DISKONTLANGAN XARAJATLAR – joriy vaqtdagi diskontlash koeffitsiyenti orqali
aniqlangan kapital quyilmalar boyicha taxmin qilinadigan xarajatlar.
DIVIDEND - aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismi bo‘lib, aksiyadorlar o‘rtasida
soliqlarni, ishlab chiqarishni kengaytirishga ajratmalarni, zaxiralarni tashkil etish, obligatsiyalar
bo‘yicha foizlarni va boshqa to‘lovlarni amalga oshirilganidan so‘nggina taqsimlanadi.
DOTATSIYA - korxona, tashkilot, muassasalarga qarzlarni qoplash uchun davlat
tomonidan beriladigan nafaqa.
EMITENT – qimmatli qog‘ozlarni muammalaga bosib chiqaruvchi yuridik va to‘lovga
qobiyatli jismoniy shaxslar.
EMISSIYA FAOLIYATI – qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar va obligasiyalar) chiqarish
yo‘li bilan boshqa korxonalar va shaxslar mablag‘larini jalb etish.
FAOLIYATNING NATIJASI – “ xarajatlar-daromadlar
“ nomli iqtisodiy ko’rsatkichni
o’lchash natijasida olinadigan samara ko’rsatkichi.
Foyda(F) – bu korxonaning daromadlari ( D) va xarajatlari(X) o‘rtasidagi ijobiy farq,
ya’ni
F = D > X. Demak, qanchalik daromad ko‘p bo‘lib, xarajat kam bo‘lsa, korxonaning foydasi
shunchalik ko‘p bo‘ladi.
FOYDA INDEKSI – pul mablag’larining joriy kirimining investitsiya hajmiga nisbati
boyicha investitsiya loyihasining jalb qilinishini tavsiflovchi nisbiy ko’rsatkich.
FYUCHERS –qimmatbaxo qog‘ozlarni, valyuta yoki tovarlarni belgilangan narx va
kelajakdagi belgilangan muddatda sotish yoki sotib olish borasidagi bajarilishi majbur bo‘lgan
qisqa muddatli standart shartnomalardir.
GORIZONTAL TAHLIL – o’ tgan davrdagi yoki hisobot davrida tasdiqlangan smeta
xarajatlarining o’rtasidagi farqlarni aniqlash usuli.
GRAFIK (CHIZMA) USULI – zararsizlikning iqtisodiy va buxgalteriya modulini tuzish
uchun asos bo’ladigan daromad, xarajatlar va foyda hajmining ishlab chiqarish hajmiga bog’liq
bo’lishi.
GRANTLAR -- bu korxonaga qaytarib olinmaslik sharti bilan davlat, nodavlat, xalqaro
tashkilot va fondlardan aniq maqsadlar uchun kelib tushgan moddiy va nomoddiy mablag‘lar
majmuasi.