I bo’lim. Konserva korxonalari jihozlari


Ekstsentrik-Parrakli rotatsion shPrits



Yüklə 9,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/116
tarix14.10.2023
ölçüsü9,41 Mb.
#155367
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   116
ma\'ruza matn

Ekstsentrik-Parrakli rotatsion shPrits. 
Bu shPrits (69-rasm) uzluksiz 
ishlaydi. Nevedomskiy va SkriPnik tomonidan yaratilgan shPritslar asosida ishlab 
chiqilgan.


185 
SHPrits korPus 1, uning yon devorlari 2 va 3-dan tashkil toPgan. 
Devorlardan biri rezina Prokladkali bo’lib oson olinadi. Devor 2 gayka barashkalar 
9 yordamida o’rnatiladi, devor 3 boltlar bilan mahkamlangan. KorPus devorlarida 
suriladigan PodshiPniklar o’rnatilgan, ularda val 4 va ularga shlitsalarda rotorning 
disklari 5 va 6 o’rnatiladigan. Rotor disklarining uzunasi bo’yicha ariqcha ochilgan 
bo’lib, rotor aylanganda ularda nasosning 7 Parraklari harakatlanadi. Rotor 
korPusga nisbatan ekstsentrik bilan o’rnatilgan. Parraklar yuklash bunkeridan 10 
qiyma oladi va chiqish tuynugi 12 tomonga suradi. Rotorning ekstsentriki tufayli
qiyma Portsiyalari Parraklar orasida hajm kamayishi hisobiga sekin asta siqiladi
va qiyma chiqish tuynugiga bosim bilan beriladi. 
69-rasm. Ekstsentrik-Parrakli rotatsion shPrits: 
1-shPrits korPusi; 2-olinuvchan yon devor; 
3-
korPusning yon devori; 4- 
shPrits vali; 5, 6-rotor disklari; 7- nasos Parraklari; 8-korPusdagi yo’l 
(kanavka); 9-gayka-barashkalar; 10-yuklash bunkeri; 11-biriktiruvchi mufta; 
12-chiqish tuynigi; 13-qiyma uzatgich (farsheProvod); 14- tsevka; 
Qiyma uzatish vaqtidagi turtish va nasosning Pulsatsiya bilan ishlashini 
yumshatish uchun shPrits korPusining ostida ariqcha 8 yo’l o’yilgan, uning 
yordamida qiymaning bir qismini bir otsekdan ikkinchisiga chiqarish imkoniyati 
mavjud. Bu ayni vaqtda qiyma strukturasini saqlash imkoniyati beradi va uni 
keraksiz ishqalanishini bartaraf etadi. Rotor aylanishi vaqtida farsh uzluksiz qiyma 
o’tkazgich 13 orqali tsevka 14 ga beriladi. SHPrits dozalash qurilmasi bilan 
ta’minlanishi mumkin.
Rotor 2.8
kVt
quvvatli, 1500 ayl/min tezlikka ega elektrodviga-teldan 
reduktor va yarim qattiq mufta 11 orqali harakatga keltiriladi.
Rotorda 18 ta Parrak mavjud. Uning aylanish tezligini tezlik variatori 
yordamida o’zgartirish mumkin. Bunday shPritsning unumdorligi soatiga 4-5 
tonnani tashkil etadi, yuklash bunkerining sig’imi 200 
kg
.


186 
SHPrits odatda konveyer stolining oldida o’rnatiladi, uning yonida esa 
baton bog’lovchi ayollar brigadasi ishlaydi. Ishga tushirishdan ilgari shPrits 
avvalo bo’sh ishga tushiriladi, bar necha marotaba aylanishiga imkoniyat beriladi, 
va uning ishga tayyorligiga ishonch hosil qilgach qiyma yuklash va shPritslash 
jarayoni boshlanadi. 
Ish tugaganda gayka-barashkalar 9 yechiladi, devor 2 olinadi, rotorli val 
chiqarib olinadi, qiymadan tozalanadi, rotor, korPus va qiyma o’tkazgich yuviladi, 
so’ngra esa barcha detallar yana korPusga yig’iladi.
Nevedomskiy va SkriPniklarning shPritslari konstruktsiyasi asosida
GiProgo’sht loyihalash institutida Yelenich sistemasining SHND-1 va boshqa 
konstruktsiyali shPritslari ishlab chiqilgan. Biroq ular sanoatda keng tarqala 
olmadi.
«Gloub» (AQSH), «Stouk va Dalton» (Angliya) va «Bekker» (GFR) 
firmalari yuqori unumli gorizontal qiyma siqib chiqargichli, vakuum 
qo’llanilgan ekstsentrik-Parrakli shPritslar ishlab chiqarishgan. «Kontiflou» 
firmasining shPritsi 8 
t/soat
unumdorlikka ega. Unga qiyma yuklash mashinani 
to’xtatmay amalga oshiriladi va qiyma lentali transPortyor yoki maxsus yuklash 
qurilmasi yordamida beriladi.
Ekstsentrik-Parrakli shPritslar kamchiligiga qiymaning birmuncha qizishi va 
ishqalanishi kiradi. SHuning uchun bu shPritslar asosan strukturasiz kolbasalar ishlab 
chiqarishda qo’llanadi. 

Yüklə 9,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin