Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə291/318
tarix14.10.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#155163
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   318
hisob siyosati

HUJJATLARNI 
UNIFIKASIYALASHTIRISH
deganda 
bir 
xil 
mazmundagi 
operasiyalarni barcha korxonalarda yagona shakl va mazmundagi hujjatlar bilan 
rasmiylashtirilishi tushuniladi.
HUJJATLARNI STANDARTLASHTIRISH
deganda bir xil nomdagi hujjatlar uchun 
yagona razmer va shakllarni o‘rnatilishi tushuniladi.
HUJJATLAR AYLANISHI
deganda ularning tuzilishidan tortib, to arxivga 
topshrilishigacha bo‘lgan jarayonlar hamda operasiyalar majmuasi tushuniladi.
IKKI YOQLAMA YOZUV – 
bu xo‘jalik muomalalarini schyotlarda aks ettirish usulidir. 
Bunda yuqorida ta’rif qilinganidek, har bir xo‘jalik muomalasi bir vaqtda va bir xil summada, bir 
schyotning debet tomonida, ikkinchi schyotning kredit tomonida aks ettiriladi. Binobarin, 
ikki 
yoqlama yozuv deb
, xo‘jalik muomalalari ta’sirida vujudga keladigan iqtisodiy xodisalarni 
schyotlar tizimi bilan o‘zaro alokador holda aks ettirish usuliga aytiladi. 
Debetlanuvchi va kreditlanuvchi schyot hamda muomala summasining ko‘rsatilishi 
buxgalteriya o‘tkazmasi 
yoki 
buxgalteriya yozuvi
deb ataladi. 
Xo‘jalik muomalalarini ikki yoqlama yozuv usulida yozish schyotlarning o‘zaro 
bog‘liqligiga olib keladi. Bu o‘zaro bog‘liqlik 
schyotlar aloqasi (korrespondensiyasi)
 
deb 
ataladi. Bizning misolimizda korrespondensiyalanuvchi schyotlar kassa va hisob-kitob 
schyotlaridir. 
Buxgalteriya provodkalari oddiy va murakkab bo‘ladi. 
Oddiy buxgalteriya o‘tkazmasi 
(buxgalteriya o‘tkazmasi)
deb, bir schyotning debetlanib, boshqa schyotning kreditlanishiga 
aytiladi. 
Murakkab buxgalteriya provodka(o‘tkazma)si
deganda bir nechta schyot debetlanib, 
bitta schyotning kreditlanishi tushuniladi. Bir vaqtning o‘zida bir nechta schyotning debetlanib 
va bir nechta schyotning kreditlanish hollari ro‘y bermaydi. 
Buxgalteriya hisobida muomalalar muntazam yozib boriladi.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin