Muhokama uchun savollar: 1. Oilani rejalashtirish qanday ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik, tibbiy ahamiyatlarga ega?
2. Muqaddas kitoblar va o’tmish mutafakkirlari asarlaridan, oilani rejalashtirish
masalalariga oid bildirilgan qanday fikr-mulohazalarni bilasiz?
3. Oilani rejalashtirish deganda nimani nazarda tutiladi?
4. Nima uchun homiladorlikning oldini olish kerak?
5. Homiladorlikning oldini olishning an’anaviy usullariga nimalar kiradi? Ularning
afzallik va kamchilik jihatlari nimalardan iborat?
6. Homiladorlikning oldini olishning yana qanday vositalari mavjud?
7. Gormonal saqlanish vositalariga nimalar kiradi va ularning afzallik va kamchilik
jihatlari nimalardan iborat?
10-MAVZU: OITS (SPID) VA JINSIY YO’L BILAN YUQADIGAN KASALLIKLARNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUAMMOLARI VA ULARNING ECHIMLARI TG ’r Bosqichlar va bajariladigan ish mazmuni Amalga oshiruvchi shaxs, vaqt 1 Tayyorlov bosqichi: Darsning maqsadi: Ta’limiy: Oits (spid) va jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklarning
ijtimoiy-psixologik muammolari va ularning echimlari to’g’risida
tushuncha berish
Tarbiyaviy: Oits (spid) va jinsiy yo’l bilan yuqadigan
kasalliklarning ijtimoiy-psixologik muammolari va ularning
echimlari haqida tushuncha berish orqali o’quvchilarda bu
kasalliklarga qarshi ma’naviy immunitetni shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: Oits (spid) va jinsiy yo’l bilan yuqadigan
kasalliklarning ijtimoiy-psixologik muammolari va ularning
echimlari to’g’risida to’g’ri fikr va tasavvurlarini rivojlantirish
Darsning turi: Nazariy ma’lumot berish.
Dars jixozi: Darslik, darsga oid turli xil ko’rgazmalar, jadvallar,
bukletlar, tarqatma materiallar va hokazo.