Оила психологияси


Faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi.  O’qituvchi



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/93
tarix14.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#155530
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   93
Оила психологияси

4.2.
Faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi. 
O’qituvchi, 
 15 minut 

 O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi: 
5.1.
Talabalar bilimi tahlil qilinadi. 
5.2.
Mustaqil ish topshiriqlari beriladi. 
5.3.
O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli 
o’zgartirishlar kiritadi. 
O’qituvchi,
10 minut 
Asosiy savollar: 
1. 
Oits (spid) va jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklarni bilishning zarurligi. 
2. Jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklarning tarqalishi va unga sabab bo’ladigan 
omillar.
3. Jinsiy aloqa orqali yuqadigan kasalliklarning oldini olish chora-tadbirlari. 


110 
4. Yoshlarda jinsiy xulq va tanosil kasalliklari
.
 Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
oits, jinsiy kasalliklar,engiloyoqlar, 
takasaltanglar, alkogolizm, narkomanlar, foxisha. Fohishabozlar, venerologik 
kasalliklar, teri-tanosil kasalliklar.
1-savolning bayoni.
 
Oits (spid) va jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklarni 
bilishning zarurligi. 
Jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklar hozirgi davrda o’ta jiddiy ijtimoiy va psixologik 
muammolardan biri bo’lib hisoblanadi. Bunday kasalliklar o’z ijtimoiy mohiyatiga 
ko’ra muayyan bir mamlakatda keng tarqalgach, shu mamlakat aholisi sog’lig’iga 
etkazadigan zarari, ularning asoratlarini yo’qotishga ketadigan kuch va mablag’lar, 
jamiyatga etadigan ma’naviy zararlar va uning eng ashaddiy oqibatlaridan biri yangi 
avlodni dunyoga keltiradigan jarayonlarga salbiy ta’siri bilan o’lchanadi. Tanosil 
kasalliklarining ijtimoiy muammolar turkumiga mansubligini va bu kasalliklarni 
tarqalish sabablarini ko’rib chiqish ularga yechim topishni osonlashtiradi. Bu borada bir 
qator fikrlarni aytib o’tish maqsadga muvofiqdir. Bunda bir-biri bilan bog’liq bir qancha 
sabablarni aytib o’tish joizdir. Bunday sabablarning eng ahamiyatga moliklaridan biri 
demografik o’zgarishlar bo’lib, bunda aholi sonining ortishi, jinsiy moyillikning erta 
yuzaga kelishi, bolalarni, yoshlarni ko’payishi va ular o’rtasida jinsiy ta’lim-tarbiyaning 
sust qo’yilganligidir. Yana bir muhim sabab xulq va axloqdagi o’zgarishlar 
hisoblanadi.Bunga me’yordagi jinsiy talab va shartlarning susayishi, taqiqlarning 
kamayishi, er-xotin o’rtasidagi o’zaro ishonchning buzilishi, jinsiy munosabatda ayollar 
ustunliklarining oshishi kiradi. Jinsiy tarbiyani to’g’ri va oqilona yo’lga qo’yilmaganligi 
ham muhim sabablardan biri hisoblanadi. Bunda ota-onalarning bolalarga ta’sirining 
susayishi, jinsiy aloqa to’g’risidagi tushunchalarning o’zgarishi, yoshlar o’rtasida 
alkogolizm, narkomaniya, fohishabozlikni avj olishi, oilalarning ajralishi va yuqorida 
bayon etilganidek, onalarni bir o’zi yashashni afzal deb bilishlari va yoshlar o’rtasida 
gomoseksualizm (besoqolbozlik)ni, orogenital jinsiy aloqalarning ko’payishi, turli-
tuman milliy axloqiy tushunchalarga zid videofilmlarni yoshlar ichiga kirib kelishi 
hisoblanadi. «Sog’lom tanda sog’ aql», — degan xalq hikmati juda o’rinli va topib 
aytilgan. Darhaqiqat, sog’lom inson to’g’ri fikrlaydi, o’zi va jamiyat uchun munosib 
xattiharakatlar qiladi, natijada bundan shaxsning o’zi ham, oilasi ham, jamiyat ham 
katta manfaat ko’radi. Agar inson nosog’lom bo’lsa, uning ma’naviy, axloqiy 
fikrlashlari ham mantiqsiz, shuursiz, bema’ni bo’lishidan tashqari, uning ish qobiliyati 
(hatto fikrlash qobiliyati ham) susayadi. Oilaga va jamiyatga keltiradigan foydasidan 
ziyoni ko’proq bo’ladi. Tabiiyki, yuqorida bayon qilinganlarning barchasi ijtimoiy 
muammo bo’lib, bundan jamiyatga, shaxsning o’ziga va oilasiga manfaat kelmaydi. 
Ayni paytda yuqoridagidek Davlat va jamiyat talabi va ruhiga zid keladigan xatti-
harakatlar, axloqsizliklar, benomusliklar, munofiqliklar sodir bo’ladiki, bularning 
barchasi yuqoridagi kasallikning kelib chiqishi, ildiz otishiga olib keladi. Hozirda 
tanosil kasalliklardan zaxm va so’zak davlat tomonidan tekin davolanadi. Ularning 
ovqati, dori-darmonlari ham kasalxonadagi o’rinlari, ko’rsatilayotgan tibbiy xizmatlar 
hammasi bepul bo’lib, davlat budjeti hisobidan bemorlar kasaldan (sanatsiya) 
«tozalanishadi». Agar kasallik ilk davrda aniqlansa, ularning asoratlaridan inson xoli 
qoladi, davolanish sifatli kechadi. Ammo kasalliklar kech aniqlansa yoki avlodlarga 
o’tsa, albatta bu holatlarda bemorni butkul va asoratsiz davolashni shubha ostiga 
qo’yadi. Bu holat mamlakat iqtisodiga, odamlar ruhiyatiga katta zarar yetkazadi. 


111 
Masalan, bunday kasallikka chalingan odamlardan dunyoga kelgan bola tug’ma zaxm 
bilan tug’ilsa, u kelajakda jamiyatga foyda keltirish o’rniga, aksincha faqat ziyon 
yetkazishi mumkin, xolos. Uni davolash, kelajakda sog’lig’ini nazorat qilinishi uchun 
mamalakatning ko’plab mablag’i sarf qilinadi. Bemorlarning o’zi kasal bo’lishidan 
ko’ra boshqalarni zararlashlari eng ashaddiy ijtimoiy muammodir. Kasallikka 
chalinganlar ko’pincha o’zining ham, o’zganing ham sog’lig’i haqida qayg’urishmay 
tartibsiz jinsiy aloqa bilan shug’ullanishadi, bu esa o’z vaqtida jamiyat taraqqiyotiga 
putur yetkazadi. Ba’zi bir shaxslar 2 va undan ortiq tanosil kasalliklariga chalinib, ularni 
umr bo’yi o’zi bilan olib yurishi va boshqalarga ham yuqtirishi mumkin. Shunday 
bemorlar borki, jinsiy aloqalarda tartibsizlik tufayli bir vaqtning o’zida ularda 2—3 ta 
tanosil kasalliklar aniqlanadi. Bu esa jamiyatga juda katta ziyondir, kasallik soni qancha 
ko’p bo’lsa, ularning salbiy asoratlari ham shunchalik ayanchli bo’ladi va jamiyat uchun 
jiddiy ijtimoiy muammolarni tug’diradi. Bundan kelib chiqadigan amaliy xulosa shuki, 
jinsiy kasallikni o’ziga yuqtirib olganlar eng avvalo davlat va jamiyatga, ikkinchidan 
oilasiga, atrofidagi odamlarga, eng mudhishi, o’zidan keyin sog’lom nasl qoldirishni 
xavf ostiga qo’yadilar. Shu boisdan ham joylarda fuqarolar, mahalla jamoatchiligi
o’quv muassasalari, davlat va jamoat tashkilotlari, sog’lom oilalar o’z say’-harakatlarini 
birlashtirgan 
holda 
engiloyoqlar, 
takasaltanglar, 
alkogolizm, 
narkomanlar, 
fohishabozlar, qo’shmachilar, ayniqsa, jinsiy kasalliklarni tashuvchi kishilarni davlat va 
jamiyat manfaatlariga yot unsurlar sifatida ularga qarshi keskin kurashmoqlari kerak. 
Zotan bunday qilishni dinimiz va e’tiqodimiz manfaatlari ham talab qiladi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin