Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


KONSALTING - maslahat xizmatini ko‘rsatish va ekspertiza o‘tkazish. Konsalting bilan  shug‘ullanadigan firmalar konsultativ deb ataladi



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə298/318
tarix14.10.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#155163
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   318
hisob siyosati

KONSALTING
- maslahat xizmatini ko‘rsatish va ekspertiza o‘tkazish. Konsalting bilan 
shug‘ullanadigan firmalar konsultativ deb ataladi

KORREKTURA USULI. 
Ushbu usulda yozuvlardagi grammatik, orfografik, hisob-
kitoblar qilishdagi arifmetik va boshqa xatoliklar ustidan bir chiziq tortiladi. Shundan so‘ng usti, 
yoni qismiga to‘g‘ri yozuv qilinadi. Yozuvni to‘g‘rilanganligi «Tuzatishga ishonilsin» yozi bilan 
tasdiqlanib, imzolanadi. Bu usuldan hisob registrlari ma’lumotlari jamlanmaguncha 
foydalaniladi. 
KORXONA AYLANISHIDAN CHETLATILGAN MABLAG‘LAR
Ga korxonaning 
asosiy faoliyatida haqiqatda qatnashmayotgan, lekin ma’lum davr ichida uning balansida hisobga 
olib borilayotgan mablag‘lar kiradi. 
KREDIT 
– lotinchada u ishonadi degan ma’noni bildiradi.
Kredit (lat. creditum -qarz
) - pul mablag‘lari yoki tovarni qarzga berish. Korxona va 
tashkilotlar mablag‘larining aylanma harakatining bir xilda emasligi natijasida vujudga kreditga 
bo‘lgan sharoit va talabini banklar qondiradi. Asosiy prinsiplari esa, o‘z vaqtida qaytarilishi, 
maqsadli mo‘ljallanganligi, moddiy boylik bilan ta’minlanganligidir. Kredit 2 xil bo‘ladi: qisqa 
muddatli va uzoq muddatli kreditlarga bo‘linadi (qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlarga 
qarang). Korxona olgan kreditlar 6800, 7800 schetlarda hisobga olinadi. Bu schetlarning 
kreditida olingan kredit summasi, debetida esa shu summaning qaytarilishi aks ettiriladi. 
KREDIT TASHKILOTLARI
– tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan banklar, kredit 
uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va boshqa kredit tashkilotlari

KURS BO‘YICHA FARQ
– milliy valyutaga nisbatan chet el valyutasi kursining 
o‘zgarishi munosabati bilan chet el valyutasida amalga oshirilgan operatsiyalarda vujudga 
keladigan (ijobiy, salbiy) farq. 
LIZING
-lizing beruvchi bilan lizing oluvchi o‘rtasida lizing oluvchiga xo‘jalik faoliyatini 
va boshqa faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshirish maqsadida ko‘char va ko‘chmas mulkni 
vaqtinchalik foydalanish uchun berish to‘g‘risida lizing bitimi (shartnomasi, kontrakt)ni tuzish 
natijasida vujudga kelgan xo‘jalik qarz munosabatlari. 
LITSENZIYA
- (lotinchadan - uchun, ruxsat) rasmiy ruxsat. Tijorat amaliyotida uning 


412 
ikki asosiy turi uchraydi: eksport va importga litsenziya, hamda patentli litsenziY. Ma’lum bir 
miqdordagi u yoki bu tovar guruhlarining eks-port yoki importiga litsenziya davlat boshqaruvi 
tashkilotlari tomonidan be-rilib, tashqi savdo faoliyatini nazorat qilish shartlaridan biri 
hisoblanadi.
LIFO
- 1. Tovar-moddiy boyliklarini so‘nggi qabul qilingan yoki tayyorlangan partiya 
bahosi bo‘yicha hisobga olish usuli. Lifoning qo‘llanilishi foyda summasini ko‘payishi yoki 
kamayishi imkoniyatini beradi. 
2. Jamg‘armachiga foiz summalarida yutuqni ta’minlovchi, bankdan jamg‘arma qismini 
muddatidan oldin olishda foizni hisoblash usuli. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin