O nazarov monografiya


 Qishloq aholisining ijtimoiy-iqtisodiy turmushi



Yüklə 3,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/20
tarix14.10.2023
ölçüsü3,33 Mb.
#155522
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
portal guldu uz O`zbekistonda ommaviy jamoalashtirishning o`tkazilishi

2.3. Qishloq aholisining ijtimoiy-iqtisodiy turmushi. 
Ma‟lumki, O„zbekiston qishloq aholisining ko„p qismi dehqonchilikning turli 
sohalari bilan shug„ullanib kelishadi. Sobiq Ittifoq davrida olib borilgan siyosiy 
qarorlarning mazmuni tufayli tashkil etilgan ommaviy jamoallashtirish davrida yuz 
bergan ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarning ayrim mazmun shaklini tahlil qilib 
o„tmoqchimiz. Sababi, ommaviy kollektivlashtirish davri qiyinchiliklar va yo„l 
qo„yilgan xato-kamchiliklarning asoratli natijalariga mustaqillikkacha bo„lgan 
totalitar tuzum sharoitida o„z yechimini topish yo„lida turli xil urinishlar o„z natijasini 
bergan emas. Shu sababli biz tadqiq qilayotgan davr hisoblangan ommaviy 
jamoalashtirishda qishloq turmush tarzining to„laligicha faktlar asosida qayta tahlil 
qilish orqali yo„qotilgan imkoniyatlarni, busohadagi xato-kamchiliklar natijasi yangi 
qurilayotgan huquqiy demokratik jamiyat taraqqiyoti uchun ma‟lum ma‟noda, 
ayniqsa, qishloqxo„jaligi sohasida ayrim voqealarni oydinlashtirishda xizmat qilishi 
mumkin. 
Bugungi kunda shu narsa ravshanki, nafaqat agrar sektor,balki umuman 
jamiyatimizning rivoji dehqonning mustabid kolxoz–sovxoz tizimi shakllantirgan 
eski tipidan xo„jalik yuritish usullari va agrar islohot talablariga monand zamonaviy 
tipiga o„tish muvaffaqiyatiga ko„p jihatdan bog„liq. Shu vaqtdan yangi tipdagi 
mulkdor, sohibkor, tadbirkor dehqonni shakllantiishning umumiy qonuniyatlari bilan 
birga mintaqaviy xususiyatlarini tadqiq etish ham ijtimoiy fan xodimlari oldida 
turgan dolzarb muammolaridan biridir. Qishloq xo„jalik sohasidagi dastlabki 
qiyinchiliklar, ayniqsa, qishloq aholisining moddiy turmush tarzi qishloqqa 
hukmronlik munosabatini boshlab bergan davr 1929-yildan keyingi buyruq ortidan 
buyruq kelishi tufayli qishloqning asrlar davomida tarkib topib kelgan xo„jalik 
mexanizmi izdan chiqa boshladi. Oqibatda aholining turmush tarzini izdan chiqishi 
boshlandi. Sababi,1927-yilda respublikamiz dehqonchilik rayonlarida taxminiy 
hisob-kitoblarga ko„ra o„rtaxollar 53,3 foizni tashkil etgan.
106 
Lekin keyingi davrda 
ushbu jarayon ko„pgina firqa va yirik tashkilotlar rahbarini go„yo ma‟lum 
106
Росляков А.А.Средазбюро ЦК ВКП(б),-Ашхабад;1975 г,127-ст. 


80 
“esankirash”ga solish qishloqqa jiddiy kuch ishlatish orqali xo„jalik yuritish uchun 
muhim omil bo„lib xizmat qiladigan so„nggi imkoniyatlar boy berildi. 
Bugun bizga ma‟lum bo„lishicha, agrar sohada ahvol yaxshi bo„lgan emas. 
Axborot vositalarida chiroyli tasvirlangan kolxozchilarning baxtli turmush kechirishi 
ortida keng dehqonlar ommasining ommaviy qashshoqligi, ochligi, kambag„alligi 
yashirinib turardi. Yangi iqtisodiy siyosatdan yoppasiga kollektivlashtirishga, tovar-
pul 
munosabatlaridan 
markazlashgan 
ma‟muriy 
iqtisodiyotda 
burilish 
mehnatkashning moddiy ahvolini uning mehnati natijalari to„g„ridan-to„g„ri 
bog„liqligiga ko„rinayotgan tabiiy jarayonlar siquvini belgilab berdi. Shu tariqa teng 
taqsimlab berish tamoyili mustahkamlandi. Moddiy rag„batlantirish ishlab chiqarishni 
me‟yorda ushlab turuvchi vosita vazifasini yo„qotdi. Ular ma‟muriy siquv, 
buyruqbozlik, mafkuraviy rag„batlantirish usullari bilan almashtirildi. Bunday g„ayri-
iqtisodiy yondashuv aholi turmush tarzining uzoq muddatli salbiy oqibatlariga olib 
keldi. 
Markazning g„ayri dehqonchilik siyosati deyarli barcha qishloq xo„jalik 
rayonlarida olib borilgani kabi O„zbekistonda ham bu siyosat salbiy oqibatlarga olib 
kelib, 
qishloq xo„jalik ishlab chiqarishida salbiy jarayonlar kuzatildi. 
Masalan,birinchi besh yillik davomida bug„doy hosildorligi gektaridan 1,8 sentnerga 
kamaydi. Bog„dorchilik va uzumchilik bo„yicha o„rtacha hosildorlik 1,5 marta 
kamaydi.
107
Chorvachilik ham ko„rinarli darajada yo„qotishlar bo„ldi. Xususan,kolxozlarni 
mustahkamlash borasida chora-tadbirlar ko„rilgan bo„lsa ham kollektivlashning 
boshlang„ich davrida sodir bo„lgan chorva sonining keskin kamayishi tendensiyasini 
to„xtatish imkoni bo„lmaydi. Masalan, 1931-32 xo„jalik yilida respublikada qoramol 
soni 1008,6 dan to 878,0 mingtagacha kamaydi, dumbali qo„ylar 904,6 mingdan 
592,7 ming boshgacha,echkilar soni 880,0 mingdan 451,7 ming boshgacha,otlar soni 
12,7 foizga kamaydi. 
Qishloq xo„jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning keskin pasayishi hamda 
agrar ishlab chiqarishning umumiy inqirozi aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan 
107
Голованов А.А.Инатов М.Н.Трагедия форсиованной коллективизации в Узбекистане.-Т.,1997г-100-ст. 


81 
ta‟minlanishiga ta‟sir etmay qolmadi. Bu esa kun sayin yomonlasha bormoqda edi. 
Buning asosiy sababi, birinchidan, dehqonlar kolxozlarga kuch ishlatish yo„li bilan 
kiritilganligi va ularning ijtimoiy ishlab chiqarishdan hamda mehnat samaradorligini 
oshirishdan manfaatdor emasligida edi. Kolxoz dalalarida har bir oiladan bir-ikkita 
odam ishlab, qolgan oila a‟zolari shaxsiy tomorqalari bilan band bo„lganlar. 
Kolxozlarda muntazam ravishda, ayniqsa, hosilni yig„ib-terib olish davrida, ishchi 
kuchi yetishmasdi va bu ishlarga shaharliklarni safarbar etib ishchi kuchining 
yetishmasligini to„ldirishga urindilar. 
Ikkinchidan, 
1933-yilga 
kelib, 
paxta qishloq xo„jalik mahsulotlari 
yetishtirishning umumiy miqdorida 81,5 foizni tashkil etishi, hamda paxta 
yakkahokimligining 
qaror 
topishi 
bilan 
boshqa 
oziq-ovqat 
mahsulotlari 
yetishtiriladigan maydonlar qisqara bordi. Davlat rejasini bajarish qolipi ostida olib 
borilgan oziq-ovqat solig„i qishloqning qashshoqlashuviga olib keldi. Chunki 
kolxozchilar butun kuchini kolxozda mehnat qilishga sarflasa ham, ularning 
mehnatiga deyarli hech qanday haq to„lanmaydi. Balki faqat mehnat kuchlari yozilib 
borilgan, xolos. 
Sovxoz va MTSlarda oylik to„lanayotgan bo„lsa ham, amalda bu oylik juda kam 
bo„lgan. Mehnatga haq to„lash tizimida umuman tushunmovchiliklar hukm surgan. 
1933-yildan so„ng mehntga haq to„lashda yangi nizom kiritildi va ishchilar 
tabaqalarga bo„linib, ularga mehnat haqi belgilandi. Shunday bo„lsa ham, 
kolxozchilar va sovxoz ishchilarining mehnat haqi juda oz edi. Shuning uchun 
bunday sharoitda qishloqda istiqomat qiluvchilar o„zlariningshaxsiy tomorqalarida 
yetishtirilgan mahsulotlar bilan kun kechirardilar. Biroq bu yerda ham turli-tuman 
soliqlar kiritilgan edi. Har bir daraxt, chorva, parandalarga soliq to„lanardi. 
Ekinzorlar va yaylovlar chegaralari qat‟i belgilangan edi. 1935-yilgacha, ya‟ni 
qishloq xo„jaligi arteli Nizomining qabul qilinganligiga qadar, shaxsiy tomorqa 
dehqonlarning shaxsiy mulkdagi moddiy asosi deb hisoblangan. Bularning barchasi, 
albatta, dehqonlarning turmush darajasining keskin pasayishiga olib kelgan. 1935-yil 
fevralida qabul qilgan qishloq xo„jalik arteli Nizomi qishloqda ya‟ni munosabatlarni 
belgilab berdi. Kolxozlarda ishlab chiqarishni va taqsimlash tashkil etish 


82 
tamoyillarini belgilab berdi. Uchastkasi bilan ta‟minlanishi kerak edi. Biroq, bu 
tadbirning ahamiyatini ko„tarish xato bo„lar edi. Chunki, O„zbekiston amalga 
ajratilgan yer uchastkalar ikki barobar kamroq edi. Hamda ko„plab kolxozchilar 
umuman yer uchastkalariga ega emasdilar. Masalan, 1937-yilda O„zbekistondagi 66 
ming kolxozchilar oilasida tomorqalari yo„q edi.
140 ming kolxozchilar oilasining tomorqa uchastkalari esa amaldagi me‟yordan 
kam edi.
108
Aholining iqtisodiy ahvolini og„irlashuviga 1930-yildanboshlab iqtisodiy 
terrorning kuchayishi, ya‟ni soliq turlarining yildan-yilga kuchayishi natijasida 
kuzatildi. Masalan, 1931-yilda bir xo„jalikka solinadigan qishloq xo„jalik solig„i 
miqdori kolxozchilarga-4 so„m, oddiy shaxsiy xo„jaliklarda -23 so„m, yakka 
tartibdagi dehqon xo„jaliklariga soliq miqdori -398 so„m edi. Umuman 
kollektivlashtirishning olti yili mobaynida shaxsiy xo„jalikka solinadigan qishloq 
xo„jalik solig„ining miqdori 9 barobar ko„paydi.1935-yilga kelib u 23 so„mdan 210 
so„mga yetdi.
109
Shuningdek, yakka tartibdagi dehqon xo„jaliklari uchun soliq miqdori yana ham 
oshib borgan. Masalan, 30-yillar birinchi yamida uning miqdori qishloq xo„jalik 
solig„ining deyarli ikki barobar miqdorida bo„lgan edi. Natijada, 1930-yilda yakka 
tartibdagi xo„jalikdan 11 so„m olingan bo„lsa, 1935-yilda 84 so„mdan 124 so„mgacha 
yetdi. Shu vaqtning o„zida kolxozchilar 1931–yilda hukumat qarori bilan yangi soliq 
– “qishloq rayonlaridagi xo„jalik va madaniy qurilishga mo„ljallangan” soliq 
kiritiladi. Besh yil ichida madaniy yig„imlar miqdori yakka tartib uchun 7- 8 marta 
oshdi: 15so„mdan 62-145 so„mgacha.
110
Oxir-oqibatda xalqning so„nggi imkoniyati ham yo„qqa chiqarildi, chunki 1933-
yil 29-dekabr xo„jalik va madaniy qurilishga yig„imlar to„g„risidagi qaror chiqdi. Bu 
soliqni kolxozchilar 15-aprelga qadar to„lab qo„yishlari kerak edi. Shunday qilib, 
yakka tartibdagi dehqon xo„jaliklariga nisbatan o„tkazilgan soliq siyosati ularni 1931-
108
Ризаев Г.Сельское хозяйство Узбекистана за 40 лет.-Т.,Госиздат Уз ССР,1957.-53-ст. 
109
Марьяхин Г.Л.Очерки истории с налогов с население в СССР.Госиздат,1964.-140-141-ст. 
110
Марьяхин Г.Л.Очерки истории с налогов с население в СССР.Госиздат,1964.-148-ст. 


83 
1935-yillarda majburlabkolxozga kiritish uchun ishlatilgan o„ziga xos “tayoq” bo„ldi. 
Bunda yakka tartibda soliq solish muhim rol o„ynaydi. Vaqti-vaqti bilan alohida 
xo„jaliklardan soliq yig„ish barchani doimiy qo„rquvda ushlab turar edi va yakka 
tartib xo„jaliklarni kolxozchi bo„lish “afzalligi” haqida eslatib turar edi. 
Ma‟muriy buyruqbozlik, yakka tartibdagi xo„jaliklarni zarba berdi. Agrar 
sohadagi hisob-kitob munosabatlari buzildi. Sanoat va qishloq xo„jaligi o„rtasida 
o„zaro manfaatli ayirboshlashdan voz kechildi, oziq-ovqat solig„i tamoyiligi qaytildi 
va natijasida iqtisodiyotda chuqur deformatsiyaga olib kelindi. Qishloq xo„jaligini 
ommaviy kollektivlashtirish qishloqning turmush tarzini izdan chiqardi .Stalincha 
kollektivlashtirish qishloqdagi tabiiy rivojlanish jarayonlarini to„xtatdi,tarixiy 
taraqqiyot yo„lida o„g„ir tosh bo„lib,to„siq bo„ldi. U dehqonlarni buysundirib,ularni 
umr bo„yi “Agro qamoq” ning kolxoz “kameralariga” qamab qo„ydi. “Yer haqidagi 
Dekret” kabi dasturiy hujjatni inkoretgan tarzda yer uning haqiqiy egasidan tortib 
olindi va umumxalq mulkini yaratish shiori ostida ma‟muriy-buyruqbozlik mevasi 
bo„lgan soxta usuli xalq mulkchiligiga aylantirildi. Kolxozlarga zo„rlab kiritilgan 
dehqonlarbarcha asosiy fuqarolik huquqlaridan, birinchi navbatda ko„chib yurish 
erkinligi, kasbiy faoliyatni tanlas huquqidan mahrum bo„lishdi. 
“Baxtli” kolxozchilar “to„kin-sochin hayotdan” qochib ketmasliklari uchun 
ularning passportlari tortib olindi. Ularga kolxozlardan o„z xohishiga binoan chiqish 
man etildi. Kelishmovchiliklarni bartaraf etish maqsadida esa 1932-yil 7-avgustda 
agar kimki dehqonlarni kolxozlardan chiqishga undashga urinsa, u 5yildan 10 
yilgacha muddatga “konsentrsatsion lagerga” qamaladi, deyilgan farmon chiqarildi. 
O„zbekistonda mazkur farmoniga muvofiq 1933-yilning o„zida 2,5 ming dehqon 
ma‟muriy javobgarlikka tortildi.
111
Kolxozchilarga haq to„lash tartibi butunlay izdan chiqdi. Birgina 1937-yilda bir 
mehnat kuni haqi respublikada o„rtacha 4 so„m 15 tiyin bo„lgan bo„lsa, 1938-yilda 3 
so„m 84 tiyingacha tushdi. Ko„pgina xo„jaliklarda mehnat kuni haqini to„lash kolxoz 
kassalariga mablag„ yo„qligi tufayli olib borilmasdi. Bundan tashqari mehnat kunlari 
111
Ўзбекистоннинг янги тарихи.2-китоб.Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида.-Тошкент; Шарк,2000.-
366-бет. 


84 
no„tog„ri hisoblangan holatlar ham kuzatilgan va dehqonlar ular bilan hisob-kitob 
qilish vaqtida aldangan holatlar ham uchragan. Eng achinarlisi shuki,dehqon 
turmushini belgilovchi omil hisobangan o„z xo„jaligidan ajratdilar yoki imkoniyati 
yo„q darajaga keltirildi. Yordamchi tomorqa yerlari bilan barcha dehqonlar 
ta‟minlamagan edi. Masalan, 1937-yilda o„z shaxsiy tomorqalariga ega bo„lmagan 
dehqonlar 28,7 foizga yetdi, tomorqalari borlaridan 42,3 foizi esa o„sha davrda 
atalgan iborani ishlatsak,”sigirsiz” xo„jaliklar bo„lgan.
112
Va nihoyat, xulosa shuki, amalga oshirilgan chora-tadbirlar avvalgidek asosan 
ishchilar sinfining ahvolini bir oz o„zgartirishga qaratilgan bo„lib, qishloq aholisi esa 
barqaror ijtimoiy ta‟minot doirasidan chetda qolaverdi. Shuni ham aytish kerakki, 
ijtimoiy ehtiyojlar uchun budjet mablag„larining ko„payishini davlat ezilgan 
dehqonlarni shu jumladan, O„zbekiston qishloq aholisini talash hisobidan qopladi. 
Yoppasiga jamoallashtirishning usullari bilan shu tariqa dehqonlarnng asrlar 
davomida shakllagan turmush tarzi buzildi, dehqonlar ishlab chiqaruvchi sifatida 
buzilib, ular o„zga shaxslar xohish-istaklarini bajaruvchi ishchi kuchga aylantirildi, 
yerdan begonalashdi, ishlab chiqarishning yakuniy natijalaridan manfaati pasaya 
boshladi. Qishloqdagi xo„jalik aloqalalar tizimiga davlatning aralashuvi soxta 
sotsialistik munosabatlarning mustahkamlanishi natijasida dehqonlar ongiga salbiy 
ta‟sir ko„rsatdi. Dehqonlar yerga egalik qilish hissini yo„qota boshladi. Asrlar 
davomida ishlab chiqilgan va mustahkamlangan mehnatsevarlik sifatlarini yo„qota 
boshladilar. Mehnatiga va kasbiy mahoratga munosabatlari susaya bordi. Keng 
miqyosida olib borilgan dinga qarshi tashviqot ishlari natijasida iqtisodiyot va 
madaniyatning mafkuralashuvi natijasida, totalitar tuzum qadriyatlarining aholi 
ongiga singdirish natijsida dehqonlar barcha sovet kishilari kabi umuminsoniy 
qadriyatlariga hurmatsizlik negizida tarbiyalandi. Qishloqdagi an‟anaviy urf-odat va 
ana‟analar qoralandi, xalqni tarixiy va madaniy xotirasi toptala boshladi. 
Shunday qilib, hozir O„zbekistonda qishloq xo„jaligini rivojlantirish hamda 
aholini turmush-tarzini yaxshilash uchun muhim jihatlar bo„yicha quyidagi xulosa va 
112
Ўзбекистоннинг янги тарихи.2-китоб.Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида.-Тошкент; Шарк,2000.-
367-бет. 


85 
takliflarni bermoqchimiz va muhim jihatlari bo„yicha quyidagi xulosalar orqali 
bermoqchimiz: 
Birinchidan, qishloq xo„jaligida unutilgan haqiqiy shirkat xo„jalik asoslarini 
qayta tiklash lozim. 
Ikkinchidan, 
ishlab 
chiqarishda demokratizmni, 
o„z-o„zini boshqarish 
mexanizmini yaratish lozim. 
Uchinchidan, davlat va boshqa xo„jalik subyekti o„rtasida o„zaro shartnomaviy 
munosabatlarni yuzaga keltirishlari lozim. 
To„rtinchidan, qishloq xo„jalik xodimlari erkin ishlab chiqarish strukturasini 
shakllantirishlari lozim. 
Beshinchidan, mehnatga tamomila yangicha munosabatni qaror toptirish zarur. 
Oltinchidan, davlatning qishloq xo„jaligini ishlab chiqarishni to„g„ridan-to„g„ri 
boshqarish usulida olib borishdan voz kechishi kerak. 
Yettinchidan, dehqonga mulkchilik munosabatlarini his etuvchi faol shaxsga 
aylantirish choralarini qurish lozim. 
Sakkizinchidan, dehqonga eng qimmatli bo„lgan milliy an‟anaviy fazilatlarini 
tiklanishi va mustaqillikka xizmat qilish to„g„risini shakllantirish lozim. Nihoyat, 
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining qabul qilgan mulk 
to„g„risida, yer to„g„risida, ijara pudrati kabi qonun va farmonlarni to„laqonligi 
hayotga tadbiq etish yurt farovonligi uchun xizmat qiladigan har bir fidoyi insonning 
eng dolzarb vazifalaridan biri bo„lib qolishi kerak. 

Yüklə 3,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin