Microsoft Word ibodati islomiya ziyouz com doc



Yüklə 307,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/93
tarix14.10.2023
ölçüsü307,84 Kb.
#155265
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   93
Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
46
Namozda unutmoq
– Bir kishi to’rt rakatli namozda avvalgi qa’dada o’tirmay, qiyomga tura boshlasa, shu 
orada xato qilganligi xotiraga kelsa, nima qiladi?
– Agar tizzalarini to’g’rilab qiyom holiga yaqinlashmagan bo’lsa, ya’ni tizzalari bukilgan 
holicha turgan bo’lsa, qaytib qa’daga o’tiradi. Namoz oxirida sajdai sahv qilishi vojib 
bo’lmaydi. Agar tizzalari to’g’rilanib qiyomga yaqinlashgan bo’lsa, qaytib qa’daga 
o’tirmaydi. Balki qiyomga turib ketadi va bu holda sajdai sahv vojib bo’ladi.
– Bir kishi oxirgi qa’daga o’tirmay, qiyomga turib ketsa, undan so’ng xato qilganligi 
xotirasiga kelsa, nima qiladi?
– Xato qilgani xatoga yo’l qo’ygan rakatda sajda qilishdan oldin xotirasiga kelib qolsa, 
tezlik bilan qaytib qa’daga o’tirib tashahhud o’qib, salom berib, sajdai sahv qiladi. Agar 
xato qilingan rakatning sajdasini qilsa, namozi farzlikdan chiqib, nafl hisobiga o’tadi. 
Xohlasa, bir rakatiga yana bir rakat qo’shib ikki rakat qiladi, xohlasa, salom berib o’sha 
namozdan chiqib, farzni boshqatdan o’qiydi. 
– Bir kishi oxirgi qa’dani avvalgi qa’da, deb gumon qilib, tashahhud o’qib qiyomga turib 
ketsa, nima qiladi?
– Qolgan rakatning sajdasini qilmasdan xato qilganini bilib qolsa, tezlik bilan qaytib 
qa’daga o’tirib, salom berib, sajdai sahv qilib, namozni tamom qiladi. Agar xato qilgan 
rakatning sajdasini qilib qo’ysa, u vaqt avval boshlagan farz namozi tamom bo’ladi, xato 
bilan boshlagan bir rakatga yana bir rakat qo’shib, namoz oxirida sajdai sahv qiladi. 
– Xato qilinib o’qilgandan so’nggi ikki rakat qanaqa namoz bo’ladi?
– Nafl namoz bo’ladi. 
– Uch rakatli yoki to’rt rakatli namozlarda unutib namoz tamom bo’ldi, deb ikki tarafga 
salom berib qo’ysa, nima bo’ladi?
– Salom bergandan so’ng namozni buzadigan biror ish qilmagan bo’lsa, tezlik ila 
qiyomga turib qolgan rakatni o’qib, namozni tamom qiladi, lekin namoz oxirida sajdai 
sahv qiladi. Ammo salom bergandan so’ng namozni buzadigan biror ish qilib qo’ygan 
bo’lsa, o’qigan namozi nafl bo’ladi, farzni boshqatdan o’qimog’i lozim.
– Bir kishi namozda necha rakat o’qiganini unutsa, hozir necha rakat bo’lganini ham 
bilmasa, u kishi nima qiladi?
– Agar umrida birinchi unutishi bo’lsa, o’qib turgan namozdan chiqib, namozni 
boshqatdan o’qiydi. 
– Namozdan qay tariqa chiqadi?
– Qiyomda bo’lsa, qiyomda bo’lgan holicha, qa’dada bo’lsa, qa’dada bo’lgan holicha ikki 
tarafga salom berib namozdan chiqadi. 
– Agar bir kishi ko’p namozda shu tariqa necha rakat o’qiganini unutgan bo’lsa va 
namozi necha rakat bo’lganini yana unutsa, nima bo’ladi?
– Dilida necha rakat o’qigani yaqinroq bo’lsa, shuni e’tiborga olib, ushbu hisob ila 
namozni tamom qiladi. 
– Diliga hech bir tarafi yaqinroq bo’lmasa, balki bir tarafga ehtimol bo’lsa, nima qiladi?
– O’zini oz rakat o’qigan hisob qilib namozini tamom qiladi. Masalan, o’qib turgan 
rakatning birinchi rakatmi yoki ikkinchi rakatmi, deb shubhaga tushsa, avvalgi rakat 
hisob qilib namozini davom ettiradi. Ikkinchi rakatmi yoki uchinchi rakatmi, deb 
shubhaga tushsa, ikkinchi rakat hisob qilib namozini davom ettiradi. Uchinchi rakatmi 
yoki to’rtinchi rakatmi, deb shubhaga tushsa, uchinchi rakat hisob qilib namozini davom 
ettiradi. 
– Ushbu tariqa shubha qilgan namozda oxirgi rakatga turguncha nima qilmoq lozim?
– Tashahhudni o’qish miqdoricha qa’dada o’tirib turmoq lozimdir. 


Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy 

Yüklə 307,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin