Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə295/318
tarix14.10.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#155163
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   318
hisob siyosati

SOTISHNING SOF QIYMATI
–bu ishlab chiqarish zaxirasining tannarxidan kichik 
qiymati bo‘lib, faqatgina ularni keragidan ko‘p miqdorda yig‘ilib qolganida bahoni pasaytirish 
hollarida vujudga keladi.
ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI –
bu bevosita mahsulotlarni (ish, xizmatlarni) 
ishlab chiqarishga ketgan, shuningdek ularning tannarxini tashkil etuvchi xarajatlar. 
Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari
 
deganda ishlab chiqarishning asosiy texnologik
jarayonlarini bevosita olib boruvchi ishlab chiqarish sexlari xarajatlari tushuniladi.
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari
deganda asosiy ishlab chiqarish sexlari uchun 
yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi bo‘lib hisoblangan ishlab chiqarish bo‘linmalarining
(sexlarning) xarajatlari tushuniladi.
Umum ishlab chiqarish xarajatlari
deganda barcha asosiy va yordamchi ishlab chiqarish 
sexlarini boshqaruviga va tashkil etishga taalluqli bo‘lgan, shuningdek ularga xizmat 
ko‘rsatuvchi bo‘linmalarning xarajatlari tushuniladi. 
Bevosita xarajatla

deganda
 
u yoki bu ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga 
to‘g‘ridan- to‘g‘ri olib boriladigan xarajatlar tushuniladi. 
Bilvosita xarajatlar
deganda korxonaning butun ishlab chiqarish faoliyatiga taalluqli 
bo‘lgan ,lekinda aniq bir bo‘linmaning (mahsulotning) tannarxiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritib 
bo‘lmaydigan, shuning uchun ma’lum bir tartibga muvofiq bo‘linmalar (mahsulotlar) o‘rtasida 
taqsimlanadigan xarajatlar tushuniladi.
O‘zgaruvchan xarajatlar
– bu ishlab chiqarish hajmining oshishi va kamayishigaga ko‘ra
sarfi miqdor jihatdan bevosita o‘zgarib turadigan xarajatlar.
Shartli o‘zgarmas xarajatlar
– bu ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga qaramasdan
summasi o‘zgarmaydigan, lekinda nisbiy darajasi o‘zgarishi mumkin bo‘lgan xarajatlar.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin