I bo’lim. Konserva korxonalari jihozlari



Yüklə 9,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/116
tarix14.10.2023
ölçüsü9,41 Mb.
#155367
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   116
ma\'ruza matn

Texnik tavsifnomasi. 
Ishlab chiqarish quvvati 
( tomatlar bo’yicha), t/soat 
3
Elektrodvigatel quvvati, kVt 
0,6
Suvning sarfi, m
3
/soat 

TransPorter yo’lining harakat tezligi, m/s 
0,12 
TransPort yo’lining kengligi, mm 
550
Gabarit o’lchamlari, mm: uzunligi - 4250, kengligi - 1212 , balandligi - 
1700 
Og’irligi, kg
570 
FLOTATSION NAVLASH USKUNASI 
Flotatsiya yoki gidravlik usulda ishlaydigan navlarga ajratuvchi mashinalar 
ko’k no’xatlarni va sut jo’xori donlarini Pishib yetilgan jo’xori donlaridan ( 
kraxmali oshib ketgan, qaysiki mazasini yomonlashishiga olib keladigan donlar) 
ajratish uchun ishlatiladi. 
Bu mashinaning ko’rinishi 22-rasmda ko’rsatilgan. 
22-rasm. Flotatsion navlash mashinasi. 
1 - voronka; 2 - Po’kak; 3 - eritma uchun idish; 4 - quvur; 5,7,12 – ventillar; 
6 - Patrubka; 8 - nasos; 9 - yig’gich; 10 - ajratgich; 11 - elak; 13 - truba; 14 - lotok. 
Quyida gidravlik flotatsiya navlarga ajratuvchi mashinaning ishlash 
PrintsiPini ko’ramiz: (solishtirma og’irligi bo’yicha). 
Idishga (3) osh tuzining eritmasi quyiladi, eritmaning muvozanati Po’kak 
orqali rostlab turiladi. Bu eritmada mahsulotlarning bir qismi cho’kadi, bir qismi 
esa eritmaning yuzasida suzib yuradi. 
Navlarga ajratuvni mahsulot voronka orqali konussimon idishga beriladi, 
cho’kkan donachalar nasos orqali berilayotgan oqimli tuz eritmasi bilan truba 
orkali elakka beriladi, elakda yuvilib yig’gichga truba orqali beriladi. 
YUza qismidagi sutli jo’xori donlari suyuqlik bilan birga lotok orqali 
ajratuvchi qismiga tushadi, bu yerda suyuqlikli yig’gichga quyiladi vag yana nasos 


45 
orqali idishga (3) beriladi. Suyuqlikning ortiqcha qismi Patrubka orqali chiqarilib 
tashlanadi. 
Konservalash uchun suyuqlikdan ajratilgan donlar keyingi texnologik 
jarayonga beriladi. Ventillar bu mashinaning normal ishlashini ta’minlaydi. 
Kalibrlash mashinalarida bir xil o’lchamlarga ajratilayotgan meva va 
sabzavotlar og’irlik kuchi ta’sirida kalibrlash mashinalariga tushgan vaqtida, bu 
kuch ta’sirida shu daqiqada ularning shu turgan tayanch yuzasi yo’qoladi. 
Kalibrlash 
qurilmalari 
meva 
va 
sabzavotlarning 
shakliga, 
fizik 
xususiyatlariga va uzatilishiga, teshiklarning shakliga qarab asosan uch guruhga 
bo’linadi: 
1. CHiziqli. 
2. Diskli. 
3. Barabanli. 
BARABANLI SARALASH MASHINASI 
Bu jihoz ko’k no’hot, gilos, olcha, kartoshkalarni katta-kichikga ajratish 
uchun ishlatiladi. 
23-rasmda uning umumiy ko’rinishi ko’rsatilgan. 
23-rasm. Barabanli saralash mashinasi. 
1 – to’rsimon baraban; 2 – uzatmali mexanizm; 3 – rama; 4 – yig’uvchi 
bunker. 
Ishlash tartibi. 
Xom-ashyo xarakatda bulgan barabanga kiritiladi, sPiral yordamida aylanib 
jixoz uzunasi bo’yicha uzatiladi.Barabanning birinchi qismda teshiklar orasidan 
maydalari tushib ketadi. Keyingi qismida o’rta o’lchamdagi xom-ashyo yig’uvchi 
bunkerga tushadi. Roliklar yordamida kadalib kolgan xom-ashyo tushiriladi. 
Barabanli saralash jihozi besh qismli teshikli barabandan iborat. 
Texnik tavsifnomasi. 
Ishlab chiqarish quvvati, kg/sek
0,417 
Energiya quvvati, kVt 
2,6 
Gabaritlari, mm:
4000x800x1950 
CHIZIQLI KALIBRLASH MASHINALARI 


46 
CHiziqli 
kalibrlash 
mashinalarida 
meva 
va 
sabzavotlar 
boshqa 
mashinalardan farqli vintli va aylanma harakatlar qilmasdan faqat to’g’ri chiziq 
bo’ylab harakat qiladi. 
Konserva zavodlarida trosli chiziqli kalibrlash mashinalari keng miqyosida 
ishlatiladi.
Ikkita harakatlanayotgan trosning orasida xomashyo harakat qiladi. Tros 
uzunligi bo’yicha kengayib boradi. Ikkita tros orasida tushgan xomashyo, tros 
bo’ylab harakat qiladi. 
Meva va sabzavot oldiga qarab harakat qilgan vaqtida trosning SD kesimiga 
kelgan vaqtida AV kesimga nisbatan SD kesim katta bo’lganliga uchun meva va 
sabzavot kattaligiga qarab og’irlik kuchi ta’siri ostida ajratib olinib, maxsus 
yig’gichlarda yig’iladi. Trosning harqanday kesimida ularning orasidagi masafa 
hardoim birxil bo’ladi. SHuning uchun berilayotgan meva va sabzavotlar shakli va 
o’lcham kattaligiga qarab ajratib olinadi. Ajratib olinayotgan meva va 
sabzavotlarning kattaligi trosning harqanday kesimida ular orasidagi masofa birxil 
bo’lganligi sababli shu kesimda ularning kattaligi uncha farq qilmaydi. 
CHiziqli kalibrlash mashinalariga xuddi shuningdek qiya holda roliklar 
yordamida harakat qiluvchi birnecha juft konusli mashinalar ham konserva 
zavodlarida meva va sabzavotlarni bir xil kattaliklarini ajratib olish uchun 
ishlatiladi. Bu mashinalarda ham juft konuslarning orasidagi masofalar 
konuslarning balandligi bo’yicha o’zgarib boradi. 
Ajratilayotgan meva va sabzavot juft konuslar orasida harakat qilib, ular 
orasida masofa kattalashganda , masofa xomashyoning o’ttam kattaligidan katta 
bo’lganligi uchun u og’irlik kuchi ta’siri ostida Pastga qarab tushib ketib, maxsus 
yig’gichda yig’iladi. Bu PrintsiP ishlaydigan mashinalarni ( KR-2) A.A. Kretin va 
N.S. Rqbin tavsiya qilganlar. 
Meva va sabzavotlarni bir xil o’lchamdagi fraktsiyalarga ajratish uchun 
shnekli kalibrlash mashinalari ham ishlatiladi. Bular asosan olma,noklarni ajratish 
uchun ishlatiladi. Bu mashinalarning kalibrlash vazifaning asosiy qismi bo’lib 
chaP va o’ng tomonga harakat qiluvchi shneklar hisoblanadi. Bu shneklarning 
asosiy xususiyati shundaki o’ramlar qadami o’zgarmas bo’lib, xar bir keyingi 
o’ramning diametri kamayib boradi. 
CHizikli saralash mashinalarga xamda universal saralash jihozi va 
bodringlarni uzunasi buylab saralash uchun jihozi kiradi. 
A9 – KKB TIPIDAGI UNIVERSAL SARALASH MASHINASI
Bu jihoz meva va sabzavotlarni o’lchami bo’yicha ajratiladi. 
Uning ko’rinishi 24-rasmda berilgan. 


47 
24-rasm. A9-KKB tiPidagi universal saralash mashinasi.
1 – stanina; 2 - saralash qismi; 3 - fraktsion transProrteri; 4 - chiqindilar 
uchun transPorter; 5 – elevator; 6 - elektrodvigatel. 
Ishlash tartibi. 
Xom-ashyo kirish yo’li orqali saralash qismga kiradi. Bu qism zanjirga 
o’rnatilgan roliklardan iborat bo’ladi. Zanjir xarakatda bo’lib, gorizontal to’siqni 
egib noter yordamida Pastka og’adi, shuning hisobida roliklarni orasidagi bo’shlik 
xarakat sayin o’zgaradi. Birinchi qismda bo’shlik eng kichik bo’ladi, keyingilarda 
kengayib boradi.

Yüklə 9,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin