Ibodati islomiya.
Ahmad Hodiy Maqsudiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
9
aytilgan yuz varaq yuz kitobga tengdir. Muso alayhissalomga Tavrot kitobi,
Dovud
alayhissalomga Zabur, Iso alayhissalomga Injil, Muhammad alayhissalomga Qur’oni
karim nozil qilingan.
- Ularda nimalar bayon qilingan?
- Va’z va nasihatlar,
ibratli qissa va hikoyalar, duo va ibodat so’zlari bayon etilgan,
dunyo va oxirat obodligini topmoq yo’llari ko’rsatilgan.
- Ularda shariat hukmlari bir-biriga muvofiq keladimi yoki muvofiq kelmaydimi?
- Ko’plari muvofiq, ba’zilari xilofli.
- Nega xilofli?
- Chunki zamona va insoniyatning kamolot darajasiga
qarab yangi-yangi hukmlar
kelgan. Shu sababdan so’ng kelgan hukmlar avvalgi hukmlarga o’xshamaydi. Ammo eng
so’nggisi, ya’ni Qur’oni karimda kelgan hukmlar to zamon oxir bo’lguncha qat’iy va
o’zgarmasdir.
Qur’on – Kalomi sharif
- Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomga Qur’on qay tariqa kelgan?
- Alloh taoloning amri bilan farishta Jabroil Muhammad alayhissalomga Qur’ondagi sura
va
oyatlarni bayon qilgan, xotiralariga singdirgan. Jabroil alayhissalom ketganidan so’ng
Payg’ambarimiz nozil bo’lgan oyatlarni sahobai kiromlarga yodlatganlar.
- Kalomulloh Muhammad alayhissalomga necha yil davomida kelgan?
- Yigirma uch yil davomida bobma-bob,
oyatma-oyat, bo’linib-bo’linib nozil bo’lgan.
- Qaysi tilda bayon qilingan?
- Arab tilida.
- Qur’oni karim necha sura va necha oyatdan iborat?
- Bir yuz o’n to’rt sura, olti ming ikki yuz yigirma olti oyatdan iborat.
- Unda necha so’z va necha harf bor?
- Yetmish yetti ming to’rt yuz o’ttiz to’qqiz so’z, uch yuz yigirma besh ming uch yuz qirq
uch harf bor.
Dostları ilə paylaş: