3-Mavzu: Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini tashkil etish va rivojlantirishni tashkiliy iqtisodiy asoslari Reja


Fermer xo’jaliklarining birgalikdagi faoliyati. Fermer xo’jaliklari ixtiyoriylik asosida



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix14.10.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#155508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Lecture - 3 (2)

Fermer xo’jaliklarining birgalikdagi faoliyati. Fermer xo’jaliklari ixtiyoriylik asosida 
birlashish, shu jumladan ulush (pay) asosida birlashish, mahsulot yetishtirish, xarid qilish, 
uni qayta ishlash, sotish, moddiy-texnika ta’minoti, qurilish, texnikaviy, suv xo’jaligi, 
veterinariya, agrokimyo, maslahat berish yo’sinidagi va boshqa xil xizmat ko’rsatish bo’yicha 
jamiyatlarga, ittifoqlarga, uyushmalarga hamda boshqa birlashmalarga kirish huquqiga ega.
Fermer xo’jaligi faoliyati natijalarini hisobga olish va nazorat qilish. Fermer xo’jaligi o’z 
faoliyatining natijalarini hisobga olib boradi hamda mahalliy statistika va soliq organlariga 
belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
Fermer xo’jaligi tekshirish huquqini beruvchi tegishli hujjat ko’rsatilishini talab qilish, 
tekshiruvchilarning o’z vakolatiga kirmaydigan masalalar bo’yicha talablarini bajarmaslik va 
ularni tekshirish mavzusiga tegishli bo’lmagan materiallar bilan tanishtirmaslikka haqlidir. 
Fermer xo’jaligini qayta tashkil etish va tugatish.
Fermer xo’jaligi quyidagi hollarda: 

yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda; 

xo’jalik faoliyatini davom ettirish istagida bo’lgan merosxo’r bo’lmaganda; 

fermer xo’jaligi bankrot deb e’lon qilinganda, shu jumladan elektr energiyasi, yoqilg’i- 
moylash materiallari, mineral o’g’itlar va xizmatlar ko’rsatuvchilar bilan muntazam ravishda
kamida uch yil o’z vaqtida to’liq hajmda hisob-kitob qilmaganda; 

yer uchastkasini davlat ehtiyojlari va boshqa jamoat ehtiyojlari uchun olib qo’yish 
zarur bo’lgan yohud yer to’g’risidagi qonunlar fermer xo’jaligi tomonidan buzilgan taqdirda yer 
uchastkasining ijara shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinganda, fermer xo’jaligi 
tomonidan yer uchastkasidan maqsadsiz foydalanilganda, shu jumladan davlat ehtiyojlari uchun 
kontraktasiya shartnomasida nazarda tutilmagan ekinlar ekilganda tugatiladi. 
Fermer xo’jaligi: 
-fermer xo’jaligi fermerning qaroriga binoan; 
-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan tugatiladi. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin