O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Xorijiy mamlakatlarning soliq tizimidagi imtiyozlar va qulayliklar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/86
tarix12.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154858
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   86
6-y-Turizm-iqtisodi.-Oquv-qollanma.-A.M.Abduvohidov-F.S.Qutlimurotov.-T-2011

15.2. Xorijiy mamlakatlarning soliq tizimidagi imtiyozlar va qulayliklar 
 
Turistik safarlar sonining ortishi, ular geografiyasining kengayishi, transport 
vositalarining rivojlanishi munosabati bilan xalqaro tashkilotlar davlatlar va 
hukumatlarning diqqat-e’tiborini turizmni rivojlantirish muammolari hamda milliy 
turizm tashkilotlarining yangi mavqega qaratmoqdalar. 1921-yildan boshlab 
Millatlar ligasi, BMTning, 1975-yildan boshlab esa Jahon turizm tashkilotining 
rahbarligi ostida turizm muammolariga bag‘ishlangan 20 dan ortiq xalqaro 
anjumanlar, kongresslar va tadbirlar o‘tkazildi. 1995-yil mart oyida Kadis shahrida 
(Ispaniya) JTT rahbarligi ostida turizm bo‘yicha xalqaro forum o‘tkazildi va unda 
jahonnning 52 mamlakatidan kelgan parlamentchilar ishtirok etdilar. Ushbu forum 
shunday xulosaga keldiki, davlatlar turizm rivoji uchun katta ahamiyatga molik 
quyidagi muammolarni yechishda yordam berishlari zarur:
28
28
Боголюбов В.С. Экономика туризма: Учебное пособие. - М.: Академия. 2005. – 94-96 с 


137 
- turistik rasmiyatchilikni tartibga solish va turistlar xavfsizligini oshirish
- turizm infratuzilmasi, shu jumladan transport va kommunikatsiyalarni 
rivojlantirish; 
- turistik tashkilotlar rahbarlari va xizmatchilarini o‘qitish uchun sharoitlar 
yaratish; 
- turistik ob’yektlar va safar manzillarida ekologik normalarga rioya qilishni 
ta’minlash; 
- turistlar huquqlarini himoya qilish; 
- turistik firmalar uchun imtiyozli soliq tizimini ta’minlash; 
- turizmda qabul qilingan xalqaro mezonlar va normalar asosida ob’yektiv 
statistika hisoboti va nazoratini amalga oshirish imkoniyatini beradigan iqtisodiy 
va statistik mexanizmlardan foydalanish; 
- turizm uchun foydali bo‘lgan mamlakat timsolini shakllantirish yo‘li bilan 
milliy turmahsulotlarni chet-el bozorlariga olib kirish. 
Quyidagilar bir qator xorijiy mamlakatlarda turizm rivojini qo‘llab- 
quvvatlashning iqtisodiy va ma’muriy mexanizmlari bo‘lib xizmat qiladi: 
- soliq imtiyozlari, subsidiya va dotatsiyalar; 
- turizm rivojini va turistik xizmatlar iste’molchilarining huquqlarini himoya 
qilishni qo‘llab-quvvatlovchi milliy qonunchilik va normativ hujjatlari; 
- mamlakatga kirish va undan chiqish paytida pasport va viza cheklashlarini 
kamaytirish; 
- narxlarni qisqartirish va boshqa turli xil imtiyozlar berish yo‘li bilan 
nomavsumiy turizmni rahbatlantirish; 
- ijtimoiy turizmni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash; 
- turistlar xavfsizligiga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirish; 
- davlat tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish, madaniy va tarixiy merosni 
asrab-avaylash bo‘yicha va boshqa chora-tadbirlarni kuchaytirish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin