Microsoft Word ibodati islomiya ziyouz com doc



Yüklə 307,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/93
tarix14.10.2023
ölçüsü307,84 Kb.
#155265
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   93
Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya

Masjid va jamoat
- Besh vaqt namozni jamoat bilan o’qish savoblimi yoki tanho o’qish savoblimi?
- Albatta, jamoat bilan o’qish savoblidir. Jamoat bilan o’qilgan namozning savobi yolg’iz 
o’qilgan namozdan yigirma yetti daraja ziyodadir. Payg’ambarimiz (s.a.v.) jamoatni tark 
etgan kishilarga dashnom berar edilar, shu sababdan namozni jamoat bilan o’qish 


Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
43
sunnati muakkadadir. 
- Jamoat hisoblanishi uchun necha kishi bo’lishi kerak?
- Imomdan boshqa bir kishi bo’lsa, jamoat bo’ladi. Lekin jamoat qancha ko’p bo’lsa, 
savobi shuncha ziyoda bo’ladi. 
- Masjid bo’lmasa ham jamoat bo’ladimi?
- Imom bilan o’qilsa, qaysi yerda o’qilsa ham jamoat bo’laveradi. 
- Namozni masjidga borib o’qish zarurmi?
- Albatta, g’oyatda zarurdir. Uzr bo’lmagan holda har namozni masjidga borib o’qishga 
harakat qilmoq kerak. 
- Masjidga kirganda va chiqqanda qaysi oyoqni avval qo’yish lozim?
- Masjidga kirganda avval o’ng oyoqni, chiqqanda esa chap oyoqni qo’yish kerak. 
- Masjidga kirganda nima deb duo qilinadi?
«Allohumma iftahli abvaba rohmatik», 
deb duo qilinadi.
Ma’nosi: «Ey Alloh, menga rahmating eshiklarini ochgin». 
- Masjiddan chiqqanda nima deb duo qilinadi?
«Allohumma inni as’aluka min fazlikal ‘azim», 
deb duo qilinadi.
Ma’nosi: «Ey Alloh, albatta men Sendan ulug’ fazlingni talab qilaman». 
- Masjidga kirganda nima qilmoq kerak?
- Masjidga kirganda sunnat namozini va «Tahiyyatil masjid» (masjid haqiga), deb 
nomlangan namozni o’qish lozim. 
- Masjid ichida qanday o’tirish kerak? 
- G’oyatda odob va tavoze’ bilan o’tirish kerak. Dunyoviy hech bir ish qilmaslik, dunyoviy 
so’zlarni so’zlamaslik, o’ynamaslik va kulmaslik kerak. Aksincha, mumkin qadar zikrda, 
tasbehda, duoda bo’lish, Qur’on o’qib o’tirish yo nafl namozga mashg’ul bo’lish lozim. 
Masjid ichida tuflamaslik va burunni qoqmaslik, masjid Allohga ibodat qiladigan joy, deb 
g’oyatda sidqidildan e’tiqod qilib o’tirish lozim. Sarimsoqpiyozga o’xshash badbo’y 
narsalarni yeb masjidga kirish makruhdir.
- Imom bomdod namozining farzini o’qiyotganda yetishgan kimsa ikki rakat sunnatni 
o’qiydimi yoki o’qimaydimi?
- Farzning oxirgi rakatiga yetishish mumkin bo’lsa, masjidning bir tarafida sunnatni 
tezroq o’qib, undan so’ngra imomga ergashgan ma’qul. Agar sunnatni o’qigan holda 
farzning oxirgi rakatiga yetishmaydigan bo’lsa, sunnatni o’qimaydi, balki tezlik bilan 
imomga ergashadi. 
- U qolgan ikki rakat sunnatni farzni o’qigandan keyin qazo qiladimi?
- Qazo qilmaydi, qolgan holicha qoladi. 
- Imom peshin namozining farziga kirishgan paytda yetishgan kishi nima qiladi?
- Tezlik bilan imomga ergashadi, sunnatga mashg’ul bo’lmaydi. 
- Farzni o’qigandan so’ng to’rt rakat sunnatni qazo qiladimi?
- Farzdan so’ng o’sha to’rt rakat sunnatni qazo qiladi, keyin ikki rakat o’qiydi. 
- Bir kishi masjidga kirib peshin namozining to’rt rakat sunnatini o’qishga kirishganda 
muazzin iqomat aytib takbir tushirsa va imom farzni o’qishni boshlasa, u kishi nima 
qiladi?
- Boshlangan namozni ikki rakat qilib salom berib, naflga qoldirib, tezlik bilan imomga 
ergashadi. Imom bilan farzni o’qigandan so’ng to’rt rakat sunnatni avval qazo sifatida 
o’qib, so’ng ikki rakatni o’qiydi. 
- Peshin namozining to’rt rakat sunnatidan uch rakatini o’qigandan so’ng muazzin 
iqomat aytsa, nima qiladi?


Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy 

Yüklə 307,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin