Оила психологияси


GORMONAL SAQLANISh VOSITALARI



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/93
tarix14.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#155530
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   93
Оила психологияси

GORMONAL SAQLANISh VOSITALARI 
Murakkab gormonal saqlanish vositalari (MGSV). Gormonal saqlanish vositalari 
tarkibiga ayollar tuxumdonida ishlab chiqariladigan gormonlarning, ya’ni estrogen va 
progesteronning, sintetik analoglari kiradi. Hozirgi davrda gormonal vositalar tarkibini 
asosan kam dozali estrogenlar (EE), ya’ni etinilestradiol va gestagenlar — 19 — 
nortestosteronlar, ya’ni noretinodrel (I avlod), noretisteron, etinodiol diatsetat, 
lenestrenol, levonorgestrel norgestrel (II avlod), dezogestrel, gestoden, norgestimat (III 
avlod) va 17 — gidroksprogesteron, medroksiprogesteronsetat va boshqalardan tashkil 
topgan. Ular bir qator xususiyatlari bilan boshqa vositalardan afzalroqdir. Uchinchi 
avlod gestagenlari progesteron retseptorlariga oz miqdorida ham kuchli ta’sir qilib, 
ovulyatsiyani to’xtatish xususiyatiga ega bo’lishi bilan I va II avlod gestagenlaridan farq 
qiladi. Mutaxassislarning fikricha, ushbu vositalarning ahamiyati so’nggi o’n yillik 
ichida yuqori pog’onaga ko’tarildi. Sababi, bu vositalar ko’pgina ijobiy xususiyatlarga 
ega. Avvalo bu vositalar mikrogrammlarda qo’llanadi, lipid modda almashinuvini 
buzmaydi, androgen faolligi nihoyatda kam bo’ladi va qolaversa, yurak-qon tomiri 
sistemasida patologik o’zgarishlarni keltirib chiqarmaydi. Bo’yida bo’lishdan saqlovchi 
gormonal vositalarning turlari juda ko’p. Ular tarkibidagi gormonlarning nisbati va 
dozasiga ko’ra bir, ikki va uch fazali vositalarga bo’linadi. Bir fazali vositalarning har 
bir tabletkasi bir xil nisbatda estrogen va gestagendan tashkil topgan, ular: marvelon 
(EE 0Y030 mg va 150 mg dezogestrel), rigevidon (EE 0Y030 mg va 0,150 mg 
levonorgestrel), mikroginon-28 (EE 0,30 va 0,150 mg levonoergesrel) kiradi. Ikki fazali 
vositalarning birinchi o’nta tabletkasi faqat estrogenlardan iborat bo’lib, qolgan 11 dona 
tabletkaning tarkibi esa ham estrogen, ham gestagenlardan tashkil topgan. Bunga 
anteovin kiradi. Uch fazali vositalardagi tabletkalar tarkibida estrogen va gestrogenlar 
miqdori va nisbati hayz siklining fazalariga munosib bo’ladi. Ba’zi MGSV lar 28 ta 
tabletkadan tashkil topgan bo’lishi mumkin. Bunday hollarda so’nggi 7 ta tabletkalar 
tarkibida gormon bo’lmay, ularda temir moddasi, vitaminlar bo’ladi hamda organizmni 
umumiy quvvatlantirish maqsadidadi qo’llaniladi. Bunday vositalar qatoriga trikvilar, 
triregol, triziston kiradi. 


107 
Ta’sir qilish mexanizmi: Gormonal vositalarning ta’sirida butun hayz sikli davomida 
tuxumdonlardan ishlab chiqariladigan estrogenlarning miqdori nihoyatda kam bo’lib 
erta follikul fazasiga to’g’ri keladi, natijada ovulatsiya ro’y bermaydi. Buning oqibatida 
bachadon bo’yni shillig’ining zichlashuvi va quyuqlashuvi yuz berib, sprematozoidning 
bachadon ichiga o’tishini cheklaydi. Shuningdek, endometriyning funksional va 
morfologik o’zgarishi implantatsiya jarayoniga to’sqinlik qiladi. Gormonal o’zgarishlar 
ta’sirida bachadon nayining harakatlanishi va bachadon tanasining qisqarishi notabiiy 
tus oladi, shuningdek spermatozoid hamda tuxum hujayralarining to’g’ri yo’nalishi 
buziladi. Samarasi va afzalliklari: Gormonal saqlanish vositalarini muntazam to’g’ri 
qabul qilish usulning samaradorligini ta’minlaydi. Gormonal vositalar yuqori 
samaradorligi, qabul qilishning qulayligi, organizmning oldingi holatini tiklash 
mumkinligi va nihoyat xavfsizligi bilan ajralib turadi. 35 yoshgacha bo’lgan ayollar 
organizmiga vositalarning ta’siri ularning homiladorligi va o’tishiga qaraganda ancha 
xavfsiz hisoblanadi. Homiladorlikni oldini oluvchi oral kontratseptivlar bir qator 
kontratseptiv bo’lmagan xususiyatlarga ham egadir. Gormonal vositalar kutilmagan 
homiladorlikdan foiz saqlovchi usulgina bo’lib qolmay, balki yagona davolash 
xususiyatlariga ega bo’lgan asosiy vosita hamdir. Ushbu vositalardan foydalanishda: 
hayz va hayz o’rtasidagi og’riqlarning kamayishi, ichki jinsiy a’zolarning o’tkir 
yallig’lanish kasalliklariga chalinish ehtimolini, xususan tuxumdon va endometriy 
xavfli o’smalarining (rak 50%gacha) qisqarishi, xavfsiz o’smalarning, xususan kista va 
sut bezlarining fibroadenomasi kasalliklarining kamayishi hamda hayz siklining to’g’ri 
tartibga solinishi, temir yetishmovchiligi anemiyasining keskin kamayishi kuzatiladi. 
Kamchiliklari: Homiladorlikdan saqlanish uchun mo’ljallangan barcha vositalar singari, 
gormonal tabletka — preparatlar ham o’z kamchiliklariga ega. Ularga: gormonal 
preparatlarni oldindan ehtiyojdan ko’proq miqdorda jamg’arib olish, ularni saqlash, 
mazkur preparatlarning qimmatligi, ularni har kuni muntazam ravishda qabul qilib 
turish sharti, qabuldan so’ng ba’zan qo’shimcha noxush ta’sirlarning paydo bo’lishi, 
OITSdan himoya qilmasligi va depressiya holatlari kelib chiqishi kiradi. Gormonal 
vositalarni qo’llashda bir necha qarshi ko’rsatmalar mavjud bo’lib, bu vositalardan 35 
yoshdan o’tgan ayollar, kashandalar, og’ir qandli diabet, gipertoniya kasalliklariga 
duchor bo’lgan ayollar foydalanishlari aslo mumkin emas. 
Noxush ta’sirlari: Gormonal vositalarning qo’shimcha ta’sirlarini keltirib chiqarish 
xususiyati ayol organizmida jinsiy gormonlarning kamayishi yoxud ko’payishi bilan 
izohlanadi. Eng ko’p uchraydigan asoratlar tarkibiga sut bezlarining qattiqlashuvi, 
ko’ngil ozishi, bosh aylanishi, qusish, tana vazni- 211 ning ortishi, jinsiy ishtiyoqning 
so’nishi yoki kuchayishi, ba’zida depressiya, bosh og’rig’i, teri qichishi alomatlari, hayz 
o’rtasida qonli ajralmalarning paydo bo’lishi kiradi. Tavsiyalar: Zamonaviy 3-avlod 
gormonal vositalaridan foydalanishda ularning tarkibidagi gormonlar miqdorining 
kamligi sababli, ko’pgina ayollarga manzur bo’lmoqda. Bu usulni ilk bor qo’llamoqchi 
bo’lgan har bir ayol uning ta’rifnomasi haqida ma’lumotlarga to’la ega bo’lmog’i lozim. 
Shu bilan bir qatorda, mutaxassis vrach tomonidan bu usulni qo’llanishi mumkinligini 
aniqlash maqsadida tekshirilishi hamda bu usuldan to’g’ri foydalanish yo’l-yo’riqlari 
o’rgatilishi, ayolga mos keladigan xili tanlanib berilishi kerak. 
Birinchi marta gormonal preparat hayz siklining 1-kunidan boshlab 21 kun davomida, 
kuniga 1 tabletkadan bir xil vaqtda iste’mol qilib boriladi. Mabodo, ba’zi sabablarga 
ko’ra biron kun tabletka ichilmay qolsa, darhol qo’sh doza qabul qilinishi lozim bo’ladi. 


108 
Vositani qo’llash davomida, dastlabki uch oy mobaynida ayol mutaxassis vrach nazorati 
ostida bo’lishi, keyinchalik, shaxsiy ehtiyojga qarab shifokor qabuliga borib turishi 
kerak.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin