Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə287/318
tarix14.10.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#155163
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   318
hisob siyosati

DEPOZIT FOIZI
- tijorat bankining mijoz jamgarmasidan foydalanganlik uchun 
to’laydigan foizi. 
DEPOZIT SERTIFIKATI
- ma’lum bir muddatga pul mablag‘larini bankka qo‘ygan 
shaxslarga bu haqda tasdiqlovchi qimmatbaho qog‘oz bo‘lib, uning egasi daromad manbai 
hisoblanadi. D.s. boshqa shaxslarga beriladigan va berilmaydigan bo‘lishi mumkin. 
DILER (dallol)
- fond birjasining a’zosi (alohida shaxs, firma) va banklar. Diler 
qimmatbaho qog‘oz, valyuta, qimmatbaho metallar savdosi bilan shug‘ullanib, o‘z nomi va o‘z 
hisobidan harakat qiladi. Dilerlar o‘zaro, hamda brokerlar va bevosita mijozlar bilan (mijozlar 
bilan London fond birjasi dilerlari - djobberlar) kelishuvni amalga oshiradilar. D. foydasi xaridor 
va sotuvchi kurslarining farqi hisobiga, shuningdek, qimmatbaho qog‘ozlar, valyuta kurslari 
o‘zgarishi hisobiga vujudga keladi. Ko‘pgina fond birjalarining dilerlari brokerlik jarayonlarini 
amalga oshiradi. 
DIREKT - KOSTING (Direct–Costing-System) – 
bevosita xarajatlarni ishlab chiqargan 
mahsulot yoki buyumlar boyicha umumlashtiradigan boshqaruv hisobining tizimi. Mahsulot-
buyumning to’liq bo’lmagan tannarxini kalkulatsiya qilish usuli bo’lib ushbu usulni qo’llaganda 


406 
mahsulotning tannarxiga faqat o’zgaruvchan xarajatlar qo’shiladi. Natijada bilvosita xarajatlar 
esa hisobot davrining moliyaviy natijalari (xarajatlarning jamlamasi)ga olib boriladi. 
DISKONT
- 1) vasiqa hisobi; 2) hisob foizi - vasiqa hisobida banklarga to‘lanadigan foiz; 
3) birja va valyuta ishlarida - tovar katiral bahosidan ustama (masalan, agar tovar sifati 
standartdan past bo‘lsa) valyuta. 
DISKONTLANGAN QIYMAT – 
joriy qiymat va diskontlash koeffitsiyentini qo’llash 
orqali aniqlangan pul mablag’larining kelgusidagi tushumining miqdorini hisoblash. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin