Tijorat banklarining moliyaviy xavfsizligini ta’minlashda kredit samaradorligini oshirish yo’llari Reja: Kirish T



Yüklə 18,03 Kb.
tarix19.05.2023
ölçüsü18,03 Kb.
#117932
Хавфсизлик


Tijorat banklarining moliyaviy xavfsizligini ta’minlashda kredit samaradorligini oshirish yo’llari
Reja:
Kirish
1.Ttijorat banklari kredit faoliyati tahlili

1.Tijorat banklari kredit faoliyati tahlili
Tijorat bankining kredit faoliyati tahlil qilinganda dastaval uning kredit siyosati o‘rganilmog‘i maqsadga muvofiqdir. Harakatdagi qoidalarga muvofiq har bir tijorat banki har yili 1-fevralga qadar bankning kuzatuv kengashida ko‘rib chiqib tasdiqlanadigan kredit siyosatini Markaziy bankka taqdim etmog‘i lozim. Bankning kredit siyosatini shakllantirishda asosiy maqsad, uning daromadlarini oshirish bilan birga bank kreditlari va omonatchilari manfaatlarini himoya lash, bank aksionerlariga to‘lanadigan dividentlar ulushini ko‘paytirish hamda ushbu maqsadlarga erishish uchun kredit operatsiyalari bo‘yicha risklarni samarali boshqarishdan iborat. Shuning uchun ham har bir tijorat bankining kredit siyosati kredit faoliyatining samaradorligi darajasi hamda uning umumiy faoliyati baholarini o‘zida to‘liq aks ettirmog‘i lozim.
Kredit siyosati tahlili natijalarida Bank boshqaruvi tomonidan kredit faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, kredit portfelini samarali boshqarish hamda riskdan xoli bo‘lgan kreditlash metodlaridan foydalanish imkoniyatlari yaratilmog‘i lozim.
Kredit siyosatini shakllantirishda, albatta, o‘tgan yillarda 66 kredit faoliyati tahlili natijalaridan to‘liq foydalanilishi zarur, chunki o‘tgan yillarda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar takrorlanmasligi talab etiladi.
Tijorat banklarining kredit faoliyati tahlil qilinganda quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor qaratilishi talab etiladi:
□ Kredit mablag‘larining tahlil davridagi harakati.
□ Kredit portfelining diversifikatsiyasi, ya’ni uning iqtisodiyot tarmoqlariga taqsimlanishi holati.
□ Kreditning qaytaruvchanligini baholash.
□ Kreditning maqsadli ishlatilishi va ta’minotini baholash.
□ Muammoli kreditlarning mavjudligi va ular bilan ishlash darajasi.
□ Kreditlarning samaradorligi.
Kredit mablag‘lari harakati tahlili bank kreditlari to‘g‘- risidagi moliyaviy hisobot hamda kredit portfeli ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Ushbu tahlil natijasida umumiy kreditlar qoldig‘i yangidan berilgan kreditlar ulushi, kre dit hisob raqamlari bo‘yicha debet va kredit aylanmalari, hisobot davrida qaytarilgan kreditlar foizi, hisobot davrida kredit qo‘yilmalarining o‘sishi, kreditlar bo‘yicha yo‘- qotilishi mumkin bo‘lgan mablag‘larni qoplash zaxirasining yetarliligi, muddati uzaytirilgan kreditlar ulushi kabi masalalar o‘rganiladi.
1-jadval ma’lumotlariga ko‘ra, bankning kredit qo‘yilma lari yil davomida 3923 mln so‘mga, ya’ni 20,1 foizga o‘sgan. Buning asosiy sababi hisobot davrida yangidan berilgan kreditlar miqdori yil davomida qaytarilgan kreditlar hajmidan ko‘p bo‘lgan, lekin undirilmagan kreditlar va zaxiralar miqdorining ta’siri hisobga olinganda yil oxiridagi kreditlar qoldig‘i 21641 mln so‘mni tashkil etgan.
dorini aniqlash. □ Ssudalar hisob raqamlari bo‘yicha debet va kredit aylanmalarini muvofiqlashtirish. □ Muddatida qaytarilmagan asosiy qarzlar va foiz to‘- lovlari monitoringi jarayonlarini kuchaytirish. Kredit portfeli tahlilida asosiy e’tibor kreditlar diversifikatsiyasiga qaratilmog‘i lozim. Buning uchun albatta, kredit qo‘yilmalarining tarmoqlar bo‘yicha tarkibiga e’tibor qaratilishi lozim. Hech qa chon kreditlarning ko‘p qismini iqtisodiyotning bir tarmog‘iga yo‘naltirish mumkin emas. Bu holda kredit portfelining tarmoq riski vujudga keladi. Kreditlarning qaytarilishi, bankning likvidliligi va to‘lov qobiliyati ushbu tarmoqning faoliyatiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham kreditlar- 69 ni iqtisodiyotning turli tarmoqlariga yo‘naltirilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bundan tashqari kredit portfeli diversifikatsiyasida kreditlarning bir yoki aloqador bo‘lgan bir necha mijozlarga berilishiga yo‘l qo‘yilmaslik muhim ahamiyat kasb etadi. Bu to‘g‘risida, albatta, Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan normativlarga doimiy ravishda rioya etilishi maqsadga muvofiqdir.
Yüklə 18,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin