Ibodati islomiya.
Ahmad Hodiy Maqsudiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
50
– Durust bo’ladi.
– Bu holda namozni necha rakat qilib o’qiydilar?
– Musofir ikki rakat o’qib salom berib, namozni tamom qiladi.
Orqasidan ergashgan kishi
tashahhudni o’qiydi, ammo salovot va duoni o’qimay, imom bo’lgan musofirning salom
berishini kutib turadi. Musofir salom bergandan keyin muqimlar
qiyomga turadilar va
qolgan ikki rakatni o’qib, namozlarini tamom qiladilar.
– To’rt rakatli namozda musofir kishining muqimga ergashishi durust bo’ladimi?
– Qazo namoz bo’lsa, durust bo’lmaydi, ammo vaqtida ado qilinadigan namoz bo’lsa,
durust bo’ladi.
– Bu holda musofir necha rakat o’qiydi?
– Imomga tobe’ bo’lib to’rt rakat o’qiydi.
– Musofir kishi to’rt rakatli namozni ikki rakat o’qimay, to’rt rakat qilib to’la o’qisa,
namozi durust bo’ladimi?
– Durust bo’ladi, lekin ikki rakat o’qimay, to’rt rakat o’qigani uchun gunohkor bo’ladi.
– Musofir kishi o’z shahrida o’qilmay, qazoga qolgan to’rt rakatli namozni safarda qazo
qilmoqchi bo’lsa, necha rakat qilib qazo o’qiydi?
– To’rt rakat qilib qazo o’qiydi.
– Bir musofir safardalik chog’ida to’rt rakatli namozi qazoga qolgan bo’lsa, o’z shahriga
qaytib kelgandan keyin necha rakat qilib qazo o’qiydi?
– Safarda bo’lgan vaqtidagidek ikki rakat qilib qazo o’qiydi.
Dostları ilə paylaş: