88
Birlamchi ishlov berilgandan so’ng xom ashyo IQ-konvektiv quritish
qurilmasiga uzatiladi (77-rasm).
77-rasm. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini quritish uchun IQ-konvektiv quritish
qurilmasi.
1-tePlogenerator; 2-quritish kamerasi; 3-tsirkulyatsion kommunikatsiya; 4-
gaz gorelkasi; 5-havoni uzatish uchun ventilyator; 6-havoni qaytarish uchun
ventilyator; 7-gaz-havo aralashmalarini yo’qotish uchun quvur; 8-shiber; 9-
reo’etka; 10-ustunlar; 11-tutun chiqaruvchi moslama; 12-xom ashyoga birlamchi
ishlov beruvchi quritish qurilmasi.
Ishlash tartibi
Qurilma tePlogenerator (1), ikki avtonom sektsiyaga ega quritish kamerasi (2)
hamda bug’-gaz aralashmalarini chiqarish yoki tsirkulyatsiya qilish uchun
kommunikatsiyadan (3) iborat. TePlogenerator tabiiy gazni yoqish uchun gaz
gorelkasi (4) bilan jihozlangan. Ishchi agentning harakatlanish tizimi ikkita
ventilyator: havoni uzatish (5) va gaz-havo aralashmalarini qaytarish uchun (6)
yoki quvur (7) orqali shiber (8) vositasida yo’qotish, tutun chiqarish moslamalari
(11) bilan jihozlangan. TePlogeneratorda gaz-havo aralashmalarini tozalash ham
inobatga olingan.
Quritish kamerasining (2) ishchi sektsiyalari ishchi shaxslarga xizmat
ko’rsatish uchun reo’etkalar (9) bilan jihozlangan. Sektsiyalar bir-biri bilan
germetik chegaralangan va izolyatsiyalangan qobiq (kojux) bilan berkitilgan.
Dostları ilə paylaş: