Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


DAVRIY XARAJATLAR (HISOBOT DAVRINING XARAJATLARI) –



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə286/318
tarix14.10.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#155163
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   318
hisob siyosati

DAVRIY XARAJATLAR (HISOBOT DAVRINING XARAJATLARI) –
mahsulot 
(ish, xizmat) larni ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan xarajatlar. Ushbu xarajatlar 
asosan tijorat (sotish) va ma’muriy boshqaruv va moliyaviy faoliyat bilan bog’liq xarajatlaridan 
tashkil topgan. 
DEBET (lat. debet - u majbur)
- buxgalteriya hisobining bir qismi. Aktiv schetlarning 
debetiga summalarning kо‘payishi yozilsa, passiv schetlarda esa, summaning kamayishi 
yoziladi. Hisoblashish schetlarining debetida esa, boshqa korxona va shaxslarning shu korxonaga 
qarzlari aks ettiriladi va debetorlik qarzlari deyiladi. Debet qoldiqlari esa, aktiv va aktiv-passiv 
schetlarda bо‘ladi. 
DEBITORLAR (lat. debitor - qarzdor)
- ushbu subektga qarzdor bo‘lgan boshqa 
korxona, tashkilot, muassasa yoki shaxslar bo‘lib, ular debetorlik qarzlarini to‘lashlari lozim.
Degressiv xarajatlar – 
o’zgaruvchan xarajatlarning bir turi, ya’ni xarajatlarning o’sish 
darajasi subektning ishbilarmonlik faolligining o’sishidan ortda qoladi.
DEKLARATSIYA
- (lotinchadan, ariza, e’lon) Deklaratsiyaning quyidagi turlari mavjud. 
Bojxona deklaratsiyasi, aloqa deklaratsiyasi, soliq deklaratsiyasi va h.k.o. 
-Bojxona deklaratsiyasi - boyliklar va tovarlarni chegaradan olib o‘tishda ularning nomi, 
miqdori, bahosi, o‘rov turi va boshqalarni aks ettirgan holdagi bojxonaga taqdim etiladigan ariza; 
-Aloqa deklaratsiyasi - xorijga jo‘natilayotgan pulli yoki qimmatli paketlarga ularning 
mazmuni va qiymati aks ettirilib biriktiriladigan aloqa hujjati; 
-Soliq deklaratsiyasi - shaxsning soliq to‘lash bilan bog‘liq daromadlari, mulki va 
boshqalari hajmi haqidagi arizasi. 
DEPONENT (lat. depono – yig‘aman)
-korxona, tashkilot, muassasa yoki jismoniy 
shaxsning korxona, tashkilot, muassasada vaqtincha saqlayotgan mablag‘i. 
Deponent 
summasi ishchi va xizmatchilarni mehnat haqini o‘z vaqtida olinmagan summalaridir. Mehnat 
haqini to‘lash uchun muddat asosan 3 kun qilib belgilanadi. Muddat tugagandan so‘ng, 
olinmagan mehnat haqi summalari vedomostga yoki deponentlar kitobiga xodimning ismi, 
familiyasi, otasining ismi, qabul raqami, hisob-to‘lov qaydnomasi raqami va oy, hamda summa 
yoziladi va deponentlangan deb belgilab qo‘yiladi. O‘z vaqtida to‘lanmagan pullar korxonaning 
bankdagi hisob-kitobiga qaytariladi. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin