73
Ikkinchidan, 1930-31-yillar davomida davlatga go„sht tayyorlash rejasi keskin
ortib ketishi tufayli yuz berdi.
Uchinchidan, chorvachilikni yuksaltirish uchun mablag„ yetishmasligi orqali.
Masalan, O„zSSR XKSning 1931-yil 8-yanvardagi yig„ilishida "Chorvachilikni
yuksaltirish uchun tadbirlar ishlab chiqilgan". Unda XKS muovini o„rinbosari
Davletshevning ma‟lumot berishicha, davlat tomonidan chorva kasallanishining
oldini olish uchun 79426 so„m ajratilgan. Vaholanki, bu summa chorva mollarni keng
ravishda chatishtirish orqali kelgan kasallikning oldini olish uchun yetarli emas edi.
To„rtinchidan, yem-xashak
masalasi qiyin holatda, ko„rilayotgan tadbirlar yetarli
emas edi. Masalan, 1930-yilda O„zSSR XKSning 21 qarorida “Chorvachilik
sovxozlarida kuzgi ekin maydonlarini quyidagi tartibda belgiladi:”
102
Sovxozlar nomi
Boshoqli ekin
Ozuqa ekinlari
Tez yetiladigan
o„simliklar
AO qo„ychilik
2500
2500
1000
Chorvachilik
2500
2500
1000
Qo„ychilik
1000
1000
1000
Chorvachilik sohasidagi qiyinchilik, go„sht tayyorlash
rejasining ortib borishi
vaziyatni keskinlashtirdi. Shuning uchun 1931-yil 19-yanvar kuni VRIK XS raisi
Boltayevning imzosi bilan SSSR XKS raisi Molotov va XKSning ta'minot raisi
Mikoyanga maktub yo„llangan.
Unda aytilishicha, O„rta Osiyo Iqtisodiy
kengashining ta'minot bo„yicha vakili Moskvaga yanvar oyida O„rta Osiyodan 11
ming tonna go„sht yuborish taklifini qo„ygan.
1
Shundan 5 ming tonnasini
Qirg„izistondan, qolgan qismini O„zbekiston, Tojikiston
va Turkmanistondan olib
ketilishi mo„ljallangan. O„zbekiston ehtiyojini ta‟minlash uchun qo„shimcha 20 ming
tonna go„sht kerak bo„ladi. Chunki, ekish arafasida baliq mahsulotlari hamda
sabzavot va sut mahsulotlari ham yetarli emas edi. Maktubda shuning uchun
O„zbekistondan go„sht olishni to„xtatish o„tinib so„ralgan.
102
ЎзРМДА. Ф-837, рўйхат – 9, 619 – йиғма жилд, 8-бет
74
Respublikamiz go„sht mahsulotlari bilan xalqni ta‟minlanishining
yomon
ahvolda ekanligiga quyidagilar sabab bo„ldi:
Birinchidan, mahalliy chorva mollarining rejasiz va to„xtovsiz go„shtga
topshirilishi ko„payib ketdi.
Ikkinchidan, chorva soni reja bo„yicha saqlash mumkin bo„lmay qolganligi
tufayli.
Uchunchidan, Qizil armiya mehnatga yaroqli chorva go„shti bilan ta‟minlash
orqali yuz berganligini qayd qilish o„rinlidir.
Shunga qaramasdan, chorvachilik sohasida orqaga ketishlarining sababini har xil
rahbarlar turlicha izohlaganlar. Masalan, 1931-yil 31-yanvar kungi O„zSSR XKS
RKI brigadasining boshlig„i Pestelets chorvachilik sohasida odamlarni (mahalliy
O.N.) ishga olganda, xarakterini bilib ishga olish kerak, deydi va ishni keng ko„lamda
olib borish bilan sovet chuponini keltirish
uchun kurashish kеrak, deydi.
103
Asrlar
davomida chorvachilikda katta tajribaga ega bo„lgan mahalliy xalqni yo„l qo„yilgan
nuqsonlarning bosh aybdori sifatida talqin qilish mantiqqa to„g„ri kelmaydi.
Chorvachilik sohasida tajriba to„plaganlarning ko„p qismiga sinfiy dushman
sifatida qaralishi, ularning tajribasi inobatga olinmasligi asossiz ravishda go„sht
tayyorlashlar va nihoyat ozuqa bazasining keskin kamayishi
bu sohaning orqaga
ketishiga bosh omil bo„lib xizmat qiladi. Chorvachilik sohasida “Sovet cho„poni” ni
tayyorlash kabi uydirma asossiz fikrlarni rad etgan holda chorvachilik muammolarini
ilmiy tahlil qilish orqali bu nuqsonlarning kelib chiqish sabablarini aniqlash mumkin
deb o„ylaymiz. Chorvachilikning orqaga ketishi ma‟lum bir davrda , ya‟ni qisqa vaqt
oralig„ida yuz bergani yo„q. Chorvachilik keying bir ikki yil ichida asl holiga kelishi
mumkin edi, degan gaplar ham haqiqatdan yiroq bo„lgan asossiz fikrlar. Zero,
chorvachilik bevosita dehqonchilik bilan bog„langan bo„lib, ularni bir-biridan ajratish
qiyin, ammo ular orasidagi munosabatlarni ushlab turish uchun o„lkaning geografik
shart-sharoitini va kishi psixologiyasini hisobga olgan holda bir me‟yorda tutib turish
mumkin edi. Lekin bunday qilishmadi. Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, o„kadagi
103
ЎзРМДА. Ф-837, рўйхат – 9, 616 – йиғма жилд, Б. 22.
75
chorvachilikning orqaga ketishiga zamin hozirlagan davr–bu dastlabki islohotlar
davriga borib yetishini yuqoridagi misollar tasdiq etadi.
Dostları ilə paylaş: