92
ORTGA BIR NAZAR.
Men, 1961 yil 2 oktyabrda Samarqand viloyati Qo‟shrabod tumanidagi Urganji
qishloq fuqarolar yig‟inida joylashgan Bozorjoy qishlog‟ida tug‟ilganman. Dadam,
Dadam Nazarov Raxim uzoq yillar xo‟jalikda ishchi bo‟lib ishlagan.
Mehribon,
samimiy, kamtarin inson edilar. Halol inson edilar. U kishining “bolam, harom bizga
yoqmaydi” degan o‟gitlari ta‟sirida katta bo‟ldim. SHunga rioya qilib kelaman. Opam
(onam), Nazarova Jibak oilam, bolam-chaqam deydigan, oila tutumini yaxshi
biladigan ayol edi. Dadam vafot etganlarida (1978 yil) men, maktabda o‟qiyotgan
edim, akalarim balog‟at
yoshida edi, ukam va singim hali yosh edilar. Oilaning
yolg‟iz boquvchisidan ayrilganimizdan so‟ng iolamizning to‟ng‟ich farzandi Umar
akam bizga otalik va akalik vazifalarini o‟z qo‟liga olib Rahmatli onamn bilan
birgalikda
akam aka-ukalarimni uylantirib, uyli-joyli qildi va singlimni eldan kam
qilmay uzatganlar.
Oilamizning barakasi onam edilar, onamni qo‟ni-qo‟shnilar doimo “chevar
xotin” deb hurmat qilishar edilar. SHu tariqa ota-onamning duolari, bergan tarbiyalari
sabab, 1982 yili Toshkent davlat universiteti tarix fakul‟tetiga o‟qishga kirdim.
To‟g‟risi, o‟quvchilik paytimda, tarix sohasi bo‟yicha tasavvurga ega edim.
Kafedrada Tarix yo‟nalishida G. A. Xidoyatov, Z. I. Usmanova, I. Nizomitdinov, A.
Soliyev, T. Salimov, O. Musayev, A. Sagdullayev, A. Kabirov kabi ustozlardan tarix
fani sir-asrorlarini o‟rgandim. Diplom ishim “Osiyo va
Afrika xalqlarining milliy
ozodlik xarakatining o‟ziga xos xususiyatlari” mavzusidagi ishimni professor A.
O‟tamurodov raxbarligida ximoya qildim. Keyinchalik, universitetni tugatgach,
Guliston davlat universitetining Tarix kafedrasiga ish faoliyatimni yurita boshladim.
Ilk faoliyatimda kafedra mudiri M. Adixonov, A. Nabiyev, T. Omonjulov(oxiratlari
obod bo‟lsin)lar bilan bilgalikda ishladim.
Keyinchalik men o‟z ilmiy faoliyatimni O‟zbekistonda
amalga oshirilgan
jamoalashtirish va uning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlarini, jabr-sitamlarini bugungi kun
nuqtai-nazardan talqin etishga qiziqishimning ortishi sabab, ustozim K. Eshchanovga
o‟z qiziqishlarimni bayon qildim va ilmiy raxbarlik roziligini oldim. Tarix soxasining
93
yetuk bilimdoni K. Eshchanov ustozlik qildi. Komil Eshchanov madaniyatli, bilimli
va mehribon inson edilar. Ustoz sifatida u kishi ideal edilar, desam to‟g‟ri bo‟ladi.
Har doim ustoz o‟z maslahatlarini darig‟ tutmadilar.
Xatto ustoz ilmiy ishimni
tayyorlash jarayonida professor R. Aminova, professor I. Alimovlarning bu soha
bo‟yicha bergan tavsiyalari xamon yodimda turibdi. Ishni tayyorlash davrida 8 yil
davomida Farg‟ona vodiysidagi mavjud arxiv materiallari bilan tanishib chiqishga va
mavzuga oid materillarni to‟plashga ketgan vaqtimga xech achinmayman.
Himoyadan so‟ng o‟z faoliyatimni yana Guliston davlat universitetida davom
etkazdim. 2004-2005 yillar universitetning tarix fakul‟teti dekani, dekan o‟rinbosari
va uzoq yillar Tarix kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritdim. Faoliyatim
davrida men nafaqat
jamoalashtirish davriga balki, Uyg‟onish davri xamda tibbiyot
soxasiga qiziqishim sabab, o‟tgan vaqt davomida “O‟rta Osiyo qomusiy
mutafakkirlarining jaxon ilmi fani taraqqiyotiga qo‟shgan xissasi”, “Xorazm ma‟mun
akademiyasi tarixidan”, “Tibbiyot ilmi tarixidan” kabi ko‟plab
risolalarni chop
ettirdim.
Insonning yoshi ulg‟aygan sayin bosib o‟tilgan hayot yo‟liga bir nazar solib
turgani ma‟qul ekan. Men ham 60 yoshni qoralabman. O‟tgan umrimdan roziman.
Ota-onamni qo‟limdan kelgunicha rozi qilishga urindim. Umr yo‟ldoshim, Dilbar
bilan bir o‟g‟il, bir qizni tarbiyalab, uyli-joyli qilganmiz. O‟g‟lim
Azizjon qurilish
sohasini tanladi. Qizim Xurshida pedagok sifatida yosh avlodga saboq berib
kelmoqda. Yаxshi insonlar bilan quda bo‟lganman. Kuyovim, Ulug‟bek o‟z
o‟g‟limdek, kelinim Madina o‟z qizimdek. To‟rt nafar nevaramiz bor.
Dostları ilə paylaş: