408
Bir marotaba yuz bergan operasiyalarni aks ettiruvchi hujjatlar
deganda faqat bitta
operasiyani u yuz bergan vaqtda aks ettiruvchi
hujjatlar tushuniladi, masalan, pulni kassaga
kirim qilganda tuzilgan kirim kassa orderi, tovar jo‘natilganda tuzilgan schyot- faktura va shu
kabi hujjatlar.
Ko‘p marotaba yuz bergan operasiyalarni aks ettiruvchi hujjatlar
deganda
bir xil
mazmundagi va ko‘p takrorlanib tutuvchi xo‘jalik operasiyalarni ma’lum bir davrda (masalan
xafta , o‘n kunlik, bir oy ichida) bitta hujjat bilan rasmiylashtiruvchi hujjatlar tushuniladi.
Tuzilgan joyiga ko‘ra
hujjatlar ichki va tashqi hujjatlarga bo‘linadi.
Ichki hujjatlar
deb korxonaning o‘zida tuzilgan,
tashqi hujjatlar
deb esa korxonaga chetdan
kelib tushgan hujjatlar tushuniladi. Masalan, tayyor mahsulotni jo‘natishda tuzilgan schyot-
faktura ichki, materiallarni ta’minotchilardan kelib tushganligini ko‘rsatuvchi schyot-faktura esa
tashqi hujjat hisoblanadi.
Tuzish usullariga ko‘ra
buxgalteriya hujjatlari qo‘lda
va kompyuterlarda tuzilgan
hujjatlarga bo‘linadi.
Buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan hujjatlar shakl va mazmuniga ko‘ra
unifikasiyalashtirish va standartlashtirish talablariga javob berishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: