49
imkoniyatlarini keng aytiradi. Buni bolalar juda yaxshi anglaydilar va ularning har biri
uchun bu juda muhim ahamiyatga ega. Biroq o’smir muskullari kattalarnikiga
qaraganda tez toliquvchan bo’ladi va davomli kuchlanishlarga dosh berolmaydigan
bo’ladi. Shuning uchun sport va jismoniy mehnat bilan shug’ullanishda buni inobatga
olish lozim. Turli organ va to’qimalarning o’sishi yurak faoliyatiga ham yuqori talablar
qo’yadi. O’z navbatida yurak ham qon tomirlariga qaraganda tezroq o’sadi. Bu jarayon
yurak-qon tomir sistemasi faoliyatidagi funksional buzilishlarga sabab bo’lishi, yurak
urishining tezlashishi,
qon bosimining ortishi, bosh og’rig’i, bosh aylanishi, tez
toliquvchanlik kabilar ko’rinishida namoyon bo’lishi mumkin. Shuningdek, o’smirlik
davrida ichki sekretsiya bezlari faoliyati bilan bog’liq ravishda organizmda keskin
o’zgarishlar ro’y beradi. Ayniqsa qalqonsimon bez va jinsiy bezlar ajratib chiqaradigan
gormonlar organizmda modda almashinishining katalizatori vazifasini bajaradi. Chunki
endokrin va nerv sistemalari bir-biriga uzviy bog’liqdir. Shunga ko’ra o’smirlik davri
bir tomondan quvvatning keskin ortishi va ikkinchi tomondan patogen ta’sirlarga o’ta
sezgirligi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun aqliy yoki jismoniy ortiqcha toliqish,
uzoq muddatli asabiy zo’riqish, affektlar, kuchli salbiy hissiyotlar (qo’rqish, g’azab,
xafagarchilik) endokrin buzilishlarga ( menstrual tsiklning vaqtincha buzilishiga) va
nerv sistemasi vazifasining buzilishiga sabab bo’lishi mumkin.
Bunday buzilishlar
ta’sirlanuvchanlikning ortishi, o’zini tuta bilmaslik, parishonxotirlik, ishda
mahsuldorlikning pasayishi, uyquning buzilishi kabilarda namoyon bo’ladi. O’smirlik
davrida endokrin va nerv sistemalari faoliyatining bolalik davrida mavjud bo’lgan
muvozanati buziladi, yangisi esa endigina o’rnatilayotgan bo’ladi.
Bunday qayta
qurilishlar albatta o’smirning ichki holati, kayfiyati, ruhiyatiga ta’sir ko’rsatadi va
ko’pincha uning umumiy noturg’unligiga, ta’sirlanuvchanligiga, serjahlligiga, harakat
faolligiga, vaqti-vaqti bilan hamma narsalarga befarq bo’lib qolishligi va lanjligiga asos
bo’ladi. Bunday holatlarning yuzaga kelishi ko’pincha qizlarda menstrual tsikl
boshlanishidan biroz oldinroq yoki tsikl davrida ko’proq kuzatiladi. Jinsiy balog’atga
etish va jismoniy rivojlanishdagi o’sish o’smir
ruhiyatida yangi psixologik
tuzilishlarning yuzaga kelishida muhim ahamiyatga ega. Birinchidan, bu o’smir uchun
juda sezilarli bo’lgan o’zgarishlar bo’lib, ular o’smirning katta bo’lganini his qilishining
yuzaga kelishining obektiv manbasi bo’lib xizmat qiladi (uning asosida o’smir o’zining
kattalarga o’xshashligini his qiladi). Ikkinchidan, jinsiy balog’atga etish boshqa jins
vakiliga qiziqishni rivojlantiradi, yangi kechinma, hissiyot, tuyg’ularni yuzaga keltiradi.
O’smirning ichki bandligi va yangi taassurotlar, kechinmalarga
munosabati darajasi
ularning o’smir hayotidagi o’rni keng ijtimoiy sharoitlar bilan, o’smir hayotining
konkret individual sharoitlari, uning tarbiyasi va muloqoti xususiyatlari bilan
belgilanadi. Bu o’rinda o’smir shaxsi shakllanishiga faqat kattalar uchun mo’ljallangan
kitoblar va kinofilmlar salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.. Bularning barchasi,
shuningdek o’rtoqlari bilan sevgi va jins muammolari haqida gaplashishlari o’smirlarda
odamlar munosabatlarining intim jihatlariga ko’tarinki
qiziqishni yuzaga keltirishi,
erotik an’analar va ilk seksuallikni rivojlantirishi mumkin. Har ikkala jins o’smirlari
uchun bu davrda ilk romantik hislarning yuzaga kelishi «birinchi muhabbat»ga duch
kelishi, birinchi bo’salarni olish kabilar me’yoriy hol hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: