Оила психологияси



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/93
tarix14.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#155530
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   93
Оила психологияси

O’qituvchi, 
 15 minut 

 O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi: 
5.1.
Talabalar bilimi tahlil qilinadi. 
5.2.
Mustaqil ish topshiriqlari beriladi. 
O’qituvchi,
10 minut 


25 
«Oila psixologiyasi fani predmeti maqsadi va vazifalari» mavzusi 
yuzasidan turli xil ko’rgazmali qurollar tayyorlash. 
5.3.
O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli o’zgartirishlar 
kiritadi. 
Asosiy savollar: 
1.
Oila xususida sharq mutafakirlarining qarashlari 
2. Nikoh oila munosabatlarining evolyutsiyasi 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: 
mutafakkir, evolyutsiya, formatsiya, 
nikoh. 
 
1-savol. Oila xususida sharq mutafakirlarining qarashlari 
1-savolning bayoni. 
Inson va insoniy munosabatlar, shaxs va uning kamoloti uzoq asrlardan buyon 
jamiyatning eng ilg’or kishilari, olimlar, buyuk allomalar va donishmandlarning diqqat 
markazida asosiy masalalardan biri bo’lib kelgan. Abu Nosir Farobiy, Abu Rayhon 
beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Kaykovus, Xotam ibn Toy, Alisher 
Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Rizouddin ibn Faxriddin, Muqimiy, Furqat, 
Yaavqiy, Uvaysiy, Nodira, Abduruf Fitradt, Abdullo Avloniy kabi sharq 
mutafakirlarning oila xususidagi dono fikrlarining bayoni beriladi. 
Qadimgi zamonlarda ibtidoiy jamoa tuzumi davrlarida erkak va ayol 
munosabatlari xususiyatlari. Nikoh oila munosabatlarining yuzaga kelishi va 
rivojlanishi. Insoniy hissiyot, sevgining biologik asosi. Erkak va ayol jinsiy 
munosabatlarining shakllanishi. Erkak va ayol munosabatlarida yuzaga kelgan 
«tabu»lar. Nikohning dastlabki turlari. Endogam oila. Ekzogam oila. Urug’lararo nikoh. 
Dastlabki juftli nikohlarning yuzaga kelishi. Egalitar nikoh (24-25 ming 
yillar muqaddam). Xususiy mulkchilikning yuzaga kelishi va uning nikoh oila 
munosabatlarining shakllanishiga ta’siri. «Sovg’a ayrboshlash». Individual juft 
nikohning yuzaga kelishi. Juft oila. Oilaviy rollarning yuzaga kelishi. Nikoh oila 
munosabatlarining ijtimoiy boshqarila boshlanishi. Monogam oila turining yuzaga 
kelishi. 
Insoniyat taraqqiyotining keyingi formatsiyalarida nikoh oila munosabatlarining 
rivojlanishi. Ijtimoiy tarixiy tuzumlarda er-xotinlar, oila a’zolari munosabatlari 
xarakteriga qo’yadigan talablari. Ibtidoiy jamoa tuzumida ishlab chiqarish 
munosabatlari taraqqiyotining oilaviy munosabatlar xarakteriga ta’siri. quldorlik 
tuzumida oilaviy munosabatlar xarakteri. 8-mart bayramining yuzaga kelishi (qadimgi 
Rim). 
Patriarxat poligam (ko’p xotinlilik), monogam oilalar. Familiya (lot. fomil – bir 
odamga tegishli qullar), nuklear (lot. nukleus – yadro) oilalar. Industrial jamiyatda 
nuklear oilalarning o’rni. 
Oila va jamiyat munosabatlari. Oila a’zolarining ijtimoiy munosabatlari. Oilaning 
jamiyatdagi munosabatlarga va jamiyatning oilaga ta’siri.
Nikoh oila munosabatlari, oilaviy hayot psixologiyasiga, hozirgi zamon oilasida 
kuzatiladigan ko’plab holatlarga psixologik nuqtai nazardan qaraladigan bo’lsa, 
ularning ildizi nikoh-oila munosabatlari evolyutsiyasining uzoq o’tmishi bilan 


26 
bog’liqdir. Nikoh-oila munosabatlari eramizdan oldingi iptidoiy davrlardan biologik 
ehtiyoj sifatida paydo bo’lib, asta-sekinlik bilan guruhlar, qabilalr, urug’chilik va asosan
ongli odamlarning paydo bo’lishi, dehqonchilikning rivojlanishi natijasida, nikoh-oila 
munosabatlari, er-xotin oila boquvchi erkak va ayol munosabatlari shakllana boshlaydi.
Maxsus manbalarda qayd etilishicha, qur’on, hadis va boshqa muqaddas kitoblarda 
oila masalalarining yoritilishi. O’tmish mutafakkirlarining oila mohiyati haqidagi fikr-
mulohazalari. Al-Buxoriy, Burxonuddin Marg’inoniy, At-Termiziy, Forobiy, Beruniy, 
Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Amir Temur, Ahmad Donish, Abdurauf Fitrat, Abdulla 
Avloniy va boshqalarning oila, oilaviy munosabatlar haqidagi qarashlari.
Oila nikoh haqida tushuncha. Oila birligini ta’minlovchi omillar: o’zaro sevgi, 
oilaning barcha a’zolarining ahloqiy, iqticodiy, huquqiy va boshqa o’zaro mas’uliyati, 
o’zaro tushunish va emotsional (hissiy) bog’liqlik, yaqinlik. Oila a’zolari o’rtasida 
emotsional tenglikni ta’minlash-oila a’zolari o’rtasida ishonchli muloqot, bir-birini 
ahloqiy, ma’naviy, hissiy qo’llab-quvvatlash, ularda xotirjamlikni (xavfsizlikni) his 
qilishni ta’minlash. 
Prezidentimiz I.A.Karimov alohida ta’kidlab o’tganlaridek, "Sharqda qadim-
qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. Halollik, rostgo’ylik, or-nomus, sharmu-hayo, 
mehru-oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar, eng avvalo, oilada 
shakllangan". 
Darhaqiqat, Sharqning buyuk allomalari va ma’rifatparvarlari hisoblangan Abu 
Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, 
Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Rizouddin ibn 
Faxruddin, Ahmad Donish, Abdulla Avloniy, Fitrat va boshqalarning asarlarida 
Markaziy osiyoda yashab kelayotgan xalqlar, jumladan, o’zbek xalqining oilaviy hayoti, 
undagi o’zaro munosabatlarning (ayniqsa er-xotin) milliy psixologik xususiyatlari, er-
xotinning burch va vazifalari, oilaning turmush tarzi va tarbiyaviy muhiti va boshqalar 
haqida qimmatli fikrlar mavjud. 
Oilaviy turmush va undagi shaxslararo munosabatlar madaniyatiga xos masalalar 
buyuk muhaddis allomalar Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, At-Termiziy ijodlarida 
hamda tasavvuf falsafasining yirik namoyandalari bo’lmish Ahmad Yassaviy, 
Baxovuddin Naqshband, Najmiddin Kubro tariqatlarida ham keng yoritilgandir. 
Sharq mutafakkirlarining ilmiy-madaniy merosini o’rganar ekanmiz, ularda bayon 
qilingan oilaviy turmush qoidalari, undagi shaxslararo munosabatlar madaniyati, 
farzand kamoloti, erkak bilan ayol munosabati, insoniy fazilatlarning shakllanishi 
haqidagi qimmatli fikrlar sharq xalqlari, xususan, o’zbek xalqining og’zaki ijodi, 
eposining (o’zbek xalq maqollari, ertaklari, dostonlari, afsonalari, rivoyatlari) uzviyligi 
asosida tarkib topgan ilmiy-madaniy meros ekanligini ko’ramiz. 
Chunonchi, o’zbek xalqining og’zaki ijodi va eposlarida mardlik, halollik, 
kamtarlik, ishonch, sevgiga-sadoqat, do’stlik, adolatlilik, mehnatsevarlik, hamfikrlilik, 
orastalik, go’zallik, oqillik, e’tiqod, hurmat-ehtirom, oila sha’ni va g’ururini himoya 
qilish, tug’ilgan joyiga muhabbat, ezgulikka intilish, halol va pok yashash ulug’langan. 
Bu voqelikni biz Alpomish, Kuntug’mish, Go’ro’g’li, Oysuluv, Layli va Majnun, Yusuf 
va Zulayho kabi qator o’zbek xalq dostonlarining qahramonlari misolida ko’rishimiz 
mumkin. 


27 
"Qadimiy eposlarda ayollar bilan erkaklar teng ijtimoiy mavqega ega shaxslar 
sifatida gavdalanadi, ayollar erlaridan qolishmaydigan jasoratli qilib tasvirlangan" . 
Sevib turmush qurish, sevgida vafodorlik, oilaviy totuvlik kabi insoniy xislatlar 
o’rta Osiyo xalqlari, xususan, o’zbek urug’lari va elatlarining xarakterli xususiyati 
sifatida saqlanib qolgan. 
Ma’lumki, muqaddas dinimiz islomda, uning asosiy manbalari hisoblangan 
"Qur’oni Karim" va Hadislarda ham oilaviy turmushning va er-xotin munosabatlarining 
barcha tomonlari haqida qimmatli ma’lumotlar va shar’iy qonunlar yoritilgan. Islomda 
bo’lajak oilaning vujudga kelishiga alohida e’tibor berilgan. Shariat bo’yicha nikohdan 
o’tishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim bo’lgan. 1.Nikohlanuvchi-larning o’zaro 
roziligi. 2.Nikoh yoshiga to’lish. 3.Nikohni guvohlar ishtirokida tuzish. 4.Kelin uchun 
qalin va mahr to’lash. 5. Diniy e’tiqod birligi. 6.Nikohlanuvchilar yaqin qarindosh 
bo’lmasligi. 7.Tabaqa bo’yicha tenglik. 8.Nikohdan o’tuvchilarning ruhiy jihatdan 
sog’lom bo’lishi. 
Bu shartlarga rioya qilinib tuzilgan nikohgina qonuniy hisoblanib, taraflarni tegishli 
huquq va majburiyatlar bilan ta’minlagan. 
Qur’oni Karimning oyatida oiladagi er bilan xotinning o’rni belgilab berilgan. 
Shariat hukmicha, er avvalo oilaning barcha moliyaviy va ma’naviy taraflariga 
javobgar, uni chetdan bo’ladigan har qanday xurujlardan himoya qiladigan shaxsdir. 
Mana shularning evaziga va erkak kishi uchun fazilat hisoblanmish og’ir-bosiqlik, oila 
ro’zg’or tebratishdagi tadbirkorlik kabi sifatlar mavjudligi sababli u oilaning boshlig’i 
sanaladi. Yaxshi xotin esa diyonatli, erning uyini obod qiladigan va unga bir umr 
sadoqatli bo’lgan ayoldir. Qur’oni Karimdan er-xotin yoxud oilaviy munosabatlarga xos 
ibratli misollarni ko’plab keltirish mumkin. 
Hatto ajdodlarimizning muqaddas dini hisoblangan zardushtiylikda ham nikoh va 
oilaviy burch masalasi muhim axloqiy o’rinda turgan. Zardushtiylikda ko’p xotinlilik 
qat’iy man etilgan. Ayni paytda hayotni bo’ydoq o’tkazish ham qoralangan. Balog’atga 
etgan qiz ota-ona va jamoaning ra’yini pisand qilmay, qasddan turmushga chiqmay 
yursa, u qopga solinib, 25 darra kaltaklanish bilan jazolangan. Agar erkak kishi shu 
yo’lni tutsa, unga tamg’a bosilib badnom qilish maqsadida beliga zanjir bog’lab 
yurishga majbur etilgan. "Avesto"da qayd qilinishicha, erkak avvalo uylanish uchun 
moddiy va ma’naviy tomondan to’q va baquvvat bo’lmog’i lozim edi. Bundan tashqari, 
mazkur muqaddas kitobda oila qurish, jufti halol tanlashda shoshma shosharlikka yo’l 
qo’ymaslik, ota-ona, keksalar maslahatiga quloq solish xususida ham diqqatga sazovor 
mulohazalar mavjud. Shuningdek, unda nikoh va taloqning (ajrashishning) o’ziga xos 
mezonlari birma-bir keltirib o’tilgan. 
Zardushtiylikning axloq me’yorlari majmuida ayollar masalasiga ham alohida o’rin 
berilgan. Zardushtiylikda oila muqaddas sanalgani uchun boshqa sabablarga ko’ra, 
jumladan, ig’vo, tuhmat, er-xotinning o’zaro kelishmovchiligiga, ota ona bilan chiqisha 
olmaslik bahonasi bilan nikohni bekor qilinishiga yo’l qo’yilmagan. 
Umuman Zardushtiylikda ham, Islomda ham nikohda ikki tomon teng va munosib 
bo’lishi aytib o’tilgan. Nikoh tartiblari va hayotiy tajribalariga ko’ra, kelin va kuyov 
nasl nasabda, ijtimoiy mavqeda, bilim-saviyada, did-farosatda, ilm-e’tiqodda, 
mulkdorlikda bir-birlariga yaqin bo’lishi ma’qul topilgan. Shu bois, Sharq xalqlarida 
yoshlarni oilaviy turmushga tayyorlash, ularning tengini topib uylantirishga jiddiy 
e’tibor berilgan. Ayniqsa, qizlarni oilaviy turmushga tayyorlashda, ularda birinchi 


28 
navbatda insoniy fazilatlar shakllangan bo’lishi, oilaning muqaddas ekanligi, uni 
avaylab-asrash aynan uy bekalariga bog’liqligi haqida ajdodlarimizdan bizgacha etib 
kelgan nasihatnoma, pandnoma va hikmatnomalarda tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan 
qimmatli nasihatlar hikoya qilinadi. 
Jumladan, turk olimi Yusuf Tovasliy to’plagan "Hikmatlar xazinasi"dagi kelin 
bo’luvchi qizga beriladigan ona nasihati kishining e’tiborini o’ziga tortadi. Unda ona 
turmushga chiqayotgan qiziga quyidagilarni nasihat qiladi: "Bolajonim, sevikli qizim, 
meni yaxshilab tingla. Nasihat har kimga lozimdir, o’git hammaga zarurdir. Nasihat 
bilmaganga o’rgatadi, bilganni esiga soladi. Olloh bergan qonunga ko’ra, hayotga 
qadam qo’yadigan har bir qiz erga, har bir erkak ayolga muhtoj bo’ladi. Erkaklar ayol 
uchun, ayollar erkak uchun yaratilgandir. Hayot mavjud ekan, bu qonunni hech kim 
buza olmaydi". Shu sababli sen tug’ilib o’sgan va voyaga etgan uyingdan, yayrab-
yashnab, o’ynab-kulib yurgan eringdan chiqib, o’zing bilmaydigan, notanish uyga 
borasan. Kelajakda bu uy senikidir. Sen eringga shunday xizmat qilki, ul ham senga qul 
bo’lsin. Sen unga er bo’lki, u senga osmon bo’lsin ! 
Aytganlarimga amal qilsang ering bilan go’zal hayot kechirasizlar, mas’ud, 
baxtiyor va saodatli turmush ko’rasizlar. Bizlar ham (har ikki oila bizning ham, 
eringning ham oilasi) huzur-halovatda va baxtiyor bo’lamiz. Aks holda ikki oilada ham 
huzur-halovat bo’lmaydi. Sen o’zing bir jahannamda yashagandek bo’lasan. 
Qizim! Endi senga aytadigan o’n o’gitimga quloq sol! Bularni doimo yodingda tut; 
1.Qanoat sohibasi bo’l. O’z xolingga shukur qil. Ya’ni, ering uyga nimaiki olib 
kelsa, u xoh eydigan, xoh kiyadigan narsa bo’lsin, xushfe’llik bilan, go’zal odob bilan 
qabul qilib ol! Eringga tashakkur aytib, xushnudlik ko’rsat. Zero, baxtli hayot 
kechirmoqning bir yo’li o’z holiga shukur etmoqlikdir, holiga shukur etmagan o’z 
nafsini tiymagan kishida ko’ngil huzuri, qalb rohati bo’lmaydi. 
2.Eringga itoat qil, qil degan ishlarini qil, qilma deganini qilma! Ya’ni, ering bilan 
suhbatlashganda, muloqotda bo’lganingda itoatli bo’lishingni, uning so’zlarini odob 
bilan tinglab ado etishingni sening so’zlashib, quloq solishingdan tushunib oladigan 
bo’lsin. Shunda Alloh Taolo sendan xushnud va uyingiz saodat nuridan porloq bo’ladi. 
3.Eringning ko’zi tushadigan joylarga yaxshi e’tibor ber!. Ya’ni, uyning ichini, 
tashqarisini nihoyatda toza tut, shunday qilki, eringning ko’ziga bir chirkin er 
ko’rinmasin. 
4.Ust-boshingni toza tut. Ering faqat xushbo’yni sezsin, dimog’iga yomon hid 
kelmasin. Chunki yomon hidlar ering ko’z o’ngida sening obro’yingni tushiradi. Sendan 
irkanishga sabab bo’ladi. Shuni yaxshi bilgilki, tozalik va zariflik eng yaxshi 
narsalardir, inson ko’ziga xush ko’rinishlik shular bilandir. 
5.Ovqatni vaqtida tayyorla. Ya’ni ovqatlanish vaqtini hech qachon kechiktirma. 
Ering qachon ovqatlanishga o’rgangan bo’lsa, o’sha paytda ovqatini tayyorlagin. U 
kelishi bilan darhol dasturxon sol. Shuni yaxshi bilginki, ochlik insonning tez jahlini 
keltiradi. 
6.Uyqu vaqtini, uyg’onish paytini yaxshi bilib ol! Ya’ni, uning qachon uyquga 
yotish payti bo’lsa, o’rnini tayyorlab qo’y. Zero, uyqusizlik insonni xafaqon etadi. 
Asablarning buzilishi, xafaqonlik odamlarning ehtirosi, muhabbatini sekin-sekin 
so’ndiradi. 


29 
7.Eringni moli va ashyosiga juda e’tiborli bo’l! Ya’ni, eringning, mol, dunyosini 
yaxshi saqla, ashyolarini avayla, muhofaza qilgil. Chunki uning mol-dunyosi senikidir. 
Eringni, mol, dunyosini isrof etmaslik ish bilish va qadriga etish demakdir. 
8.Eringni qarindosh va yaqinlariga hurmat ko’rsat! Ya’ni, eringni qarindoshlari va 
yaqinlariga hurmat - uning e’tiborini qozonmoq demakdir. Ularni hurmat qilish - 
eringni hurmat qilish demakdir. Bu esa qadr va e’tibor qozonishdir.
9.Eringning sirini boshqalarga aytma! Ya’ni, eringning ba’zi sirlarini bilgan 
vaqtingda ehtiyot bo’lib, uni saqla, birovlarga aytib yurma. Agar aytib qo’ysang, uning 
g’azabini keltirib qo’yasan, ishonchini yo’qotasan. Bunda tuzayotgan oilangiz buziladi. 
10.Eringni diniga to’g’ri keladigan barcha buyruqlarini ado qil! Hech qachon unga 
nisbatan itoatsiz bir harakat bo’lmasin. Agar bir shunday harakat bo’lsa, senga kin 
saqlab, oxiri dushman bo’ladi. U senga dushmanlik yo’lini tutsa, sen ko’p zarar 
ko’rasan va qo’lingdan hech narsa kelmaydi. 
Ko’rinib turibdiki, xalq og’zaki ijodi va diniy g’oyalar hamda hikmatnomalar 
og’zaki tarzda avloddan-avlodga ko’chib sayqallashgan holda saqlanib kelgan bo’lsa, 
xalqimiz orasidan etishib chiqqan donishmand va allomalar esa ana shunday qimmatli 
ma’lumotlarni xalq an’analari va qadriyatlariga tayangan holda o’z asarlarida yoritgan 
holda ilmiy-madaniy meros sifatida kelgusi avlodlar uchun qoldirganlar. Ulardan biri - 
jahon ilm-fani hazinasiga munosib hissa qo’shgan mutafakkir olim Abu Nasr 
Forobiydir. 
Abu Nasr Forobiy (873-950) jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini va inson kamoloti 
bosqichlarini, insonlar yashash jarayonida baxt-saodatga erishuv yo’llarini o’zining 
mashhur asari "Fozil odamlar shahri"da bayon etadi. Forobiy oqil insonlar haqida 
gapirib, "Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, ular fazilatli, o’tkir mulohazali, foydali 
ishlarga berilgan, yomon ishlardan o’zlarini chetga olib yuradilar. Bunday kishilarni 
oqil deydilar" degan edi. Alloma oqillar bor joyda hech qachon muammolar va 
kelishmovchiliklar bo’lmasligiga ishora qiladi. Uning g’oyalarida oilaning to’liqligi, 
unda qaror topgan sog’lom ma’naviy muhitning ahamiyatini aks ettiradigan fikrlar ham 
mavjud. "Har bir inson o’z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi 
etuklikka erishmoq uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi. U bir o’zi bunday narsalarni 
qo’lga kirita olmaydi, ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug’iladi. 
Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va 
etuklikka erishuv uchun zarur bo’lgan narsalarni etkazib beradi" yoki "odamlarga 
nisbatan ularni birlashtiruvchi boshlang’ich asos insoniylikdir. Haqiqiy baxtga erishish 
maqsadida o’zaro yordam qiluvchi kishilarni birlashtirgan shahar (bizningcha, oila) 
fazilatli shahardir, baxtga erishish maqsadida birlashgan kishilar jamoasi (bizningcha, 
oila jamoasi) fazilatli jamoadir". 
Forobiy keraksiz urf-odatlardan (hozir ham oilaviy hayotda, er-xotin 
munosabatlarida uchraydi) voz kechish, baxt saodatga erishish yo’llari haqida gapirib 
shunday deydi: Rahbarlar (er yoki xotin) "yomon odatlarni o’zida ifodalovchi o’tmishni 
ham o’zgartirmog’i kerak. Aks holda o’tmishni talablariga rioya etib, uning kayfiyati 
saqlansa, turmushda hech qanday engillik, o’zgarish va o’sish ham bo’lmaydi". Yoki 
"Baxt saodatga erishuv yo’lida nimaiki (bilim, axloq, kasb-hunar) yordam bersa, uni 
saqlamoq, mustahkamlamoq nimaiki zararli bo’lsa, uni foydali narsaga aylantirishga 
harakat qilmoq zarur". 


30 
Biz tadqiqotlarimizda o’rganadigan muammo nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, 
Forobiyning inson kamoloti, uning jamiyatdagi, oiladagi o’rni, yoshlarning voyaga 
etishiga ta’siri to’g’risidagi fikrlari, insonlar jamoasidagi o’zaro hamjihatlik, yordam 
haqidagi hikmatlari hozirgi oilaviy turmush masalalarini echishda, undagi 
munosabatlarni to’g’ri yo’lga qo’yishda farovon turmush kechirish uchun dasturilamal 
bo’lib xizmat qiladi. 
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) o’z ijtimoiy qarashlarini aks ettirgan yaxlit 
ijtimoiy ta’limot yaratmagan bo’lsa-da, lekin u ijtimoiy masalalar bo’yicha o’zining 
nuqtai nazarini ko’pgina qomusiy asarlarida izhor etishga yoki ular yuzasidan tanqidiy 
fikrlar aytishga harakat qilgan. Abu Rayhon Beruniyning muayyan qarashlari oilaviy 
turmush, oila va nikoh, oilaviy qadriyatlar va uning a’zolari o’rtasidagi munosabatlariga 
xosdir. Bunday ishoralarni Beruniy hikmatlarida ham uchratamiz. "Yaxshi xulq 
yaxshilik alomatidir"."Buzuq niyatli va yomon axloqli kishilar o’rtaga kirib olishi bilan 
ish to’g’ri bo’lmaydi". "Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g’am-
g’ussa bo’lmaydi oilaviy munosabatlarda ana shunday hikmatlarga amal qilishimiz 
maqsadga muvofiqdir. Beruniy o’rta Osiyo, Qadimgi Yunon va Hind xalqlari hayotini 
yaxshi bilgani uchun ular amal qiladigan urf-odatlar, qadriyatlar va milliy 
madaniyatlarining o’ziga xos tomonlarini taqqoslab tahlil qiladi. Ushbu tahlillar oila-
nikoh, oiladagi o’zaro munosabatlarga ham xosdir. Jumladan, u oilalarning 
"poligamiya" (erkak yoki ayol bir paytning o’zida bittadan ortik er yoki xotinga ega 
bo’lishiga yo’l qo’yiladigan nikoh shaklini bildiradi) turi haqida ham qimmatli 
ma’lumotlarni keltiradi. Masalan, Janubiy Hindiston madaniyatida tud erkaklari 
biologik nuqtai nazardan otalikni o’rnatish bilan qiziqmaganlar. Ularda bolaga otalik 
rasmini amalga oshirish chog’ida o’qli kamonni homilador ayolga tantanali suratda 
bergan erkak bolaning otasi hisoblangan. Agar keyinchalik boshqa bir erkak bolaga 
otalik qilishni xohlab qolsa, bu rasm ayolning navbatdagi homiladorligida takrorlangan. 
Bu ma’lumotlar izlanuvchilarda ijtimoiy tarixiy taraqqiyot davomida oilaviy 
turmushning takomillashuvi, oila-nikoh munosabatlarining barqarorlashuvi va 
monogamiya oila turining kelib chiqishi tarixi haqida ilmiy tasavvurlar shakllanishiga 
yordam beradi. 
Beruniy qarashlarida oilaviy munosabatlar barqarorligining etakchi omillari oqillik 
va mehnatsevarlikning ahamiyati haqida ham qimmatli fikrlar mavjud."Muayyan 
vazifalarni bajarish zaruriyati inson faoliyatining bir umrga yashash qoidasidir. 
Insonning qadr-qimmati o’z vazifasini a’lo darajada bajarishidan, shuning uchun ham 
insonning eng asosiy vazifasi va o’rni mehnat bilan belgilanadi. Zero, inson o’z 
hohishiga mehnat tufayli erishgan".
Ushbu muammoga oid mulohazalar Abu Ali Ibn Sinoning (980-1037) 
"Donishnoma", "Risolai ishq", "Tib qonunlari", "Uy xo’jaligi" kabi qator asarlari 
Markaziy Osiyo xalqlari axloq-odobi, tarbiya psixologiyasi, falsafa va tabobat olamida 
alohida o’rin tutadi. Ibn Sino oilaviy munosabatlarning turli va muhim tomonlarini 
yoritar ekan, avvalo oila boshlig’i erning oldidagi mas’uliyatli vazifalarga e’tiborini 
qaratadi. Uning fikricha, birinchi navbatda er oiladagi tarbiyaviy ishlarga doir ham 
nazariy, ham amaliy ma’lumotlarga ega bo’lishi shart. Shundagina, u haqiqiy oila 
boshlig’i bo’la oladi. Er-xotin munosabati tenglik hamjihatlik va o’zaro hurmat asosida 
qurilishi haqida to’xtalib, "Erkak kishi oila boshlig’idir, u oilaning barcha ehtiyojlarini 
qondirmog’i lozim, chunki bu uning birlamchi vazifasidir. Ayol esa erkakni yaxshi, 


31 
munosib yo’ldoshi va bola tarbiyasi borasida eng yaxshi voris va yordamchisidir" deb 
yozadi Ibn Sino. 
Ibn Sino oilaviy munosabatlar maromi oiladagi tinch totuvlik, mehr-muruvvat, oila 
g’ururi va sha’ni ko’p jihatdan ayollarga ham bog’liq ekanligi haqida ko’p yozgan. 
Jumladan, "Oila xo’jaligi" asarida ayollar axloqan eng maqbul, yuqori insoniy 
fazilatlarga ega bo’lmoqlari lozim, deb yozadi. Mazkur asarning "Ayollarning yaxshi 
fazilatlari haqida" nomli bo’limida ularning quyidagi fazilatlari bayon qilinadi; ayol 
aqlan dono, uyatchan, iboli, iffatli bo’lib, ko’p gapirmasligi lozim; u eriga 
bo’ysunmog’i, uni sevmog’i, farzandlar tug’ib, doimo halol, pok, to’g’ri so’z, kamtar 
bo’lishi kerak; injiq bo’lmasligi, o’z iffat va obro’sini to’kmasligi lozim; u hech qachon 
eriga nisbatan dimog’dorlik, viqor hissini ko’rsatmasligi, o’z ishlarini yaxshi, o’z 
vaqtida bajarib, oilaning moddiy boyliklarini tejamkorlik bilan ishlatmog’i lozim; o’z 
xulq-atvori bilan o’z erining qalbida hadiksirash hissiga o’rin qoldirmasligi kerak ("Ibn 
Sino va tadbiri manzil".
Mutafakkir olimning sog’liqni saqlashga doir risolalarida jinsiy aloqalarning 
me’yorlari, unga qat’iy amal qilish, jinsiy aloqalarda o’zgarishning sabablari, ularni 
yo’lga qo’yish tadbirlari haqida ham qimmatli ko’rsatmalar berilgan. Uning fikricha, er-
xotin ularni yodda tutishi va unga amal qilishi oilaviy munosabatlar barqarorligiga 
ijobiy ta’sir etadi. Shuningdek, Ibn Sino "kitob ush-shifo" asarida oila inqirozi va 
buzilishiga sabab bo’ladigan omillarni ham ko’rsatib o’tgan. 
Bularga: 1.Agarda er va xotinlikdan dunyoga farzand kelmagan bo’lsa. 
2.Agarda xotin eriga hiyonat qilib, uning e’tiborini pasaytirsa. 
3.Xotin kishi tarbiyasiz bo’lsa-yu, tarbiya olishni istamasa. 
4.Er va xotin bir-birlariga yoqmaydigan xarakterli bo’lsa. 
Ko’rinib turibdiki, Ibn Sino asarlarida oila-nikoh va oilaviy turmushda er-xotin 
munosabatlarini ibratli misollar asosida yoritgan hamda ayollar mavqei undagi 
munosabatlarda muhim o’rin tutishini asoslab bergan. 
Kaykovus qalamiga mansub Qobusnoma asari (1082-1083 yillarda yozilgan) Sharq 
xalqlari orasida ma’lum va mashhurdir. Qobusnomada qator ibratli va hayotiy pand 
nasihatlar bilan birgalikda "ishq va uning odatlari zikrida", "xotin olmoq zikrida" ham 
qimmatli ma’lumotlar berilgan. "Ey farzand, to kishining ta’bi latif bo’lmaguncha oshiq 
bo’lmag’usidir, nedinkim ishq byoshak ta’bi latiflikdan paydo bo’lur. Har narsaki ta’bi 
latiflikdan paydo bo’lsa, ul byoshak latif bo’lur". Bu erda insonning qalbi toza, pok va 
axloqan yuksak bo’lsa, uning ko’ngli, sifat va fazilatlari ham, hissiy kechinmalari ham 
sof va chiroyli bo’lishiga ishora qilingan. "Bas, agar oshiq bo’lsang shundoq kishiga 
bo’lgilki, ul ma’shuqalikka loyiq bo’lsin". Bunda bo’lg’usi er-xotinning nikohigacha 
davrda bir-birini ko’rib-bilib, sinab ma’shuqaning oqila, orasta, tejamkor, saranjom-
sarishta, bola tarbiyasini, uy-ro’zg’or ishlarini o’rniga qo’yadigan kamtarin va eriga 
sadoqatli bo’lishi nazarda tutiladi. 
Ey, farzand, agar xotin olmoq tilasang, o’z hurmatingni yaxshi saqlagil. Garchi mol 
aziz bo’lsa ham xotin va farzandingdan darig’ tutma. Ammo xotinni pok dil, farzandni 
farmonbardor va mehribon tutgil bu ish sening qo’lingdadir. Bu o’rinda xotinga xos 
munosabatda bo’lish erning ixtiyorida ekanligi ogohlantirilgan. 
Xotin talab qilsang, xotinni molini talab qilmagil, xotin pok nixol (toza tabiat va 
pok dil) bo’lsin. Kadbonu (uy bekasi va ishchan xotin) eriga do’st bo’lgay. Hayolig’, 
taqvador, tili qisqa, molni yaxshi saqlaguvchi bo’lsin. Debdurlarki, yaxshi xotin erning 


32 
va umrning rohati bo’lur. Bunda esa bo’lg’usi turmush o’rtog’ini tanlashda erning 
oldidagi mas’uliyat va latif xotin bo’lishga xos fazilatlar bayon qilingan. 
Agar sen xotiningga rashklik qilmasang, u senga samimiyat bilan munosabatda 
bo’lur. U senga ota-onang va farzandlaringdin ham mushfiqroq bo’lur va senga undin 
do’stroq kishi topilmas. Agar unga g’ayrroq (rashk, qizg’anish) ko’rguzsang, senga 
ming dushmandin dushmanroq bo’lur va begona dushmandin hazar qilsa bo’lur, lekin 
undin hazar qilib bo’lmas. Bunda er-xotinning o’zaro munosabatlarini ziddiyatlarning 
shakllanishiga olib keluvchi sabablar va omillar haqida gap boradi. 
Yusuf xos Hojibning mashhur asari "Qutadg’u bilig" (baxt saodatga yo’llovchi 
bilim) da er yoki xotin tanlashda uning qaysi sifat va fazilatlariga e’tibor berish 
zarurligi, inson shaxsiga xos sifat va fazilatlarning oilaviy hayotni boshqarishdagi roli, 
o’rni va ahamiyati, er-xotin o’zaro munosabatlarining me’yorlari, farovon turmush 
kechirishning muhim shartlari haqida qimmatli fikrlar aytilganki, ular hozirgi oila 
turmushi va er-xotin munosabatlari uchun ham ahamiyatlidir. Asarda "Sen xotin olsang, 
o’zingdan quyisini ol, zoti oliysiga boqma, sen qul bo’lib qolasan". Asli, urug’i hamda 
zoti yaxshi bo’lsin, uyatli, andishali, pokizasini istagin. 
Yuzi chiroyini istama, xulqi yaxshisini ista, fe’l-atvori yaxshi bo’lsa, sening 
yuzingni yoritadi. Fe’lu-atvori yaxshi bo’lsa, u to’kis bo’ladi. Fe’lu-atvori to’g’ri bo’lsa, 
juda munosib bo’ladi, xotin chiroyi xulqdir, buni bilgan biladi. 
Agar yaxshi andishali ayol topishga muyassar bo’lsang, boy berma (darhol olgin) 
ey ezgu kishi andishali, pokiza bo’lsa, unday kishi asl bo’ladi. Sen xotinning andishali-
aqllisini ista, ey dono, andishali, aqlli xotin topilsa - farosat, andisha, boylik, chiroy, 
nasl-nasab jam bo’ladi. "Sen xotinni qadrli tut, nima so’rasa muhayyo et".
Asarda xotin bilan bir qatorda er ham bilimdon, farosatli, aql-idrokli, zukko 
bo’lishi, oila tartibini saqlash va uni yuritishda intizomli (intizom o’rnatuvchi), uni 
kuzatib borishi kerakligi, oilaning iqtisodiy jihatdan to’kisligini ta’minlovchi, xotiniga 
va farzandlariga mehribon, xushmuomalali, to’g’ri so’z bo’lishi uning farovonligi va 
barqarorligini ta’minlovchi muhim omillar ekanligi alohida ta’kidlab o’tilgan. 
Alisher Navoiy (1441-1501) "Mahbub ul qulub", ya’ni "qalblar sevgilisi" va 
"Vaqfiya" asarlarida oilaviy turmushi bilan bog’liq er va xotinning vazifalari, burchlari, 
o’zaro munosabat-muloqot madaniyati, ularning muvofiqligi va nomuvofiqligi, uning 
oqibatlari haqida qimmatli nasihat va ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Jumladan, Alisher 
Navoiy "Mahbub ul qulub" asarining 37 fasl "uylanganlik va xotinlar to’g’risida" 
ayolning fazilatlari va uning oiladagi o’rni haqida quyidagilarni yozadi; "er bilan xotin 
bir-biriga mos tushsa, o’rtada boylik va saranjomlik bo’lur, uy bezagi undan va 
uylanganning (erning) tinchligi undan. 
Husni bo’lsa, ko’ngilga yoqimli bo’lur, yaxshiligi bo’lsa, jon ozig’idir. Aqlli bo’lsa, 
turmush intizomli va ro’zg’or kerak yarog’i tartibli va saranjomli bo’ladi. Ana shunday 
turmush o’rtog’i bo’lsa - g’am kulfatda sirdosh va hamdaming bo’lur, maxfiy va 
yashirin dard va mashaqqatda hamnafas va hamrohing bo’lur. Turmushdan har jafo etsa, 
hasratdoshing ul va osmondan har bir balo kelsa, ko’makdoshing ul. Ko’ngling 
g’amidan ul g’am chekadi. 
Nosoz juft uy uchun ham ochiq va ham yashirin qo’rqinchli kasallikdir. Uyatsiz 
bo’lsa, ko’ngil undan ozorlanadi, yaramas bo’lsa, ruh undan azob tortadi. Tili yomon 
bo’lsa kuyovning ko’ngli yaralanadi, yomon ishlik bo’lsa, erga yuz qarolik keladi. 


33 
Mayxo’r bo’lsa, uy obodonligi yo’qoladi va buzuqi bo’lsa uy ichi rasvogarlikka 
aylanadi". 
Alisher Navoiy mazkur asarida (11 qismida) har bir kishi uchun zarur bo’lgan 
yaxshi fe’llar va yomon xislatlar to’g’risida qanoat, sabr, tavozu’ va odob, ishq, vafo, 
hayo, yumshoq ko’ngillilik va bir qator yomon illatlar to’g’risida qimmatli maslahatlar 
beradi. 
Alisher Navoiyning fikrlarini psixologik nuqtai nazardan tahlil qiladigan bo’lsak, 
o’sha zamonlarda ham, hozir ham yigit va qizlarning o’zlariga har tomonlama mos 
turmush o’rtoq tanlashi, ularda zarur sifat va fazilatlar mujassamligi oilaning baxti va 
farovonligidir. Bir-biriga nomunosib er yoki xotin oilaning tanazzulidir. 
Husayn Voiz Koshifiy (1440-1505) o’zining hayotdan olgan saboqlari, tajribalari 
asosida insonparvarlik, ijtimoiy hayot, oilaviy odob, adolat, halollik, sofdillik, to’g’rilik, 
rostgo’ylik haqidagi fikrlarini qiziqarli hikoyalar, rivoyatlar, pandu-nasihatlar 
yordamida bayon etgan. U salbiy axloqiy xislatlarni qoralaydi va ularning inson hayoti 
va jamiyat uchun katta zarar olib kelishini qator ibratli rivoyatlar bilan ko’rsatadi. 
Koshi-fiy jamiyatda, odamlar o’rtasida va oiladagi o’zaro munosabatlarda axloq 
me’yorlari bo’lib, bu me’yorlar insonlarning xulq, fe’l-atvorlarini tartibga solib 
turadigan axloqiy talablardir, deb baholaydi. U ijobiy xislatlarning kishilarda bo’lishi 
shart bo’lgan insoniy fazilat deb tushunadi. Insoniy fazilatlar; sabr, hayo, iffat, 
pokizalik, sobitqadamlik, saxiylik, rostgo’ylik, shijoat, kamtarlik, xushyorlik, 
oliyhimmatlilik, diyonatlilik, ahdiga vafolik, andishalilik, izzat-hurmatni bilish, sir 
yashira olish kabi fazilatlarni birma-bir ta’riflab, ularning ahamiyati va oqibatlarini 
aytib o’tadi.
O’z davrining etuk ulamosi Rizouddin ibn Faxruddin er-xotin munosabatlarining 
sofligi naqadar muhim ahamiyat kasb etishini e’tirof etgan holda bu masalaga shunday 
yondashadi. "Go’zal muomalali bo’lmoq islom shariatining birinchi qoidalaridandir. 
Go’zal muomalaning eng lozim qismi xotin bilan bo’lajak muomaladir.Qur’oni Karim 
xotinlar bilan go’zal mushoirat etishga buyurgandir. Bunday muomala etuvchi erning 
dunyosi tuzuk, oxirati rohat bo’lur. 
Xotinga go’zal muomala qiluvchi oliy tabiatli erlar shariatu aql tarafidan man 
etilgan narsalarga xotinlarini yo’llamaydilar va eng aziz bolasiga bo’lgan mehru-
shafqati darajasida oqibat ko’rsatib, xotinlarini barcha mashaqqatdan saqlaydilar, 
qurbilari etmagan xizmatga buyurmaydilar". 
Oilaviy hayot va undagi munosabatlar bobida Ahmad Donishning qarashlari 
alohida e’tiborga loyiqdir. U o’zining "Nodir voqealar" asarida oilaviy hayotning turli 
jabhalari nikoh odoblari, uylanish shartlari, ishq-muhabbat va sevishganlarning odobi, 
qaynona-kelin nizolari, farzandlarga vasiyat, kasb-hunarlarning foydasi haqida qimmatli 
fikrlarni bayon etgan. Uning fikricha, har bir inson muayyan yoshga etgandan keyingina 
unda uylanish va oila qurishga zarurat hosil bo’ladi. Bu davrga kelib inson oila nikoh 
munosabatlari, oilaviy hayot quvonchlari va tashvishlaridan boxabar, oilaviy baxt, 
farzand tarbiyasi, er-xotinlik va ota-onalik burchlarini tushunib etgandirlar. Ahmad 
Donish uylanish shartlariga o’sha davr uchun xos bo’lgan xislatli turmush 
quruvchilarning biron-bir kasb sohibi ekanligini, uy-joy sohibi bo’lishini, oila va oilaviy 
hayot masalalarini egallab olganliklarini nazarda tutadi. O’sha davrga xos uylanish 
shartlari (qiz tomonidan qo’yilgan) yangi oilaning farovonligi, to’kisligini 
ta’minlaydigan omillardan hisoblangan. 


34 
Ahmad Donish o’sha davrdagi uylanishning maqsadi va motivi o’ziga xosligi, 
shunga qaramay, xotinlarning ham erkaklarday izzat nafsi borligi, ular o’zlarini 
erkaklardan kam tutmasligi, shuning uchun ularning haq-huquqlarini himoya qilish 
zarurligini aytib o’tadi. Ahmad Donishning qarashlarida ham oilaning baxti, oila 
farovonligi uning mustahkam va barqarorligi xotinga, uning axloqiy va ma’naviy 
kamolotiga bog’liqdir. 
XX asr Turkiston jadidchiligining ulkan namoyandalaridan biri Abdurauf Fitrat 
"Oila" nomli asarida farzandlar tarbiyasi, qizlar ham ilm olish kerakligi va bu sohada 
ota-onaning vazifalari, uylanish va uylanmaslik, uylanishda qanday xotin tanlash lozim, 
bo’lajak er-xotin birinchi marta nimalarga e’tibor berishi lozimligi, er-xotinning qanday 
yashamoqlari xususida oilaning maishati va idorasi, er xotinga xos sifat va fazilatlar 
to’g’risida hayotiy ma’lumotlarga tayanib ilg’or g’oyalarni ilgari suradi. U "millat 
taqdiri mana shu millat vakillari yashagan oilaning holatiga bog’liqdir, qaerda oila 
munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va 
tartibli bo’ladi", deb yozadi (10; 8). 
Fitrat mazkur asarining uylanishda qanday xotin tanlash lozim mavzusida "er xotin 
mushkulotdan iborat bo’lgan hayot safarida birga bo’lib, jismoniy va ruhiy 
osoyishtalikka sherik, insoniy vazifalarni bajarishda dastyor, qayg’u va umidsizlik 
damlarida g’amxo’r, saodat va baxtiyorlik chog’lari bir-birlariga hamdam bo’lishlari 
lozim. Shunday ekan, ular albatta, eng avvalo, bir-birlarini kamoli diqqat va tajriba 
yuzasidan imtihon qilishlari zarur. Xotin erkak holidan va yigit qiz ahvolidan 
yaxshigina xabardor bo’lib, keyin turmush qurishlari lozim" deb ogohlantiradi. 
Fitratning fikricha, uylanish uchun yana to’rt narsaga alohida e’tibor berish lozim: mol, 
nasab, husn va imonu-e’tiqod. "Uylanish orzusida bo’lgan er bilan xotinning mol 
(boylik)lari va nasablari taqriban bir xil bo’lishi lozim. Aks holda er bilan xotin bir-
birlariga teng bo’lmay, hayotini mudom azobga qo’yadi". 
Sharq mutafakkirlarining ma’naviy merosidan bunday misollarni adoqsiz davom 
ettirish mumkin. Ko’rinib turibdiki, oila barqarorligiga shaxslararo munosabatlar ta’siri 
masalasiga Sharq mutafakkirlari va ma’rifatparvar ziyolilari alohida e’tibor bilan 
qaraganlar.Ularning asarlarida oilaning muqaddasligi, uning jamiyat hayotida tutgan 
o’rni, oila muqaddasligini belgilovchi muhim milliy-madaniy va milliy-psixologik 
omillar ko’rsatib o’tilgan. 
Ayniqsa, oilaning asosini tashkil etuvchi er va xotinga xos sifat va fazilatlarning 
shakllangan bo’lishi, ular oilaviy burch va vazifalarini sadoqat bilan ado etishlari, bir-
biriga mehribon va kechirimliligi eng muhim qadriyat sifatida e’zozlanadi. 
Oila barqarorligini belgilovchi shaxslararo munosabatlar ta’siriga xos qimmatli 
ma’lumotlar hozirgi oilaviy turmush va uning barqarorligini ta’minlashda ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Hozirgi zamon oillari qanday turlarga ega ekanligi va ijtimoiy-psixologik 
xususiyatlarini bilish, ularga xos muammolarni o’rganish, oilaviy hayotga ro’y berishi 
mumkin bo’lgan noxushliklarning oldini olish imkonini beradi. 
Oilalar tuzulishiga ko’ra bir necha turlarga bo’linishi, to’liqligiga ko’ra, bo’g’imlar 
soniga ko’ra, bolalr soniga ko’ra, er-xotinning ijtimoiy kelib chiqishiga ko’ra, er-
xotinning ma’lumoti saviyasiga ko’ra, oilaning yoshiga ko’ra, qudalarning ijtimoiy-
iqtisodiy mosligiga ko’ra, regional jihatiga ko’ra, nikohdan qoniqganlik saviyasiga 


35 
ko’ra, oilada er yoki xotin etakchiligiga ko’ra, oilada , er-xotin munosabatlariga ko’ra, 
er-xotin millatiga (Baynalminal) ko’ra va boshqalar.
O’zbek oilasining yuqoridagi ijtimoiy-psixologik klassifikatsiyasi yoshlarni oilaviy 
hayotga tayyorlash uchun xizmat qiladi. 

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin