Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
42
Mudrik va masbuq
- Imomga avvalgi rakatda ergashgan (iqtido qilgan) kishi nima deyiladi?
- «Mudrik» deyiladi.
- Imomga avvalgi rakatda ergasholmay, so’nggi rakatlarda ergashgan kishi nima
deyiladi?
– «Masbuq» deyiladi.
– Rakatning qaysi yeriga yetib ergashgan bo’lsa o’sha rakat topganga hisob qilinadi?
– Ruku’ga yetib ergashsa, o’sha rakat ham hisobga o’tadi.
– Birinchi rakatning ruku’siga yetib ergashsa, mudrik bo’ladimi yoki masbuq bo’ladimi?
– Mudrik bo’ladi.
– Agar bir kishi to’rt rakatli namozning oxiridagi to’rtinchi rakatni topsa, imomdan keyin
necha rakat qazo qiladi?
– Uch rakat qazo qiladi. Qolgan uch rakat namozdan bir rakat o’qib, qa’daga o’tirib
tashahhud aytib, tashahhuddan keyin yana qiyomga turib, ikki rakat o’qib tamom qiladi.
– Shu uch rakatning qaysilarida Fotiha surasidan so’ng sura qo’shiladi?
– O’sha uch rakatning avvalgi ikki rakatida zam sura qiladi, so’nggidagi
bir rakatda zam
sura qilmaydi.
– Bir kishi oxirgi rakatning ruku’siga yetishmasa, imomga ergashadimi yoki yo’qmi?
– Albatta, imomga ergashadi. Xoh oxirgi sajdasi bo’lsin, xoh qa’dasida bo’lsin, tezlik
bilan imomga ergashib, jamoat savobini topishga harakat qilishi lozim.
– Bunday holda u odam imomdan keyin necha rakat qazo o’qiydi?
– Necha rakatli namoz bo’lsa, shuncha rakatni yolg’iz namoz o’qigan
kishidek qazo qilib
o’qiydi.
– Shom namoziga o’xshash uch rakatli namozning oxirgi rakatini topsa, imomdan
so’ngra necha rakatni qazo qilib o’qiydi?
– Ikki rakatni.
– Shu ikki rakatning avvalgi rakatida sajdadan keyin qa’da qiladimi yoki qiyomga
turadimi?
– Qa’daga o’tirib tashahhud o’qib, keyin qiyomga turadi va oxirgi rakatni o’qib, namozni
tamom qiladi.
– Bir kishi ikki rakatli namozning avvalgi rakatiga ulgurmasa, balki imom sajda qilgan
vaqtda yetishsa, nima qiladi?
– Tezlik bilan imomga ergashadi va imom qaysi amalni qilsa, u ham o’sha
amalni qila
boshlaydi. Masalan, sajda qilgan zamonda yetishsa, tezlik bilan sajda qila boshlaydi.
– Shu kishi mudrik bo’ladimi, masbuq bo’ladimi?
– Mudrik bo’lmaydi, masbuq bo’ladi.
– Endi u kishi qolgan bir rakatni nima qiladi?
– Imom oxirgi qa’daga o’tirganda u kishi ham o’tiradi. «At-tahiyyat»ni o’qib, ammo
salovot va duoni o’qimasdan sukut saqlab, imom salom bergunicha qarab turadi. Imom
salom berganidan so’ngra turib qolgan bir rakatni o’qiydi.
Dostları ilə paylaş: