I bo’lim. Konserva korxonalari jihozlari


SHARTLI BELGI VA QISQARTIRILGAN



Yüklə 9,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/116
tarix14.10.2023
ölçüsü9,41 Mb.
#155367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
ma\'ruza matn

 
SHARTLI BELGI VA QISQARTIRILGAN 
IBORALAR RO’YXATI 
T – maxsulot komPonenti sarf me’yori; M – jihoz unumdorligi; S – sirop sarfi 
m – kontsentratsiya; x – komPonent yo’qolishi; V – ma’lum miqdor xom ashyodan 
tayyor maxsulot chiqishi; N – soatdagi unumdorlik; 
τ
- tsikl vaqti; V – jihoz ishchi 
sig’imi; Q – issiqlik sig’imi; t – harorat; k – issiqlik tashish koeffitsienti; TIA – 
texnik-iqtisodiy asos; K/z – konserva zavodi; MSHB – ming shartli banka; 
MLNSHB – million shartli banka; YATM – yarim tayyor mahsulot; FIK – foydali 
ish koeffitsienti.
 
K I R I SH 
Konserva sanoatining ishlab chiqarish quvvatini oshirish, assortiment xilini 
kengaytirish, meva-sabzavot mahsulotlarini sifatini yaxshilash ilmiy-texnik 
rivojlanishning o’sishi bilan bevosita bog’liq. 
Meva-sabzavot 
konservalarini 
ishlab 
chiqarishdagi 
ilmiy-texnik 
rivojlanishning asosiy yo’nalishlari quyidagilardir: 

xom 
ashyoni 
yig’ib 
olishdagi 
texnikani 
va 
texnologiyasini 
mukammallashtirish; 
- sanoat miqyosida qayta ishlash uchun xom ashyoni tashish va saqlash; 
- yarimtayyor mahsulotlarni asePtik holda konservalash, saqlashning 
texnologiyasini va jixozlarini yaratish va tatbiq etish; 
- meva-sabzavotlarni mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan 
liniyalarda komPleks ravishda qayta ishlash; 
- tayyor mahsulotning sifatini yaxshilash va energiyani kam sarflash 
maqsadida davriy sterilizatsiyalash texnikalarini mukammallashtirish; 
- modul tamoyili asosida yuqori darajada mexanizatsiyalashgan, 
avtomatlashtirilgan konservalar ishlab chiqaruvchi komPlekt liniyalarni yaratish va 
tatbiq etish. 
Sanoat miqyosida qayta ishlash uchun yig’ishtirilgan xom ashyo ko’P 
vaqtda mexanizatsiyalashgan holda yig’iladi. Unda xom-ashyo tarkibida ko’P 
miqdorda turli xil aralashmalar (tuProq, kesak, qum, tosh va boshqalar) qo’shilib 
ketadi, bunday mahsulotlarni qayta ishlash uchun yuvish jarayoni katta ahamiyatga 
ega. SHuning uchun yuvish mashinalarini suv va energiyani tejamlaydigan qilib 
mukammallashtirish ham hozirgi kuning muhim yo’nalishlaridan biridir. Ishlab 
chiqarishni mexanizatsiyalashni tezlashtirish uchun shisha taralarni yuvish 
jarayonini mexanizatsiyalash lozim. Bu jarayondagi mehnat sarflanishi kamaytirish 
maqsadida taralarga komPleks sanitar ishlov beruvchi uskunalar ishlab chiqarishi
va tatbiq etishi rejalashtirilmoqda. 
Umuman olganda konserva korxonalarini quvvatini ko’tarish va ish 
unumdorligini oshirishda qurilmalarning ahamiyati kattadir. 



Konservalash sohasida ishlatiladigan qurilmalar va uskunalar moshinasozlik 
sanoati tomonidan ayrim-ayrim holda yoki uzluksiz ish jarayonini bajaruvchi 
liniyalar sifatida tayyorlaniladi. 
Bugungi kunda konserva korxonalarida juda ko’P chet el liniyalaridan 
foydalanilmoqda. Ulardagi ishlab chiqarish jarayonlari shunday tashkil qilinganki, 
ularga kiritilgan xom ashyo jarayon oxirida qadoqlangan holdagi tayyor mahsulot 
o’rinishida qabul qilinadi. Masalan, Italiyaning va SHveytsariyaning «Tetra-Pak» 
liniyalari yoki Amerika va Avstraliyadan keltirilgan assePtik holda qadoqlovchi 
liniyalar. 
SHunday qilib konserva sohasini mashina va qurilmalari qatori kundan-
kunga ko’Paymoqda, eskirgan, hozirgi kunda ishlatish uchun noqulay bo’lgan 
katta quvvatli qurilmalar o’rnini yangi, zamonaviy, bugungi kunning talabiga 
javob beruvchi uskunalar egallamoqda. 
1- ma’ruza 
Mavzu: FANNING MAZMUNI VA MAQSADI. QURILMALARNI 
SINFLASH 
Matnlarni yoritish rejasi: 
1. 
Konservalash jarayonida hizmat qiluvchi jihozlar haqida umumiy 
tushuncha. 
2. 
Mahsulotlarni konservalashda ishlatiladigan qurilmalarni sinflash 
tamoyillari. 
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari isrofgarchilikdan va yetishtirilgan mahsulotni 
aholiga nes-nobut qilmasdan yetkazish va ularni yil davomida uzluksiz holda 
ta’minlash davlatimiz oldidagi asosiy vazifalardan biridir. 
Ma’lumki, qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan o’zliksiz ta’minlash xom-
ashyoni qayta ishlash bilan bog’likdir. Qanday mahsulogt bo’lishidan kat’iy nazar, 
xox u o’simlik mahsuloti bo’lsin, xox u hayvon mahsuloti bo’lsin, baribir ular tez 
buziluvchanlik xususiyatiga ega. SHuning uchun ularni ma’lum texnologik 
jarayonlardan o’tkazish yo’li bilan ozuqaviyo qiymati va sifatini saqlangan holda 
qayta ishlash lozim. 
Qayta ishlash deganda ko’z oldimizga ma’lum qurilmalar, mashinalar yoki 
uskunalarni keltiramiz. Oziq-ovqat sanoatining xom-ashyoni qayta ishlash 
tarmoqlari ishidagi konserva ishlab chiqarish sohasi, qurilma va uskunalarga eng 
ko’P muxtoj bo’lgan sohadir. 
Konservalash korxonalarida qo’llaniladigan qurilma va uskunalar shu qadar 
xilma-xilki va ularning jarayonlarni bajarish doirasi shu qadar kengki, ularni oddiy 
so’z bilan ifodalash juda mushkul. Masalan, meva yoki sabzavotni maydalash 
jarayonini olaylik, butun mahsulotni maydalangan mahsulotga aylantirishda bir 
necha xil uskunalar foydalaniladi va bu uskunalarning vazifalari ham xar xil: 
- volchok yordamida mayda bo’lakchalarga maydalaniladi; 
- qirg’ich mashinalarida to’g’raladi (maqsadga muvofiq xar xil shakil ham 
berish mumkin); 
- drobilkada ezib maydalanadi; 



- ishqalash mashinasida mayinlashtiriladi; 
- gomogenizatorda o’ta mayda zarrachalarga maydalanadi. 
Keltirilganlardan ko’rinib turiPtiki, mahsulotni konservalash jarayonda 
qo’llaniladigan qurilma va uskunalarni soni ham qo’llash maqsadi ham juda ko’P 
ekan. 
Konservalash sohasida ishlatiladigan qurilmalar va uskunalar moshinasozlik 
sanoati tomonidan ayrim-ayrim holda yoki uzluksiz ish jarayonini bajaruvchi 
liniyalar sifatida tayyorlaniladi. 
Bugungi kunda konservalash korxonalarida juda ko’P chet el liniyalaridan 
foydalanilmoqda. Ulardagi ishlab chiqarish jarayonlari shunday tashkil qilinganki, 
ularga kiritilgan xom-ashyo jarayon oxirida qadoqlangan holdagi tayyor mahsulot 
o’rinishida qabul qilinadi. Masalan, Italiyaning va SHveytsariyaning « Tetra-Pak» 
liniyalari yoki Amerika va Avstraliyadan keltirilgan assePtik holda qadoqlovchi 
liniyalar. 
SHunday qilib konservalash sohasini moshina va qurilmalari qatori kundan-
kunga ko’Paymoqda, eskirgan, hozirgi kunda ishlatish uchun noqulay bo’lgan 
katta quvvatli qurilmalar o’rnini yangi, zamonaviy, bugungi kunning talabiga 
javob beruvchi uskunalar egallamoqda. 
Konservalash korxonalarida xamma ishlatiladigan qurilmalar, ularning 
texnologik jarayonni amalga oshirishdagi tutgan o’rni va ishlatilishiga qarab 3 
sinfga bo’linadi: 
1. 
Asosiy texnologik qurilmalar - tayyor mahsulot ishlab chqarishning 
texnologik jarayonida ishlatiladigan moshina va mexanizmlar kiradi va ular ishlab 
chiarishning texnologik jarayonida bevosita ishtiroq etadi. 
2. 
YOrdamchi texnologik qurilmalar - bu guruhga kiruvchi moshinalar va 
uskunalar asosiy texnologik jarayonda ishtiroq etmaydilar, lekin ularni amalga 
oshirish uchun yordam beradilar( bunkerlar, qutichalar, dozatorlar va boshqalar). 
3. 
TransPort qurilmalari - bu sinfga kiruvchi moshina va uskunalar 
texnologik qurilmalarni bir biriga bog’lovchi vozifasini bajaradi, hamda turli xil 
tashish, tushirish-kutarish va boshqa jarayonlarida ishtiroq etadi. 
Xom ashyoni konservalashni amalga oshirish uchun turli xildagi texnologik 
qurilmalar ishlatiladi.
Konservalash korxonalarida texnologik jarayonlarni tashkil qilishda 
uskunalarning ish bajarish tavsifiga asoslanib, ularni 6 ta yo’nalishdagi 
guruhchalarga ajratiladi: 
1.Xom ashyoni qabul qilishda, korxona ichida tashishda hizmat qiluvchi 
qurilmalar (xom-ashyoni, yordamchi mahsulotlarni , yarimtayyor mahsulotlarni, 
tayyor mahsulotlarni, taralarni). 
2. 
Xom ashyoni konservalashda, uni tayyorlab to bankalarga joylashgacha 
bo’lgan birlamchi ishlov berishda hizmat qiluvchi qurilmalar ( xom-ashyo va 
komPonentlarga mexanik hamda issiqlik ishlov beruvchi vositalar) 
3. 
Birlamchi ishlov berilgan yarimtayyor mahsulotlarni uzoq muddat 
davomida, buzilmasligini ta’minlash maqsadida germetik holda bankalarga 
joylashda va qadoqlashda hizmat qiluvchi qurilmalar( to’ldiruvchi, qoPqoqni 
yoPuvchi, sterilizatsiyalovchi) 



4. 
Konservalangan mahsulotlarni germetik berkitmasdan saqlash mumkin 
bo’lgan jarayonlarni amalga oshirishda hizmat qiluvchi qurilmalar. 
5. 
Tayyor mahsulotni bezaklashda hizmat qiluvchi qurilmalar. 
6. 
Texnologik jarayonlarni tartibga solish va ularni avtomatlashgan holda 
nazorat qilishda hizmat qiluvchi qurilmalar. 
Hozirgi vaqtda bu qurilmalar aloxida-alohida holda yoki texnologik 
liniyalarni komPlekti holida keltiriladi. 
MATNLARNI O’ZLASHTIRISHDAGI MUHIM TAYANCH SO’Z VA 
IBORALAR: 
- asosiy texnologik qurilma; yordamchi texnologik qurilma; 
- transPort qurilmalar; uzatish; tashish; 
- yuklar; jarayon va jihoz bog’likligi;
- uzluksiz texnologik jarayon. 
MATNLARNI YORITISH SAVOLLARI: 
1. Konserva sanoatining bugungi kundagi jihozlar bilan qurollanganligi 
haqida tushuncha. 
2. 
Konservalash korxonalarini jihozlashning o’zga sohalardan farqi? 
3.Konservalash korxonalari qurilmalarini sinflarga bo’linishi. 
4. 
Asosiy qurilmalar deganda nimani tushinasiz? 
5. 
YOrdamchi qurilmalar qatoriga nimalar kiradi? 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
1. 
M.YA. Dikis, A.N. Malskiy. Texnologicheskoe oborudovanie konservnqx 
zavodov. - M: Pio’ePromizdat, 1961. 
2. 
E.S. Gorenkov, B.L. Bibergal. Oborudovanie konservnogo Proizvodstva. 
- M.: AgroPromizdat, 1989. 
2 - ma’ruza 



Mavzu: KONSERVA KORXONALARIDA QO’LLANILADIGAN MEXANIK 
QURILMALAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA 
Matnlarni yoritish rejasi:
1. Konservalangan mahsulotlar ishlab chiqarishda mexanik qurilma-larni 
mohiyati. 
2. Xom ashyoga birlamchi ishlov berishda qo’llaniladigan mexanik 
qurilmalar. 
3. 
Xom ashyoga birlamchi ishlov berishda uning strukturasini o’zgartiruvchi 
mexanik qurilmalar. 
Konserva sanoatining ishlab chiqarish quvvatini oshirish, assortiment xilini 
kengaytirish, meva-sabzavot mahsulotlarini sifatini yaxshilash ilmiy-texnik 
rivojlanishning o’sishi bilan bevosita bog’liq. 
Meva-sabzavot 
konservalarini 
ishlab 
chiqarishdagi 
ilmiy-texnik 
rivojlanishning asosiy yo’nalishlari quyidagilardir: 

xom 
ashyoni 
yig’ib 
olishdagi 
texnikani 
va 
texnologiyasini 
mukammallashtirish; 
- sanoat miqyosida qayta ishlash uchun xom-ashyoni tashish va saqlash; 
- yarim tayyor mahsulotlarni asePtik holda konservalash va saqlashning 
texnologiyasini va jixozlarini yaratish va tatbiq etish; 
- meva-sabzavotlarni mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan 
liniyalarda komPleks ravishda qayta ishlash; 
- tayyor mahsulotning sifatini yaxshilash va energiyani kam sarflash 
maqsadida davriy sterilizatsiyalash texnikalarini mukammallashtirish; 
- modul tamoyili asosida yuqori darajada mexanizatsiyalashgan va 
avtomatlashtirilgan konservalar ishlab chiqaruvchi kmPlekt liniyalarni yaratish va 
tatbiq etish. 
Sanoat miqyosida qayta ishlash uchun yig’ishtirilgan xom-ashyo ko’P 
vaqtda mexanizatsiyalashgan holda yig’iladi. Unda xom-ashyo tarkibida ko’P 
miqdorda turli xil aralashmalar (tuProq, kesak, qum, tosh va boshqalar) qo’shilib 
ketadi, bunday mahsulotlarni qayta ishlash uchun yuvish jarayoni katta ahamiyatga 
ega. SHuning uchun yuvish mashinalarini suv va energiyani tejamlaydigan qilib 
mukammallashtirish ham hozirgi kuning muhim yo’nalishlaridan biridir. Ishlab 
chiqarishni mexanizatsiyalashni tezlashish uchun shisha taralarni yuvish jarayonini 
mexanizatsiyalash lozim. Bu jarayondagi mehnat sarflanishi kamaytirish 
maqsadida taralarga komPleks sanitar ishlov beruvchi uskunalar ishlab chiqarishi
va tatbiq etishi rejalashtirilmoqda. 
Umuman olganda konserva korxonalarini quvvatini ko’tarish va ish 
unumdorligini oshirishda mexanik qurilmalarnini ahamiyati kattadir. 
Konservalash sanoatida qo’llaniladigan qurilmalarni sinflash 
yoki 
guruhlarga ajratishga turli xil olimlar turlicha yondoshishgan. Masalan, E.S. 
Gorenkov va V.L. Bibergal konserva korxonalarining qurilmalarini 2ta katta 



bo’lakka bo’lib, birini - texnologik qurilmalar, ikkinchisini - umumkorxona 
qurilmalari deb farqlaydi. 
Birinchi qismga - transPort vositalari, xom-ashyoni tayyorlash va ishlov 
berish vositalari, mahsulotni joylovchi vositalar,tayyor mahsulotli taralarni 
sterilizayiyalovchi va bezaklovchi vositalar, shisha taralarni yuvuchi moshinalar, 
meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi komPlekt liniyalar kiritilgan. 
Ikkinchi qismga - korxonani isitish va bug’ berish qurilmalari, korxonani 
suv bilan ta’minlovchi qurilmalar, elektr qurilmalari, gazli qurilmalar, sovutgich 
uskunalari kiritilgan. 
Olimlardan M.YA. Dikis va A.N Malskiylar esa konserva korxonalari 
qurilma va uskunalarni ikki katta qismga ajratadi - mexanik qurilmalar va issiqlik 
qurilmalari. 
Talabalarga o’rgatishda, bizning fikrimizcha, M.YA.Dikis va A.N. 
Malskiylarning tanlagan yo’li bo’yicha borilsa anchagina qulay va fanni 
o’zlashtirish oson va tartibli bo’lib bilindi. SHuning uchun biz ham sohada 
ishlatiladigan qurilma va uskunalarni «Mexanik qurilmalar» va «Issiqlik 
qurilmalari» degan qismlar ko’rinishida tushuntirishga harakat qilamiz. 
MEXANIK QURILMALAR 
YUqorida ko’rsatilganidek, qayta ishlashni tashkil qilishda mexanik 
qurilmalar katta ahamiyatga ega. Hozir biz mexanik qurilmalar haqida umumiy 
tushuncha berishga harakat qilamiz. 
Agar biz mexanik qurilmalarni yaxlit olib ko’rsatsak, bu qurilmalar shuqadar 
xilma-xil jarayonlarda ishtirok etar ekanki, ularni ma’lum guruhlarga ajratmasdan 
turib, ko’rib chiish juda qiyin. 
M.YA. Dikis mexanik qurilmalarni qayta ishlash jarayonlaridagi bajarish 
vazifasiga qarab quyidagi guruhchalarga bo’ladi: 
- transPort vositalari; 
- xom-ashyoni , konserva taralarni yuvuvchi va mashina hamda aPParatlarga 
sanitar ishlov beruvchi mashinalar; 
- ovqat mahsulotlarini sifatini va konserva taralarini nazoratqiluvchi 
moshinalar; 
- meva-sabzavotlarni saralovchi va navlarga ajratuvchi moshinalar; 
- o’simlik xom-ashyosini maydalovchi mashinalar; 
- o’simlik xom-ashyosini maydalab, tindirib va deaeratsiyalab beruvchi 
moshinalar; 
- xom-ashyoni Po’stidan, danagidan, urug’idan va boshqa iste’mol 
qilinmaydigan qismlaridan ajratuvchi mashinalar; 
- aralashtirib beruvchi mashina va uskunalar; 
- konserva tarasiga suyuq, Pyuresimon va sochiluvchan mahsulotlarni 
joylovchi mashinalar; 
- tunika va shisha bankalarni qoPqoq bilan germetik ravishda mahkamlovchi 
mashinalar; 
- etiketkalovchi mashinalar. 



Har bir guruh o’z navbatida turli maqsadda qo’llanuvchi mashinalarni 
qamragan. Bu mashinalar yana xom ashyo turiga va boshqa maqsadlarga qarab 
bo’linib ketadi. Masalan, biz oddiygina hisoblangan yuvish mashinalarni ko’rib 
chiqaylik, ya’ni faqat yuvish vazifasini bajaradi. SHu yuvish mashinalarining 
qanday farqlanishini sxema holatida ifodalaymiz (1-sxema). 
Bu ko’rib chiqilgan sxema orqali shunday xulosa chiqaramiz: demak 
konserva korxonalarida qo’llaniladigan mashina va qurilmalar faqatgina ish 
bajarish maqsadi bo’yicha umumiylikka ega bo’lib, aslida esa ular, ham o’zining 
tarkibiy qismi va tuzilishi bo’yicha, amda xom-ashyoning xiliga arab bajaradigan 
vazifalari bo’yicha bir-biridan farq qilar ekan. 
YUqoridagi ko’rilgan jarayondan farq qilib, mahsulotni strukturasini 
o’zgartirib, o’zgacha xom ashyo tusiga keltiruvchi jarayon – maydalashdir (2-
sxema). 


10 


11 
Keltirilgan 2-sxemadan ko’rinib turibdiki, haqiqatdan ham xom-ashyoni 
qayta ishlashda qo’llaniladigan mashina va uskunalarning nomlari bilan ularning 
tavsiya etilishi olinadigan mahsulotning va xom-ashyoning xiliga qarab farqlanar 
ekan. 
MATNLARNI O’ZLASHTIRISHDAGI MUHIM TAYANCH SO’Z VA 
IBORALAR: 
- mexanik qurilma; tashuvchi; yuvuvchi; - nazorat qiluvchi; saralovchi; 
- maydalovchi; tindirib beruvchi; - Po’stidan ajratuvchi; aralashtirilib 
beruvchi; - joylovchi; qadoqlovchi; etiketkalovchi. 
MATNLARNI YORITISH SAVOLLARI: 
1. 
Kaysi qurilmalar mexanik uskunalar guruhiga kiradi? 
2. 
Maydalab sharbat olish jarayoniga qaysi qurilmalar kiradi? 
3. 
M.YA. Dikis korxonaning qurilmalarni qaysi guruhlarga bo’ladi? 


12 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
1. 
M.YA. Dikis, A.N. Malskiy. 
Texnologicheskoe oborudovanie konservnqx zavodov. - M: Pio’ePromizdat, 
1961. 
2. 
E.S. Gorenkov, B.L. Bibergal. 
Oborudovanie konservnogo Proizvodstva. - M.: AgroPromizdat, 1989. 


13 
3 - ma’ruza 
Mavzu: KONSERVA KORXONALARIDA QO’LLANILADIGAN ISSIQLIK 
QURILMALARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA 
Matnlarni yoritish rejasi: 
1. 
Konservalash sohasidagi issiqlik jarayonlari. 
2. 
Blanshirlash va isituvchi uskunalar. 
3. 
Qovurish uskunalari. 
4. 
Bug’latuvchi uskunalar. 
5. 
Sterilizatsiyalovchi uskunalar. 
6. 
Qurituvchi, sovituvchi va muzlatuvchi uskunalar. 
Xom-ashyoni 
qayta 
ishlash 
davomidagi 
ko’Pchilik 
jarayonlar 

sterilizatsiyalash, qovurish, bug’latish, blanshirlash, quritish va boshqalar 
mahsulotga issiqlik ta’sir qilish orqali amalga oshiriladi. 
Xar qanday issiqlik ishlov berilganda masulotning harorati yoki uning 
agregat holati o’zgaradi va mahsulot bilan muhit orasida issiqlik almashinuvi 
yuzaga keladi, muhit bu jarayonda yo issiqlik beradi yoki issiqlikni qabul qiladi. 
Issiqlik ishlov berishning maqsadiga asoslanib (namlikni qisman 
kamaytirish, mahsulotga ma’lum xid va maza berish uchun, mikroorganizmlarni 
hayotini to’xtatish uchun, keyingi jarayonlarni yengillatish uchun) ishlov 
berishning muddati mahsulotning va issiqlik o’tkazuvchining harorati, mahsulot 
yuzasidagi bosim va boshqa texnologik ko’rsatgichlar nazarda tutilgan holda 
mahsus texnologik tartib yaratiladi. 
Mahsulotlarga ishlov berish borasida ketadigan issiqlik jarayonlari issiqlik 
berish va massa berish qonuniyati asosida amalga oshadi. SHu qonuniyatga 
asoslanib issiqlik uskunalarini ishi o’rganiladi va yangi issiqlik uskunalari 
loyihalanadi, zarur bo’lgan issiqlik energiyasining miqdori aniqlanadi, material va 
issiqlik balanslari tuziladi. 
Material va issiqlikning balansini tahlil qilish orqali jarayonni to’g’riligi, 
undagi kamayishlarning kattaligi, hamda ularni oldini olish yo’llari va usullarini 
aytib berish mumkin. 
Ammo, mahsulotlarga issiqlik ishlov berishdagi hamma jarayonlar ham 
issiqlik beruvchi va massa beruvchi qonuniyatga bo’yn sinmaydi. 
Bunday murakkab va statsionar bo’lmagan jarayonlarga quyidagilar kiradi: 
vannadagi suvda xar xil shaklga ega bo’lgan va bir xil bo’lmagan mahsulotni 
isitish yoki sovutish; uzluksiz o’zgaruvchan haroratda kontsentrlangan tomat 
mahsulotlari (Pasta) va Povidloni qaynatish; sabzavot yoki baliq qovurish 
jarayonidagi (mahsulotda namlik ajralgan sari yog’ning ham, mahsulotning ham 
harorati o’zgaradi) issiqlik alamashinuvi. 
Konservalash sanoatida issiqlik tashuvchi manbaa sifatida to’yingan suv 
bug’i, ayrim hollarda, qizdirilgan yog’, havo va suv hizmat qiladi. 
Asosiy issiqlik tashuvchi sifatida to’yingan bug’dan foydalanishning boisi 
shundaki, uni masofaga uzatish va miqdorini boshqarishni qulayligi, haroratni 
bosimni o’zgartirish orqali bir xilda ushlab turishni onsonligi, bezararligi, yashirin 


14 
holdagi katta issiqlik kondensatini tutganligi, o’tkazuvchi truba va uskunalar 
materialiga kam ziyon yetkazishi, yong’inga qarshiligi, qimmatini (narhini) yuqori 
bo’lmaganligi va nihoyat suv bug’ini ovqat mahsuloti bilan bevosita to’qnashgan 
holda ishlatish mumkin. 
Issiqlik aPParatlaridan foydalanilganda masus formula yordamida issiqlik 
tashuvchining sarf qilinishi aniqlanadi. 
YAna issiqlik jarayonida sarflanadigan issiqlik energiyasining miqdori ham 
hisoblanadi. Uni hisoblashda mahsulotni aPParatni, tarani, ishlab chiqarish 
jarayonini qizdirishga ketgan issiqlik miqdorini bilish kerak. 
Aytilgan hisob-kitoblar faqat bu bilan to’htamaydi, balki yana ham 
murakkablashadi (yuzani qizishi; aPParatning issiqlik unumdorligi va h.). SHuning 
uchun ularni yuqorigi kurslarda ko’rib chiqamiz. 
Ko’P hollarda texnolgik jarayonlardagi issiqlik ishlov berishni zamonaviy 
usul- elektr ishlov berish bilan almashtiriladi, uni biz quyidagi jadval orqali 
ko’rishimiz mumkin. 
Jadval 
Elektr ishlov
berish xili 
elektromagnit 
to’lqinlaring 
chastotasi, Gts 
Jarayonning nomi 
Doimiy 
yoki 
Past 
chastotali toklar bilan 
60 
Bevosita 
qizdirish, 
mahsulot 
Pishirish 
(non 
yoPish), 
Pasterizatsiyalash, hayvon yog’ini 
eritish. 
YUqori chastotali toklar 
bilan 
10
3
-10
6
Sterilizatsiyalash 
va 
Pasterizatsiyalash, 
qizdirish, 
quritish, donni qovurish, qaynatish, 
yoPish ( non v.b.), go’shtni 
muzdan tushirish. 
Infraqizil nurlar bilan 
10
12
-10
14
Qizdirish, 
quritish, 
qaynatish, 
donni 
qovurish, 
konditer 
mahsulotlarini yoPish. 
Ultrabinafsha 
nurlar 
bilan 
10
15
-10
17
Sterilizatsiyalash. 
Rentgen nurlari bilan 
10
17
-10
19
Sterilizatsiyalash. 
Gamma -nurlar bilan 
10
20
Sterilizatsiyalash 
Konservalash sanoatida mahsulotni konservalanga holatga keltirish uchun 
albatta issiq ishlov beriladi, issiqlik ishlov berilmasdan deyarli xech qanday 
(mikrobiologik usul qo’llashdan tashqari) konserva mahsuloti tayyorlab bo’lmaydi. 
Tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun xom-ashyoga ta’sir etiladigan 
issiqlik ishlov berish turlari xar xil, xom-ashyo bug’da yoki qaynoq suvda 
ushlanadi ( blanshirlanadi), yog’da toblanadi, yog’da so’litiladi, issiq muhitda 
quritiladi, namligi bug’latiladi va nihoyat Pasterizatsiya yoki sterilizatsiyalanadi. 
Issiqlik ishlov berishning xiliga va maqsadiga qarab qo’llaniladigan qurilma 
va uskunalar ham har xil bo’ladi. 
Xom-ashyoga issiq ishlov beruvchi qurilma va uskunalarni o’rganish 
birmuncha murakkab jarayonlarni o’z ichiga kamraganligi sababli mazkur fanning 


15 
bu qismini biz keyingi yuqori kursda batafsil tanishamiz. Xozir esa u haqda 
umumiylashgan qisqagina tushunchani berish bilan chegaralanamiz. 
BLANSHIRLASH, BUG’DA TOBLASH VA QIZDIRISH USKUNALARI 
Ko’Pchilik meva va sabzavotlarni qayta ishlash jarayonida ularga birlamchi 
issiqlik ishlov berish zarurdir, birlamchi issiqlik ishlov berish qaynoq suvda, osh 
tuzining suvli eritmasida, ishqoriy yoki kislotali eritmada, suv bug’ida, ba’zan 
issiqlik beruvchi manb’a bilan bevosita to’qnashgan holda olib boriladi. 
Birlamchi issiq ishlov ko’k no’hotga, sParjaga, karamga, qo’zoqli loviyaga, 
shPinatga, qalamPirga, tomatga, jo’xoriga, olmaga, nokga, behiga, olxo’riga, 
go’shtga va baliqga qayta ishlash jarayonining birlamchi bosqichida o’tkaziladi. 
Issiqlik ishlov berishning tayinlanishiga va issiqlikni mahsulotga berish 
usuliga qarab jarayonni blanshirlash, bug’da toblash yoki qizdirish deb ataladi. 
YUqoridagi ishlov berish jarayonini amalga oshirishdan maqsad shuki, 
jarayon natijasida xom ashyoda qaytmas o’zgarishlar yuzaga keladi, bular o’z 
navbatida tayor mahsulotni ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega. 
Blanshirlash, bug’lash yoki qizdirish orqali quyidagilarga erishiladi: 
- fermentlar Parchalanishi natijasida xom ashyo rangi keyingi jarayonlarda 
o’zgarmaydi; 
- xom ashyoning hajmi kamayib, egiluvchanligi oshadi; 
- xom ashyo tarkibidagi havo chiqib, undagi vitaminlarni saqlanishi uzayadi; 
- hujayradagi Plazma qabati o’zgarib, shira olish onsonlashadi; 
- hujayra o’tkazuchanligi oshadi, diffuziya jarayoniga sharoit tug’ilib, shakar 
va o’zga qo’shimchalarni hujayraga o’tilishi yaxshilanadi; 
- xom ashyo yuzasidagi mikroorganizmlar o’ladi; 
- mevalarni qobig’ini olish onsonlashadi. 
Blanshirlovchi, bug’lovchi va qizdiruvchi uskunalarning xillari bir nechta 
bo’lib, ular ularining tuzilishi va ishlash PrintsiPi bilan farqlanadi. Ularning 
xillarini quyidagi 3-sxemada keltiramiz. 


16 
QOVURISH USKUNALARI (Pechlar) 
Sabzavotlardan gazak konservalar yoki balilarni turli xil konservalash uchun 
ularga yog’da ishlov beriladi (4-sxema). 


17 
Baqlajon, kabachki, sabzi, Piyoz, oq ildiz va bali kabi xom-ashyolar avval 
maydalanadi, so’ngra yog’da ishlov berilib olinadigan konservaning xiliga qarab, 
mahsulot sovutiladi va bankalarga joylanadi,yoki qiyma bilan to’ldiriladi yoki 
aralashtiriladi (ikra). 
Xom-ashyoni qovurishdan maqsad: 
- blanshirlashda yuz bergan o’zgarishlar amalga oshadi; 
- mahsulotda yoqimli hid Paydo bo’ladi; 
- mahsulotda yoqimli maza va rang hosil bo’ladi; 


18 
- suv bug’lanib o’rniga yog’ so’rilishi hisobiga mahsulotning ozuaviy 
qiymati oshadi. 
Qovurish uskunalari ham bir necha xildir. 
BUG’LATUVCHI USKUNALAR 
Bug’latish - qaynatish jarayonida masulotdan suvni bug’latish - 
konservalash sanoatidagi keng taralgan jarayon bo’lib, uni tomat Pastasi, tomat 
Pyuresi, quyutirilgan meva sharbatlari, Povidla va jem olishda qo’llaniladi. 
Bug’latish natijasida mahsulotda xarxil o’zgarishlar yuzaga keladi: 
- xom ashyoning fizik, kimyoviy xususiyatlari o’zgaradi; 
- mahsulotning ozuqaviy qiymati oshadi; 
- uzoq muddat saqlash imkoniyati tug’iladi; 
- tashish uchun qo’llaylashadi; 
- mahsulotning nisbiy og’irligi o’zgarib, qovushqoqligi oshadi; 
- qaynash harorati ko’tariladi; 
- issiqlik ta’sirida oqsil koagulyatsiyalanadi; 
- Pektin moddasi Parchalanadi; 
- qand karamellashadi 
Bug’latuvchi uskunalarning ham xillari ko’P, ularni 5-sxemada keltiramiz. 
STERILIZATSIYALOVCHI USKUNALAR 


19 
Konservalangan mahsulotlarni uzoq vaqt saqlash uchun ularni turli usullar 
bilan sterilizatsiyalanadi. Sterilizatsiyalovchi manb’a sifatida issiqlik, yuqori 
chastotali toklar, nurli energiya, ionlanuvchi nurlar yoki ultratovushdan 
foydalaniladi. 
Sterilizatsiyalashdan maqsad - germetik banka ichidagi mikroorganizmlarni 
o’ldirishdir. 
Germetik berkitilgan bankaga issiqlik ta’sir ettirish ikki xil bo’ladi: 
- Pasterizatsiyalash; sterilizatsiyalash. 
Sterilizatsiya va Pasterizatsiya qilish aPParatlarning turlari bir necha xil, 
ularni 6-sxemada keltiramiz. 
Pasterizatsiya yoki sterilizatsiyaning olib borilishi vaqti, harorat darajasi: 
- mahsulotning hajm birligidagi mikroorganizmlarning soniga; 
- muhitning kislotaliligiga; 


20 
- konservaning kimyoviy tarkibiga; 
- issiqlikni banka ichiga kira olish sharoitiga qarab tanlanadi. 
Sterilizatsiya harorati va muddatini tanlash maxsus formula asosida 
aniqlanadi. 
MATNLARNI O’ZLASHTIRISHDAGI MUHIM TAYANCH
SO’Z VA IBORALAR 
blanshirlovchi; bug’latuvchi; qovuruvchi; sterilizatsiyalovchi; isituvchi;
harorat; bug’; sterilizatsiya muddati; qaynoq suv;
MATNLARNI YORITISH SAVOLLARI: 
1. 
Konservalash sohasidagi qaysi issiqlik jarayonlarini bilasiz? 
2. 
Blanshirlovchi uskuna qanday vazifani bajaradi? 
3. 
Blanshirlashning maqsadi? 
4. 
Qovuruvchi uskunalar qanday vazifasini bajaradi? 
5. 
Bug’latuvchi uskunalarning vazifasi nimadan iborat? 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
1. 
M.YA. 
Dikis, 
A.N. 
Malskiy. 
Texnologicheskoe 
oborudovanie 
konservnqx zavodov. - M: Pio’ePromizdat, 1961. 
2. 
E.S. Gorenkov, B.L. Bibergal. Oborudovanie konservnogo Proizvodstva. 
- M.: AgroPromizdat, 1989. 
4 - ma’ruza 
Mavzu: TRANSPORT VOSITALARI 
Matnlarni yoritish rejasi: 


21 
1. 
TransPort vostilarning sinflanishi. 
2. 
Xom-ashyoni yetkazuvchi transPort vositalari. 
3. 
Xom-ashyoni texnologik uskunalarga uzatuvchi transPort vositalari. 
Biz o’z ma’ruzamizni ohirgi sinfga kiruvchi qurilma va uskunalar bilan 
tanishishdan boshlaymiz. Ushbu qurilmalar sinflanishda ohirgi o’rinda tursa, ham 
konservalash korxonasining ishlab chiqarish jarayonlarini tahlil qilinsa, eng 
avvalo, asosiy hizmat qiluvchi qurilmalar sifatida transPort vositalari bilan 
uchrashamiz. 
Konserva zavodlarida ishlatiladigan transPort vositalari. Konserva 
zavodlarida bir necha ming tonna o’simlik va go’sht mahsulotlari qayta ishlanadi. 
Bu xomashyolarni sanoat korxonalarida qayta ishlash uchun ko’P miqdorda 
yordamchi materiallarga (shakar, o’simlik yog’i, shisha idishlar, yoqilg’i va 
boshqalar) ixtiyoj tug’iladi. SHuning uchun konservalash korxonalarida ularni olib 
kelish va tushurish maqsadida transPort vositalarini mexanizatsiyalash katta 
axamiyatga ega bo’ladi. 
Konserva zavodlari xomashyo va yordamchi materiallarni keltirish va tayyor 
maxsulotlarni jo’natish maqsadida temir yo’l, dengiz yo’li va avtomobil
transPortlaridan foydalanadilar. 
Turli xildagi yuklarni omborxonaga va xomashyo maydonlariga, texnologik 
tsexlarga olib kelish uchun, xamda tayyor mahsulotlarni tsexdan omborxonaga 
jo’natish uchun turli xildagi transPortlar ishlatiladi: transPorterlar, elevatorlar, 
nasoslar, ko’targichlar, vilkali ko’tarib beruvchi elektryuklamalar, avtomashinalar, 
turli xildagi aravacha va vagonchalar. 
Konserva korxonalarida ishlatiladigan transPort vositalari texnologik 
qurilmalar bilan bevosita bog’lanib ketadi va ularni mexanizatsiyalashgan yoki 
yarim mexanizatsiyalashgan, avtomatlashtirilgan yoki yarim avtomatlashtirilgan 
uzluksiz liniyalarga aylantiriladi. 
Konserva korxonalarining transPort vositalari ularni ko’rsatadigan hizmat 
vazifasiga qarab qo’yidagi guruhlarga bo’linadi: 
1. 
Haqiqiy tashish vazifasini bajaruvchi transPort vositalari. 
2. 
Xom ashyoni texnologik uskunalarga uzatuvchi transPort vositalari. 
3. 
Xom ashyoni va yarimtayyor mahsulotlarni texnologik jarayonlar orasida 
o’zatib beruvchi transPort vositalari. 
4. 
Tayyor holga keltirilgan mahsulotni bankalarga joylash uchun taralarni 
yetkazib beruvchi transPort vositalari.
Tashish vazifasini o’tovchi transPort vositalari. 
Bu guruhdagi transPort vositalariga yukni uzoqdan keltiruvchi, korxona 
ichida tashuvchi, tsexlararo yuklarni yekazib beruvchi va umuman olganda haqiqiy 
transPortlik vazifasini bajaruvchi vositalar kiradi. 
SHu maqsadda qo’llaniladigan uyma holda meva-sabzavotlarni tashuvchi 
D4 KTO-53-12 markali transPort vositasi ( avtomobil) bilan tanishamiz. 
Sabzavot tashuvchi avtomobilning tavsifi: 
1. 
YUk ko’tarish qobiliyati, kg
2500 


22 
2. 
Unga o’rnatilgan kranning massasi, kg 
500 
3. 
Gabaritlari, mm
9575x2300x5000 
4. 
Mashinaning massasi, kg 
6000 
yuk bilan, kg 
7300 
Bundan tashqari, maqsadga binoan qutilarda, tsisternada ( D4 KTL) suv 
bilan qo’shilgan holda sabzavotlarni (ko’k no’hot), tsisternaning o’zida tomat-
PulPasini va meva Pyurelarni tashish mumkin. 
Bu avtomobillarda sabzavot va mevalar gidravlik kranlar yordamida ortiladi 
va tushiriladi. 
Konserva sanoatidagi transPort vositalaridan yuklash-tushirish ishlarini 
bajaruvchi mashinalar, ish jarayonini mexanizatsiyalashda katta axamiyatga ega 
bo’ldi, bu vositalar - avtotelejka va elektrotelejkalardir. Ushbu transPort 
vositalarini «izsiz» transPortlar deb ham ataladi. Ularga g’ildiraklar o’rnatilgan 
bo’lib, ular korxona maydonida istalgan yo’nalishda xarakatlanadilar.
SHu vositalardan yana biri - yukni siqib oluvchi va ko’taruvchi mexanizmlar 
bo’lib, ular aniq maqsad asosidagi ishlarni bajaradilar va ularning ish 
samaradorligi yuqori hisoblanadi. 
Konserva korxonalarida Poddonlaridan foydalanish yuzaga kelishi bilan 
ularni ko’tarish va tashish uchun qo’llaniladigan vilkali elektrlashgan 
tushiruvchilar (02-04) ham yuzaga keldi va ular ish jarayonini tashkil qilishda 
katta axamiyat qozondi (1-rasm). 
1-rasm. Elektrokar EK-2. 
Elektrlashgan tushiruvchi uskunaning harakat tezligi 4 xil bo’lib, 1,8-6,5 
km/soatgacha yetib boradi. Unga balandligi 3m gacha bo’lgan yuklarni ortish 
mumkin. Uning yuk ortish tezligi 4,25 m/min. YUk kutaruvchi kolonkaning egilish 
burchagi: 
oldinga qarab - 3
0
orqaga qarab - 10
0
Elektrlashgan ko’taruvchining kattaliklari: 
Balandligi, mm 
2000 
Eni, mm 
1000 
Uzunligi, mm 
2020 


23 
Uning tashqi aylanish
radiusi, mm
2100 
Akkumulyatorli batareya asosida ishlaydi. 
Xom-ashyoni texnologik uskunalarga uzatuvchi transPort vositalari. 
Bu guruhga konteyner, qutilarni ag’daruvchi uskunalar kiradi. Bu guruhning 
asosiy vakillaridan biri - konteynerag’daruvchi uskuna A9-KRD bilan tanishamiz. 

Yüklə 9,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin