayotiga va atrof-
muhitga ta’sirini baholash; 
- turizm sohasida xizmatchi kadrlar tayyorlash; 
- turizmning uzoq muddatli barqaror taraqqiyotini rejalashtirish, 
- rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida ma’lumot almashish; 
- jamiyat barcha qismlarining turizmni rivojlantirishda qatnashuvi; 
- yangi turmahsulot tushunchasi; 
- amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijalarini baholash; 
- xalqaro faoliyatda hamkorlik o‘rnatish. 
Dasturning birinchi vazifasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
- dastur maqsadlarini amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi, turizmning rivojiga 
yo‘naltirilgan mavjud milliy, xalqaro va boshqa tizimlarning faoliyatini baholash; 
- turizmning xususiy va davlat tarmoqlari o‘rtasida hamkorlik; 
- turizm tarmog‘iga soliq va to‘lovlar solish shu tariqa belgilanishi kerakki, 
turizm infratuzilmasini kengayshtirish, atrof-muhitni yaxshilash va boshqa 
maqsadlar uchun yetarli mablag‘lar bo‘lsin; 
- tovar va xizmatlar uchun turizm bilan bog‘liq ekologik xarajatlarni hisobga 
oluvchi narxlarni kafolatlovchi iqtisodiy chora-tadbirlar qabul qilish. 
Iqtisodiy rag‘batlantiruvchi choralar shuningdek turistik firmalarning atrof-
muhitni muhofaza qilish borasidagi yutuqlarini rag‘batlantirish uchun ham 
ishlatilishi kerak. Ikkinchi vazifa o‘z ichiga turizm taraqqiyoti jamiyatning 
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti uchun oqibatlarini baholashni oladi. Bu esa 
o‘z navbatida suv resurslari, elektr quvvati, transport vositalaridan samarali 
foydalanish, turizm sohasida ish bilan ta’minlash, mahalliy aholi qatnashuvi 
siyosatining mavjudligi, atrof-muhit, madaniy, tabiiy va tarixiy qadriyatlarni 
muhofaza qilish kabi masalalar ko‘rib chiqish zaruratini tug‘diradi. 
Turizmda kadrlar tayyorlash va rejalashtirish dasturi muhim hisoblanadi. 
Maktablarning o‘quv rejalariga turizm ekologiyasi bo‘yicha o‘quv kursini kiritish 
tavsiya qilinmoqda. Kadrlarni nazariy va amaliy jihatdan tayyorlash maqsadida 


141 
davlat turistik tashkilotlar va professional turistik birlashmalar xususiy sektor bilan 
hamkorlik qilishlari maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin