www.ziyouz.com kutubxonasi
41
- Xotinlarning jamoat uchun masjidlarga chiqishlari durust bo’ladimi? - Yosh xotinlarning har qaysi namoz uchun jamoatga chiqishlari makruhdir. Ammo
qarigan xotinlarning faqat peshin va asr namoziga jamoatga chiqishlari makruhdir.
Undan boshqa namozlarga qarigan xotinlarning chiqishi makruh emasdir.
- Balog’atga yetgan kishilar yosh bola va xotin kishilarga ergashib jamoat bilan namoz o’qisalar, durust bo’ladimi? - Durust bo’lmas.
- Bir yosh bolaga boshqa yosh bola ergashib jamoat bilan namoz o’qimog’i durust bo’ladimi? - Durust bo’ladi.
- Bir xotin boshqa xotinga ergashib jamoat bilan namoz o’qimog’i durust bo’ladimi? - Namoz durust bo’ladi, lekin makruhdir.
- Xotinlar o’zlari jamoat bo’lib namoz o’qishni xohlasalar, imomi qay yerda turadi ?
- Erkaklar imomidek butkul ilgari o’tib, qavmdan ajrab turmas, balki saf o’rtasida turar,
lekin sezilmas qadar oldinroqda turishi yaxshiroq.
- Imom orqasida turadigan ergashuvchilarning qay tariqa turmoqlari sunnat? - Har bir ergashuvchi safni to’g’ri olishi uchun oralarida biror kishi sig’arlik yo undan ham
kamroq bo’sh joy qoldirmaslikka g’oyatda qattiq e’tibor berish sunnatdir.
- Uzrsiz kishi uzrli kishiga ergashishi durust bo’ladimi? Masalan, bir kishining jarohati bo’lsa, o’sha jarohatdan hamma vaqt qon va yiring kelib tursa, biror namozning vaqti qadar zamon pok turmasa, shu kishiga bunaqa holda pok kishining ergashishi durust bo’ladimi? - Durust bo’lmaydi.
- Farz namoz o’qiydigan kishiga nafl namoz o’qiydigan kishining ergashishi durust bo’ladimi? - Asr namozi va shom namozidan boshqa namozlarda durust bo’ladi. Ammo asr
namozidan so’ngra nafl namoz o’qish makruh bo’lgani sababli va nafl namozni uch
rakatli qilib o’qish durust bo’lmagani sababli bu ikki namozga nafl niyati bilan ergashib
o’qish durust bo’lmas.